partiyasidan ko„rsatilgan nomzod Shavkat Miramonovich Mirziyoev 88,61
foiz ovoz olib, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
O„zbekistonda davlat boshqaruvini to„liq monopoliya qilishdan
cheklanish va fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish, aholi turli
tabaqalarining hokimiyat tizimida ishtirok etishini ta‟minlashning yana bir
yo„li mahalliy davlat hokimiyatlarini shakllantirish ekanligi e‟tirof etildi.
1990-1992-yillari O„zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi
qabul qilingunicha bo„lgan davrda mahalliy hokimiyat organlari tizimini
shakllantirish va ish faoliyatini takomillashtirish maqsadida bir necha
huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Bular orasida 1992 yil 4-yanvarda qabul qilingan
“O„zbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat organlarini qayta tuzish to„g„risida”gi qonun alohida ahamiyat kasb etdi. Bu qonun asosida
mahalliy hokimiyat organlari tizimida butunlay yangi organ-hokimlik va
hokim lavozimi ta‟sis etildi va uning vakillik organlariga boshchilik qilishi
tamoyillari belgilab qo„yildi.
Ijro
etuvchi
hokimiyat
organlarida
bog„liqlikni kuchaytirish
maqsadida, viloyatlar hokimlari O„zbekiston Prezidenti tomonidan, tuman
va shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan lavozimiga tayinlanishi va
lavozimidan ozod qilinishi hamda bu masalalar tegishli xalq deputatlari
Kengashlari tomonidan tasdiqlanishi tartiblari belgilandi. Partiya
organlarining qaramligiga tushib qolgan ijro organlari-ijroiya komitetlari
tugatildi.
Hokimlar huquqiy vakolatining asosi, avvalo, Konstitutsiyaning 99 va
102-moddalari va yuqorida tilga olingan qonunning 1- moddasida
belgilangan.
Konstitsiya va qonun normalarini umumlashtirsak, hokim tegishli
hududda vakillik hokimiyatiga ham, ijro hokimiyatiga ham boshchilik
qiladi va ayni paytda shu yerdagi mansabdor shaxs hisoblanadi.
Hokimlar mahalliy hokimiyatni boshqarar ekanlar, ular O„zbekiston
Respublikasi Prezidenti boshqaruvidagi yaxlit ijro hokimiyat organlari
tizimi tarkibiga kiradi.
SHuningdek