Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish” fanidan


Tayyorlov yoshidagi bolalar guruhida



Yüklə 390,89 Kb.
səhifə28/93
tarix27.07.2023
ölçüsü390,89 Kb.
#137659
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   93
Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish” fanida-fayllar.org

Tayyorlov yoshidagi bolalar guruhida:
bolalarning teatr haqidagi dastlabki bilimlarini mustahkamlash;
qo‘g‘irchoq teatri-san’at turlaridan biri ekanligini bolalarga tushuntirish;
teatr san’atiga qiziqish uyg‘otish.
Bu davrda bolalarda qo‘g‘irchoq teatri vositasida moddiy va ma’naviy hayot haqida quyidagi tasavvurlarni shakllantirish muhim:
teatrda go‘zal tabiatning tasviri va undan zavqlanish;
qadim zamonlardagi voqea va xodisalarning abadiy tasviriga munosabat bildirish;
qahramonlarning xatti-harakatlari ko‘ra “yaxshi” va “yomon” fazilatlarini ko‘ra bilish.
Qo‘g‘irchoq teatrlarini sahnalashtirishda tarbiyachi dastlab har bir guruh bolalarini yoshi, qiziqishiga alohida e’tibor bergan holda ertak tanlashi muhim ahamiyat kasb etadi.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, biz o‘rgangan va tajriba-sinov uchun tanlagan maktabgacha ta’lim muassasalarida doimiy bir xil ertaklarning ko‘rsatilishi natijasida bolalarda qandaydir qiziqmay qolishlik xolatlari tadqiqot davomida aniqlandi. Bular: “Qizil qalpoqcha”, “Bo‘g‘irsoq”, “Ajoyib qo‘shiqcha”, “Zumrad va Qimmat”, “Bo‘ri va echki bolalari” kabilar.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash joizki, tajriba ishlari davomida maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy-estetik sifatlarini shakllantirishga imkon yaratuvchi ertaklarni tanlashni ma’qul topdik. Bular: “Ipak yo‘li ertaklari” ya’ni unda 32 davlat ertaklari jamlangan. “O‘zbek xalq ertaklari”, “Rus xalq ertaklari” hamda “Bolajon” dasturidan ham keng foydalanildi.
1. Kichik yoshdagi (3-4) bolalar uchun:
“Fil bilan xo‘roz” (xalq ertagi).
“Bo‘ri bilan echki” (xalq ertagi).
“Nasibaning olmasi” (SH.Sa’dulla).

2. O‘rta yoshdagi (4-5) bolalar uchun
“Quyonjon va laylakvoy” (xalq ertagi).
“Aqlli qarg‘a” (xalq ertagi).
3. Katta yoshdagi (5-6) bolalar uchun: 
“Qarg‘aboy” (xalq ertagi).
“Ur to‘qmoq” (xalq ertagi)

4. Maktabga tayyorlov yoshidagi (6-7) yoshdagi bolalar uchun:
“Egri va To‘g‘ri” (xalq ertagi).
“Yolg‘on do‘st” (A.Avloniy).
----------------------------------------------------------------------------------------------------


5-MODUL. BOLALARNI IJODIY FAOLIYATGA O’RGATISH MAQSAD VA VAZIFALARI

Yüklə 390,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin