Book · January 022 citations reads 484 author



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

 
 
 
 
 
 
 


98 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil
8-martdagi Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali 
marosimdagi nutqi 
 
Assalomu alaykum, muhtarama onaxonlar!
Hurmatli opa-singillar!
Munis va lobar qizlarim!
Avvalo, siz azizlarni, butun yurtimiz ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar 
kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. 
Inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Ona zoti, munis ayollarimizning 
beqiyos o‘rnini oddiy so‘zlar bilan ifoda etish nihoyatda qiyin vazifa. 
Mana shunday qutlug‘ ayyom kunlarida siz, azizlarning sha’ningizga 
madhiyalar aytish uchun odam shoir bo‘lib tug‘ilmaganiga afsuslanib qoladi. Bu 
yorug‘ dunyoni quyoshsiz, yer-u osmonsiz tasavvur etib bo‘lmaganidek, 
hayotimizni ham mo‘’tabar onalarimiz, mehribon ayollarimizdan ayri holda 
tasavvur etolmaymiz. 
Sizlar biz uchun avvalo muqaddas ona, aziz Vatan, oila timsoli, bitmas-
tuganmas mehr, ezgulik va kuch-g‘ayrat manbaidirsiz. Bu azaliy haqiqatni 
murakkab pandemiya sharoitida ayniqsa chuqur his etmoqdamiz. 
Sizlar – fidoyi shifokorlar, mehribon hamshiralar ko‘rsatgan jasorat va 
matonat tufayli ming-minglab bemorlar shifo topib, hayot quvonchini yana his 
etdi. 
Sizlarning ustoz sifatidagi faoliyatingiz evaziga millionlab farzandlarimiz 
ta’lim va tarbiyadan uzilib qolmadi. 
Sizlarning 
barcha 
sohalardagi 
fidokorona 
mehnatingiz 
hisobidan 
mamlakatimizning qudrati va salohiyati, xalqaro obro‘-e’tibori tobora ortib 
bormoqda. 
Bugun biz barcha sohalarda marrani juda katta olyapmiz, qancha-qancha 
ulkan dasturlar, reja va loyihalarni amalga oshiryapmiz. Ular birinchi navbatda 
onalarimiz, opa-singillarimiz, aziz farzandlarimizning hayot va mehnat sharoitini 
yaxshilashga qaratilgan. 
Fursatdan foydalanib, barchamizga doimo tog‘dek tayanch bo‘lib, 
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ulkan o‘zgarishlar jarayonida faol 
ishtirok etib kelayotganingiz uchun sizlarga, butun O‘zbekiston xotin-qizlariga 
chuqur minnatdorchilik bildiraman. 
Bugungi davramizda ishtirok etayotgan diplomat ayollar – xorijiy 
davlatlarning hurmatli elchilari va xalqaro tashkilotlar vakillarini ham chin dildan 


99 
qutlab, mamlakatimiz bilan samarali hamkorlik qilib kelayotganlari uchun ularga 
samimiy tashakkurimni izhor etaman. 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin