Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish” fanida-fayllar.org
9-MAVZU: IJODIY FAOLIYATGA O’RGATISH MAQSAD VA VAZIFALARI .
Reja :
Ijodiy faoliyat turlari.
Bolalarni xar tomonlama rivojlantirishda ijodiy faoliyatning axamiyati.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyasi:T sxemasi, muammoli ta’lim, klastr, diologik yondoshuv.
Qo‘g‘irchoq teatrining paydo bo‘lish tarixi va ma’naviy- tarbiyaviy ahamiyati Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’biri bilan aytganda “Yoshlarning ma’naviy olamini bolalikdan boshlab ezgu g‘oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirish haqida gap borar ekan, yana bir muhim masala xususida to‘xtalib o‘tish o‘rinli, deb o‘ylayman. U ham bo‘lsa, dunyoga hayrat ko‘zi bilan boqib, undan o‘zicha ma’no topishga intiladigan murg‘ak farzandlarimizning qiziqishi va hissiyotlariga mos qo‘g‘irchoq va o‘yinchoqlar ishlab chiqarish masalasidir”.4 Zero, qo‘g‘irchoq teatri vositasida bolaning atrof-muhit, hayot haqidagi tasavvurlari, taassurotlari, u yoki bu hodisalarni tushunish, “yaxshi” va “yomon”ni farqlash, qolaversa, go‘zallikni ko‘ra bilish va xis etishga ma’suliyat xissi oshadi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni qo‘g‘irchoq teatri vositasida axloqiy-estetik sifatlarini shakllantirish jarayonida quyidagi bosqichlarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir:
o‘tkazilishi rejalashtirilgan teatr oldi suhbati. Bolalarda teatr qahramonlarining o‘ziga xos tabiati, hatti – harakatlari haqidagi tasavvurlarini savol-javob asosida aniqlash;
teatrning ta’sirchan, xis-tuyg‘u va mazmunga boy tarzda o‘tkazilishi;
teatr namoyishidan so‘nggi suhbat.
bolalarning voqealar, ularning mazmun-mohiyatini haqidagi fikrlari.
Olib borgan izlanishlarning nazariy tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, garchi maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiyasi va bu borada samaradorlikka erishish yo‘llari keng ko‘lamda tadqiq etilgan bo‘lsa-da, biroq, maktabgacha katta yoshdagi bolalarni qo‘g‘irchoq teatri vositasida axloqiy-estetik sifatlarini shakllantirish ilmiy tadqiqot uchun mavzu sifatida tanlanmaganligi, ilmiy-pedagogik nuqtai-nazardan o‘rganilmaganligini ko‘rsatdi. Shuningdek, jamiyatimizning jadal sur’atda har tomonlama rivojlanib borayotganligi, uzluksiz ta’lim tizimining tobora takomillashuvi natijasida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda tarbiyalash ehtiyojining yuzaga kelayotganligi ushbu metodik qo‘llanmani yaratishga imkon yaratdi. Mustaqillikka erishgan dastlabki kunlarimizdan boshlab, o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk, ma’naviy barkamol inson qilib kamol toptirish − jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biri sifatida e’tirof etildi.
Bu borada kelajagimiz poydevori bo‘lgan yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘rni beqiyosdir. Maktabgacha ta’lim muassasalari ishini ko‘p qirrali deb hisoblash mumkin. Shu jihatdan olib qaralganda, bolalarda axloqiy-estetik sifatlarni shakllantirishda qo‘g‘irchoq teatri ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Qo‘g‘irchoq teatri bolalar bilan bevosita muloqotda bo‘lish, ularning “tili”da fikr almashish, maxsus ifoda vositalariga egaligi, kichkintoylarni ishontirish, voqea-xodisalarga nisbatan xis-tuyg‘ularini bildira olish xususiyatiga ko‘ra pedagogik ahamiyatga ega. Qo‘g‘irchoq teatri haqida fikr yuritilar ekan, shu o‘rinda birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tish g‘oyat o‘rinlidir: “Qachonki milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo‘lgan teatr san’ati xususida so‘z borar ekan, buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Teatr – bu ibratxonadur», deb aytgan fikrini eslash o‘rinlidir. Bizning milliy teatr san’atimiz tarixan juda katta yo‘lni bosib o‘tgan bo‘lib, uning qadimiy ildizlari xalq o‘yin va tomoshalariga borib bog‘lanadi”.5 Qo‘g‘irchoq teatri dunyoning ko‘plab xalq va elatlarga qadim zamonlardan buyon ma’lum. U jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Qo‘g‘irchoq teatri har qaysi davlatda turli shaklda, turli hajmda, o‘ziga xos tarzda taraqqiy etib, rivojlanib kelgan. Shunday bo‘lsa-da, qo‘g‘irchoq teatrining to‘rt turini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular-
qo‘lga kiyib o‘ynatiladigan qo‘g‘irchoqlar;
ip bilan boshqariladigan qo‘g‘irchoqlar;
soyali qo‘g‘irchoqlar;
aktyori ko‘rinadigan qo‘g‘irchoqlardir.
Teatr binolarining bugungi qiyofasi va o‘ziga xos sahna ko‘rinishlari tarixi qadimgi Yunonistonga borib taqaladi. Usti yopilgan sahnalar dastlab qadimgi Rimda vujudga kelgan, deb taxmin qilinadi. Ba’zi manbalarda berilishicha, teatrning nafaqat sahna qismi, balki butun amfiteatrning usti ham yopilgan. Teatr sahnalaridagi chodirlar atrofdagilarni tashqi ta’sirlardan, xususan, shamol va yomg‘irdan himoya qilgan. Dastlab, birinchi bor Rim teatrlarida parda paydo bo‘lganligi mutaxassislar tomonidan e’tirof etiladi.Pardaning vujudga kelishi, albatta, sahnada qandaydir bezaklar bo‘lganligidan darak beradi. “Xalq ko‘pincha turli bayramlar, Dionis sharafiga uyushtirilgan ko‘cha namoyishlari,sport bellashuvlariga to‘plangan. Shuning uchun bunday tomoshalar hammaga ko‘rinarli bo‘lishi uchun ko‘proq tepaliklar yoki tog‘lar etagida tashkil etilgan. Shunda tomoshabinlar o‘ziga qulay bo‘lgan tabiiy yondovlarga joylashib, bemalol tadbirlar guvohi bo‘lganlar. So‘ngra tomashabinlar uchun yog‘ochdan maxsus o‘rindiqlar tashkil etilgan. Eramizgacha bo‘lgan asrda esa vaqtinchalik tomosha inshootlari ulug‘vor tosh amfiteatrlariga aylandi”.
----------------------------------------------------------------------------------------------------