Bolalarning ijtimoiy moslashuvi


Maktabgacha yoshdagi bolalarning bolalar muassasalari sharoitlariga moslashuvi xususiyatlari



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə27/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,86 Mb.
#201735
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   93
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi

Maktabgacha yoshdagi bolalarning bolalar muassasalari sharoitlariga moslashuvi xususiyatlari.
Xayotning ilk uchinchi yilida bolalar bog’chasiga qabul qilinish boladan shu paytgacha shakllanib bo ‘lgan yurish-turish stereotipini o ‘zgartirishni talab qiladi. Xam bolaning sog’ligi, xam xar tomonlama rivojlanishi borasida biror-bir noxush xodisalar paydo bo ‘lishini bartaraf etish uchun ijtimoiy pedagoglar taolim muassasalari ishini takomillashtirish borasida yordam ko ‘rsatishlari va bolalar xayotini xar tomonlama qulay tashkil qilishda ishtirok etishlari zarur.
Bu yoshdagi bolalarning xususiyatlari:

  • organizm barcha tizimlarining funktsional yakunlanmaganligi va ular rivojlanishining nixoyatda tez suroatidir;

  • jismoniy va ruxiy rivojlanishning o ‘zaro bog’liqligi;

  • go ‘dak xayotining birinchi yillarida kattalarning o ‘rni.

Bola tug’ma yurish-turish shakllariga ega emas va u ijtimoiy muxitda rivojlana turib uch asosiy komponentni: xudud (narsa-predmetlar, ulardan foydalanish vositalari), vaqt (kundalik tartib) va muomala shakllarini o ‘zlashtiradi. Demak, bola tug’ilishdanoq uning faolligi “bola-kattalar” munosabatlari ichida tartibga solinadi.
Yosh bolalar yurish-turishining xarakterli jixati yuqori xissiyotchanlikdir. Bolaning emotsional xolati uning rivojlanishi va tarbiyalanganligi darajasiga bog’liq. Atrof-muxit vaodatiy xayot tarzining buzilishi birinchi navbatda emotsional xolatnnng buzilishigaolib keladi.
O ‘yin – bola faolligining asosiy va o ‘zigaxos shaklidir. Bu o ‘sayotgan bolaorganizmining tabiat, atrof-muxit oboektlari xaqida maolumot yig’ishga, kattalarga taqlid qilishga, faol xarakat qilishga extiyojidir. O ‘yin bolaning muxit bilan o ‘zaroaloqasi shakllanadigan faoliyat turidir. SHuningdek, o ‘yinlarda bola bajaraolmaydigan talablar qo ‘yilmaydi. Bundan kelib chiqadiki, o ‘yin bola xayoti, madaniyati va faoliyatini tashkil qilish shakli sifatida bolaning yangi muxitga ko ‘nikish shartidir.
Yuqoridaaytilganlarni barchasini inobatgaolib, ijtimoiy pedagogning taolim muassasidagi bolalarning muvaffaqiyatli adaptatsiyasiga qaratilgan faoliyati quyidagilar ekanligini aytsak bo ‘ladi:
1. Adaptatsion bosqichning kechishini og’irlashtiruvchi va bolalarning kasallanish darajasini oshiruvchi etakchi biologik va ijtimoiy omillarning kompleks tuzilmasini aniqlash;
2. Kompleks usullardan foydalangan xoldaadaptatsion bosqichning taxlili;
3. Adaptatsion bosqich kechishini engillashtiruvchi va qulay sog’liq xolatini saqlashga yordam beruvchi chora-tadbirlarni izlash va ishlab chiqish.
Ijtimoiy adaptatsiya bolaning ruxiyatida qizg’inlikni paydo qilmasdan iloji yo ‘q. Buning ilk namoyon bo ‘lish shakllari emotsinal xolatning buzilishidir.
Ijtimoiy pedagog bolalarning ko ‘nikish darajasini aniqlashi uchun quyidagi tasnifga tayanishi lozim:
1.Engil adaptatsiya – bolaning yurish-turishi 10-15 kun ichida meoyoriy xolatga qaytadi. Bola MTMga qatnay boshlaganidan so ‘ng bir oy o ‘tgach, o ‘zini meoyorda tuta boshlaydi.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin