Ko ‘nikish reaktsiyalari shakllari ijtimoiy adaptatsiya sifatida Adaptatsiya – organizmning tashqi muxit bilan adekvat aloqalarning shakllanish xususiyati. SHuningdek, adaptatsiya bu organizm faoliyatini tashqi muxit extiyojlariga qarab o ‘zgartirish qobiliyati xamdir.
Barcha tirik mavjudotlar o ‘zgaruvchan, atrof-muxitga doimiy adaptatsiyani taominlovchi mexanizmlarga ega. Bu qobiliyat gomeostaz asosida ro ‘y beradi. Biroq atrof-muxitning bunday o ‘zgarishlarini oldindan ko ‘ra bilish va unga ko ‘nikaolish faqat insongaxosdir. Insonning bu yuqori adaptativ qobiliyati tug’ma bo ‘lmay, insonning muxit bilan doimiy aloqasining oqibati sifatida rivojlanib keladi.
Insonning ko ‘nikish reaktsiyalari shakllari ijtimoiy adaptatsiya sifatida aniqlanishi lozim. Boshqa tirik mavjudotlardan farqli o ‘laroq, inson ijtimiy muxit o ‘zgarishlariga ko ‘nikaolishi va bu xolatlar uchun yurish-turish reaktsiyalarini ishlab chiqishi lozim.
Insondaadaptatsion mexanizmlarda xal qiluvchi rolni ijtimoiy omillar o ‘ynaydi. Ilmiy-texnikaviy rivojlanish, urbanizatsiyaning tezlashishi tabiat va kosmosni faol o ‘zlashtirish, aloqa vositalarining kengayishi va kompyuterlashtirish, davlatlararo integratsiya jarayonlari insonda o ‘zgaruvchan muxit sharoitlariga tez ko ‘nikaolish qobiliyatini shakllantirish masalasini muximlashtiradi. Bu qobiliyat shaxs rivojining yanada xal qiluvchi axamiyatga ega komponentigaaylanmoqda.
Insonning tug’ilishi adaptatsiya borasidagi ilk sinovdir. Yangi tug’ilgan chaqaloqda xam ko ‘nikish mexanizmlari mavjud bo ‘ladi.Biroq go ‘daklik davrida muxit bilan faol o ‘zaro munosabatlar natijasidaoliy nerv faoliyatida baozi murakkab funktsiyalar vujudga keladi. Miyadaaxborot to ‘plash va uni qayta ishlash bolaga ijtimoiy muxitning ijtimoiy tajribasini tarbiyaviy taosir orqali o ‘zlashtirish imkonini beradi.
So ‘nggi yillarda go ‘daklik davridagi ijtimoiy adaptatsiyaga qiziqish anchaortdi.Taolim muassasalalarida tarbiyalanayotgan barcha bolalar uchun ijtimoiy adaptatsiya muammosi muxim axamiyatga ega. Xozirgi vaqtda bolaning ko ‘nikish imkoniyatlarini oshirish, uning ijtimoiy aloqalarini kengaytirish bola shaxsining shakllanishi uchun nixoyatda kattaaxamiyat kasb etmoqda.
Bola shaxsining rivojlanishi uning aloqalarining xilma-xilligiga bog’liq. Demak, bolaning xar tomonlama rivojlanishi uning aloqalarining xam xar tomonlama rivojlanishiga sabab bo ‘ladi. SHuning uchun ijtimoiy aloqalarning barvaqt shakllanishi tarbiyaga ijobiy taosir ko ‘rsatadi.
Ijtimoiy adaptatsiya qobiliyati oliy nerv faoliyatining rivojlanishiga bog’liq ravishda postanal antogenezda shakllanadi. Bu jarayon xayotning ilk uch yilidaayniqsa jadal kechadi.
Shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasi uchun yangi ijtimoiy muxitdagi aloqa va meoyorlar xaqidagi maolumot muxim axamiyatga ega. Yangi ijtimoiy talablarga ko ‘nikish bir qancha ruxiy-xissiy qiyinchiliklarni xam keltirib chiqaradi.
Bola ijtimoiy adaptatsiyani o ‘z tajribasi asosida taolim-tarbiya jarayonida o ‘rganadi. Ijtimoiy adaptatsiya qobiliyatini xosil qilish ko ‘nikish imkoniyatini kengaytiradi. SHu bilan birga bolaning ko ‘nikish imkoniyatlarida inqirozli xolatlar xam paydo bo ‘ladi. Bu imkoniyatlar esa boshqalar bilan aloqalarning rivojlanishi, bola miyasidaaxborotlarni qayta ishlashga bog’liq bo ‘ladi.
Boladaaniq bir mikroijtimoiy muxitning shartlari sifatida shakllanadigan yurish-turish shakllari ijtimoiy adaptatsiyaning fiziologik xolati xisoblanadi. Bu sharoitlar o ‘zgarganida, masalan, bolalar muassasasiga kirganda yurish-turishining xam o ‘zgarishi talab qilinadi. Turli yosh davrlarida bu turli darajadagi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Bolalarning taolim muassasalaridagi adaptatsiyalarining asosiy xususiyati boladaoilasida shakllanadigan ota-onasi bilan munosabati va safdoshlar bilan shakllanadigan munosabatlari orasidagi farqdir.Bolaning bolalar muassasasi jamoasiga ko ‘nikishida bola doim uyda, oilasida o ‘tkazgan davrlarida shakllangan ota-onasi bilan munosabatlarining buzilishi xaqida gap ketmaydi. Bunda yaqin insonlari bilan ayrimli vaoilaviy xarakterga ega bo ‘lmagan yangi aloqalarning shakllanishi nazarda tutilmoqda.
Bolaning yangi muxit sharoitlari bilan tanishganidanoq oldiga qo ‘yilgan talablar shubxasiz u yoki bu darajadagi qiyin masala xisoblanadi. Murakkablik darajasi bolaning individual xususiyatlariga bog’liq. Faqatgina baozi xollarda murakkablik darajasi bola imkoniyatlaridan oshib ketadi. SHuning uchun bolaga bu murakkabliklarni engishga yordam beradigan yo ‘llarni qidirish lozim, chunki, ayni shu paytning o ‘zida uning ijtimoiy aloqalarining kengayishi xam sodir bo ‘ladi.