Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish” fanidan



Yüklə 390,89 Kb.
səhifə12/93
tarix27.07.2023
ölçüsü390,89 Kb.
#137659
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   93
Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish” fanida-fayllar.org

Qo‘lqop qo‘g‘irchoqlar (barmoqsiz qo‘lqop). Eski qo‘lqopcha, qo‘lqop qo‘g‘irchoqlarni yasash uchun ashyo bo‘la oladi. Bunday o‘yinchoqlarni ham bolalarning o‘zlari yasashlari mumkin. Qo‘lqop qo‘g‘irchoqning bosh qismi, katta barmoq esa, burun bo‘lib xizmat qiladi. Qo‘lqopni to‘liq xayvonga aylantirib olish ham mumkin, bunda katta barmoq dum vazifasini o‘taydi. Qo‘lqop qo‘g‘irchoq tanasi bo‘lishi, unga bosh va boshqa detallarni biriktirish ham mumkin. Qo‘lqop topilmasa‚ unda to‘qilgan eski buyum yoki matodan foydalanamiz. Bunda bichishda barmoq o‘rnini bichish shart emas, turli detallar unga tikib qo‘yiladi. Qo‘lqop qo‘g‘irchoqlar(barmoqli qo‘lqop). Qahramonlarni eski qo‘lqoplardan tayyorlasa bo‘ladi. Agar eski qo‘lqop topilmasa, uni tikish mumkin. Bolalarga tavciya etiladigan qo‘lqopning andozasi (besh barmoqlimas, to‘rt barmoqli) bo‘lishi mumkin. Detallarni bolalar bichib, halqa choki bilan tikadilar. Bosh qismini chizib yoki tikib, belgilangan joyga birlashtirib qo‘yish mumkin. Qo‘g‘irchoqning asl nusxasini eski qo‘lqopdan tiksa bo‘ladi. Ortiqcha detalini punktir chizig‘i bilan belgilab, olib tashlanadi va xohlagan ertak qaxramonlariga ega bo‘lish mumkin.
Qo‘lqopga paypoqdan ozgina ulab qo‘yilsa, qo‘lga kiyib, tugmachadan ko‘zlarini qilib qo‘yilsa, qo‘l barmoq harakati bilan gapirayotgan xarakat holatini ko‘rsatish mumkin. Bolalar bunday qahramonlarni o‘zlari yasay oladilar‚ ayniqsa ikki eski qo‘lqopdan yasalgan o‘yinchoq: kuchukcha, mushukcha, quyoncha, bo‘ri, tulkichalarni tayyorlash qiyin emas. Qo‘lqopning ko‘rsatgich va katta barmog‘i dum bo‘ladi, uning ortiqcha qismlari tikib tashlanadi. Qahramonlarning ayrim detallarini jixozlashda tugmachalar, dur donachalarini ishlatish mumkin. Bunday o‘yinchoqlardan bolalar sahnalashtirish faoliyatida foydalanadilar. Pahmoq teatri. Pahmoq teatrining tuzilishi va jihozlari. Ma’lumki‚ bolalarning har tomonlama rivojlanishlarida turli o‘yinlar va teatrlashtirilgan tadbirlarning ahamiyati kattadir. Bunda stol ustida o‘ynaladigan o‘yinchoqlar qo‘g‘irchoqlar teatridan keng foydaniladi. Pahmoq teatrining o‘ziga hos tomoni shundaki‚ kichkintoylar‚ asosan‚ ertak qahramonlarining aynan o‘zini ko‘radilar. Personajlar pahmoq ekranga yopishtiriladi. Ekran tayyorlash uchun balandligi 40 uzunligi 60 sm li qalin karton yoki faner ustiga pahmoq gazlamasi yaxshilab yopishtiriladi. Personajlar ekranda mana shu ekran orqali yopishtiriladi. Bolalar uchun mo‘ljallangan pahmoq teatri ertak ishtirokchilari, personajlar, dekoratsiyalar, ertak matni, boshlovchi ertakchi bobo yoki momolardan iborat bo‘ladi. Pahmoq teatri uchun personajlar quyidagicha tayyorlanadi: personajlar karton qog‘ozdan qirqib olinadi va rangli bo‘yoqda, guashda bo‘yaladi. Tayyor bo‘lgan personajlar ertak matni bilan birga papkaga solib qo‘yiladi.
----------------------------------------------------------------------------------------------------

Yüklə 390,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin