58
intilmoqdamiz. Buning ma‟nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgan
sari boshqaruvning turli xil vazifalarini
bevosita xalqqa topshirish, ya‟ni
o„z-o„zini boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir”-deydi.
O„z-o„zini boshqarish organlarini tashkil qilishda, shakllantirishda
O„zbekistonning o„ziga xos xususiyati shundaki, ushbu masalani hal
qilishga milliy an‟analarni,
tarixiy qadriyatlarni tiklash, aholining tub
manfaatlariga mos keluvchi yo„lni tanlash nuqtayi nazaridan yondashish
zarur bo„ladi. Xususan, o„z-o„zini boshqarishda asosiy tayanch qilib
mahallalar
belgilandi.
Ular
inson
qalbida
Vatan
tuyg„usining
shakllanishiga,
milliy
g„ururning vujudga kelishida,
millatchilik
illatlaridan xoli bo„lishda katta ta‟sir ko„rsatib kelgan.
O„zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning
muvaffaqiyati
demokratik
jarayonlarni
rivojlantirish
imkoniyatini
kuchaytirmoqda, bu esa o„z navbatida asosiy maqsad - fuqarolik jamiyatini
qurishga ko„maklashmoqda.
O„z-o„zini boshqarish muassasalari faoliyatining kengayishi bevosita
mahallalarning mavqeyini kuchaytirish bilan bog„liq. O„z-o„zini
boshqarish organlari yoki mahallalarning vazifasi, aholini davlat va
jamiyat ishlarida ishtirokini ta‟minlash kam ta‟minlangan oilalarni ijtimoiy
himoya qilishda ishtirok etish bilan cheklanib qolmaydi. Ularning
muhim
vazifasi har bir shaxsning ongini, ma‟naviy kamolatini oshirish uchun,
millatchilik, mahalliychilik kabi salbiy jihatlarni yo„qotish uchun ish olib
borish va milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an‟analarga, Vatanga, davlatga va
boshqa
fuqarolarning
manfaatiga
hurmat
bilan
qarash
ruhida
tarbiyalashdir.
Shuningdek, mahallalarda “Mahalla” xayriya jamg„armasi yordamga
muhtoj oilalarga yordam ko„rsatmoqda.
O„zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1999-yil 13-
yanvarda “Aholini aniq yo„naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta‟minlashda
fuqarolarning o„z-o„zini boshqarish organlari rolini oshirish to„g„risida”gi
Farmoni ijtimoiy himoya sohasida o„z-o„zini boshqarish organlariga yangi
vakolatlar berishni ko„zda tutadi: 1) fuqarolarning o„zini-o„zi boshqarish
organlari ijtimoiy rolini oshirish; 2) hududlarni ijtimoiy rivojlantirish; 3)
muhtoj oilalarga aniq yo„naltirilgan ijtimoiy madad ko„rsatishni
takomillashtirish.
59
Davlat tomonidan bajariladigan vazifalarni fuqarolarning o„z-o„zini
boshqarish organlariga o„tkazilishi, nodavlat tashkilotlar faoliyatini
takomillashtirish, undagi jamoa ruhi va tabiatini mustahkamlashni,
samaradorligini oshirishni talab qiladi. 1999-yil
aprel oyida Oliy Majlis
tomonidan qabul qilingan “Fuqarolarning o„z-o„zini boshqarish organlari
to„g„risida”gi qonunning yangi tahriri aynan shu maqsadga qaratilgan.
O„z-o„zini boshqaruvning moliyaviy faoliyatini mustahkamlovchi
choralardan yana biri-aholiga kompleks tarzdagi savdo, maishiy va
madaniy xizmatlar ko„rsatadigan guzarlar faoliyatidir.
Bunday iqtisodiy erkinliklar fuqarolarda mustaqil O„zbekistonda
amalga oshirilayotgan iqtisodiy va siyosiy
islohotlarga ishonchini
mustahkamlaydi. Shuningdek, har bir shaxsning fikri, ovozi e‟tiborga
olinishi, ularni fuqarolik jamiyatining a‟zosi ekanligini his qilishlari uchun
asosiy omil bo„lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: