Bo‘lib shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi



Yüklə 326,49 Kb.
səhifə21/91
tarix05.12.2022
ölçüsü326,49 Kb.
#72420
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   91
Bo‘lib shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi

Tabiiy diqqat o‘zida axborot yangiligi unsurini tashuvchi, u yoki bu tashqi va ichki rag‘batlarga nisbatan tanlab javob qaytarishning tug‘ma qobiliyati ko‘rinishida odamga tug‘ilishi bilanoq beriladi. Tabiiy diqqat faoliyatini ta’minlovchi asosiy mexanizm taxminiy refleks deb ataladi.

  • Ijtimoiy belgilangan diqqat hayot davomida ta’lim va tarbiya natijasida shakllanadi, hulq-atvorning iroda tomonidan boshqarilishi, ob’ektlarga tanlab ongli ravishda javob qaytarish bilan bog‘liq bo‘ladi.

  • Bevosita diqqat odamning ehtiyojlari va dolzarb qiziqishlariga mos keladigan va o‘zi yo‘naltirilgan ob’ektdan tashqari, hech bir narsa tomonidan boshqarilmaydi.

  • Bilvosita diqqat maxsus vositalar, masalan, imo-ishoralar, so‘zlar, ko‘rsatkich belgilar, **lar yordamida boshqariladi.

  • Hissiy diqqat afzalligiga ko‘ra, hissiyotlar va his-tuyg‘u organlarining tanlab ta’sir ko‘rsatish faoliyati bilan bog‘liq.

  • Intellektual diqqat fikrning yo‘nalganligi va jamlanganligi bilan bog‘liq.

  • Hissiy diqqatda ong markazida biror-bir hissiy taassurot joylashgan bo‘ladi, intellektual diqqatda esa qiziqish ob’ekti bo‘lib g‘oya xizmat qiladi.[2]

  • Diqqat, uni mustaqil psixik hodisa sifatida xarakterlovchi qator xossalarga ega. Diqqatning asosiy xossalariga barqarorlik, jamlash, taqsimlash, bo‘linish, chalg‘ish va diqqat hajmi kiradi.

  • Diqqatning barqarorligi ma’lum vaqt davomida bir xil ob’ektda fikrni jamlay olishlik qobiliyatidan iborat. Tajriba tadqiqotlari diqqatning ixtiyorsiz davriy tebranishlarga moyilligini ko‘rsatdi. Bunday tebranishlarning davrlari N.N. Lange bo‘yicha, odatda, 2-3 soniyaga, ortig‘i bilan esa 12 soniyaga teng bo‘ladi. Masalan, agar soatning chiqillashiga quloq tutib, unda fikrni jamlaydigan bo‘lsak, u holda u bir e**iladi, bir e**ilmay qoladi. Diqqat tebranishi qonunga asoslangan bo‘lib, fluktuatsiya deb ataladi. Masalan, diqqat fluktuatsiyasini oddiy tajribada namoyish qilish mumkin: kesik piramida beriladi: agar unga ma’lum vaqt davomida tikilib turilsa, u ketma-ket, yo qavariq, yo botiq bo‘lib ko‘rinadi (8.1 rasm).

  • Hozirda diqqat barqarorligining ahamiyatli sharti bo‘lib, u jamlangan **ning yangi tomonlari va aloqalarini ochib berish imkoniyati xizmat qilishi isbotlandi. Diqqat barqarorligini o‘lchash uchun alohida harflarning tartibsiz ketma-ketligidan iborat Burdon jadvalidan foydalaniladi, bunda qaytariladigan harflar soni har bir satrda bir xilda bo‘ladi.


  • Yüklə 326,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   91




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin