Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich


Moliyaviy resurslarni jalb qilish va boshqarishda texnologiya va innovattsiyalarni qo‘llab quvvat-



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Moliyaviy resurslarni jalb qilish va boshqarishda texnologiya va innovattsiyalarni qo‘llab quvvat-
lash.
Xitoy tijorat banklari o‘z operatsiyalari va mijozlar tajribasini yaxshilash uchun texnologiya va raqamli 
innovatsiyalarni tobora ko‘proq o‘zlashtirmoqda. Alibaba’s Ant Group and Tencent kabi fintech kompaniyalari va 
internet gigantlari moliyaviy sektorga kirib, an’anaviy banklarga qiyinchilik tug‘diradi, bu o‘z navbatida hukumat-
ning ixtiyorida bo‘lgan yirik davlat tijorat banklar texnologiyasiga sarmoya kiritishga va raqamli platformalarni 
rivojlantirishga majbur qiladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Xitoy bank tizimi murakkab, doimo rivojlanib boruvchi va hukumat siyosati va 
me’yoriy o‘zgarishlarga duchor bo‘ladi. Bu erda keltirilgan o‘ziga xos xususiyatlar umumiy ko‘rinishni beradi, 
ammo Xitoyning tijorat banklarida moliyaviy resurslarni boshqarishning barcha nozik jihatlari va usullarini qam-
rab ololmasligi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklari moliyaviy resurslarini boshqarish bo‘yicha 
juda katta tajriba va ko‘nikmaga ega bo‘lsada bir vaqtning o‘zida dunyoda kechayotgan giyosiyosiy va giyoiqti-
sodiy jarayonlar bu jarayonni doimiy ravishda takomillashtirib borishni talab etadi, shu bilan birga bizning mam-
lakatimiz tijorat banklari uchun ularning bu borada bosib o‘tgan yo‘llari, qiyinchiliklari va muammolariga tayanib 
tegishli xulosalarni chiqarish imkonini beradi.
X U L O S A
Xulosa qilib aytganda, rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida bank resurslarini boshqarish yuzasidan 
ma’lum darajada tegishli tajriba va andozalar mavjudki, ularning ijobiy jihatlarini mamlakatimiz tijorat banklariga 
tatbiq etish foydadan holi bo‘lmaydi;
AQShda ayni paytlarda tijorta banklari resurslarini boshqarishda quyidagilar dolzarb hisoblanadi: kapitalni 
boshqarish bilan bog‘liq jarayon; likvidlikni boshqarish bilan bog‘liq jarayoni; aktivlar va passivlarni boshqarish 
(ALM) bilan bog‘liq jarayon; kredit tavakkalchiligini boshqarish jarayoni; reglamentga muvofiqlik, ya’ni me’yoriy 
hujjatlar talabini bajarish jarayoni; texnologik taraqqiyot jarayoni; iste’dodlarni, ya’ni talantli xodimlarni ishga 
qabul qilish va boshqarish jarayoni; mijozlarning hoxish istak va talabini o‘zgarish jarayoni kabilar shular jum-
lasidandir.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
114
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
AQSh bank tizimi resurslari tarkibida depozitlarning ulushi juda yuqori ulushni tashkil etib, depozitlar tarkibi-
da esa muddatli va jamg‘arma depozitlar qariyb 60 foizdan yuqori ulushni tashkil etadi. AQSh bank tizimida 
resurslarni boshqarishning ustuvor jihatlari: 

uzoq muddatli moliyaviy resurslarning ulushi sezilarli darajada yuqori ekanligi ularning likvidlilini ta’min-
lashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;

banklararo kreditlar hisobidan shakllantirilgan moliyaviy resurslar hajmi sezilarsiz bo‘lib, ushbu ijobiy 
holat hisoblanadi, chunki ushbu manbalar hisobidan jalb qilingan mablag‘lara odatda qimmat va muddati 
bo‘yicha unchalik uzoq vaqtga jlb qilinmaydi; 

bankning majburiyatlarini bajarish bo‘yicha talablar ham unchalik darajada yuqori emasligini talab qilib 
olinguncha mablag‘lar ulushidan sezish mumkin, bu holat ham banklarning moliyaviy resurslarni bosh-
qarishda samarali ta’sir ko‘rsatish vositasi hisoblanadi.
Xitoy tijorat banklarida moliyaviy resurslarni jalb qilish ularni joylashtirish juda samarali yo‘lga qo‘yilgan. 
Bu albatta, tijorat banklari resurslarini samarali boshqarishga ularning aktivlarining sifati bevosita ta’sir qiladi;
Xitoy banklarida resusralrni boshqarishda e’tiborli jihati kreditlar ulushi 60,0 foizni, investitsiyalar 23,8 
foizni, jalb qilingan moliyaviy resurslarining 93,3 foizi daromad keltiradigan aktivlarga joylashtirilgan;
Xitoyda tijorat banklari 15–20 yil oldin muddati o‘tgan kreditlar bilan bog‘liq muammolarga duch keldi, 
buning asosiy sababi davlat tijorat banklari faoliyati, xususan kredit berish jarayoniga kuchli aralashuvi mavjud 
bo‘lgan. Keyingi yillarda bu borada liberallashtirish jarayoni ketmoqda.

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin