Book · January 022 citations reads 484 author



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

Nutqiy vaziyat. 
NM tashqi omilining tarkibiy qismi sifatida 
nutqiy vaziyat
alohida mohiyat kasb etadi. Ko‘cha-ko‘yda ketayotganda, bu nechog‘li oddiy bir 
narsadek tuyulmasin, uning qoidalari juda ko‘p va ana shularni ado etish orqali 
kishi o‘z turmush madaniyatini namoyish qila bilishi mumkin. Ko‘cha-kuyda 
tanish-bilishlarni ko‘rganda samimiy salomlashish, ko‘nglini xushnud qiladigan 
ikki og‘iz so‘zni ayamaslik, uzoqdan birovni ko‘rib qolganda baqirib yoki 
hushtak chalib chaqirmaslik odobdan hisoblanadi. Ko‘chada faqat tanishlarga 
emas, notanish kishilarga ham salom berish yaxshi odat. Masalan, odam siyrak, 
onda-sonda uchraydigan joylarda ro‘paradan chiqib yuzma-yuz kelayotgan keksa 
kishiga, u hatto tanish bo‘lmasa ham, bosh egib salom berish – madaniyatlilik 
belgisi. 
Nutqiy vaziyat
uchun 
zamon
va 
makon
muhim ekanligi xususida Van 
Deyk shunday deydi: “Gavjum ko‘chada men notanish kishi bilan 
salomlashmagan bo‘lar edim, lekin kimsasiz tog‘da yoki orolda, yolg‘izoyoq 
so‘qmoqda notanish kimsani uchratib qolsam, salom-alik qilishim turgan gap”
47

Odatda, yurib ketayotgan odam o‘tirgan kishiga birinchi bo‘lib salom beradi. 
Ilgari otliq odam piyoda ketayotgan kishiga dastlab salom bergan. Shu o‘rinda bir 
rivoyatni eslash foydadan xoli emas. 
Bir kuni Abdurahmon Jomiy bir guruh 
a’yonlar bilan kelayotib, yo‘l o‘rtasida o‘ynab o‘tirgan bir kichik bolaga duch 
kelibdilar. Mavlono Jomiy otdan tushib, bolaga ta’zim bilan “Assalomu 
alaykum” debdilar. Hamrohlari hayratda qolib so‘rashibdi: 
– Mavlono, siz ulug‘ orif bo‘lsangiz-u, nechuk bu go‘dakka ta’zim ila salom 
berursiz? Jomiy shunday javob qilgan ekan: 
– Ey, yaxshilar, bilingki, bu bola mening muallimim farzandi erur
48

Masofali muloqotda makon va zamonga ko‘ra kommunikantlar o‘rtasida 
ma’lum bir masofa bo‘ladi. Muloqotning bu turiga telefon orqali gaplashishni 
kiritish mumkin. Odatda telefon qilgan kishi kim bo‘lishidan qat’i nazar, birinchi 
bo‘lib salom berishi, so‘ngra o‘zini tanitishi, maqsadini lo‘nda va aniq bayon 
qilishi kerak. Videotelefonda gaplashganda esa yoshi va mavqei kichikroq odam 
birinchi bo‘lib salom beradi. Uzundan-uzoq salomlashish, apparatni uzoq vaqt 
band qilish odobdan emas. 
Salom berish vaziyat bilan bevosita bog‘liq ekan, salomlashish mumkin 
bo‘lmagan joylar xususida o‘tmish allomalarimizdan biri Muhammad Sodiq 
Koshg‘ariyning “Odob as-salohin” (“Yaxshi kishilar odobi”) kitobida shunday 
deyiladi: “… o‘n bir joyda salom bermangki, mukruhdur va javob lozim emas. 
Avval
hojatdagi kishiga. 
Ikkinchi
, xotunig‘a mubosharat qilg‘on kishiga. 
47
Дейк Т. А.Ван. Язык. Познание. Коммуникация. – М.: Наука, 1976. – С.24. 
48
Mahkamov U. Axloq-odob saboqlari. – Toshkent: Fan, 1994. – B.12. 


 111 
Uchinchi
, kishi uxlog‘on vaqtida. 
To‘rtinchi
, hammomda junub (yuvinmagan)ga. 
Beshinchidan
, taom yeb turg‘on kishiga, agar taom og‘zida bo‘lmasa,salom joiz 
va lozimdur. 
Oltinchi
, xatib (imom)g‘a xutba o‘qug‘on vaqtda. 
Yettinchi

muazzinga azon va iqomat aytib turg‘on vaqtda. 
Sakkizinchi
, namoz o‘qub 
turg‘on kishiga.
To‘qqizinchi
, qur’on o‘qib turg‘on kishiga. 
O‘ninchi
, duo o‘qib 
turg‘on kishiga. 
O‘n birinchi
, muhrum (hajga ehrom kiyuvchi) talmih etib turg‘on 
holda
49

Yuzma-yuz muloqot so‘zlovchidan ham ko‘ra tinglovchiga ko‘proq naf 
keltiradi. Bu boradagi tadqiqot natijalariga qaraganda, kishi fikrini sim (telefon) 
orqali bayon etganda suhbatdoshi u aytmoqchi bo‘lgan fikrning nari borsa 55 % 
ini, yuzma-yuz suhbatlashganlarida esa 80 %, hatto 95 % ini o‘zlashtirar ekan. 
Buning asosiy sababi shundaki, har bir insonning o‘z biologik maydoni mavjud 
bo‘lib, shu maydon ichida uning fikrini uqish ancha oson kechadi
50
. Shu boisdan 
bo‘lsa kerak, odamlar hamisha o‘zlari yoqtirgan, didlariga ma’qul keladigan 
kishilar bilan diydorlashishga, yuzma-yuz muloqot qilishga intiladilar. Jumladan, 
odamlar el nazariga tushgan shoir va yozuvchilar, hofiz va xonandalarni radio 
orqali eshitgan, hatto siymolarini oynai jahon orqali bir necha marta ko‘rgan 
bo‘lishlariga qaramay, o‘zlarida “tirik shoir”, “tirik hofiz”ni ko‘rish istagini his 
etib yashaydilar. Chunki yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, diydor jarayonida – 
vaziyatida odamlar bu iste’dod egalari bilan hamnafaslik (bir biologik maydon 
ichida bo‘lish), o‘zlarini ko‘rish orqali ular haqidagi tasavvurlarini kengaytirish 
imkoniga ega bo‘ladilar. 
Kishi nutqiy muloqotga kirishar ekan, bu muloqot qaysi jamiyatda 
voqelanishini bilishi zarur. Zero, har bir jamiyatning nutq shtamplari, muloqot 
doirasi va mavzusi, leksikasi o‘ziga xos. Bunda nutq vaziyati 
nutq sharoiti
bilan 
kesishadi va nafaqat jamiyat, balki ayni bir jamiyatning turli tarixiy davrlaridagi 
ijtimoiy, milliy, etik, estetik me’yor va qoidalari ham ahamiyatli. Shu nuqtayi 
nazardan “O‘tgan kunlar” asarida barchaning suyukli qahramoni bo‘lgan 
Otabekning ikki o‘ta ziddiyatli holatida hozirgi kitobxon uchun unchalik 
tushunarli bo‘lmagan nutqi xususiyatlari tahlili ustida to‘xtalamiz. Birinchisi, 
Otabekning Homid bilan hayot-mamot kurashi (pichoqlashishi) holatida: 
Homid qo‘lini bo‘shatishka urinar ekan, Otabek salmoqqina qilib dedi: 
– Ortiqcha 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin