Metodning maqsadi: ta’lim oluvchilarda muayyan mavzu bo‘yicha o‘zlashtirilgan
axborotlarni analiz-sintez qilish, baholash va mustaqil-ijodiy ishlash ko‘nikmalarini
shakllantirishga xizmat qiladi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
1-bosqich. Talabalar to‘rt kishidan iborat kichik guruhlarga bo‘linadi va ularga aniq mavzu bo‘yicha tayyorlangan tarqatma materiallar tarqatiladi;
2-bosqich. Berilgan harakat hususiyatlari ichidan o‘zlari to‘g‘ri deb topgan harakatni ko‘rsatilgan kataklar ichiga maxsus belgilar (+, -, X, Y) bilan belgilash tushuntiriladi;
3-bosqich. Har bir guruh a’zosi individual tarzada ko‘rsatilgan kataklarga o‘z javoblarni belgilaydi va o‘qituvchi navbatdagi bosqichda guruhlarning javoblar varaqasini soat strelkasi tartibida almashtiradi;
4-bosqich. Bu harakat to har bir guruhning dastlabki ishi o‘ziga qaytib kelguniga qadar takrorlanadi. Tarqatma materiallar o‘z egalariga etib kelganidan so‘ng o‘qituvchi to‘g‘ri javoblarni o‘qib eshittiradi.
5-bosqich. Talabalar to‘g‘ri javoblarni dastlabki belgilari bo‘yicha tekshirib, har bir to‘g‘ri javobni «1» ball bilan baholaydilar.
6-bosqich. Trening yakunida o‘qituvchi baholash mezonini o‘qib eshittiradi va har bir talaba o‘z-o‘zini baholaydi. (Masalan, harakatlar 20 ta bo‘lsa, bunda: 18-20 to‘g‘ri javob uchun «a’lo», 15-17 ta to‘g‘ri javob uchun «yaxshi», 12-14 ta to‘g‘ri javob uchun «qoniqarli» baho beriladi.)
14- seminar mashg‘ulot:Tarbiyachilarda ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish. Reja: 1.Ta'lim muassasida ijtimoiy - pedagogik isbni tashkil etish.
2. Ta'lim muassasasi ijtimoiy - pedagogik xizmatining bolani ijtimoiylashtirish (sotsializasiya), uni tarbiyalash, Momlashtirish, himoyalash, o‘z - o ‘zini realizasiyalashni rivojlantira boshlash muammolariga yo‘naltirilganligi.
KICHIK GURUHLARDA ISHLASH QOIDASI
Auditoriya guruh vakillarining muntazam ravishda joy almashishlariga rotatsiya jarayonini
amalga oshirish uchun qullay bo‘lmog‘i lozim
O‘kituvchi talabalarni katta yoki kichik guruhlarga bo‘lishda, talabalarning son va
intellektual qobiliyatlarini teng me’yorda taqsimlashi zarur.
Talabalar topshiriqni bajarish uchun zarur bilim va malakalarga ega bo‘lmog‘i lozim.