Bolalarning ijtimoiy moslashuvi


-Mavzu: Ijtimoiy pedagogik faoliyatda bolalarning moslashuv koʼnikmalarini shakllantirish



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə23/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,86 Mb.
#201735
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   93
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi

10-Mavzu: Ijtimoiy pedagogik faoliyatda bolalarning moslashuv koʼnikmalarini shakllantirish.
REJA:
1.Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
2.Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlari sharoitga moslashuvida pedagogning roli.
3.MTT bolalarning moslashuv ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyalari.
Ijtimoiy pedagogik faoliyatda bolalarning moslashuv jtimoiy pedagogika - shaxsning ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari, texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo‘llashga qaratilgan pedagogika sohasi. Shuningdek, ijtimoiy pedagogikaga bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganadigan, mutaxassislarni ijtimoiy tarbiya va ta’lim usullari hamda texnologiyalar bilan ta’minlaydigan fan sifatida ta’rif bersak ham bo‘ladi. Adaptatsiya tushunchasi. Adaptatsiya – organizmning tashqi muhit bilan adekvat aloqalarning shakllanish xususiyati. Shuningdek, adaptatsiya bu organizm faoliyatini tashqi muhit ehtiyojlariga qarab o‘zgartirish qobiliyati hamdir. Barcha tirik mavjudotlar o‘zgaruvchan, atrof-muhitga doimiy adaptatsiyani ta’minlovchi mexanizmlarga ega. Bu qobiliyat gomeostaz asosida ro‘y beradi. Biroq atrof-muhitning bunday o‘zgarishlarini oldindan ko‘ra bilish va unga ko‘nika olish faqat insonga xosdir. Insonning bu yuqori adaptativ qobiliyati tug‘ma bo‘lmay, insonning muhit bilan doimiy aloqasining oqibati sifatida rivojlanib keladi. Insonning ko‘nikish reaksiyalari shakllari ijtimoiy adaptatsiya sifatida aniqlanishi lozim. Boshqa tirik mavjudotlardan farqli o‘laroq, inson ijtimiy muhit o‘zgarishlariga ko‘nika olishi va bu holatlar uchun yurish-turish reaksiyalarini ishlab chiqishi lozim. Insonda adaptatsion mexanizmlarda hal qiluvchi rolni ijtimoiy omillar o‘ynaydi. Ilmiy-texnikaviy rivojlanish, urbanizatsiyaning tezlashishi tabiat va kosmosni faol o‘zlashtirish, aloqa vositalarining kengayishi va kompyuterlashtirish, davlatlararo integratsiya jarayonlari insonda o‘zgaruvchan muhit sharoitlariga tez ko‘nika olish qobiliyatini shakllantirish masalasini muhimlashtiradi. Bu qobiliyat shaxs rivojining yanada hal qiluvchi ahamiyatga ega komponentiga aylanmoqda. Insonning tug‘ilishi adaptatsiya borasidagi ilk sinovdir. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda ham ko‘nikish mexanizmlari mavjud bo‘ladi. Biroq go‘daklik davrida muhit bilan faol o‘zaro munosabatlar natijasida oliy nerv faoliyatida ba’zi murakkab funksiyalar vujudga keladi. Miyada axborot to‘plash va uni qayta ishlash bolaga ijtimoiy muhitning ijtimoiy tajribasini tarbiyaviy ta’sir orqali o‘zlashtirish imkonini beradi. So‘nggi yillarda go‘daklik davridagi ijtimoiy adaptatsiyaga qiziqish ancha ortdi. Ta’lim muassasalalarida tarbiyalanayotgan barcha bolalar uchun ijtimoiy adaptatsiya muammosi muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda bolaning ko‘nikish imkoniyatlarini oshirish, uning ijtimoiy aloqalarini kengaytirish bola shaxsining shakllanishi uchun nihoyatda katta ahamiyat kasb etmoqda. Bola shaxsining rivojlanishi uning aloqalarining xilma-xilligiga bog‘liq. Demak, bolaning har tomonlama rivojlanishi uning aloqalarining ham har tomonlama rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ijtimoiy aloqalarning barvaqt shakllanishi tarbiyaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy adaptatsiya qobiliyati oliy nerv faoliyatining rivojlanishiga bog‘liq ravishda postanal antogenezda shakllanadi. Bu jarayon hayotning ilk uch yilida ayniqsa jadal kechadi. Shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasi uchun yangi ijtimoiy muhitdagi aloqa va me’yorlar haqidagi ma’lumot muhim ahamiyatga ega. Yangi ijtimoiy talablarga ko‘nikish bir qancha ruhiy-hissiy qiyinchiliklarni ham keltirib chiqaradi. Bola ijtimoiy adaptatsiyani o‘z tajribasi asosida ta’lim-tarbiya jarayonida o‘rganadi. Ijtimoiy adaptatsiya qobiliyatini hosil qilish ko‘nikish imkoniyatini kengaytiradi. Shu bilan birga bolaning ko‘nikish imkoniyatlarida inqirozli holatlar ham paydo bo‘ladi. Bu imkoniyatlar esa boshqalar bilan aloqalarning rivojlanishi, bola miyasida axborotlarni qayta ishlashga bog‘liq bo‘ladi. Bolada aniq bir mikroijtimoiy muhitning shartlari sifatida shakllanadigan yurish-turish shakllari ijtimoiy adaptatsiyaning fiziologik holati hisoblanadi. Bu sharoitlar o‘zgarganida, masalan, bolalar muassasasiga kirganda yurish-turishining ham o‘zgarishi talab qilinadi. Turli yosh davrlarida bu turli darajadagi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bolalarning ta’lim muassasalaridagi adaptatsiyalarining asosiy xususiyati bolada oilasida shakllanadigan ota-onasi bilan munosabati va safdoshlar bilan shakllanadigan munosabatlari orasidagi farqdir. Bolaning bolalar muassasasi jamoasiga ko‘nikishida bola doim uyda, oilasida o‘tkazgan davrlarida shakllangan ota-onasi bilan munosabatlarining buzilishi haqida gap ketmaydi. Bunda yaqin insonlari bilan ayrimli va oilaviy xarakterga ega bo‘lmagan yangi aloqalarning shakllanishi nazarda tutilmoqda. Bolaning yangi muhit sharoitlari bilan tanishganidanoq oldiga qo‘yilgan talablar shubhasiz u yoki bu darajadagi qiyin masala hisoblanadi. Murakkablik darajasi bolaning individual hususiyatlariga bog‘liq. Faqatgina ba’zi hollarda murakkablik darajasi bola imkoniyatlaridan oshib ketadi. Shuning uchun bolaga bu murakkabliklarni yengishga yordam beradigan yo‘llarni qidirish lozim, chunki, ayni shu paytning o‘zida uning ijtimoiy aloqalarining kengayishi ham sodir bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning bolalar muassasalari sharoitlariga moslashuvi xususiyatlari. Hayotning ilk uchinchi yilida bolalar bog‘chasiga qabul qilinish boladan shu paytgacha shakllanib bo‘lgan yurish-turish stereotipini o‘zgartirishni talab qiladi. Ham bolaning sog‘ligi, ham har tomonlama rivojlanishi borasida biror-bir noxush hodisalar paydo bo‘lishini bartaraf etish uchun ijtimoiy pedagoglar ta’lim muassasalari ishini takomillashtirish borasida yordam ko‘rsatishlari va bolalar hayotini har tomonlama qulay tashkil qilishda ishtirok etishlari zarur.
Bu yoshdagi bolalarning xususiyatlari:
1. organizm barcha tizimlarining funksional yakunlanmaganligi va ular rivojlanishining nihoyatda tez sur’atidir; 2. jismoniy va ruhiy rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi; 3. go‘dak hayotining birinchi yillarida kattalarning o‘rni. Bola tug‘ma yurish-turish shakllariga ega emas va u ijtimoiy muhitda rivojlana turib uch asosiy komponentni: hudud (narsa-predmetlar, ulardan foydalanish vositalari), vaqt (kundalik tartib) va muomala shakllarini o‘zlashtiradi. Demak, bola tug‘ilishdanoq uning faolligi “bola-kattalar” munosabatlari ichida tartibga solinadi. Yosh bolalar yurish-turishining xarakterli jihati yuqori hissiyotchanlikdir. Bolaning emotsional holati uning rivojlanishi va tarbiyalanganligi darajasiga bog‘liq. Atrof-muhit va odatiy hayot tarzining buzilishi birinchi navbatda emotsional holatnnng buzilishiga olib keladi. O‘yin – bola faolligining asosiy va o‘ziga xos shaklidir. Bu o‘sayotgan bola organizmining tabiat, atrof-muhit ob’ektlari haqida ma’lumot yig‘ishga, kattalarga taqlid qilishga, faol harakat qilishga ehtiyojidir. O‘yin bolaning muhit bilan o‘zaro aloqasi shakllanadigan faoliyat turidir. Shuningdek, o‘yinlarda bola bajara olmaydigan talablar qo‘yilmaydi. Bundan kelib chiqadiki, o‘yin bola hayoti, madaniyati va faoliyatini tashkil qilish shakli sifatida bolaning yangi muhitga ko‘nikish shartidir. Yuqorida aytilganlarni barchasini inobatga olib, ijtimoiy pedagogning ta’lim muassasidagi bolalarning muvaffaqiyatli adaptatsiyasiga qaratilgan faoliyati quyidagilar ekanligini aytsak bo‘ladi:
1. Adaptatsion bosqichning kechishini og‘irlashtiruvchi va bolalarning kasallanish darajasini oshiruvchi yetakchi biologik va ijtimoiy omillarning kompleks tuzilmasini aniqlash;
2. Kompleks usullardan foydalangan holda adaptatsion bosqichning tahlili;
3. Adaptatsion bosqich kechishini yengillashtiruvchi va qulay sog‘liq holatini saqlashga yordam beruvchi chora-tadbirlarni izlash va ishlab chiqish. Ijtimoiy adaptatsiya bolaning ruhiyatida qizg‘inlikni paydo qilmasdan iloji yo‘q. Buning ilk namoyon bo‘lish shakllari emotsinal holatning buzilishidir. Ijtimoiy pedagog bolalarning ko‘nikish darajasini aniqlashi uchun quyidagi tasnifga tayanishi lozim: 1.Yengil adaptatsiya – bolaning yurish-turishi 10-15 kun ichida me’yoriy holatga qaytadi. Bola MTMga qatnay boshlaganidan so‘ng bir oy o‘tgach, o‘zini me’yorda tuta boshlaydi. 2.O‘rta adaptatsiya – bolaning yurish-turishi yoki emotsional holatidagi o‘zgarishlar 15-30 kun ichida me’yoriy holatga qaytadi. Agar avval unda ozish kuzatilgan bo‘lsa, keyinchalik u o‘z vaznini tiklab oladi. MTMga qatnay boshlashidan bir oy mobaynida bir marotaba yengil kasallikka chalinadi va 7-10 kun MTMga kelmasligi mumkin. 3.Og‘ir adaptatsiya shunda namoyon bo‘ladiki bolalarda tez-tez qaytadan kasal bo‘lish kuzatiladi va u kasalliklar ba’zi hollarda jiddiy tus olishi mumkin (bronxit, pnevmaniya). Bu holatda adaptatsiya bir oydan ziyod vaqtga cho‘ziladi, rivojlanish va sog‘liq ko‘rsatgichlarida noxush holatlar ham namoyon bo‘ladi. Adaptatsiyaning noxush holatlarini maksimal bartaraf etish uchun ijtimoiy pedagog 9-oylikdan 1,5 yoshgacha bo‘lgan bolalar mikro ijtimoiy muhitdagi o‘zgarishlarni og‘ir o‘tkazishlarini inobatga olishi lozim. Shuningdek, adaptatsiya jarayonini oilaviy tarbiyaning quyidagi kamchiliklari ham og‘irlashtirishi mumkin: 1. noto‘g‘ri ovqatlanish; 2. bolani noto‘g‘ri belash; 3. salbiy odatlar; 4. yoshiga mos kelmaydigan ko‘nikmalar;
Ijtimoiy pedagog faoliyati uch bosqichdan iborat bo‘lishi kerak: tashxis, tayyorlov, amaliyot. Ijtimoiy-gigiyenik jihatlarga bag‘ishlangan tadqiqotlarda emizikli va maktabgacha yoshdagi bolalarning adaptatsiya davrida bir qator muhim parametrlarni, ya’ni kasallanish, yurish-turish, ruhiy rivojlanishidagi o‘zgarishlarni e’tiborga olish kerakligi ta’kidlanadi.
1.Birinchi bosqich patronaji xaritasi:
1. Ota-onasi haqida ma’lumotlar: 1. otasi (F.I.Sh., tug‘ilgan yili, mansabi, ish joyi); 2. onasi (F.I.Sh., tug‘ilgan yili, mansabi, ish joyi); 3. onasida homilaning kechishi va bola tug‘ilishi.
2. Maishiy sharoitlari: 1. istiqomat qiluvchilar soni; 2. yashash joyiga baho berish (qulayliklari); 3. yuvinish moslamalari; 4. yashash joyi havosining tozaligi; 1. bola bilan birga yashayotgan bolalar qaysi muassasalarga qatnashadi?
3. Bola haqida ma’lumotlar: 2. yoshi; 3. sog‘ligi; 4. bolaga kim g‘amxo‘rlik qiladi?
5. bolaning kun tartibi qanaqa? 6. u alohida xona, krovatga egami?
4.Bedorlik vaqti: 5. bola bedorlik vaqtini qanday o‘tkazadi?
4. uyg‘oqlik davrining uzunligi; 5. sevimli o‘yinchoqlari; 6. kiyinish-echinish, yuvinish jarayonlariga munosabati; 7. kattalarning bolaga munosabatlari; 8. bolaning kattalarga munosabati; 9. bola bilan tez-tez sayr qilishadimi? 5.Ovqatlanish:  ovqatlanish tartibiga amal qilinadimi?  bola nima yeydi?  nima yordamida ovqatlantirishadi (butilkami, qoshiqdami)  bolaning ishtaxasi, faolligi. 7.Uyqu: 1. bolani uxlatishda o‘zini tutishi; 2. uyqudagi kiyimi; 3. bola qanday uxlab qoladi (tez, tinch)? 4. kuniga necha marta, qancha uxlaydi? 5. uyqu xarakteri va uzunligi; 6. qanday uyg‘onadi (tinch, yig‘i bilan)? 7. bola kunduzi qayerda uxlaydi (kravat, xona, ko‘cha)? 8. tunda qanday uxlaydi? 9. bolani uxlatish uchun unga so‘rg‘ich berishadimi?
1-jadval Adaptatsiya varaqasi MTM______ guruh_____ tug‘ilgan sanasi_________ MTMga kirish sanasi________ Kirishdagi yoshi: yosh, oy. Sana Ishta hasi Uyqu uzunligi, xarakter hissiy holati Katta larga munosa bat O‘yinchoq larga munosabat O‘zini tutishi Tavsiyalar Adaptatsiya varaqasida bolaning hissiy holati, uni ishtahasi, uyqusi inobatga olinadi. Shuningdek, unda kattalar, boshqa bolalar bilan munosabati, individual xususiyatlar ham qayd etiladi. Bu usuldan foydalanilganda adaptatsiya bosqichining tugashi deb shartli ravishda bola yurish – turishining normallashuvi olinadi.
Tayyorlov bosqichi o‘z ichiga ijtimoiy pedagog tomonidan muayyan vaziyat asosida qabul qilinadigan bir qancha chora-tadbirlarni qamrab oladi:
- Og‘ir adaptatsiya sabablarini aniqlash; - Tuman pediatri, tibbiy xodimlar, psixolog, ta’lim muassasi tarbiyachilari bilan aloqa va hamkorlik o‘rnatish; - Bolalarning MTM, bolalar bog‘chalariga kirishlaridan avval sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini nazorat qilish; - Bolalarga ijtimoiy pedagogik yordam rejasini tuzish; - Bolaning ta’lim muassasalarida yengil adaptatsiyasi uchun oilalar bilan aloqalar o‘rnatish; - Maktabgacha yoshdagi bolalarning adaptatsiyasi uchun ijtimoiy pedagogik, ijtimoiy ruhiy, tibbiy chora-tadbirlarni aniqlash.
Amaliy bosqich quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1.Oila va ta’lim muassasasida bolaga bir xil yondashuvni shakllantirish; 2.Oila bilan aloqalar – bolaning MTT ga qatnay boshlaganida 3-4 kun mobaynida onasining ishtirok etishi; 3.Axborot bazasining kengayib borishi; 4.Bolalarni ruhiy-emotsional qo‘llab-quvvatlash.


Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin