Book · January 022 citations reads 484 author



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

 
 
 
 
 
 
 
 
 


 106 
 
2. Ilmiy manbalar. 
 
NUTQIY HOLAT VA NUTQIY VAZIYAT 
Muloqotning tashqi omillaridan biri 
nutqiy holat 
va
 nutqiy vaziyat
dir.
Nutqiy holat
, o‘z navbatida quyidagi
 ichki paradigma
larga bo‘linadi: 
a) jinsiy tafovut; 
b) saviya
;
d) ijtimoiy mavqe (kelib chiqish); 
e) yosh; 
f) ma’lumot; 
g) mutaxassislik;
 
h) ijtimoiy qiymat

Nutqda muloqot qiluvchining holati yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. 
Quyidagi ikki misolni kuzatish asosida bunga amin bo‘lamiz:
 
1. Yengil tabiat, shallaqi o‘zbek ayolining (og‘zaki) nutqi: 

Mumkinmi? 
Salom! 
Ruxsatingiz bilan o‘zimni tanishtirsam... Men, k sojaleniyu, sizning 
sochineniyalaringizni o‘qigan emasman. Xotya eshitganman. V asnavnom, 
mamashkalar to‘g‘risida yozarkansiz.. 
Mening ham to‘rtta bolam bor... Nima? “Unaqaga o‘xshamaydi-ku”, 
deysizmi? Rahmat, kompliment uchun! Hamma shunaqa deydi. Men mamamga 
o‘xshayman. Mamam oltmish yoshidayam appetitniy edi. Kak kukolka! 
Kechirasiz, olovingiz bormi?.. Yo‘q-yo‘q, men “More” chekaman... Senkyu! 
Zajigalkangizga gap yo‘q! 
Itak, to‘rtta bolam bor. Maratik – Nukusda. Internatda. Yoshi... 
minutochku… Yoshi poemu... o‘n to‘rtda. Shu yil o‘n to‘rtga kiradi. Papasiga 
o‘xshagan krasavchik, Maratik! Smugliyligi, ko‘zlarining razrezi... Papasi bilan 
birinchi vstrechamiz praktikaga borganimda bo‘lgan. Zam ministr edi. Shunaqa 
abayatelniy, shunaqa intelligentniy!.. Ikki yilcha turdik.. sivilizovanniy ajrashdik. 
To‘g‘risini aytdi. “Jannochka dedi, jonim dedi, dorogusha dedi, buyog‘i prokol 
bo‘ladiganga o‘xshaydi, xotinim jaloba yozibdi, dvoejonstva uchun partiyadan 
o‘chirishlari mumkin”, dedi. Bilasiz, u paytda bunaqa masalalar strogiy edi. 
“Maratik uchun volnavatsa qilma, o‘zim opekamga olaman, sen Toshkentga 
ketaver, tez-tez borib turaman” dedi. “O-key” dedim... 
... Nigorochka – Samarqandda. Tois, Nigorochka emas, Nargizochka! 
Nigorochka – Qo‘qonda... 


 107 
Gde-to ikki yil oldin Samarqandga bordim. Nargizochkaning detdomiga 
kirdim. Detdom – tak sebe, ammo direktori nishtyak ekan! Dilda! Bo‘yi pachti 
ikki metr! “Bratan, dedim, Nargizochkadan xabar olishim qiyin, ishim ko‘p”, 
dedim. “Xotirjam bo‘ling, Nargizochkaga o‘zim otalik qilaman”, dedi. Uch kun 
mehmon bo‘ldim. Kr-r-rutoy erkak ekan! Molodes!
Kstati... Dubayda bo‘lganmisiz? Obyazatelno boring! Texnika – pachti 
darom! Tilla – navalom! Arablar temperamentniy bo‘... nu mayli, bunisi 
nevajno…

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin