Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Yevropa klassik modeli:
ishlab chiqarishning diversifikatsiyasiga asoslangan hududiy aglomeratsiyalar, 
bunda markaz ishlab chiqarish quvvati va atrofdagi aholi sonidan foydalanadi

Amerika modeli:
markaz aholining haddan tashqari ko‘payishini oldini olish uchun chekka hududlardan 
(hudud, infratuzilma, rekreatsion hududlar) foydalanadi (aholi punktlarini diversifikatsiya qilish asosida 
aglomeratsiyalar shakllanadi);

Rivojlanayotgan Osiyo modeli:
iqtisodiy faoliyat zichligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish, iqtisodiy 
va inson kapitalining jadal o‘sishini ta’minlash uchun aglomeratsiyaga kiritilgan shaharlarning rekrea-
tsion, axborot va ta’lim salohiyatini birlashtirish va birgalikda foydalanish asosida aholisining turmush 
darajasini oshirishga qaratilgan aglomeratsiya modelidir. 
Aglomeratsiya obyektlarni maqsadli, ixcham va eng mos keluvchi nuqtalarga joylashtirishga qaratilgan 
foaliyatni ifodalaydi, bu tarqoq qurilishga qaraganda sinergiya samarasining yuqori ko‘rsatkichini beradi. Ush-
bu ta’sirlar mintaqaviy bozorni rivojlanishida, ta’lim sohasi, innovatsion faoliyat va investitsion jozibadorlikning 
o‘sishi kabilarda o‘z aksini topadi. 
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Bugungi kunga kelib, sinergiya ta’sirining eng oddiy misoli – bu hukumat tomonidan ham, mamlakat iqti-
sodiyoti uchun ham muhim bo‘lgan aglomeratsiya samarasini yuzaga chiqarish imkonini beradigan, shaharlar, 
sanoat zonalari va ma’lum sohaga ixtisoslashgan klasterlarni o‘z isiga oladi.
Ishlab chiqarish quvvatlarini taqsimlashda hududning ixtisoslashuvi muhim o‘rin tutadi. Muayyan tarmo-
qqa tegishli korxonalarning yuqori hududiy konsentratsiyasi hududga yangi ishlab chiqarish quvvatlarini jalb 
etish va sanoat aglomeratsiyalarini shakllantirishni nazarda tutadi. Korxonalarning bunday zichligi xom ashyo, 
mehnat va logistika xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi, chunki ishlab chiqarish obyektlarining hududiy 
yaqinligi tufayli sanoat subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar sxemalari soddalashtirilgan. Iqtisodiy rayon-
ning ixtisoslashuviga aloqador bo‘lmagan tarmoqlar nisbatan yakkalanib qoladi, bu esa ularni tashkil etuvchi 
korxonalarning iqtisodiy samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va ularning bozor iqtisodiyoti sharoitida mavjud 
bo‘lishining imkonsizligiga olib keladi. Biroq, O‘zbekiston sanoatini hududiy rivojlanishiga e’tibor qaratilganda 
bunday holatlar yuqori nisbatlarni ifodalamaydi. 
12 Нещадин А.А. Новые тенденции расселения в России [Электронный ресурс]. – Режим доступа: http://dok.opredelim.com/docs/
index–51975.html (дата обращения: 15.08.2019) 


175
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, sanoatda bandlar va sanoat korxonalarining soni bo‘yicha hududiy 
taqsimlanishini ko‘radigan bo‘lsak, hududiy iqtisodiy rivojlanishning mutanosiblik tamoyillari asosida sanoatni 
rivojlantirishga ahamiyat qaratilganligi aniqlanadi (1-jadval). 
1-jadval:
O‘zbekiston Respublikasi sanoatining hududiy rivojlanishi
13

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin