Book · January 022 citations reads 484 author



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

Qadrli do‘stlar!
Bugungi kunda aziz-u mukarram ayollarimizning barcha soha va 
tarmoqlardagi o‘rni va ta’siri yanada ortib bormoqda. Buning tasdig‘ini 
respublikamizda mehnat bilan band aholining 45 foizini xotin-qizlar tashkil 
etayotganida ham yaqqol ko‘rish mumkin. 
Ayollarimiz orasida taniqli davlat va jamoat arboblari, jumladan, o‘nlab 
senator va deputatlar, vazir va hokimlar, O‘zbekiston Qahramonlari, akademiklar, 
professorlar, O‘zbekiston xalq shoirlari, Xalq o‘qituvchilari, Xalq artistlari, 
nodavlat tashkilotlarning faol vakillari borligi barchamizni quvontiradi. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz boshqaruv tizimida ayollarning ulushi 33 
foizga yetdi. Yurtimiz bo‘yicha bir yarim mingga yaqin xotin-qizlar turli 
darajadagi rahbarlik lavozimlarida ishlamoqda. Xususan, tashkilotchi va 
tashabbuskor opa-singillarimiz 6 ta tumanda hokim vazifasida, yuzlab 
hududlarimizda o‘rinbosar va maslahatchi lavozimlarida samarali faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Yirik korxonalar, banklar va kompaniyalar, tadbirkorlik 
sub’ektlarini boshqarmoqda. 
Ana shunday katta salohiyatni yanada oshirish, davlat va jamiyat 
boshqaruvida ularning ishtirokini kuchaytirish maqsadida 6 mingdan ziyod faol 
xotin-qizlardan iborat kadrlar zaxirasi shakllantirildi. 
Bunday zamonaviy bilim va iste’dodga, yetakchilik qobiliyatiga ega, el-
yurtimiz uchun fidoyi xotin-qizlarimiz – xalqimiz, millatimizning oltin fondi, 
desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Aziz va qadrli opa-singillar!
So‘nggi yillarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, oila 
institutini har tomonlama mustahkamlash bo‘yicha salmoqli ishlar olib 
borilmoqda. Bu boradagi davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida 
eng quyi bo‘g‘in – mahalla va xonadongacha kirib boradigan vertikal tizim 
yaratilayotganini alohida ta’kidlash lozim. 
Xabaringiz bor, 26-fevral kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda ana shu tizim 
asosida amalga oshirilgan ishlar va oldimizda turgan rejalarni atroflicha 
muhokama qilgan edik. Ana shu muhim vazifalarni amalga oshirishda siz, 
hurmatli opa-singillarimiz bundan buyon ham faol ishtirok etasizlar, deb 
ishonaman. 
Keyingi vaqtda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Mahalla va 
oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbariyati boshchiligida respublika ishchi 
guruhi tuzilib, barcha hududlarda ayollarni qiynayotgan muammolar aniqlandi. 


 100 
Ushbu muammolar bo‘yicha manzilli ish olib borish uchun mutlaqo yangi tizim – 
“ayollar daftari”ni joriy etdik. 
Keyingi 3 oyda respublika komissiyasi tomonidan ushbu “daftar”ga 
kiritilgan 80 ming nafar xotin-qizning muammolari hal etildi. Ijtimoiy himoyaga 
muhtoj, turmush sharoiti og‘ir ayollarning 32 ming nafari ish bilan ta’minlandi. 
Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan salkam 17 ming nafar 
xotin-qizga amaliy yordamlar ko‘rsatildi. 
Birgina “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 126 mingga yaqin 
ayollarga imtiyozli kreditlar berildi. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 
qariyb 215 ming oilaga 6 trillion so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari ajratildi. 
Qariyb 55 ming nafar xotin-qizlar tadbirkorlik va kasb-hunar markazlari 
tomonidan o‘qitildi, hunarmandchilik va kasanachilikka jalb etildi. 
“Besh muhim tashabbus” doirasida chekka hududlarda tikuvchilik sexlari 
tashkil etilib, 10 ming nafar ayollar bandligi ta’minlandi. 
Uy-joy sotib olish uchun 1 ming 250 nafar opa-singillarimizga qariyb
22 milliard so‘mlik boshlang‘ich badallar to‘lab berildi. 
Bunday xayrli ishlar joriy yilda ham davom ettiriladi. Men bu borada kuni 
kecha yangi qarorni imzoladim. Unga ko‘ra, jamiyatda ayollarimizga bo‘lgan 
e’tiborni eng quyi bo‘g‘in – mahallagacha yetkazib, ularni har tomonlama 
qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi yaratilmoqda. 
Bundan buyon O‘zbekistonda bironta ham ayol davlat va jamiyatning 
e’tiboridan chetda qolmaydi. 
Shuningdek, joriy yilda turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan ayollar hamda yolg‘iz 
onasi qaramog‘ida o‘sgan qizlarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida byudjetdan 
210 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
Boshpanasi bo‘lmagan ayollarni ijara asosida “ijtimoiy uy-joylar” bilan 
ta’minlash uchun yana 211 milliard so‘m yo‘naltiramiz. Bundan tashqari, 
boquvchisini yo‘qotgan hamda o‘zgalar parvarishiga ehtiyojmand bo‘lgan xotin-
qizlarga moddiy yordam berish va malakali tibbiy yordamga muhtoj ayollarni 
davolash uchun qo‘shimcha ravishda 110 milliard so‘m beriladi. 
Shu bilan birga, ayollar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, 
tadbirkorlik sohasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun byudjetdan 
qo‘shimcha ravishda 600 milliard so‘m ajratiladi. 
Yana bir muhim masala. Keyingi paytda unib-o‘sib kelayotgan 
farzandlarimiz tarbiyasiga, umuman, oila institutiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan 
oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha samarali ish olib borilmoqda. Buni 
mahalla faollari va jamoatchilikning sa’y-harakatlari bilan ajralish yoqasiga kelib 
qolgan 23 mingga yaqin oila yarashtirilgani, ajrimlar soni 3 mingdan ziyodga 
kamaygani ham ko‘rsatib turibdi. Lekin bir achchiq haqiqatni tan olishimiz kerak: 


 101 
bu raqamlar hamon yuqori bo‘lib qolmoqda. O‘tgan yili 28 mingdan ziyod oila 
ajralib ketgani ham fikrimizni tasdiqlaydi. 
Albatta, barchamizning istagimiz, tilagimiz bitta: qani edi, yurtimizda ajrim 
degan noxush holatning o‘zi bo‘lmasa, oilalar parokanda, bolalar tirik yetim 
bo‘lib, sarson-sargardon bo‘lmasa. 
Men bir fikrni qayta-qayta aytishdan charchamayman. 
Oila – bu mehr va baxt qo‘rg‘oni. Oila bor ekan, farzand degan bebaho 
ne’mat bor, insoniy qadr-qimmat va ma’naviyat bor. Oilaviy baxt bu – eng ulug‘ 
saodatdir. Mashhur qo‘shiqlardan birida aytilganidek, “Uyida baxti borlar – har 
yerda baxtiyordir”. 
Men aziz yigit-qizlarimizga murojaat qilib aytmoqchiman: turmush 
qurishga, oilaga, farzand taqdiriga nihoyatda chuqur mas’uliyat bilan qarang. Bu 
masalaga yuzaki yondashib, ham o‘zingiz, ham o‘zga bir inson hayotini xavf 
ostiga qo‘ymang. 
Men bu borada ko‘pni ko‘rgan mahalla faollari, muhtaram faxriylarimiz, 
kayvonilar, ma’naviyatimiz va dinimiz fidoyilari, o‘z tengdoshlariga ibrat bo‘lib 
kelayotgan yoshlarimiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qiladilar, deb 
ishonaman. 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin