O‘lmas
Umarbekov
(1934 –1994)
aniqli o‘zbek yozuvchisi O‘lmas Umarbekov
1934-yilning 25-yanvarida Toshkent shah-
rida tug‘ilgan. Millatimiz hayotida chuqur iz
qoldirgan jadid Abdulla Avloniy asos solgan
40-maktabda o‘qigan. Maktabni oltin medal bi-
lan bitirgan O‘lmas o‘sha vaqtdagi O‘rta Osiyo
davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)
ning fi lologiya fakultetiga o‘qishga kirgan.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1992), XX asr o‘zbek
ada biyoti taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shgan adib
O‘lmas Umarbekov serqirra iste’dod sohibi edi. Talaba-
lik yillarida yoq xabar, maqola, lavha va ocherklar yoz-
gan bo‘lajak adib nafaqat badiiy asarlari, balki ijtimoiy-
siyosiy faoliyati bilan ham xalqimiz hayotida muhim iz
qoldirgan. Oliy o‘quv yurtini tugatmay turib, 1956-yil-
da Respublika radiosida muharrir sifatida ish boshlagan
O‘. Umarbe
kov 1971-yilgacha bosh muharrir lavozimiga-
cha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. 1971–1974-yillarda O‘z-
be kiston kompartiyasi Markaziy qo‘mitasida sektor mu-
81
diri, 1974–1981-yillarda «O‘z bekfi lm» kinostudiyasi di-
rek tori, 1982–1986-yillarda Madaniyat vazirining birinchi
o‘rinbosari, 1987–1989-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar
uyush masi raisi, 1989–1991-yillarda Respublika Bosh va-
ziri ning o‘rinbosari kabi o‘ta mas’ul lavo zimlarda mehnat
qildi.
Taniqli yozuvchi, davlat va jamoat arbobi O‘lmas
Umar bekov uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng
1994-yilning 10-noyabrida vafot etdi.
O‘lmas Umarbekov badiiy ijodni hikoyachilikdan
boshla gan. Yosh yozuvchining «Xatingni kutaman» (1956)
nomli birinchi asariyoq «Yilning eng yaxshi hikoyasi»
deb tan olinib, maxsus mukofot bilan siylandi. «Hikoya-
lar» (1959), «Qishlog‘imiz kishilari» (1960), «Yulduzlar»
(1962), «Charos» (1962), «Bolgar qo‘shiqlari» (1966),
«Ko‘prik» (1968), «Oltin yaproqlar» (1970), «Qiyomat
qarz» (1976), «Yer yonganda» (1993) singari o‘ndan ortiq
to‘plamda uning yuz lab hikoyalari bosildi.
O‘. Umarbekov insonni anglashga, uning ruhiy dunyosi-
ga kirishga va odamning o‘y-tuyg‘ularini ichdan turib tas-
virlashga intilgani bois uning hikoyalarida samimiyat kuch-
li. U odam, uning o‘ylari, kechinmalari, orzu va armonlari
ha qida qalam suradi. O‘lmas Umarbekov hikoyalarining
qahramonlari − oddiy odamlar. Hikoyalarda yozuvchi ning
sinchkov nigohi, tasvirlana yotgan narsa-yu hodisalarni
miridan sirigacha bilishi, kerakli bayon maromi va ifoda
ohangini yanglishmay topa olishi sezilib turadi.
O‘lmas Umarbekov mohir qissanavis sifatida ham
e’tibor qozongan. Adibning: «Sevgim, sevgilim» (1963),
«Kimning tashvishi yo‘q» (1965), «Urush farzandi»
(1972), «Damir Usmonovning ikki bahori» (1978), «Cho‘li
Iroq» (1971), «Yoz yomg‘iri» (1973), «Oq qaldirg‘och»
(1974) kabi qissalari milliy nasr rivojida salmoqli o‘rin tut-
gan asarlardir.
82
Adibning «Sevgim, sevgilim» qissasi ko‘p bahslarga
sabab bo‘lgan. Adolatsiz tuzum mamlakatning eng chek-
kasida yashayotgan siyosatdan yiroq oddiy kishilar taqdiri-
da ham fojiali iz qoldirishi mumkinligi asarda ta’sirli aks
ettiriladi. Siyosiy vaziyat qanday bo‘lsa-da, odam inson-
larga bo‘lgan ishon chini yo‘qotmasligi lozimligi, olomon-
ning qutqusiga uchgan, odamga emas, to‘daga xos tarzda
o‘ylay boshlagan kishi o‘ziga ham, o‘zgalarga ham falokat-
lar yog‘dirishi qissada ta’sirchan aks ettirilgan. Shu asar-
dan boshlab milliy adabiyo timizga fojia tasviri qayta kirib
keldi.
O‘lmas Umarbekov qissa janrining yangi qirralarini
kashf etdi. Jumladan, o‘sha paytga qadar o‘zbek adabiyo-
tida deyarli qo‘l urilmagan detektiv yo‘nalishidagi «Yoz
yomg‘iri» qissasi sujet to‘qimasining murakkabligi, vo-
qealar ta’sirining favqulodda keskinligi, ifoda maromi-
ning shiddatkorligi bilan e’tiborni tortadi. Yoshgina go‘zal
ayolning sirli o‘limi sabab larini ochish, fojia manbalarini
o‘rganish, qotillarni aniq lash barobarida asar qahramonlari-
ning ma’naviy qiyofa lari oydinlasha boradi.
Adibning «Urush farzandi» qissasi ham voqealar rivoji-
ning sirliligi, personajlar xatti-harakatlarining kutilmaganli-
gi, ayni vaqtda, chuqur hayotiy asoslarga egaligi, tasvirning
samimiyligi bilan e’tibor tortadi.
O‘lmas Umarbekov «Odam bo‘lish qiyin» hamda «Foti-
ma va Zuhra» nomli ikki roman ham yaratgan. «Odam
bo‘lish qiyin» romanida Gulchehra va Abdulla singari yosh -
larning tuyg‘ulari dastlab g‘uborsizligi bilan kishini rom
etadi. Ammo hayot shu qadar murakkabki, bir qarashda
g‘uborsizday tuyulgan tuyg‘ularni namoyon etgan odam-
lar tabiati zamirida no poklik dog‘lari yashiringan bo‘ladi.
Tajri basiz va g‘o‘r ikki yoshning pokiza tuyg‘ulari hayot
tash vishlariga qorishib qahramonlarni tanazzulga tortib, se-
vishgan qalblarni fojia sari yetaklaydi. Manfaatni insoniy-
83
likdan yuqori qo‘yish odamni ma’naviy qabohat sari yetak-
lashi fojiaviy timsollar misolida yorqin ko‘rsatib beriladi.
Adibning ikkinchi romani «Fotima va Zuhra»da mil-
liy ma’naviyatimizdagi bir kemtiklik sarguzasht yo‘sinida
aks ettiril adi. Asarda obro‘-e’tiborli, halol o‘qituvchi Abdul-
lajonning oilasi taqdiri misolida ezgulik va yovuzlik
o‘rtasidagi omonsiz kurash ko‘rsatib beriladi. Erka o‘g‘il
Hamidulla ning jino yatchilar to‘dasiga qo‘shilib qolishi,
ko‘knori iste’mol qilishi, qimor o‘yini oqibatida singlisi
Fotimani boy berishi ketma-ket fojialarga yo‘l ochadi.
«Sud» (1970), «Komissiya» (1971), «Qiyomat qarz»
(1974), «Shoshma, quyosh» (1978), «Kuzning birin-
chi kuni» (1979), «Arizasiga ko‘ra» (1981), «Oqar suv»
(1982), «Kurort» (1984), «Yer yonganda» (1993) singari
asarlari adib O‘lmas Umarbekov ijodining yana bir qirra-
sini namoyon etadi. Shuningdek, O‘. Umarbekov «Sevgi
afso nasi» (1972), «Changalzor qonuni» (1973), «Ikki sol-
dat haqida qissa» (1973), «Yigit va qiz» (1974), «Yuksak
qorliklardagi uchrashuv» (1975), «O‘zgalar uchun» (1977)
va boshqa bir qator kinosenariylari bilan milliy kinomato-
grafi ya taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan ijodkor
hamdir. Adib kinofi lmlari hamda «Komissiya», «Qiyomat
qarz», «Kuzning birinchi kuni», «Arizasiga ko‘ra» kabi
sahna asarlari tomoshabinlar e’tiborini qozondi va bir qator
chet tillarga tarjima qilinib, jahonga yuz tutdi.
Dostları ilə paylaş: |