Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish” fanidan



Yüklə 390,89 Kb.
səhifə11/93
tarix27.07.2023
ölçüsü390,89 Kb.
#137659
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93
Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish” fanida-fayllar.org

Barmoq teatri. Yoz oyida bolalarning o‘z qo‘llari bilan yasagan o‘yinchoqlaridan o‘yinchoq teatrlari, stol va barmoq teatrlari tashkil qilganda foydalanish mumkin. Bunda bolalar nafaqat oddiy tamoshabin, bo‘lib qolmasdan ular mehnat qiluvchi, ijodkorga aylanib, o‘zlaridan kichik ukalariga teatr ko‘rsatish bilan ularni hursand qiladilar. Barmoq teatri qaxramonlarini qog‘ozdan yasash mumkin. Bu kichik konus va silindr shaklidagi barmoqqa kiyish uchun yasalgan. Qog‘ozdan odam, xayvonlarning kichik shaklida barmoqqa tasvirini tayyorlab, uni barmoqqa qog‘ozdan uzuk shaklida yasalgan qog‘oz halqaga yelimlab, barmoqqa kiyib olinadi. Teatr qaxramonlarini kichik qutichalardan ham yasash mumkin. Qutichalarning tag tomonidan barmoqni kirgizish uchun joy tayyorlab, qutichaga xohlagan qiyofa berish mumkin. Qutichaning qulay tomonidan barmoq sig‘adigan kichik teshikcha qilib qo‘yiladi, masalan: gugurt qutisidan, kublardan, dumaloq shakldagi qutichalardan va boshqalardan. Barmoq teatri uchun turli xil gazlamalardan foydalanish ancha keng tarqalgan. Bunda gazlamaning sitilib ketmaydigan xili tanlanadi va uning teskari tomonidan tikib, so‘ngra o‘ngiga ag‘dariladi, qolgan joyi tikib chiqiladi. Bolalarga andozaning teskari tomonidan tikishni, ko‘z, qosh, burun, og‘iz kabilarni tikish yoki yopishtirish kerakligini aytib, ularni bajarishga undash mumkin. Bolalar mustaqil soch, jiyak, lenta va to‘rdan bezaklarni o‘zlari tikadilar. Paralondan ham barmoq teatri qaxramonlarini yasash mumkin. Paralondan turli qaxramonlarning bosh qismini tayyorlab, barmoqqa kiygazish joyini qilib, qahramonlarni bezatishda matolardan ham foydalanish mumkin. Maktabga tayyorlov guruxi bolalari ishtirokida barmoqqa kiyish uchun qaxramonni barmoqqa mos qilib bichib, usti tomonidan «halqa» choki bilan, ba’zan esa to‘g‘ri chok bilan ichki tomonidan tikib,o‘ngi tomoniga o‘giriladi. Detallarni bolalar o‘zlari tugmacha, jun iplar yordamida jihozlaydilar. Barmoq teatrini qog‘oz quyuqasidan ham yasash mumkin. Bunda qog‘ozdan silindr shaklini yasab, barmoqka mos qilib qog‘oz quyqani silinrga kirgizib, co‘ng hohlagan shaklni yasash mumkin. Qurigandan keyin bosh qismlarni bo‘yash lozim. Ularga ba’zi detallarni qog‘ozdan qirqib, yelimlab qo‘ysa bo‘ladi. Masalan: quloqlarni, ko‘zlarni esa tugmachadan, matolardan, turli iplardan sochlarni qilish mumkin. Bunday o‘yinchoqlarni katta maktabgacha yoshdagi bolalar mustaqil bajaradilar. Kartonga chizib qirqilgan shakllardan: qizcha, qushcha, hayvonlar boshining orqa tomoniga kichik karton kog‘oz qoldig‘idan barmoq sig‘gulik qilib yopishtirib qo‘yish mumkin.
Barmoq teatri boshqa teatrlar kabidir, lekin uning farqi shundaki har bir ertak qaxramoni bolalarning barmoqlariga mos kichik yoki ertak ko‘rsatuvchining barmog‘iga to‘g‘ri keladigan qilib tayyorlanadi.
Dikir-dikir o‘yinchoqlar. Dikir-dikir o‘yinchoqlarni yasash uchun kichik kartonga odam va xayvonlar tasvirini chizish kerak, ularning oyoqlari esa chizilmaydi.
Chizilgan tasvirni qirqib olamiz. Shakllarni kaftimizning orqa tomoniga rezina bilan mustahkamlab, ko‘rsatgich yoki o‘rta barmoqqa atir shisha qopqog‘ini kiyib,rezina bilan mustahkamlab, stolda shakllarni yurgazamiz. Ularni choptirish, o‘yinga tushirish mumkin. Katta, tayyorlov guruh bolalari bunday o‘yinchoqlarni mustaqil yasay olishadi.



Yüklə 390,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin