Book · January 022 citations reads 484 author


Sotsiolingvistik tadqiqotlar o‘tkazishga tayyorgarlik



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

Sotsiolingvistik tadqiqotlar o‘tkazishga tayyorgarlik 
1) tadqiqot mavzusini tanlash: 
a) kutubxona kataloglarini ko‘rib chiqish, hamkasb (yoki talabalar) bilan 
maslahatlashish;


27 
b) masalani ilmiy rahbar bilan muhokama qilish;
d) nimaga e’tibor qaratishni aniqlash. 
2) tadqiqot mohiyatini belgilash: 
a) dastlabki savollar ro‘yxatini tuzish, ularni sinchiklab tekshirish;
b) muayyan shaxslar (ilmiy rahbar, hamkasblar) bilan muhokama qilish. 
3) tadqiqot gipotezasi, maqsad va vazifalarini aniqlash: 
a) aynan nimani va qaysi maqsadda o‘rganishni belgilash;
b) tanlangan soha bo‘yicha olingan bilimlarda kamchilik yoki bo‘shliq 
bo‘lsa, ularni qog‘ozga tushirish.
4) tadqiqot metodlarini belgilash va h.k.: 
a) statistik ma’lumotlarni izohlash va tahlil qilish, so‘rov, test o‘tkazish va 
h.k.


28 
TILNING RIVOJLANISH OMILLARI 
 
Reja: 
1. Tilning tаriхiy tаrаqqiyoti vа o‘zgаruvchаnligi.
2. Sinхrоniya vа diахrоniya.
3. Tilshunоslik vа ungа yondоsh prеdmеtlаrning o‘zаrо munоsаbаti.
4. Til tаrаqqiyotidаgi fоnеtik, lеksik, grаmmаtik o‘zgаrishlаrni tаhlil etishdа 
yozmа tаriхiy mаnbаlаrning аhаmiyati.
5. Tildаgi qоnuniy o‘zgаrishlаr vа nutqiy hоdisаlаr.
Tаyanch tushunchаlаr: 
til tаrаqqiyoti, til hоdisаlаrining o‘zgаruvchаnligi, 
sоddаlаshuv, qаytа tuzilish, murаkkаblаshuv, diахrоniya, sinхrоniya, tilshunоslik 
vа fаlsаfа, tilshunоslik vа mаntiq, tilshunоslik vа tаriх, yozmа tаriхiy mаnbаlаr 
vа til, tilning umumiy qоnuniyatlаri, tilning хususiy qоnuniyatlаri. 
 
Til va jamiyatning o‘zaro uzviy munosabatini sotsiolingvistika fani 
o‘rganadi. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan 
mustahkam bog‘liq. Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir. 
Umumiy til tushunchasining shevadan farqi bor: til butun bir xalqqa xizmat 
qiladi, sheva esa xalqning bir guruhigagina taalluqlidir. Til ko‘p vazifali, hamma 
uchun umumiy bo‘lgan aloqa-munosabat vositasidir; sheva esa, vazifa nuqtayi 
nazaridan chegaralangan bo‘lib, tilning nutqiy ko‘rinishini tashkil etadi. 
Masalan, o‘zbek tiliga qarluq-chigil-uyg‘ur dialekti asos bo‘lgan. Bu sheva 
Farg‘ona, Toshkent, Samarqand-Buxoro shevalarini o‘z ichiga oladi. O‘zbek tili – 
ko‘p dialektli til. Bu hol o‘zbek tilining o‘ziga xos murakkab tarixiy rivojlanish 
sharoiti va o‘zbek millatining o‘tmishdagi xilma-xil etnik tarkibi bilan izohlanadi. 
Ta’kidlanganidek, til jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlanadi, tilning 
grammatik qurilishi takomillasha boradi. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan 
uzviy bog‘langan. Kishilik tarixidan shu narsa ma’lumki, avval urug‘ tili, keyin 
qabila tili, elat, xalq va millat tili shakllangan. 
Dialektlar urug‘chilik davridan boshlab, jamiyat taraqqiyotining keyingi 
bosqichiga qadar son jihatdan ko‘payib boradi. Bu qabilalarning yashash tarzi 
bilan bog‘liq. Avval bir qabila ittifoqiga kirgan tillar markazdan uzoqlashgan sari 
ulardagi dialektal farq orta boradi va bu dialektal farqlar oxir-oqibatda yangi til 
paydo bo‘lishi uchun asos bo‘ladi. Dialektlar sonining ko‘payishi va ular asosida 
yangi-yangi tillarning vujudga kelishi til taraqqiyotining 
differensiatsiya
jarayonini tashkil qiladi. Differensiatsiya tillarning dialektlarga parchalanishidir. 
Har bir millat o‘z adabiy tilining mustahkamlanishi uchun harakat qiladi. 
Jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida dialektlar kamayib, adabiy tilga 


29 
yaqinlasha borishi kuzatiladi. Buni adabiy til ta’sirining kengayishi bilan izohlash 
mumkin. Til taraqqiyotidagi bu jarayon 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin