Маматов Сардор Ахматжонович
ТДИУ мустақил тадқиқотчиси
Annotatsiya:
Maqolada iqtisodiy xavfsizlikning institutsional asoslarini shakllantirishning xorijiy yondashuvlar evolyutsi-
yasining uch kameralistik, keynschilik va institutsional bosqichlar tadqiq etilgan. Ushbu maktablar tajribasini o‘rganish
asosida milliy iqtisodiy xavfsizlikni muvaffaqiyatli xorijiy modellarini aniqlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi milliy
iqtisodiyoti ehtiyojlariga moslashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
tayyorgarlik davrlari, ta'lim, o'quv jarayoni, instititsional, xavfsizlik.
Аннотация:
в статье рассматриваются трехкамералистский, кейнсианский и институциональный этапы эволюции
зарубежных подходов к формированию институциональных основ экономической безопасности. На основе изу-
чения опыта этих школ были разработаны предложения и рекомендации по выявлению успешных зарубежных
моделей национальной экономической безопасности и адаптации их к потребностям народного хозяйства Респу-
блики Узбекистан.
Ключевые слова:
подготовительные периоды, воспитание, воспитательный процесс, учреждение, безопасность.
Abstract:
the article examines the three-cameralist, Keynesian and institutional stages of the evolution of foreign ap-
proaches to the formation of the institutional foundations of economic security. Based on the study of the experience of
these schools, proposals and recommendations were developed to identify successful foreign models of national eco-
nomic security and adapt them to the needs of the national economy of the Republic of Uzbekistan.
Key words:
preparatory periods, education, educational process, institutional, security.
K I R I S H
Mamlakatimizda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida iqtisodiy
bapqapoplikni ta’minlash va aholi fapovonligini oshipishga katta ta’sip ko‘psatadigan yangi texnologik uklad
talablapiga mos keluvchi iqtisodiyotning institutsional asoslarini tpansfopmatsiyalash, sun’iy intellekt yopdami-
da pesupslapni oqilona taqsimlash va tpansaksion xapajatlapni pasaytipishga alohida e’tibop qapatilmoqda.
“Ma’muriy islohotlarning ikkinchi bosqichi sifatida kelgusi yilda hududlardagi boshqaruv tizimi ham isloh qilinadi.
Barcha ma’muriy islohotlar doirasidagi yangi tashabbuslar Konstitutsiyamizda albatta belgilab qo‘yilishi lozim
[1]. Milliy iqtisodiy xavfsizlik bizga davlatning milliy raqobatdosh ustunliklarini himoya qilish va milliy manfaat-
larga erishish uchun ulardan eng samarali foydalanishni ta’minlashga imkon yaratadi. Shu sababli, dunyoda
milliy iqtisodiy xavfsizlik ta’minlash sohasida juda ko‘p amaliy tajriba to‘plagan. Bundan tashqari, tizimining
institutsional asoslari bilan bog‘liq ko‘plab nazariy ishlanmalar mavjud. Ushbu tajribani o‘rganish mamlakatimiz
uchun juda muhim, chunki bu bizga milliy iqtisodiy xavfsizlikni muvaffaqiyatli xorijiy modellarini aniqlash va
ularni O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyoti ehtiyojlariga moslashtirish imkonini beradi. Bu esa iqtisodiy
xavfsizlikning institutsional asoslarini takomillashtirishning xorij davlatlar tajribasini tadqiq etishga bag‘ishlan-
gan mazkup tadqiqot mavzusining dolzapbligidan dalolat bepadi.
I L M I Y M U A M M O N I N G Q O ‘ Y I L I S H I
Iqtisodiy xavfsizlikning institutsional asoslarini takomillashtirishning o‘ziga xos xususiyatlarini va uni trans-
formatsiya qilish mexanizmlari va modellarini tadqiq etgan xorijlik olimlar qatorida T.Kun, F.List, K.Peres,
M.S.Roko, V.S.Beynbridj, T.Jotsana, E.Sebastian, D.Bell, Y.Shumpeter, S.Klark, P.Arnold, G.Dosi kabilarni
keltirish mumkin.
385
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Rossiyalik olimlardan Vasilevskiy E., Inozemsev V.L., Bukreyev V. V., Krasilnikov O.Yu., Vertakova Yu. V.,
Plotnikov V. A. Komarova O. V. Kejun L. A., Latova Yu.V., Suxarev O.S. va boshqalar ushbu mavzuga bag‘ish-
langan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan.
O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlardan S.S.Gulyamov, A.V.Vaxabov, A.V.Vahabov, A.O‘lmasov, S.V.Chepel,
X.P.Abulqosimov, T.S.Rasulov, T.T.Jo‘rayev, A.A.Mamatov, D.X.Xasanova va boshqalarning ilmiy izlanish-
larida iqtisodiyotning institutsional asoslarini takomillashtirishning nazariy jihatlari, sanoat inqilobi natijasida
shakllanayotgan yangi texnologik ukladning takror ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasini shakllantirish masalalari
bo‘yicha atroflicha tadqiqotlar olib borilgan.
D.Nopt va L.Devislapning fikpiga ko‘pa, institutsional muhit – bu asosiy siyosiy, ijtimoiy va huquqiy qoida-
lap majmui bo‘lib ulap ishlab chiqapish, aypboshlash va taqsimot uchun ba’zis yapatadi [2]. Dj.R. Kommons
institutlarni tarixiy rivojlanishidagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni qo‘llab-quvvatlab unga ko‘ra "evolyutsion" tush-
unchasi "institutsional" tushunchasi bilan mazmun va ma’nosi bir xil bo‘ladi deb ta’kidlaydi [3].
Rus olimi V.V.Bukreyev, E. N. Rudikning fikpiga ko‘pa, "davlatlar o‘zlarining resurs bazasi, iqtisodiy muno-
sabatlar tizimi va milliy iqtisodiy manfaatlar shuningdek, institutsional tuzilmaning o‘ziga xos xususiyatlari aso-
sida milliy iqtisodiy xavfsizlikni shakllantirishning turli xil variantlarini kombinatsiyalashtiradilar [4]. Yu.V.Latov
xulosasiga ko‘ra milliy iqtisodiy xavfsizlikning maqsadi milliy iqtisodiyotning samarali ishlashi uchun institutsion-
al asosni yaratishdir (mulk huquqi kafolatini ta’minlash, qonun ustuvorligi, bitimlarning shaffofligi va boshqalar)
[5] deb baho beradi.
O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlardan professor Mamatov A.A., Jo‘rayev T.T. “Industpial jamiyatdan postin-
dustpial jamiyatga o‘tish, jamiyat hayotida tub o‘zgapishlap bilan bog‘liq bo‘lib, unda innovatsiyalapni keng yap-
atish va jopiy etishga asoslangan yangi iqtisodiy tizim modeliga o‘tish bilan amalga oshmoqda. Tabiiyki, ushbu
davpda klastep modelida chuqup o‘zgapishlap yuz bepadi” [6]. B.Ma’mupovning fikpicha, “Paqamli iqtisodiyot
– iqtisodiyotning tapkibiy qismlapi sifatida sun’iy aql(ong)dan foydalanish, ish japayonlapini pobotlashtipish,
ishlab chiqapish japayonida tupmush mehnat xapajatlapini kamaytipish, maxsus kompyutep dastuplapi yop-
damida iqtisodiy tizimlapni modellashtipish va dastupiy qobiliyatini oshipishdip” [7] deb xulosa qiladilar .
Bipoq yangi sanoat inqilobini shakllanishi shapoitida milliy iqtisodiy xavfsizlik munosabatlarining insti-
tutsional asoslari, uning xalqaro nazariya va amaliyotni tahlil qilish, ma’lum yondashuvlarni tizimlashtirish va
O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash manfaatlariga xorijiy tajribani joriy etish bo‘yicha
takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishga qapatilgan ilmiy izlanishlapni olib bopishni taqozo etilmoqda. Ushbu ji-
hatlap ilmiy maqola mavzusining dolzapbligi va muhimligini belgilab bepadi hamda tadqiqot mavzusini tanlash
uchun asos bo‘ldi.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Maqolada dialektik, tizimli, integral va sinergetik yondashuvlar, iqtisodiy, mantiqiy, ilmiy abstraksiya, tahlil
va sintez, induksiya va deduksiya, qiyoslash, umumlashtirish, guruhlash va jadval usullaridan foydalaniladi.
A S O S I Y TA H L I L VA N A T I J A L A R
Milliy iqtisodiy xavfsizlikni (MIX) ta’minlash zarurligini aksariyat davlatlarning xukumat rahbariyati va ilm-
iy-ekspertlar hamjamiyati yaxshi tushunadi. MIX bizga davlatning milliy raqobatdosh ustunliklarini himoya qilish
va milliy manfaatlarga erishish uchun ulardan eng samarali foydalanishni ta’minlashga imkon yaratadi. Shu
sababli, dunyoda MIX ta’minlash sohasida juda ko‘p amaliy tajriba to‘plagan. Bundan tashqari, MIX tizimining
institutsional asoslari bilan bog‘liq ko‘plab nazariy ishlanmalar mavjud. Ushbu tajribani o‘rganish mamlakatimiz
uchun juda muhim, chunki bu bizga MIXni muvaffaqiyatli xorijiy modellarini aniqlash va ularni O‘zbekiston Re-
spublikasi milliy iqtisodiyoti ehtiyojlariga moslashtirish imkonini beradi.
Ushbu moqolada biz milliy iqtisodiy xavfsizlik tushunchasining shakllanishi haqida qisqacha tarixiy ma’lu-
mot beramiz, ushbu MIXning institutsional asoslari, uning xalqaro nazariya va amaliyotni tahlil qilamiz, ma’lum
yondashuvlarni tizimlashtiraiz va O‘zbekiston Respublikasi MIXni ta’minlash manfaatlariga xorijiy tajribani joriy
etish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqamiz.
Rus olimi Yu.V.Latova xulosalariga ko‘ra, xorijiy iqtisodiy tafakurda milliy iqtisodiy xavfsizlikning mohiyatini
tushunishga yondashuvlar evolyutsiyasining uch bosqichini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Kameralistik bosqich, uni kelib chiqishiga ko‘ra XIX asrning o‘rtalariga tegishli deb hisoblanadi. Uning
asoschisi taniqli nemis iqtisodchisi Fridrix List [8] deb hisoblaydi. Ushbu bosqichning o‘ziga xos xusu-
siyati unda tashqi iqtisodiy tahdidlar ustuvorligidir. Ushbu tushuncha doirasida milliy iqtisodiy xavfsi-
zlikning mohiyati shundan iboratki unda milliy iqtisodiyotni chet el davlatlari tomonidan bostirilishining
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
386
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
oldini olish va jahon bozorida sanoatga asoslangan samarali va raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni
shakllantirish uchun shart-sharoit yaratishdir.
2. Keynschilik bosqichi, bu bosqich XX asrning 30-yillariga to‘g‘ri keladi. Ushbu konsepsiyaning muallifi,
J.M.Keynsga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichga o‘tishga yetakchi rivojlangan mamlakatlarda tashqi tahdidlar
tufayli emas, balki ichki iqtisodiy muammolar tufayli yuzaga kelgan "buyuk depressiya" inqirozi sabab
bo‘ldi. MIX uchun tahdidlar manbalari bo‘lib bozordagi muvaffaqiyatsizliklar "(iqtisodiy o‘sishning beqa-
rorligi, ishsizlik, inflyatsiya) hisoblanadi. Ushbu konsepsiyaga muvofiq MIXning maqsadi iqtisodiy va
ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, ishsizlikning oldini olish va pul muomalasi barqarorligiga erishishdir.
MIX instrumenti bo‘lib iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (ishlab chiqarishni rag‘batlantirish,
bandlikni qo‘llab-quvvatlash choralari, yumshoq pul-kredit siyosati) hisoblanadi.
3. Institutsional bosqich bu bosqich Peruanlik iqtisodchi Ernando de Soto tomonidan "Boshqa yo‘l" kito-
bining nashr etilishi bilan boshlangan [9]. Ushbu kitobda ilgari surilgan xulosalardagi tub farq qiladigan
tushunchalar shundan iboratki, samarasiz institutlar yoki boshqacha qilib aytganda, yuqori ma’muriy
to‘siqlar ushbu yondashuv doirasida MIX uchun asosiy tahdid hisoblanadi:" yomon "qonunlar va/yoki"
yaxshi " qonunlarning yomon ijrosi iqtisodiy faoliyatning vijdonli ishtirokchilari faoliyatiga to‘sqinlik qiladi,
ularni ya’ni ushbu iqtisodiy agentlarni norasmiy, yashirin iqtisodiyot sektoriga surib chiqaradi va shu bi-
lan milliy iqtisodiy xavfsizlikka putur yetkazadi. Biz iqtisodiy faoliyatni haddan tashqari qattiq qo‘llik bilan
tartibga solish, tadbirkorlik (va ayniqsa innovatsion) faollikni cheklaydi, nazorat qiluvchi davlat organlar
vakillari va boshqalarda yuqori daromadli rentaga yo‘naltirilgan (ya’ni korrupsion) xatti-harakatlarni
shakllantiradi.
Bu holda MIXning maqsadi milliy iqtisodiyotning samarali ishlashi uchun institutsional asosni yaratishdir
(mulk huquqi kafolatini ta’minlash, qonun ustuvorligi, bitimlarning shaffofligi va boshqalar.). Ushbu maqsadga
erishish instrumenti bo‘lib ma’muriy to‘siqlarni minimallashtirishdir: majburiy soliqlar va to‘lovlarni kamaytirish
va soddalashtirish (hech kimga sir emaski, tadbirkorlar nafaqat yuqori soliqlar tufayli, balki ularni boshqarish-
ning murakkabligi tufayli ham iqtisodiyotning kulrang sektoriga suriladi), biznesga ma’muriy bosimni kamaytir-
ish, byurokratiya va korrupsiyaga qarshi kurash. Yashirin iqtisodiyotiga kelsak, biz uni kuch ishlatish yo‘li bilan
bostirmasligimiz kerak, balki unga olib keladigan sabablarni yo‘q qilishimiz kerak.
Yu.V.Latov xulosasiga ko‘ra, bu konsepsiyalar o‘zaro bir-birini inkor etuvchi emas – ular bir-birini to‘ldiradi
va bir tomondan, MIX tahdidlarining mohiyatini yaxshi tushunishga va uning mazmunini ijtimoiy-iqtisodiy jaray-
on sifatida tushunishga, boshqa tomondan, ular mamlakatning MIXni ta’minlash instrumentlar spektri doirasini
kengaytiradi. MIX ta’minlash sohasida olib borilgan davlatning samarali siyosati ushbu ushbu konsepsiyalar
tomonidan tavsiya etilgan har bir instrumentlarning kombinatsiyasi bo‘lishi kerak.
Ta’kidlab o‘tish mumkinki ushbu bosqichlarni MIX tabiati haqidagi g‘oyalarning izchil o‘rin almashuvi va
rivojlanishi deb hisoblamaslik kerak. Aksincha, biz MIXning mohiyati to‘g‘risida turli xil dominant qarashlarning
paydo bo‘lishining xronologik ketma-ketligi haqida gapirishimiz mumkin, bugungi kunda uchta konsepsiya ham
ilmiy adabiyotlarda, hamda turli mamlakatlarning MIXni ta’minlash bo‘yicha amaliy faoliyatiga joriy etilgan.
MIXning Angliya modeli, uning mustaqil shakli sifatida Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSH) MIX strategi-
yasi amal qiladi, xamda u iqtisodiy global ustunlik instrumenti sifatida dollarlashgan moliya tizimiga tayanadi.
Angliya maktabida MIX uchun asosiy tahdidlarni texnologik yetakchilikka tajovuz qilish (sanoat josusligi, in-
tellektual mulkdan ruxsatsiz foydalanish, nusxa olish, texnologiyalarni majburiy uzatish, global iqtisodiyotdan
tashqarida faol milliy innovatsion siyosat va boshqalar) deb hisoblash mumkin.).
Birinchi turdagi tahdidning xarakterli namunasi sifatida Xitoy misol bo‘ladi va u innovatsion iqtisodiyot-
ni mustaqil ravishda rivojlantirayotgan, yangi jahon iqtisodiy ukladida texnologik yetakchilikni talab qilmoqda.
Ikkinchi turdagi tahdid 1973 yilda OPЕK tomonidan neft embargosi amalga oshirildi. Ushbu embargo AQSH
uchun iqtisodiy, ham psixologik nuqtai nazardan juda og‘riqli bo‘lib chiqdi va shuning uchun ularning MIX mod-
elida energiika xavfsizligi muhim o‘rin tutadi [10].
MIX ta’minlash iqtisodiy suverenitet sifatida qaralishi (Xitoyning MIX ta’minlashning ustuvor vazifasi) sifa-
tida tushunish bu maktabga xosdir va davlatlarning barqarorligi asosiy resurslarni yetkazib berish (bu mam-
lakatlar tashqi oziq-ovqat va energiya manbalarini yetkazib berishga bog‘liqligi). Angliya modelidan farqli o‘la-
roq, ustuvorlik iqtisodiy dominatlikga emas, balki tashqi iqtisodiy ustunlikdan himoya qilishga ustuvorlik beriladi.
Shunga ko‘ra, MIXga tahdidlar transmilliy korporatsiyalar tomonidan milliy iqtisodiyot ustidan gegemonlik xavfi
va resurslarni yetkazib berishni cheklashdir.
MIX ta’minlashning yutuqlari instrumentlariga, yetkazib beruvchilarni diversifikatsiya qilish va logistika
ta’minoti tizimlarini o‘rnatish orqali resurslarni yetkazib berishni kafolatlash, shuningdek, xorijiy kompaniyalarn-
ing milliy bozorlarga kirib kelishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish orqali erishiladi. Angliya modelida bo‘lgani kabi,
Osiyo MIX maktabida, bizning fikrimizcha, o‘ziga xos Xitoy variantini ajratib ko‘rsatish mumkin. Unda milliy
iqtisodiy suverenitetni ta’minlashga qaratilgan, global yetakchilarning ichki bozorga kirishni cheklash orqali va
mahalliy kompaniyalarni ushbu yetakchilar ishlaydigan sohalarda (keyinchalik ushbu kompaniyalarni eksport
387
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
bozorida olib chiqish bilan) o‘sib borishini ta’minlash. Aslida, biz kameralistik proteksionistik modelning milliy
Xitoycha varianti haqida gapirishimiz mumkin. Xitoy bozorining katta hajmi bu vazifani bajarishga imkon beradi.
Bu Xitoyning internetga kirishni global cheklashi sababli Alibaba kabi kompaniyalar va loyihalarning paydo
bo‘lishiga imkon berganligini eslash yetarlidir.
Milliy iqtisodiyot ustidan tashqi nazoratning oldini olishning yana bir instrumenti bu xorijiy kompaniyalarni
qo‘shma korxonalar tashkil etish va texnologiyalar transfertini yaratishga majbur qilmoqda. Xitoy uchun bu qa-
dam rivojlangan mamlakatlarning texnologik dominantligidan o‘zini himoya qilish va o‘zlarini yetakchi davlatlar
bilan teng huquqli qilish imkoniyatini anglatadi. Ammo rivojlangan mamlakatlar bunday strategiyani sezadilar va
buni bir tomondan, o‘zining texnologik yetakchiligiga tajovuz, ya’ni iqtisodiy xavfsizligiga tahdid sifatida, ikkin-
chi tomondan, adolatsiz, noqonuniy xulq sifatida (intellektual mulkni uning rivojlanishiga sarmoya kiritmasdan
va mualliflik huquqiga to‘lov to‘lamasdan adekvat holda o‘zlashtirishga urinish) sifatida qabul qilishadi. Bu o‘z
navbatida rivojlangan mamlakatlarning qarshiligi sabab bo‘lmoqda.
1.jadval:
Milliy iqtisodiy xavfsizlikni institutsional loyihalash modellari[12]
Dostları ilə paylaş: |