Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish” fanidan


-MAVZU: SAXNALASHTIRISH FAOLIYATI JARAYONIDA BOLALARDA IJODKORLIKNI RIVOJLANISHI XUSUSIYATLARI



Yüklə 390,89 Kb.
səhifə8/93
tarix27.07.2023
ölçüsü390,89 Kb.
#137659
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   93
Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish” fanida-fayllar.org

3-MAVZU: SAXNALASHTIRISH FAOLIYATI JARAYONIDA BOLALARDA IJODKORLIKNI RIVOJLANISHI XUSUSIYATLARI.
Reja:
  1. Saxnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishining o‘ziga xosligi


  2. Saxnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishining asosiy kriteriyalari





Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyasi: T sxemasi, muammoli ta’lim, klastr, diologik yondoshuv.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘g‘irchoq teatrlarini tayyorlash va tomoshalar ko‘rsatish mazmunini bosqichma-bosqich amalga oshirish ijobiy imkoniyat beradi.
Birinchi bosqich. Maktabgacha ta’lim muassasasida qo‘g‘irchoq teatrini tayyorlashda jihozlar, ya’ni quyidagi moddiy ta’minot amalga oshiriladi:
 manba tanlash (ertak tanlash). Tanlangan ertak bolaning yoshiga mos kelishi;
 musiqa tanlash;
 qo‘g‘irchoq teatrini ko‘rsatish rejasini tuzish.
Ikkinchi bosqich:
 ko‘zlagan maqsadga erishishda ertak mazmuniga ko‘ra qahramonlarni tanlash va so‘zlarini yod oldirish;
 qo‘g‘irchoqlarni yasash va kiyintirish;
 tarbiyachi bilan hamkorlikda shyerlarni yod olish.
Uchinchi bosqich:
 tarbiyachi va bolalar bilan hamkorlikda teatr turiga ko‘ra ertakni sahnalashtirish;

 qo‘g‘irchoq teatrini namoyish, bolalarni qiziqishlari va ularga yoqqan qahramonlar haqidagi fikrlarini aniqlash.


Qo‘g‘irchoq teatrining turlari
Qo‘g‘irchoq teatrining 5 ta turi mavjud:
1. Soyali qo‘g‘irchoq teatri;
2. Qo‘l qo‘g‘irchoq teatri;
3. Stol qo‘g‘irchoq teatri;
4. Marionetka qo‘g‘irchoq teatri;
5. Barmoqli qo‘g‘irchoq teatri;
  1. Soyali qo‘g‘irchoq teatri


Soyali qo‘g‘irchoq teatri 2 xil bo‘ladi: oq va qora.


“Oq” teatr uchun qora doskaga gazlamalar tortilgan bo‘ladi. Orqasiga lipuchka yoki najdachniy qog‘oz yopishtiriladi.
“Qora” teatr uchun qora rangli shirma tanlanadi.
Qo‘g‘irchoq teatri qahramonlari cho‘pga qoqiladi ular qora rangda bo‘ladi orqadan chiroq yoqib turiladi.
Qo‘l qo‘g‘irchoq teatri
Qo‘l qo‘g‘irchoq teatrida qo‘g‘irchoqlar, ya’ni ertak qahramonlari qo‘lga kiygizilgan bo‘ladi.
Qahramonlar shirma orqasida ko‘rsatiladi.

Stol qo‘g‘irchoq teatr


Stol qo‘g‘irchoq teatrining 4 xili bo‘ladi.
Qog‘ozdan yasaladi;
Kartondan yasaladi;
Taxtadan yasaladi;
Plastmassadan yasaladi.
Bu teatr stol ustida ko‘rsatiladi. Bu teatr turi maktabgacha ta’lim muassasalari uchun qulaydir.
Marionetka qo‘g‘irchoq teatri
Marionetka qo‘g‘irchoq teatri 3 xil bo‘ladi:
arqonli, temirli, cho‘pli.
Bu teatr turida qo‘g‘irchoqlarning qo‘l va oyoqlari leska, ingichka sim yoki arqon bilan bog‘langan holda teatr o‘tkaziladi.
Barmoqli qo‘g‘irchoq teatri
Barmoqli qo‘g‘irchoq teatrida qo‘g‘irchoqlar barmoqlarga kiygizilib qug‘irchoq teatri ko‘rsatiladi.
----------------------------------------------------------------------------------------------------

Yüklə 390,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin