Book · January 022 citations reads 484 author



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

 
Nutqiy vaziyat 
paradigmasi quyidagi a’zolardan iborat

1)
ko‘chada; 
2)
telefonda; 
3)
uyda; 
4)
transportda; 
5)
yozma nutqda; 
6)
auditoriya (zal)da; 
7)
... 
N. I. Formanovskaya tasnifiga ko‘ra ko‘chada, transportda, kinoteatrda, 
magazinda yuzma-yuz suhbat masofasiz – bevosita muloqot turiga kiritilsa, 
telefon, radio, televideniye, xat, gazeta orqali muloqot kabilar bilvosita masofaviy 
muloqot turiga mansub
45
. S. Mo‘minov har ikkala turning o‘ziga xos qulay va 
noqulay jihatlariga ega ekanligi xususida to‘xtalib, og‘zaki va yozma vaziyat 
(holat) bilan bog‘liq holda har birining muloqot ishtirokchilariga har xil ta’sir 
etishini uqtiradi
46
.
45
Формановская Н.И. Речевой этикет и культура общения.– М.: Высшая школа, 1989. – С. 8-10. 
46
Mo‘minov S.M. O‘zbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari: Filol. fan. doktori.... diss. – 
Toshkent, 2000.– B. 20. 


 109 
Tasniflash haqida bahs borganda, hamisha yuqorida ta’kidlab o‘tilgan 
metodologik tamoyilni – istalgan turdagi tadqiq manbai serqirra hodisa 
ekanligini, uni har tomondan tasnif etish mumkinligini, tadqiqotchilar manbaning 
turlicha tasnif va bo‘linishlarini berishar ekan, uning turli qirralariga tayanib ish 
ko‘rishlarini ta’kidlash va bunday tasnif va guruhlashlar, bir-birini inkor etgan 
holda, biri ikkinchisini to‘ldirib kelishini unutmaslik kerak. U yoki bu tadqiqotchi 
tasnif asosi sifatida tanlagan tomonlar tasnif etilayotgan manbaning tabiatini 
qanchalik aniq va nisbatan to‘liq aks ettira oladi degan muammo – tamoman 
boshqa masala. Lekin dialektik yondashishda narsa zotida mujassamlangan 
istalgan belgi-xususiyat faqat ma’lum bir munosabatdagina voqelanishi va 
ahamiyat kasb etishi, boshqa vaziyat va sharoitda mutlaqo ahamiyatsiz bo‘la 
olishini hisobga olsak, manbada bor belgi-xususiyat mutlaqo ahamiyatsiz bo‘la 
olmasligi, o‘rni bilan istalgan tomon ma’lum bir vaziyat uchun eng ahamiyatli 
bo‘la olishini tan olishga majburmiz. Ma’lumki, og‘zaki (fonatsion, tovush) va 
yozma nutq imkoniyatlari, bevosita kontakt va bilvosita distant muloqot vosita va 
xususiyatlari bir-biridan ancha farq qiladi. Masalan, bevosita kontakt muloqotda 
behad katta ahamiyatga ega bo‘lgan ovoz tembri va yuz holati bilvosita kontakt 
muloqotda mutlaqo ahamiyatciz; distant vositali muloqotda esa har ikkilasi ham 
ahamiyat kasb etmaydi. Shuning uchun muloqotni turli tomondan tasnif etgan 
mazkur olimlarning fikrlariga qo‘shilgan holda shuni ta’kidlash bilan 
kifoyalanamizki, muayyan vaziyatda bu tomondan har biri o‘ziga xos mavqe va 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Mana shu dialektik omilga tayangan holda muloqotni 
tahlil qilishga harakat qilamiz. 
Hayotda har qadamda va muttasil ado etib turilishi zarur bo‘lgan axloq, 
odob, xulq-atvor, burch, yurish-turishimizga xos mayda-chuyda, eng oddiy 
qoidalarga kishi birdaniga, osongina, darsliklarni o‘qish bilangina emas, balki 
turmushning turli vaziyatlarida sodir bo‘lib turadigan juz’iy me’yor yoki 
prinsiplarni bajarish orqali erisha boradi. Masalan, darvozadan ko‘chaga chiqish 
bilan boshqacha vaziyat sodir bo‘ladi, odamlar davrasiga kirib boramiz, ular bilan 
turli munosabatda bo‘lamiz. Kim bo‘lishimizdan qat’i nazar, har xil vaziyatda 
xususiyatimizni shunga muvofiq o‘zgartirib turamiz. Aytaylik, piyoda yoki 
transportda yuradigan bo‘lsak – yo‘lovchi, magazinga kirsak – xaridor, 
oshxonada 
– xo‘randa, kinoteatrda – tomoshabin, ishga borsak – 
ishchi/xizmatchi/o‘qituvchi/ijrochi bo‘lib qolamiz. Shuni hisobga olish kerakki, 
ulardan har birining muloqoti o‘ziga xos qonun-qoidalarga – me’yorlarga ega va 
bir holatdan ikkinchi holatga o‘tar ekanmiz, onglimi-ongsizmi, shu holat uchun 
me’yor bo‘lgan muloqot normalariga bo‘ysunamiz, har safar yangi bo‘lgan 
holatimizga o‘zimizni moslashtiramiz, o‘zgarib turamiz. Nutqiy vaziyatga 
moslashamiz. 


 110 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin