Hududlar
Respublika ishlab
chiqarish sanoati tarkibida
hududlarning ulushi, %
Ishlab chiqarish sanoatda
bandlarning ulushi, %
Ishlab chiqarish sanoati
korxonalari soni bo‘yicha
ulushi, %
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
3,3
3,34
3,40
Andijon
11,6
10,06
10,40
Buxoro
5,6
5,35
5,34
Jizzax
2,3
2,90
3,99
Qashqadaryo
3,3
4,70
5,03
Navoiy
14,8
5,68
3,88
Namangan
3,2
7,81
7,99
Samarqand
6,1
9,68
8,89
Surxondaryo
1,4
3,46
5,18
Sirdaryo
1,5
1,85
2,35
Toshkent
17,5
14,71
9,91
Farg‘ona
6,2
13,40
11,08
Xorazm
3,8
3,41
4,86
Toshkent sh.
19,5
13,66
17,69
Ishlab chiqarish sanoatida O‘zbekiston hududlarida yuqori farq darajalari aniqlanmasa-da, sanoat tarmo-
qlari bo‘yicha ixtisoslashuv darajasi so‘ngi yillarda ortib borish holatini ko‘rish mumkin. Jumladan, 2021-yilda
Respublikada ishlab chiqarilayotgan Kimyo mahsulotlarining 26,8 foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Oziq-
ovqat mahsulotlarining 16,3 foizi Toshkent viloyati va 18,5 foizi Toshkent shahriga, To‘qimachilik mahsulotlar-
ining 33,6 foizi vodiy viloyatlari (Andijon, Namangan, Farg‘ona) viloyatlari, Qog‘oz va qog‘oz mahsulotlarining
30 foizi Toshkent viloyatlari hissasi, Farmatsevtika mahsulotlari va preparatlarining 69,0 foizi Toshkent shahri
hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Turli omillarning sanoatga ta’sirini ko‘rib chiqishda xomashyo manbalari, yoqilg‘i manbalari, mehnat re-
surslari va mahsulot iste’moli sohalari bilan eng bog‘liq bo‘lgan tarmoqlarni aniqlash mumkin. Biroq, faqat ustun
omilni hisobga olgan holda ishlab chiqarishni joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqish noto‘g‘ri bo‘ladi, barcha
omillarni optimal tarzda birlashtirish eng maqsadga muvofiq yo‘nalish hisoblanadi.
Sanoati rivojlanayotgan O‘zbekistonning aglomeratsiyasi modeli ishlab chiqarish, iqtisodiy va inson kapi-
talining o‘sishini jadallashtirish uchun shaharlar va iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirishga intilish, integratsi-
yalashning rekreatsion, axborot va ta’lim salohiyatidan birgalikda foydalanishga asoslangan klastelar yaratish
nazarda tutilmoqda.
Mintaqaviy (aglomeratsiya) klaster – bu bir aglomeratsiyada joylashgan, sinergiya samarasini yaratish
maqsadida bir xil yoki turdosh sohalarda faoliyat yurituvchi, bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan bir nech-
ta tashkilotlarning iqtisodiy birlashmasi. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda sanoat aglomeratsiyalarni rivojlanishi
hududiy yaxlitlik va mintaqaviy sanoatni o‘sishini mutanosib saqlagan holda sanoat tarmoqlariga hududlarni
ixtisoslashtirish orqali aglomeratsiyalar rivojlanishiga erishish strategik yo‘nalish hisoblanadi.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Yuqoridagilardan xulosa qilganda aglomeratsiya iqtisodiyoti va uning fundamental asoslarini yaratish
hududiy rivojlanishda quyidagi muhim bo‘lgan iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash imkonini beradi:
13 O‘zbekiston sanoati. O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi. Toshkent 2022-yil. – O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi
statistik to‘plami ma’lumotlari asoisda tayyorlangan.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
176
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
Joylashuvni lokalizatsiya samarasi: har xil turdagi xarajatlarni kamaytirish uchun hududiy prinsip bo‘yicha
yaqin bo‘lgan tarmoqlarni birgalikda rivojlantirishi orqali tranzaksiya, taqsimot va lagistik xarajatlarni qisqarish,
ishlab chiqarish omillarining maqsadli va samarali taqsimoti, optimal kommunikatsiya, axborot va boshqalarni
shakllantirish, mehnat unumdorligini oshirish, mahalliy, yagona mehnat bozorini shakllanishi, innovatsiyalarga
qodir yuqori malakali mutaxassislar jamlanishi va yangi iqtisodiy tarmoqlarni paydo;
Urbanizatsiya samarasi: innovatsion, yuqori texnologiyali faoliyatlarni mutanosib rivojlanishi, infratuzilma,
ta’lim va yuqori turmush darajasini ta’minlanishi, aholining madaniy darajasi va saviyasini oshib borishi, yangi
xizmat turlariga talabning paydo bo‘lishi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini innovatsiyalar diffuziyasi asosi-
da rivojlanishi.
Dostları ilə paylaş: |