Mavzu yuzasidan savollar: 1. Oilaning bugungi kundagi muammolari haqida fikr yuriting. 2. Demokratik jamiyatda oila vazifalari nimalardan iborat? 3. Oila maqomi tushunchasi va uning darajalari? 4. Ijtimoiy pedagogning asotsial oila bilan olib boradigan faoliyatini tavsiflang. Oilaga pedagogik yordam ko‘rsatishning asosiy shakllari qaysilar
12-Mavzu: Pedagogning bolalarning ijtimoiylashuvidagi roli. Mavzu rejasi: 1. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning bolalar muassasalari sharoitlariga moslashuvi xususiyatlari.
Bolalarning maktabgacha taolim tashkilotlariga moslashuv ko ‘nikmalarini shakllantirishning axamiyati Respublikamiz rivojlangan davlatlar qatoriga yetishi uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, taolim-tarbiya soxasida amalga oshirilayotgan vazifalarimizning barchasi o ‘sib kelayotgan yosh avlodni jismonan va maonaviy sog’lom qilib tarbiyalashga qaratilgan. Bu borada birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o ‘z maoruzalarida quyidagi fikrlarni ilgari suradi: «Biz sog’lom deganda, nafaqat jismoniy, balki maonaviy jixatdan xam sog’lom bolani o ‘zimizga tasavvur etamiz. Mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab yurtimizda sog’lom ona – sog’lom bola masalasi davlat siyosatining ustuvor yo ‘nalishiga aylangani, keng ko ‘lamli umummilliy dasturlarimiz doirasida amalga oshirayotgan ulkan ishlarimiz jaxon miqyosida xam tan olingani sizlarga yaxshi maolum. Ayni vaqtda bugungi shiddatli zamon, xayotning o ‘zi yosh avlod tarbiyasi borasida oldimizga yangi-yangi, o ‘ta muxim va dolzarb vazifalarni qo ‘ymoqda».
Aslida «Sog’lom bola» nima degani? «Sog’lom» so ‘zi: dard-kasaldan xoli; sog’; sog’liqni saqlash talablariga to ‘la javob beradigan; beg’ubor, toza, sof; zararli taosirdan, salbiy xislat, illat va shu kabilardan xoli; toza, pok; ruxiy jixatdan shikast yetmagan; raso; g’oyaviy-mafkuraviy, maonaviy jixatdan toza, pok, degan maonolarni beradi. Xullas, lug’aviy maonoda sog’lom bola – xali yosh, voyaga yetmagan, beg’ubor, sof, zararli taosirlardan, salbiy xislat, illat va shu kabilardan xoli o ‘g’il-qiz ekani maolum bo ‘ladi.
Milliy qadriyatlarmizda xam bola tarbiyasiga aloxida eotibor berilganligi tarixiy manbalarda to ‘liq aks etgan bo ‘lib, jumladan xadisi shariflarda sog’lom bola axli islomning muddaosi bo ‘lganligi keltiriladi. Bunga muxaddislar imomi – buyuk bobomiz Imom Buxoriyning «Al-adab al-mufrad» kitobida dalil bor. Kitobning bir bobi «Bola sog’lom tug’ilsa, Xudoga shukr qilish xaqida», deb ata- ladi. Unda: «Oyisha (r.a.) biron oilada farzand tug’ilsa, o ‘g’il yoki qizligini so ‘ramas edilar. Balki: «Sog’lommi?» – deb so ‘rar, «Xa», deyilsa, «Olamlarning Parvardigori Alloxga shukr», derdilar» deyilgan. Bundan tashqari, o ‘quv-uslubiy qo ‘llanmalar, maktabgacha yoshdagi bolalar taolim-tarbiyasiga qo ‘yiladigan davlat talablari yaratilib, amaliyotda qo ‘llanilmoqda.
Davlat maktabgacha taolim muassasalari, xususiylashtirilgan maktabgacha taolim muassasalari, maktablar qoshida maktabdan tashqari muassasalar va xususiy turli maktab tayyorlov markazlarida bolalarni maktabga tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Xozirgi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash yangi omillarni izlash, topish, tajriba-sinovlardan o ‘tkazish asosida amalga oshirish zaruriyatini talab etmoqda. Maktabga tayyorlashda bolalarning ruxiy tayyorgarligi, jismonan sog’lom bo ‘lishi, muloqotga kira olishi, so ‘z boyligini (zaxirasini) boyitish, boshlang’ich elementar matematik tushunchalarga ega bo ‘lishi, yozishga boshlang’ich tayyorgarlik, ayrim so ‘zlar to ‘g’risida tasavvurlarni bilishi muxim rol o ‘ynaydi. Ayniqsa 3-6 yoshli bolaning axborotga extiyoji ko ‘pdir. Bu borada taolim muassasalarida tarbiyalanayotgan barcha bolalar uchun ijtimoiy adaptatsiya muammosi muxim axamiyatga ega. Xozirgi vaqtda bolaning ko ‘nikish imkoniyatlarini oshirish, uning ijtimoiy aloqalarini kengaytirish bola shaxsining shakllanishi uchun nixoyatda katta axamiyat kasb etmoqda.