6-MAVZU: QO‘G‘IRCHOQ TEATRINING PAYDO BO‘LISHI, TARIXIY ILDIZLARI VA TARBIYAVIY AHAMIYATI Reja :
Qo‘g‘irchoq teatrining paydo bo‘lish tarixi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni qo‘g‘irchoq teatri personajlarini yasash orqali badiiy ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishning tarbiyaviy ahamiyati.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyasi:T sxemasi, muammoli ta’lim, klastr, diologik yondoshuv.
Qo‘g‘irchoq teatrining yaratilish tarixi O‘zbekiston Respublikasida kechayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-ma’naviy islohotlar, fan-texnika va ishlab chiqarish keskin rivojlanib borayotganligi - jamiyat talablariga javob bera oluvchi shaxsni tarbiyalash masalasini kun tartibiga ko‘ndalang qo‘ymoqda.
Darhaqiqat, kelajak poydevori bo‘lgan, har jihatdan mas’uliyatli, ma’naviy yetuk, axloqan pok, bir so‘z bilan aytganda jamiyat taraqqiyoti uchun munosib xissa qo‘sha oladigan yoshlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalashda qo‘g‘irchoq teatri vositasidan samarali foydalanish − bolalarning iqtidori, obyektiv borliq haqidagi tasavvuri, dunyoqarashini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni yaratishi bilan yanada ahamiyatlidir. Ma’lumki, mamlakatimizda teatrning deyarli hamma turlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Teatr yunoncha “Tiyation” so‘zidan olingan bo‘lib, tomoshaxona degan ma’noni bildiradi. Jajji kichkintoylar sevimli teatri, bu ko‘g‘irchoq teatridir. Qo‘g‘irchoqbozlar ayni vaqtda musiqadan yaxshi xabardor bo‘lganlar. Musiqa ham badiiy bezak sifatida, ham ko‘proq qahramonlar holatini ifodalovchi vosita sifatida xizmat qilgan. Qo‘g‘irchoq o‘yini xalq og‘zaki ijodiga asoslangan ajoyib-g‘aroyib san’at turidir. Uning yozma matni bo‘lmagan.
Dunyo qo‘g‘irchoq tetrlarining bolalarning axloqiy - estetik sifatlarini shakllantirishdagi tarbiyaviy xususiyati turli usullar va vositalar yordamida amalga oshiriladi. Shu jihatdan olib qaralganda, qo‘g‘irchoq teatri-estetik tuyg‘ularni, bolalarning qiziquvchanligi va tasavvurini rivojlantirish uchun juda qulay vositahisoblanadi. Har bir qo‘g‘irchoq teatri o‘ziga xos va mos milliy xarakterga ega. Dunyo sivilizatsiyasi tarixida barkamol insonni tarbiyalash vositasi sifatida quyidagi qo‘g‘irchoq teatrlari tashkil etilgan: