26
belgilanadi. Prosedura bo‘limida tadqiqotning ikki xil strategik rejasi ishlab
chiqiladi. Sotsiologiyada ular surishtirib biluvchi va tahliliy rejalar, deb
nomlanadi.
Tadqiqotning surishtirib bilish rejasiga quyidagilar kiradi:
1) tanlangan mavzu bo‘yicha adabiyotlarni o‘rganish;
2) tanlangan muammolarni sotsiolingvist olimlar bilan muhokama qilish,
sotsiologlardan, shuningdek, tilshunoslardan maslahat olish;
3) aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha statistik dalillar va boshqa tegishli
ma’lumotlarni o‘rganish;
4) dastlabki kuzatuvlarni o‘tkazish va ishchi taxminlarni chiqarish;
5) ma’lumotni tahlil qilish usullarini tanlash.
Tadqiqotning tahliliy rejasi quyidagilardan tashkil topadi:
1) sotsiolingvistik anketa, test yoki suhbatni ishlab chiqish;
2) dastlabki tadqiqotlar o‘tkazish;
3) anketaning oxirgi variantini ishlab chiqish;
4) tanlov turi va hajmini aniqlash;
5) materialning haqqoniyligi va taqdimot bopligini ta’minlash;
6) anketa so‘rovlarini o‘tkazish;
7) to‘plangan ma’lumotlarni ishlab chiqish;
8) olingan natijalarni tahlil qilish va bayon etish.
Tadqiqot jarayonida quyidagi usullar qo‘llaniladi:
a) anketa so‘rovnomalari (bilvosita va bevosita);
b) suhbat usuli;
d) kuzatish yoki bevosita kuzatish;
e) statistik tahlil;
f) korrelatsion tahlil.
Sotsiolingvistik tadqiqot oldiga qo‘yiladigan bunday shart-sharoitlar va
rejani amalga oshirish o‘z navbatida qator muhim masalalarni yechishni talab
qiladi. Mazkur kuzatuvning muvaffaqiyatli chiqishi uchun ko‘p vaqt va kuch sarf
qilinadi. Qator xorijlik tadqiqotchilar (masalan, Yevropa, Amerika maktablari)
vaqt va kuchlardan unumli foydalanish uchun eng muhim savollarni (shu
jumladan, sinov savollarini ham) oldindan tuzib olishni maslahat berishadi. Bu
usul ilmiy tadqiqotning barcha bosqichlarida mavzuni shakllantirishdan tortib, to
olingan ma’lumotlarni ishlash yoki ishni xulosa qilishda juda qo‘l keladi.
Dostları ilə paylaş: