Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Nazarov Qilich Xolmuradovich
TDIU Samarqand filiali Buxgalteriya hisobi, soliq va moliya 
kafedrasi assistenti
Annotatsiya:
Maqolada tijorat banklarining investitsion faoliyatini takomillashtirishning xorijiy davlatlar tajribalari ko‘rib 
chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining investitsion faoliyatini takomillashtirish yuzasidan amaliy taklif va 
tavsiyalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
tijorat bank, investitsion faoliyat, investitsion loyiha, yalpi ichki mahsulot, daromad, xorijiy amaliyot.
Аннотация:
В статье рассматривается опыт зарубежных стран по совершенствованию инвестиционной деятель-
ности коммерческих банков. Даны практические предложения и рекомендации по совершенствованию инвести-
ционной деятельности коммерческих банков Республики Узбекистан.
Ключевые слова:
коммерческий банкинг, инвестиционная деятельность, инвестиционный проект, валовой вну-
тренний продукт, доход, зарубежная практика.
Abstract:
The article examines the experiences of foreign countries in improving the investment activities of commercial 
banks. Practical suggestions and recommendations are given for improving the investment activity of commercial banks 
of the Republic of Uzbekistan.
Key words:
commercial banking, investment activity, investment project, gross domestic product, income, foreign practice.
K I R I S H
Bugungi kunda dunyo mamlakatlari iqtisodiyoti rivoji va xalqaro integratsiyasida investitsion kreditlar 
muhim o‘rin egallamoqda. Zero, investitsion kreditlar tijorat banklarining milliy va jahon moliya bozoridagi uzoq 
muddatli strategiyasini amalga oshirishda va uning vositasida xalqaro munosabat va tajribalarni rivojlantirishda 
eng muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Olib borilgan tadqiqotlar investitsion kreditlar bir qancha an’anaviy va 
zamonaviy kreditlash shakllarini o‘zida mujassam etgan holda ulardan foydalanishda milliy, xorijiy va xalqaro 
moliya-kredit institutlari bilan hamkorliklarning o‘rnatilishi va rivojlanishiga erishilayotganligi buni yaqqol tas-
diqlamoqda. O‘z navbatida, jahon amaliyotida rivojlangan davlatlarda investitsion kreditlash borasida yuksak 
rivojlanish va boy tajribalarga erishilib, xususan, “Germaniya davlatida jami asosiy kapitalga investitsiyalar 
tarkibida investitsion kreditlarning ulushi 49,5 foizni, AQShda 62 foizni, Buyuk Britaniyada 76,5 foizni tashkil et-
moqda” 
[1]
. Investitsion kreditlarga bo‘lgan talab kundan-kunga oshib borayotgan bugungi kunda tijorat banklari 
tomonidan investitsion kreditlash tizimini takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda investitsion kreditlash amaliyoti sezilarli tarzda yuksalib bormoqda. Jum-
ladan, “asosiy kapitalga qilingan investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarining umumiy hajmida tijorat bankla-
rining investitsion kreditlarini ulushi so‘nggi besh yilda (2017–2022 yy.) ikki barobardan oshib, 46,7 foizni” 
[2]
tashkil etdi. Bu esa, asosan, respublikamiz tijorat banklarining investitsion faolligini oshayotganligi va jalb 
qilinayotgan xalqaro kreditlar miqdorining oshayotganligi bilan izohlanadi. Biroq, aksariyat tijorat banklarida 
investitsion kredit va uning zamonaviy shakllarini qo‘llash tajribalari yetarlicha shakllanmagan. Shuningdek, 
tijorat banklarida uzoq muddatli resurslarning yetishmasligi kuzatilmoqda. Banklarning investitsion kreditlash 
tizimidagi muammolarni ilg‘or xorij tajribasi asosida hal qilishning zarurligi investitsion kreditlash tizimini tako-
millashtirish masalasini ilmiy asosda tadqiq qilish zaruriyatini tug‘ilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni (2019), O‘zbekiston Respub-
likasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF–5992-son “2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Res-
publikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonlari, 2020-yil 9-yanvardagi PQ–4563-son 


249
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
“O‘zbekiston Respublikasining 2020–2022-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish cho-
ra-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
[3]
va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari va mazkur soha-
ga tegishli boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda hamda yuqoridagi 
keltirilgan muammolarni hal qilish yo‘llarini va tijorat banklarida investitsion kreditlash tizimini ilmiy-nazariy va 
uslubiy jihatdan chuqur tadqiq etish muhim vazifa hisoblanadi.
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R S H A R H I
Tijorat banklarida investitsiyaviy faoliyatning samaradorligi va ularni rivojlantirish hamda baholash mas-
alalari bilan ko‘plab xorijiy hamda mahalliy iqtisodchi olimlari shug‘ullanishgan. Mazkur masala bo‘yicha ilmiy 
tadqiqot olib borgan xorijlik iqtisodchi olimlardan:
Rossiyalik iqtisodchi-olimlar M. V. Alikayeva, L. O. Aslanova va boshqalar fikrlariga ko‘ra, “Investitsion bank 
krediti, odatda, loyihaning qoplash muddatidan oshib ketmaydigan muddatga, qoidaga ko‘ra, bir yildan kam 
bo‘lmagan muddatga beriladi, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari doirasida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha 
to‘lovlar bilan hujjatli tasdiqlanishi lozim bo‘lgan maqsadli xarakterga ega bo‘ladi” 
[4]
degan xulosaga kelishgan.
F. V. Mayk va V. Rong (2006) Investitsion loyihalardan samarali foydalanishda tashqi moliyaviy cheklovlarni 
o‘rnatish kerakligini va shu asosda ichki investitsion loyihalarni rag‘batlantirishni taklif qilishgan. Bunda olimlar 
tashqi moliyalashtirish xarajatlari oshgan sari, naqd pul qiymati sezilarli darajada oshadi degan xulosaga keladi 
[5]
.
H. Uang, P. Liang, H. Li, R. Yanglar (2016) esa texnologiyali ishlanmalariga yo‘naltiriladigan investitsion 
loyihalar va ularning moliyalashtirish manbalarini, shuningdek ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirish manbalari, 
ilmiy-tadqiqot, investitsiya riski o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganishgan 
[6]
.
Bundan tashqari Rossiyalik taniqli iqtisodchi olim T. Mazurina (2013) investitsion loyihalarni tijorat banklari 
kreditlari hisobidan kreditlashni rivojlantirish uchun quyidagi sharoitlarning mavjud bo‘lishini asoslab bergan:

davlatning samarali investitsiya va sanoat siyosatining mavjudligi (moliyaviy resurslarni aniq joylashtirish 
yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda);

investitsion loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan risklarni qisqartirish asosiy yo‘nalishi bo‘lgan 
investitsiyalar infratuzilmasini rivojlantirish;

korxonalarning investitsion jozibadorligini oshirish 
[7]

I. Yudinaning (2013) ilmiy tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, rivojlanayotgan mamlakatlarda tijorat banklarining 
investitsion kreditlash amaliyotini rivojlantirishning zaruriy sharti – bu risklarni diversifikatsiya qilish deb his-
oblaydi 
[8]

O‘zbek olimlaridan professor N. Karimovning ilmiy ishida investitsion loyihalarni tijorat banklari orqali moli-
yalashtirish mexanizmini takomillashtirishdagi asosiy muammolar sifatida tijorat banklarining investitsion kredit 
berish salohiyatini oshirish muammosi, tijorat banklarida investitsion faoliyatni moliyalashtirish risklarini bosh-
qarish samaradorligining pastligi, tijorat banklariga investitsion loyihalar bo‘yicha mijozlar tomonidan taqdim 
etilayotgan biznes rejalarning texnik-iqtisodiy jihatdan yetarli darajada asoslanmaganligi va ularning banklar 
tomonidan talab darajasida tahlil etilmayotganligi hamda kredit shartnomalari tuzishdagi kamchiliklarning mav-
judligi, hukumatning kafolati asosida olingan investitsion kreditlardan foydalanish samaradorligining past ekan-
ligi kabi omillarni keltirib o‘tgan 
[9]
.
Bugungi kunda mamlakatda tijorat banklarining investitsiyaviy faoliyatini institutsional asoslarini takomil-
lashtirish jarayonlarida bir qancha kamchiliklar mavjud. Shu sababli, tijorat banklarining investitsion loyihalarni 
kreditlash amaliyotidagi mavjud muammolarini aniqlash, xorijiy banklar kreditlash amaliyotining ustuvor tomon-
larini amaliy tahlillar asosida o‘rganish, ularning bu sohadagi ilg‘or tajribalarini, O‘zbekistondagi tijorat banklari 
kreditlash amaliyotida joriy qilish yuzasidan aniq asoslanagan ilmiy takliflar taqdim etish, ushbu ilmiy maqolan-
ing asosiy maqsadi hisobladi.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Tadqiqotni olib borishda analiz va sintez, induksiya va deduksiya, statistika va taqqoslash kabi tadqiqot 
usullaridan foydalanildi. Tadqiqot jarayonida olingan natijalarning qisqacha tavsifi:

investitsion muhit jozibadorligini oshirishda banklarning rolini oshirishning ahamiyati, hamda banklarining 
investitsion faoliyatda ishtirokining ahamiyati va rolini institutsional jihatdan asoslab berish;

investitsion muhit jozibadorligini oshirishda banklarning banklarining roli va ularning institutsional huquqiy 
asoslarini o‘rganish;

O‘zbekistonda tijorat banklarining investitsion faoliyatining zamonaviy holati, asosiy iqtisodiy ko‘rsat-
kichlari va samaradorlik darajasini tahlil qilish;

tijorat banklarining investitsiya faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;

investitsiya faoliyatida tijorat banklarini rivojlantirishning xorij tajribasini o‘rganish;

investitsion faoliyatda tijorat banklarining ishtirokini faollashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab 
chiqishdan iborat.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
250
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
TA H L I L VA A S O S I Y N A T I J A L A R
Jahon moliya bozorini xalqaro miqyosda globallashgan bozor deb tavsiflash mumkin. Jahon moliya bozori 
moliyaviy globallashuv jarayoni mahsuli bo‘lib, industrial mamlakatlarni umumjahon miqyosda iqtisodiy samara-
dorligini keskin oshirdi. Lekin bu jarayon rivojlanayotgan mamlakatlar rivojiga ijobiy ta’sirdan ko‘ra ko‘proq sal-
biy ta’sir ko‘rsatishi hozirda barchaga ayon bo‘lib qoldi. Buning sababi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti 
industrial davlatlar iqtisodiyotiga ko‘pdan bog‘liqligida deb bilish mumkin.
Hozirda jahon moliya bozorlaridagi qimmatli qog‘ozlarning oboroti xalqaro tovar aylanmasi (oboroti) hajmi-
dan 60–70 barobar ko‘p, bu ko‘rsatkichning borgan sari ortib borishi tendensiyasini kuzatish mumkin. Bunda 
xalqaro portfel investitsiyalarining salmog‘i bevosita investitsiyalar va xalqaro kreditlar hajmidan sezilarli katta 
bo‘lib, bunga moliya bozorlarining iqtisodiyotdagi rolini oshib borishi sekyuritizatsiya jarayonlari va moliya in-
jiniringini tez sur’atlar bilan rivojlanishi sabab bo‘lmoqda.
Banklar faoliyatining mexanizmi, hossa va xususiyatlari evaziga moliya bozori tarkibida alohida segment 
– bank kapitali va xizmatlari bozori faoliyat yuritadi va rivojlanadi. Bunda ular kredit, pul vositalari bilan bog‘liq 
operatsiyalar institutlari, moliyaviy resurslar va instrumentlar akkumulyatori va mos ravishda yirik investitsiyalar 
manbai, institutsional investor, professional emitent va vositachi sifatida namoyon bo‘ladi. Bashqacha qilib 
aytilganda, banklar moliya bozorining pul, valyuta va kredit (bank kapitali) segmentida tegishli operatsiyalarini 
bajaradi, fond instrumentlari segmentida esa qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq moliyaviy xizmat, emission va 
investitsion operatsiyalarni amalga oshiradi. Bundan tashqari banklar o‘z faoliyatlari doirasida ko‘chmas mulk 
bozorida va ipotekaviy xizmatlarni ham ko‘rsatadi.
Hozirda rivojlangan mamlakatlardagi banklar operatsiyalari va daromadining 80 foiziga yaqin miqdori qim-
matli qog‘ozlar bozorida shakllanmoqda. Daromadining qolgan qismi esa traditsion bank operatsiyalaridan ho-
sil bo‘lmoqda. Bu holatni investitsiya banklari faoliyati misolida ko‘rish mumkin.
Investitsiya banki – bu asosan qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarga ixtisoslashgan kredit-moliya 
instituti. Uning maqsadi, moliya bozorlari orqali qo‘shimcha pul mablag‘larini jalb qilish, o‘z mijozlarini (jumladan 
davlatni) uzoq muddatli kreditlash.
Investitsiya banklari mumtoz ma’nodagi banklardan farqlanib, oddiy banklarga o‘xshash ko‘p turdagi bank 
operatsiyalarini bajarmaydilar. Odatda, zamonaviy investitsiya banki hozirda na faqat fond bozorlarida qimmatli 
qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni bajaradi, balki kompaniyalarni birlashtirilishi (yutib borilishi) va o‘zaro 
birlashishini tashkillashtirish, ipotekani va venchur kapitalini boshqarish bilan ham shug‘ullanadi.
Aytish joizki, G‘arb mamlakatlari qonunlari va statistikasida barcha moliyaviy institutlarni ularning aso-
siy funksiyalari bo‘yicha farqlanadi. Lekin amaliyotda esa borgan sari tijorat va investitsiya banklari orasidagi 
farq yo‘qolib bormoqda. Bunga misol qilib ko‘rsatish mumkinki, masalan, AQShdagi tijorat banklari qonun-
chilik (1933 yildagi Glass-Stigal va qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonunlar) bilan o‘rnatilgan to‘siqlarni chetlab 
o‘tib, o‘z faoliyatlarini universallashtirish yo‘lida bank xoldinglarini, investitsiya korporatsiyalarini tuzganlar va 
fond bozorida bilvosita faol qatnashganlar. Ko‘p yillik bunday samarasiz cheklovchi tajribadan keyin hozirda 
(2001-yildan boshlab) AQSh banklariga fond bozoridagi qo‘yilgan to‘siqlar olib tashlangan 
[2]
.
Buning aksi sifatida qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarda banklarning faol qat-
nashishiga Germaniya misol bo‘la oladi, bu yerda faqat tijorat banklariga qimmatli qog‘ozlar bilan barcha turda-
gi operatsiyalarni amalga oshirish uchun ruxsat berilgan. Germaniyada sof ko‘rinishdagi brokerlik firmalari yo‘q. 
Odatda, investitsiya institutlari amalga oshiradigan barcha vazifalarni Germaniyada banklar bajaradi. Bu yerda 
banklar eng ko‘p miqdorda obligatsiyalar chiqaradi, ular eng yirik sarmoyadorlar hisoblanadi, davlat qimmatli 
qog‘ozlarining anderrayterlari sifatida chiqadi. Banklar, shuningdek, mijozlarning hisobidan va ularning topshiri-
ni bo‘yicha hamda o‘z shaxsiy hisobidan bitimlarni amalga oshirar ekan, fond bozorida vositachilik operatsiyala-
rini ham bajaradi. Ko‘pgina hollarda ayni shu banklar fond birjalari a’zolarining umumiy tarkibini shakllantiradi 
[2]
.
Dunyoning bir qator rivojlangan davlatlari (Buyuk Britaniya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va boshqalar)ning 
qonunchiligida esa so‘nggi vaqtlargacha tijorat banklariga fond birjalari faoliyatida bevosita qatnashish man 
etilgan edi. Lekin Hozirgi vaqtda ushbu davlatlarning qonunchiligida tijorat banklarining fond birjalarida bevosita 
ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish bo‘yicha jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda 
[2]
.
Investitsiya banklari turli mamlakatlarda ma’lum xususiyatlarga ega. Masalan, Buyuk Britaniyada–turli in-
vestitsiya kompaniyalari, savdo banklari. Bunda savdo banklari oddiy bank operatsiyalaridan tashqari, aksi-
yadorlik kompaniyalari, pensiya fondari, sug‘urta kompaniyalari qimmatli qog‘ozlarini boshqarish bilan ham 
shug‘ullanadi.
Hozirda dunyoning eng yirik investitsiya banklari quyidagilar hisoblanadi: HSBC Holdings (Buyuk Britani-
ya), Chase Manhattan Corp. (AQSh), Credit Agricole Group (Fransiya), Citicorp. (AQSh), Deutsche Bank (Ger-
maniya), Bank America Corp. (AQSh), ABN AMRO Bank (Gollandiya), Sumitamo Bank (Yaponiya), Dai-Ichi 
Konquo Bank (Yaponiya) va h.k.
Rossiya Federatsiyasida banklar qimmatli qog‘ozlar bilan o‘z operatsiyalarini amalga oshirishda qisman chek-
lab qo‘yilgan. Masalan, Rossiya banklari xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalarini sotib oluvchi sifatida qat-


251
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
nashish huquqiga ega emas, aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarida o‘z sof aktivlarining 5 foizdan ortig‘ini qo‘ya ol-
maydilar, o‘z mulkida biror aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining 10 foizdan ortiq qismiga ega bo‘lishi mumkin emas.
Bugunga kelib jahon qimmatli qog‘ozlar bozorida so‘ngi 100 yillik ichida dunyo mamlakatlari ishtirokida 
keskin o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin buning asosiy sababi shu mamlakatlarning iqtisodiy hamda siyosiy tomon-
dan dunyo mamlakatlari orasida yaqqol ustunlik qilish hisobiga bu natijalarga erishmoqda desak xato qilmagan 
bo‘lamiz. Mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar davlatlar o‘rtasida kapitalni oqilona taqsimlanishini 
ta’minlayapdi. Bugungi kundagi jahon amalyoiga bir nazar tashlasak har bir yirik fond birjalarda qisqa vaqt mo-
baynida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘layotganiga guvoh bo‘lamiz buni bir nechta iqtisodiy va ijtimoiy sabablari 
mavjud. Fond birjalaridagi bu o‘zgarishlar orqali qaysidir mamlakat iqtisodiyoti haqida baho berish va bashorat 
qilish mumkin. Masalan, qaysidir bir instrumentning bozordagi bahosini keskin tushib ketishi bu instrument 
emitenti qaysi mamlakatda faoliyat ko‘rsatsa bu o‘zgarish shu mamlakat iqtisodiyotidagi muammolardan kelib 
chiqqan bo‘lishi mumkin va albatta umumiy iqtisodiyotga ham ta’sir qilish extimoli mavjud.
Bugungi iqtisodiy globallashgan jamiyatda dunyo moliya bozori, shu jumladan, qimmatli qog‘ozlar bozo-
ri bir nechta afzalliklari mavjud bo‘lib, ulardan asosiysi shuki kapitalni mamlakatlar o‘rtasida taqsimlanishini 
taminlaydi. Bu esa nafaqat mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy shu bilan birga siyosiy munosabatlarni ham mus-
tahkamlanishiga olib keladi. Agar dunyo amalyotiga nazar tashlasak bugungi kunda qimmmatli qog‘ozlar bo-
zorini rivojlanishi judayam tezlik bilan rivojlanayotganiga guvoh bo‘lamiz buning asosiy sabablaridan biri ishlab 
chiqarish korxonalarini ham iqtisodiy va texnik tomondan rivojlantirish va dunyo bozorida raqobatlasha oladigan 
mahsulot ishlab chiqarishni taqozo qilmoqda va bu jarayoni bartaraf etish uchun albatta resurs manbasini qim-
matli qog‘ozlar bozori orqali jalb qilinmoqda.
Ikkinchi tomondan yirik dunyo korparatsiyalarini daromadlik darajasini keskin oshishi va investorlar uchun 
investitsion jozibadorlikni yuqori bo‘lishi va aholi extiyojlaridan ortiq jamg‘armalarni ko‘payishi ham dunyo qim-
matli qog‘ozlar bozorini rivojlanish uchun asosiy dastak bo‘lib xizmat qilmoqda.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini dunyo amalyotida rivojlanishi bu nafaqat shu mamlakat iqtisodiyoti uchun shu 
bilan birga uni xarid qilgan investorni mamlakati uchun ham samara keltiradi chunki qimmatli qog‘ozdan olin-
gan daromad xarajat sifatida iqtisodiyotda qo‘shimcha talabni keltirib chiqaradi yoki jamg‘arma sifatida bank 
omonat lariga jalb qilinadi va iqtisodiyotdagi pul aylanmasiga qo‘shimcha kapital qo‘shiladi.
Hozirgi vaqtda Xalkaro hisob-kitoblar Bankining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, yetakchi industrial davlatlar 
bozorlaridagi moliyaviy operatsiyalarning 50 foizga yaqini o‘nta yirik tijorat bankining hissasiga to‘g‘ri keladi. 
Mazkur banklar o‘zlarining ko‘p sonli filiallari orqali dunyoning barcha qit’alarida faoliyat yuritadilar va birinchi 
navbatda, qimmatli qog‘ozlar bozorining shakllanishi va rivojlanishiga kuchli va bevosita ta’sir ko‘rsatadilar. 
Hozirgi vaqtda qimmatli qog‘ozlar bozorida likvidli mablag‘larning sezilarli qismi to‘plangan. Xususan, London, 
Nyu-York, Tokio fond birjalarida moliyaviy aktivlar bilan amalga oshiriladigan xalqaro operatsiyalarning 56 foizi 
to‘plangan.
AQSh
Germaniya
Buyuk Britaniya
Fransiya
Kanada
Xitoy
Kichik ulushli mamlakatlar
1-rasm:
Investitsiyaviy faoliyat samaradorligini oshirishda fond bozorining turli mamlakatlardagi 
kapitalizattsiyasi (%) 
[10]
.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
252
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
Turli mamlakatlarning investitsiyaviy faoliyat samaradorligini oshirishda fond bozorida kapitalizatsiyasi 
dinamikasi turlicha ko‘rsatkichlari tasvirlangan. 2020-yilda Investitsiyaviy faoliyat samaradorligini oshirishda 
fond bozori kapitalizatsiyasi bo‘yicha eng yirik ulushga ega bo‘lgan mamlakat bu AQSh tashkil qilgan bo‘lib, 
uning ko‘rsatkichi 52 % foiz ko‘rsatilgan. Kapitallashuv darajasi bo‘yicha keyingi o‘rinlarda bu Buyuk Britaniya, 
Fransiya va Kanada tashkil qilib, ularning hissasi mos ravishda 7,2, 3,1 va 3,3 ni tashkil qilganganini kuzatish 
mumkin. Bundan tashqari, Xitoy ham keyingi yillarda qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanish darajasi asta sekin 
rivojlanayotganini ko‘rish mumkin. 50 yil oldin Xitoy dunyo fond bozorida deyarli ishtirok etmagan va kapital-
lashuv darajasi ham juda past ko‘rsatkichni tashkil qilgan. 2020-yilda Xitoy fond bozori kapitallashuv darajasi 
anchaga o‘sib uning ko‘rsatkichi 4,8 tashkil qilgan (1-rasm).
Shunday qilib, banklarning jahon moliya bozoridagi faoliyat turlarini quyidagicha tizimlashtirish mumkin.
1. Banklar moliya bozorining quyidagi segmentlarida faoliyat yuritadilar: valyuta, qimmatli qog‘ozlar, 
pul-kredit (jumladan ipoteka kreditlari), qimmatbaho metallar va toshlar (jumladan san’at asarlari).
Ko‘chmas mulk bozorida vositachi, ishonchli boshqaruvchi (trast), ipotekaviy investor sifati faoliyat ko‘rsa-
tadi.
1. Valyuta bozorida: diler va broker (treyder, jumladan valyuta operatori). Bunda spot va muddatli bozor-
larda ishtirok etadi.
2. Pul-kredit bozorida: pul hisob raqamlari va pul vositalari (cheklar, kartochkalar va h.k.) bo‘yicha mijozlar-
ga operatsion xizmat ko‘rsatish; kredit berish va olish; bo‘lak kreditorlarning kredit transhlari bo‘yicha 
operator bo‘lish va h.k.
3. Qimmatli qog‘ozlar bozorida: 

emitent (emissiyalanuvchi va emissiyalanmaydigan turlari bo‘yicha); 

institutsional investor (o‘zining investitsiyalarini boshqarish bo‘yicha) va kollektiv investor (mijozlarining 
investitsiyalarini boshqarish bo‘yicha); 

professional institut (broker, trayder, diler, anderrayter, trast, konsalting, depozitariy, transfer-agent va 
h.k.).
AQSh
Yaponiya
Buyuk Britaniya
Fransiya
Kanada
Xitoy
Gankong
Germaniya
Avstraliya Hindiston
2-rasm:
Dunyo mamlakatlari jahon qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ulushi
1
(% da) 
[2]
.
Dunyo qimmatli qog‘ozlar bozorida eng katta ulushga ega bo‘lgan mamlakatlar tasvirlangan. Jadvaldan 
shuni ko‘rish mumkinki, Eng yuqori ulushga ega bo‘lgan davlat bu Amerika Qo‘shma Shtatlari bo‘lib, uning 
hissasi 2020-yilda 34,17 % ni tashkil qilgan. Keyingi katta ulushga ega bo‘lgan mamlakatlar safiga Yaponiya, 
Buyuk Britaniya, Gongkong va Xitoy mamlakatlari bo‘lib mos ravishda 7,90, 6,25, 5,94 va 5,78 % tashkil qilgan. 
Dunyo qimmatli qog‘ozlar bozorida eng kichik ulushlarni tashkil qilgan mamlakatlar bular Kanada 3,39 % bilan, 
Fransiya 3,16 % bilan, Germaniya 2,91 % bilan, Avstraliya 2,37 % bilan va Hindiston 2,12 % bilan shu ko‘rsat-
kichlarga erishgan (2-rasm).
Jahon moliya bozorini rivojlanishi yuqori tendensiyaga ega bo‘lgan paytda turli mamlakatlarni Fond bozori 
kapitalizatsiyasidagi ham keskin o‘zgarishlarga ega bo‘lganini ko‘rish mumkin. Bu tendensiyalarni keskin o‘zga-
rishi, albatta, shu mamlakatlarni iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanish darajasi bilan ham bog‘liqdir.

Birja ma’lumotlari asosida mualliflar tomonidan tuzildi
.


253
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
1-jadval:
Dunyo moliya bozorida yirik ulushli Top 10 investitsiya banklari ro‘yxati 
[11]

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin