Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish” fanidan


-MAVZU. QOG’OZDAN BUKLASH YO’LI BILAN O’YINCHOQ YASASH



Yüklə 390,89 Kb.
səhifə30/93
tarix27.07.2023
ölçüsü390,89 Kb.
#137659
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93
Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish” fanida-fayllar.org

10-MAVZU. QOG’OZDAN BUKLASH YO’LI BILAN O’YINCHOQ YASASH (“Origami usuli”).
Reja :
  1. O’rigami san’atining kelib chiqish tarixi.


  2. Origami usulida o’yinchoq yasash .





Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyasi: T sxemasi, muammoli ta’lim, klastr, diologik yondoshuv.
QOG‘OZDAN BUKLASH YO‘LI BILAN O‘YINCHOQ YASASH. (“ORIGAMI USULI”)
«Origami» so‘zining kelib chiqishi yapon tiliga mansub bo‘lib, ikki ibora “ori” – buklangan va “gami” – qog‘oz degan ma’nolarni anglatadi. Origami deyilganda odatda to‘rtburchakli qog‘ozlarni buklab turli buyum va o‘yinchoqlarni yasash tushuniladi. Origami san’at sifatida ilk marotaba IX-XII asrlarda Yaponiyada paydo bo‘lgan. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib‚ bu san’at Yevropa mamlakatlariga ham tarqalib, rivoj topa boshladi. Har qanday buyumlarni yasashning izchil tizimiga ega chizma suratlar sifatida tasvirlash urfga kirdi. Zero, rasmlarga qarab qog‘oz buklamlaridan turli buyum o‘yinchoqlar yasash 4-5 yoshli bolalardan tortib maktabning boshlang‘ich sinfi o‘quvchilarining ham tasavvur doirasini kengaytirishi, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishi shubhasizdir.
Bugungi kunga kelib origami alohida amaliy san’at turi sifatida butun dunyoda keng ommalashgan.
«To‘tiqush» ni origami usulida yasash.
1. Kvadrat shaklida qog‘oz olamiz.
2. Dioganaliga buklaymiz.
3. Buklangan joydan burma hosil qilamiz.
4. Burma bo‘ylab 2 uchi birlashtiriladi.
5. Buklangan qog‘ozning har bir uchi orqaga qaytariladi.
6. Qaytarilganda avvalgi dioganalidan oshib ketmasligi kerak.
7. Bosh barmoq orasiga kirgizib ko‘rsatkich barmoq bilan buklanadi va uning bosh qismi tayyorlanadi.
Qushchaning umumiy shakli tayyor bo‘ldi, shu shakldan o‘zingiz xoxlagan qushchangizni yasashingiz mumkin. Shakldagi bo‘yalgan joylar qirqilsa, to‘tiqush dumi, tumshug‘idan qaychida ozgina chimdib, ichki tomonga mayda burmachalar hosil qilinib, ko‘zi chizib qo‘yiladi. To‘tiqush tayyor. «Do‘ppi» ni origami usulida yasash. Kvadrat shaklidagi katta-kichikligi ihtiyoriy qog‘ozni olib‚ diagonal bo‘yicha uning markazini aniqlaymiz. So‘ngra teng ikkiga buklaymiz, qolgan burchagining biri olinib, markaz tomoni bo‘yicha buklanadi, orqa tomoni ham xuddi shunday buklanadi. Buklangan tomoni ichki tomonga qarata buklanib, boshqa burchagini 1 sm qayirib olinadi, pastki qog‘ozning burchaklari qayirib, buklanib chiqiladi va chetidagi burchakka kirgizib qo‘yiladi. Orqa tomoni ham xuddi shunday bajariladi. Manna‚ do‘ppimiz tayyor, endi uni bezatishimiz kerak. Ingichka mo‘yqalamni olib, oq rangga botiramiz, do‘ppining to‘rt tomoniga garmdori shakli chiziladi. Do‘ppilarning gulidagi garmdori shaklining tasvirlanishi bolalar chidamli, qo‘rqmas, matonatli, sabrli bo‘lishi kabi ma’noni anglatadi. Qizlarimiz do‘ppilarni turli ranglardan foydalanib, har - xil gullar bilan bezatib chiqadilar. Bu esa qizlarning doimo guldek ochilib, chiroyli bo‘lib yurishlarini ifodalaydi hamda bir yo‘la ularning boshlarini oftob issig‘idan asraydi. Buvijonlarimizning aytishlaricha, bosh kiyimni juda ehtiyot qilish kerak. Eskirganda ham tashlab yubormay, undan yana ro‘zg‘orda yordamchi buyum sifatida foydalanish mumkin. Qizlarimizning do‘ppilariga gulni mana bunday chizamiz, gul o‘rtasiga sariq rangli nuqta quyib, atrofiga qizil rangda gul yaproqlarini chizamiz. Agar uyingizda do‘ppingiz bo‘lsa, unga qarab gulni chizsangiz ham bo‘ladi. Har xil rangdan foydalanayotganda mo‘yqalamni yaxshilab yuvib, salfetkada artib olishni unutmang. Quyida «Origami»‚ya’ni qog‘ozni buklash orqali do‘ppi‚ baliq‚ to‘tiqush‚ jirafa yasashni bosqichma-bosqich ko‘rsatib o‘tamiz.



Yüklə 390,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin