Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishning istiqbollari: muammo
va yechimlar. Xalqaro miqiyosidagi ilmiy amaliy-anjuman. 2022 yil 28-29 aprel
1138
O‘ZBEK XALQ YERTAKLARI VOSITASIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI
BOLALARDA AXLOQIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISH
Choriyeva Nasiba Karimovna
Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi magistranti
Xalq og’zaki ijodi va uning janrlaridan biri bo’lgan maqol janriga e’tibor beradigan bo’lsak,
maqollar sodda, ixcham shaklga ega bo’lsada, o’zida chuqur ma’noni ifodalaydi.
Maqollar biror qissa
yoki hikoyaning butun bir mag’zini, syujetini tashkil etishi ham mumkin. Bu esa bir tomondan maqol
janri xalq og’zaki ijodi va adabiyotning boshqa namunalari bilan chambarchas bog’liqligini ta’minlasa,
ikkinchi bir tomondan esa shu asarni yorqinroq ochib berishga, bola ongida umrbod saqlanib qolishga
xizmat qiladi. Bunday jarayonlarga adibimiz Abdulla Qahhor asarlarida juda ko’p marta duch kelamiz.
Shu o’rinda aytish mumkinki, Abdulla Qahhor xalq maqollaridan o’z o’rnida, mohirona foydalana olgan
adibdir. U o’zining ”O’g’ri” hikoyasi uchun ”Otning o’limi – itning bayrami” o’zbek xalq maqolini
epigraf qilib tanlagan. Hikoyada kambag’al Qobil boboning ho’kizini o’g’irlab ketishi, o’g’rini
topish
maqsadida oraga qanchadan-qancha ”tadbirkorlar”ning tushishi, ularning boboga hech qanday yordam
bera olmaganligi va bu ”kattalar” uchun bayram bo’lganligi voqeasi tasvirlanadi. Mana shu ”Otning
o’limi – itning bayrami” o’zbek xalq maqoli asosida ”O’g’ri” hikoyasi yuzaga kelgan bo’lsa ham ajab
emas. Ushbu hikoyadan xulosa qilib aytish mumkinki, maqollar tarixiy davrlardagi xalqlarning turmush
tarzi,
hayotiy kechinmalari, orzu-umidlari va yuzaga keladigan tarixiy voqea va hodisalarni
ifodalaydigan va shu xalq tomonidan yaratiladigan, juda kam o’zgarish bilan saqlanib kelayotgan kichik,
ixcham shaklga keltirilgan, o’zida chuqur ma’noni ifodalaydigan kichik bir badiiy asardir.
O’zbek xalq maqollarini yosh bolalar ongiga singdirishda xalq og’zaki ijodining boshqa
janrlaridan, turli xil didaktik o’yinlardan, topqirlik mashqlaridan, ko’rgazma qurollardan unumli
foydalanish yaxshi samara beradi. Xalq maqollari bolalar ongiga tezroq yetib borishi, tushunarli bo’lishi,
xotirasida umrbod saqlanib qolishi uchun bolalarga maqollar bilan bog’liq
hikoyalar, qissalar, ertaklar
aytib berilishi ham mumkin. Bu hikoya va qissaning bolalarbop bo’lishi va ular tushunadigan tilda
sodda, ixcham va syujeti uncha murakkab bo’lmagan va eng asosiysi hikoya yoki qissaning birorta
maqol yoki shu kabi hurhikmat ma’noli ibora tashkil etishi kerak. Ana shunday hikoyalar sirasiga ulug’
adibimiz hikoyanavis Abdulla Qahhorning ”Bemor” hikoyasini kiritish mumkin.
Hikoyada
keltirilganidek bir kambag’al oilaning turmush tarzi, kambag’allik, qo’li kaltalik qilib bemor ayolini
davolata olmagan nochor hikoya qahramoni va uning endigina tetapoya qilayotgan va hali tili chiqib
ulgurmagan qizalog’i juda ham achinarli qilib tasvirlangan. Qizaloqning erta tongdan uyg’onishi va o’zi
tushunmagan holda allaqachon yorug’ dunyoni tark etgan onasining dardiga shifo tilab: - ”Xudoyo
ayamding daydiga davo beygin” – deyishi har qanday bolani,
nafaqat bolani, balki kattalarni ham
jumbushga keltiradi. Shu kabi hikoyalarga qadimdan sayqallanib kelayotgan ”Osmon yiroq yer qattiq”
maqoli to’g’ri keladi. Bu maqol ham ajdodlarimizning turmush tarzidan, o’tmishda kechirganlaridan
dalolat berib turuvchi ko’zgu hisoblanadi. Mana shunday hikoyalar bilan bog’liq holdagi maqollarni
aytish kichik yoshidagi bolalarga juda tez ta’sir qiladi. Bu tipdagi maqollar
qadimda adolatsizlikdan,
chorasizlikdan, haqsizlikdan va tengsizlikdan dalolat beradi. Bu esa kichik maktab yoshidagi bolalar
qalbida mana shunday yovuz illatlarga qarshi nafrat uyg’onadi va oqdan qorani farqlay bilishga undaydi.
Bolalar ongiga bugungi kun yaratuvchanligini, ma’naviyatini va bunyodkorlik g’oyalarini sindirishga
qulay sharoit yaratadi.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tarbiyachilariga bo’lgan e’tiborning kuchaytirilayotganligi ham
bejiz emas. Qadimdan buyuk pedagoglardan qolgan shunday naql bor, ”Besamar ketgan har bir soat dars
kelajakka qilingan hiyonatdir”- mana shu mo’jazgina naqldan ham ko’rinib turibdiki, shaxs kamolotining
asosiy poydevori –maktabgacha bo’lgan davrda beriladigan ta’lim va tarbiyadir. Bir-biri bilan bog’liq bu
ikki tushunchani tor ma’noda
olib qarasak, ya’ni tarbiyaga muhtoj bir go’dak misolida ko’rsak,
g’odaklikdan boshlab shunday tarbiya berilishi kerakki, kelajakda hayot yo’lida uning ongida ma’naviy
bo’shliq hosil bo’lmasin. Hayotga to’g’ri ko’z bilan qaraydigan, ezgu fikrlaydigan, ezgu faoliyat
yuritadigan komil shaxs bo’lib jamiyat taraqqiyotiga xizmat qila olsin. Zero, ma’naviyati past odam
jamiyat taraqqiyotiga hech qanday foyda keltira olmaydi. Keng ma’noda esa biror jamiyatning misolida
olsak,
yoshlarning qay darajada ilmiy, jismoniy, huquqiy, ma’nabiy salohiyatga ega ekanligi va
davlatning boshqa davlatlar oldidagi mavqeini belgilaydi. Davlatning qudrati, buyukligi shu davlat
yoshlarining ilmiy salohiyati va ma’naviyati bilan o’lchanadi. Ma’naviyatning asosini ta’lim
va tarbiya
tashkil qiladi. Ana shu ta’lim va tarbiyani amalga oshiruvchi shaxs bu tarbiyachilardir. Tarbiyachi – bu
yaratuvchi, mohir san’atkor. Uning yaratuvchanligi davlatning asosini, poydevorini qurib berishi, mohir
san’atkorligi yoshlarga ta’lim va tarbiya berib, maktabga yo’naltirishidir. Shu o’rinda yuksak sarkarda