Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə272/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Tasniflash 
mezonlari
MIXni
institutsional 
loyihalash 
modellari
Tavsifi
MIXni ta’minlash 
yo‘nalishlari
Kameralistik
Proteksionizm va erkin savdo balansi asosida milliy iqtisodiyotning xalqaro raqo-
batbardoshligini ta’minlash
Keynschilik
Sanoat, bandlik va pul muomalasini davlat tomonidan tartibga solish orqali milliy 
iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash
Institutsional
Iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan samarali institutlarni yaratish
Tashqi ta’sirdan 
foydalanish
Global
Milliy iqtisodiy qudrat asosi sifatida global iqtisodiy yetakchilikni ta’minlash
Dominant
O‘zinning iqtisodiy ta’sir doirasini yaratish orqali mahsulotlarni kafolatlangan so-
tish va resurslarni yetkazib berishni yaratish. 
Avtanom
Tashqi iqtisodiy dominantlikning mavjud emasligi (xam o‘ziniki xam tashqi)
Ixtisoslashgan
Iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash instrumenti sifatida uchinchi tomon iqtisodiy 
ta’sir doirasiga qo‘shilish
Iqtisodiy baza
Universal
Tashqi va ichki bozorga asoslangan kuchli diversifikatsiyalangan iqtisodiyot
Ulushli
Cheklangan yuqori texnologiyali mahsulotlar to‘plamini ishlab chiqarishga ixtiso-
slashgan mamlakat
Monoresurcli
Quyi darajada qayta ishlanadigan tovarlarning cheklangan to‘plamini sotishga 
(odatda eksportga) ishonish
Mexnat
Mehnat migratsiyasidan mehnat bozoridagi bosimni yumshatish instrumenti va 
valyuta tushumining manbai sifatida foydalanish
Hamkorlik 
munosabatlarining 
mavjudligi
Individual
MIXni o‘zining resurslari asosida ta’minlash 
Jamoaviy
Iqtisodiy xavfsizlikning kollektiv tizimini yaratish uchun boshqa davlatlar bilan in-
tegratsiya qilish.
Iqtisodiyotning 
ochiqligi
Ochiq
Iqtisodiyotning tashqi savdo ochiqligi resurslardan foydalanish va milliy mahsu-
lotlarni sotish instrumenti sifatida
Yopiq
Iqtisodiyotning yopiqligi xorijiy kontragentlarga qaramlikni oldini olish va iqtisodiy 
suverenitetni saqlash instrumenti sifatida
Xitoyning iqtisodiy rivojlanishi va yangi jahon iqtisodiy tartibida global texnologik yetakchilikka bo‘lgan 
da’volari Osiyo MIX maktabining Xitoycha shaklining yanada evolyutsiyasiga olib keladi va tashqi hukmron-
likdan himoyadan o‘zining iqtisodiy dominantligiga bosqichma-bosqich o‘tishga olib kelishi mumkin. Biroq, 
hozirgacha MIXning bunday transformatsiyasi xitoylik tadqiqotchilar tomonidan aniq e’lon qilingan emas. Xi-
toyning doimiy ravishda o‘sib borayotgan iqtisodiy qudrati sharoitida bunday deklaratsiyalarning yo‘qligini ikkita 
sabab bilan izohlash mumkin. Ulardan birinchisi, Xitoyning o‘ziga nisbatan haddan tashqari yuqori ehtiborni 
qo‘zg‘atishni istamasligi (ayniqsa, AQSH bilan savdo urushi sharoitida xavfli) va natijada unga nisbatan milliy 
iqtisodiy manfaatlar qarshi chora-tadbirlar ko‘rilishini istamasligi. Ikkinchisi, Xitoy global yetakchilik xarajatlarini 
o‘z zimmasiga olishni istamasligi xam sabab bo‘lishi mumkin.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
388
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
MIX modelini shakllantirishda muhim omil iqtisodiyotning ochiqligi va yopiqligi o‘tasidagi tanlovdir. Iqtisodi-
yotning ochiqligi (bu mamlakatda mavjud bo‘lmagan) tashqi resurslar ta’minotiga va tashqi bozorlarga chiqish 
imkoniyatini yaratadi, bu esa eksport daromadlarini olish imkoniyatlarini yaratadi [11]. Ochiqlik tufayli milliy 
iqtisodiyot raqobatbardosh ustunliklarga ega bo‘lgan faoliyat turlariga ixtisoslashgan mehnat taqsimoti va ko-
operatsiyasining global tizimida samarali ishtirok etishi mumkin. Biroq, bu iqtisodiyotning haddan tashqari ixti-
soslashuvi va uning tashqi kontragentlarga bog‘liqligi xavfini tug‘diradi, ya’ni. iqtisodiy suverenitetning qisman 
yo‘qolishiga olib keladi.
Milliy iqtisodiyotning yopiqligi ushbu taxditlardan saqlanish imkoniyatlarini yaratadi biroq jahon mexnat 
taqsimoti va kooperatsiyasidan voz kechish milliy iqtisodiyotning ishlab chiqarish samaradorligini pasayishiga 
va uning natijasida texnologik orqada qolishga va nisbatan past 
turmush darajasiga tushib qolishga olib kelishi mumkin. Yopiqlik to‘liq bo‘lishi mumkin, bunda tashqi iqti-
sodiy hamkorlik butunlay va qisman rad etiladi, qachon ayrim sohalarda, muayyan miqdordagi bitimlar uchun, 
ayrim davlatlar bilan va hokazolarda hamkorlikka cheklovlar qo‘yiladi. 
Shuni ta’kidlash qiziqki, yopiqlik majburiy bo‘lishi mumkin – bu xorijiy davlatlarning hamkorlik qilishdan 
bosh tortishi (qoida tariqasida, siyosiy majburlash vositasi sifatida). Shunga qaramay, MIX shakllanish modeli 
nuqtai nazaridan, majburiy yopiqlik ixtiyoriy yopiqlikdan farq qilmaydi (qaror davlat tomonidan mustaqil ravish-
da qabul qilingan), mamlakat xalqaro mehnat taqsimotiga asoslanmagan xolda, milliy manfaatlariga erishish 
uchun, o‘zining milliy chegaralarida to‘laqonli iqtisodiy tizimni shakllantirishga majbur bo‘ladi.
Biz tomondan amalga oshirilgan tahlilga asosan 1-jadvalda keltirilgan MIX institutsional loyi halash yon-
dashuvini tizimlashtirishga imkon beradi. Jadvalda keltirilgan MIX modellarining turlari ma’lum darajada ab-
strakt ekanligini ko‘ramiz, chunki ularning sof shaklida ular amaliyotda uchramaydi. Aslida, davlatlar o‘zlarining 
resurs bazasi, iqtisodiy munosabatlar tizimi va milliy iqtisodiy manfaatlar shuningdek, institutsional tuzilmaning 
o‘ziga xos xususiyatlari asosida MIXni shakllantirishning turli xil variantlarini kombinatsiyalashtiradilar [13].
Olib borilgan tahlil natijalariga ko‘ra biz O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti uchun quyidagi umumlashti-
ruvchi taklif va tavsiyalarni tavsiya etishimiz mumkin:
global siyosiy va iqtisodiy muloqotlarda teng huquqli va adolatli iqtisodiy hamkorlik g‘oyalari hukmron 
bo‘lishiga qaramay, amalda bir qator davlatlar, shu jumladan xozirgi zamonning yetakchi davlatlari o‘z MIXla-
rini iqtisodiy dominantlik asosida qurmoqdalar. Ushbu sharoitda O‘zbekiston Respublikasi Xukumatining aso-
siy vazifasi milliy iqtisodiy suverenitetiga nisbatan tahdidlarga qarshi turishdir (ya’ni. o‘z milliy iqtisodiyotining 
boshqa davlat yoki davlatlar blokining iqtisodiy tizimiga qaram bo‘lishini oldini olish va asosiy muhim korxonalar 
ustidan nazoratni ushlab turishdir ;
MIX institutsional loyihalashning jahon modellarini tahlil qilishda O‘zbekistonlik tadqiqotchilar va hukumat 
vakillari diqqat markazida institutsional yondashuvning to‘liq imkoniyatlaridan foydalanmagan holda asosan 
an’anaviy yondashuvlar (Kameralistik va Keynschilik) yondashuvlardan foydalanishadi;
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Bizning fikrimizcha, Kameralistik va Keynschilik modellari doirasida milliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash 
choralari doirasida tadbirkorlik faoliyati uchun qulay bo‘lgan institutlarni maqsadli yaratish bilan birga yuz ber-
ishi kerak. Nisbatan biznesga fiskal yondashuvdan voz kechish va ma’muriy to‘siqlarning ta’sirini yumshatish 
muhimdir. Aks holda, iqtisodiyotning faqat davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan tarmoqlari rivojlanadi, 
mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining texnologik qoloqligi va xalq xo‘jaligini samarasizligini uzoq muddat konser-
vatsiyalanib saqlanib qoladi;
Jahon amaliyotida institutsional loyihalash davlatning iqtisodiy xavfsizligi va alohida shaxsning iqtisodiy 
xavfsizligi o‘rtasidagi barqarorlik munosabatlari turli yo‘llar bilan shakllanadi. Bizning fikrimizcha, bugungi kun-
da O‘zbekistonda asosiy e’tibor aholining iqtisodiy xavfsizligini oshirishga qaratilishi kerak, chunki uning yetarli 
emasligi iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi va tadbirkorlik faolligini pasaytiradi;
Xom ashyo rentasini transformatsiyasini milliy iqtisodiyotning rivojlanishi manbaga aylantirish sohasida 
tabiiy resurslarni eksport qiluvchi rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish zarur. Xususan, O‘zbekiston 
sanoati uchun zarur bo‘lgan resurslarni oddiy xarid qilishdan voz kechish va ularni mamlakatimizda, shu jum-
ladan qo‘shma korxonalar orqali ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga o‘tish kerak;
Globallashuvning ta’siri natijasida O‘zbekiston bozori xamda mamlakatimizda o‘z resurslarining cheklan-
ganligi sababli bugungi kunda universal diversifikatsiyalangan milliy iqtisodiyotni shakllantirish murakkab jaray-
ondir. Shunday bo‘lsada, mamlakatimiz raqobatdosh ustunliklarga ega bo‘lgan drayver tarmoqlariga asoslanib 
(to‘qimachilik sanoat, xizmat ko‘rsatish va qazib olish sanoati va boshqalar.) MIX ba’zis modelini yaratish 
mumkin;
Milliy iqtisodiyotning haddan tashqari yopiqligini oldini olish kerak. Globallashuvning salbiy ta’siri tufay-
li mamlakatimiz uchun an’anaviy bozorlarga chiqishda yangi sheriklar bilan munosabatlarni uzoq muddatli, 


389
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
O‘zbekiston kompaniyalarining faol ishtirokida texnologiyalarni uzatish va yangi ishlab chiqarish zanjirlarini 
yaratish bo‘yicha hamkorlik asosda qurish imkoniyatidan foydalanish sifatida ishlatilishi kerak.
Xuf’yona iqtisodiy jarayonlarga qarshi kurashishga ko‘proq e’tibor qaratish lozim chunki ular MIX asosiga 
katta salbiy ta’sir etadi. Shu bilan birga, ushbu jarayonlarni bartaraf etish uchun kuch va ma’muriy instrumentlar 
bilan bir qatorda, institutsional tartibga solish choralari ham qo‘llanilishi kerak, bu esa yashirin iqtisodiy faoliyat-
ni qonuniy format faoliyatga o‘tkazishga yordam beradi. Xuf’yona iqtisodiy faoliyatning (pul yuvish, giyohvand 
moddalar savdosi, moliyaviy firibgarlik) kabi noqonuniy shakllariga nisbatan kuch bosimi qo‘llanilishi kerak. In-
stitutsional tartibga solishdan, yuqori ma’muriy to‘siqlar tufayli kulrang sektorga kirib borgan (masalan, o‘z-o‘zini 
ish bilan ta’minlash) mazmun jihatdan noqonuniy bo‘lmagan faoliyat shakllari va sohalarida foydalanish kerak. 
Bundan tashqari, davlat va alohida shaxslarning iqtisodiy farovonligiga tahdid soladigan iqtisodiy faoliyatning 
rasmiy huquqiy sohalari ustidan nazoratni kuchaytirish zarur.

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin