biz, eng avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, o‘z xulq-atvori bilan
21
o‘zgalarga ibrat bo‘la oladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”.
Ta‘lim tizimi va maktab oldiga maqsad qilib ya‘ni, komil insonni tarbiyalab
voyaga yetkazish qo‗yildi.
O‗zbekistonda ta‘lim-tarbiya sohasini isloh qilish maqsadida «Ta‘lim
to‗g‗risida»gi qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ ning amaldagi holati
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz I.A. Karimov bu muammo ilmiy-
nazariy va amaliy nuqtai nazardan asoslab, o‗quv-tarbiya jarayonini yangi
pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, boshqarish, maqsadga erishish
samaradorlikni oshirishning muhim omili deb hisobladi.
Respublikamizda olib borilayotgan ta‘lim islohotlari, mutaxassis kadrlar
salohiyotini oshirishga qaratilgan bo‗lib, oliy o‗quv yurtlarida pedagoglarning
metodik mahoratini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kun pedagogika sohasida kirib kelayotgan yangiliklar, yangi
pedagogik texnologiyalar va pedagogik innovasiyalar zamonaviy pedagog
kadrlarni shakllantirishda asos bo‗lib xizmat qiladi.
Oliy ta‘lim (shuningdek o‗rta, o‗rta maxsus kasb-hunar ta‘limi) mutaxassis
kadrlar tayyorlashda bo‗lajak o‗qituvchilarning metodik mahoratiga, ularni
o‗qitishning yangi usullarini o‗zlashtirishlariga yetarli e‘tibor berilmayotganligi
ta‘lim sifati samaradorligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatmoqda.
―Pedagogik texnologiya‖ atamasi o‗qituvchilarimiz orasida ikki xil
ma‘noda qo‗llanilmoqda:
1. Zamonaviy texnika, elektron hisoblash mashinasi, kompyuter, audial,
vizual asboblarini ta‘lim-tarbiya jarayoniga qo‗llab samaradorlikni oshirish;
2. Ta‘lim-tarbiya jarayoni maqsadi, vositasi, natijasini oldindan o‗rganish,
qayd etish yo‗llari bilan o‗qituvchining kafolotlangan natijaga erishishini
ta‘minlash.
Ta‘limning kafolotlanganlik natijasi samaradorlikni va maqsadga erishishni
belgilaydi. Bundan ko‗rinadiki natija maqsadga qancha yaqin bo‗lsa, o‗quv-
tarbiya jarayoni shuncha samarador hisoblanadi va bu ta‘limning zamonaviy
texnik vositalari va ilg‗or texnologiyalarni amalga oshirishning muhim
22
jihatlaridan bo‗lib, ikkinchi talqin, ta‘lim-tarbiya jarayoni maqsadi, vositasi,
natijasini oldindan o‗rganish, qayd etish yo‗llari bilan o‗qituvchining
kafolotlangan natijaga erishishini ta‘minlash.
Demoqchi bo‗lgan fikrimiz shundan iboratki, o‗qituvchi faoliyatining
asosini dars tashkil etadi. Ta‘lim jarayonining samaradorligini belgilash hamda
maqsadga erishishning eng maqbul yo‗li va usuli metodni tanlash bilan
belgilanadi.
―Metod‖ atamasi yunoncha ― metodos‖ so‗zidan olingan bo‗lib, yo‗l,
haqiqatga intilish, kutilayotgan natijaga erishish usuli ma‘nosini anglatadi.
O‗qituvchi metod tanlashda:
Birinchidan, o‗qitish usuli, o‗qish faoliyati usullari bilan chambarchas
bog‗liq bo‗lishiga;
Ikkinchidan, maqsadlarga erishishda o‗qituvchi o‗quvchi hamkorligi o‗z
aksini topishi shart ekanligiga;
Uchinchidan o‗quvchilarning yosh, individual psixologik xususiyatiga;
To‘tinchidan, mavzularning izchilligi va tizimliligini hisobga olganlikka
e‘tibor beradi. Yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan talablar pedagogik texnologiyaning
interfaol usullarida o‗z aksini topgan. Bular: ‖Aqliy Hujum‖, ―Yalpi fikriy
Hujum‖, ―Qarorlar shajarasi‖, ―Zig-zag‖, ―6x6x6‖, ―Qora quti‖, ―Bilaman.
Bilishni xoxlayman. Bilib oldim‖, Klaster, Panaroma . . . . kabi metodlardir.
Ta‘lim jarayoniga bu metodlarni qo‗llash:
- o‗quvchining muayyan nazariy bilimlar puxta o‗zlashtirishga;
- vaqtning tejalishiga;
- har bir o‗quvchining faollikka undalishiga;
- o‗quvchining erkin fikrlash layoqatini shakllanishiga;
- o‗quvchida o‗zgalarning fikrini tinglay olish ko‗nikmasining hosil
bo‗lishiga;
- o‗quvchining o‗z fikrini himoya qila olishiga;
- o‗quvchida bildirilgan fikrlarni umumlashtira olish ko‗nikmasini
shakllanishiga olib keladi.
23
Shunday qilib ta‘lim jarayoniga interfaol usullarni qo‗llashda o‗qituvchi
ta‘lim jarayonining boshqaruvchisi vazifasida bo‗lib, bunda boshqaruv maqsadi
ta‘limning ob‘ekti va sub‘ekti sifatida o‗quvchiga yo‗naltiriladi. Demak,
pedagogik texnologiya ta‘lim mazmuni usul, shakl va vositalar asosida yuzaga
keladi. Ushbu jarayon kafolatlangan natijaga erishishga yo‗naltiriladi.
Noan‘anaviy o‗qitish usullaridan foydalanishdan maqsad nima uning
afzalliklari darsning samaradorligini oshirish tamoyillari nimadan iborat degan
savolga quyidagicha xosilalar asosida javob berish mumkin.
1. Noan‘anaviy o‗qitish eng sodda qulay usul.
2. Mustaqil fikrlashni qrgatadi.
3. Ko‗p tarmokli.
4. Sodda va oson.
5. Bilim boyligini oshiradi.
6. Vaqtdan yutadi.
7. Qiziqarli o‗tadi.
8. Darsning samaradorligini oshiradi.
9. Dunyoqarashni kengaytiradi.
10. Tafakkurni rivojlantiradi.
11. O‗quvchilarining diqqat e‘tiborini tortadi.
12. Har bir o‗quvchi bilan individual munosabatda bo‗ladi.
13. Xotirani kchaytiradi.
14. Izlanishga chorlaydi.
15. O‗quvchilarni o‗z ustida ishlashga chorlaydi.
O‗qitishdan ko‗zlanadigan maqsad bu davlat ta‘lim standartlarida belgilangan
bilim va kqnikmalarini o‗quvchiiga yetkazishdan iborat. qachonki o‗quvchni
tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o‗quvchii malaka oshirish
uchun mqljallangan topshirihlarni amalda namoyish etib bera olsagina o‗qitish
muvaffaqiyatli kechdi deb hisoblasa bo‗ladi.
Ba‘zi mamlakatlarning ta‘lim sohasida to‗plangan ilg‗or tajribalari tahlilidan
ayon bo‗ldiki, shaxsning intellektual salohiyati, dunyoqarashi, ma‘naviy-ahloqiy
24
kiyofasining shakllanishida u mansub bo‗lgan muhit, unda qaror topgan ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy munosabatlarning ahamiyati katta ekan. Zero, ushbu jamiyatda
uning tafakkuri, ma‘naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishi uchun zarur bo‗lgan
ob‘ektiv va sub‘ektiv omillar mavjud. Rivojlanayotgan O‗zbekiston jamiyatida
ta‘lim muassasalari, shu jumladan, boshlang‗ich ta‘lim darslarining ham alohida
o‗ringa ega. Zero, muayyan kasb-hunar asoslaridan yosh avlodni xabardor etish
ularni mustaqil hayotga tayyorlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ma‘lum
kasbiy faoliyat bilan shug‗ullanish shaxsning moddiy ehtiyojlarini ta‘minlash
uchungina emas, balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti
ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi uchun ham muhim ahamiyatga ega.
O‗zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash Milliy modelining mutaxassis
kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayoniga
samarali tatbiq etilishi xalq xqjaligidagi ishlab chiqarish ob‘ektlari, ilmiy hamda
o‗quv muassasalarini malakali mutaxassislar bilan ta‘minlash imkonini beradi.
Mazkur masalaning dolzarbligi xususida to‗xtalar ekan, O‗zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etib o‗tadi: «O‗zbekiston innovasion
rivojlanish turining hozirgi zamon modeliga o‗tishi uchun hamma zarur
sharoitlarga ega. Bu model vujudga keltirilgan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng
va samarali foydalanishga, fundamental va amaliy fanning yutuqlarini, chuqur ilm
talab qiladigan texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishga, yuqori malakali,
iqtidorli ilmiy kadrlar sonini ko‗paytirishga asoslanadi. Bu - mamlakatimiz
jahondagi iqtisodiyoti va sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga kirib borishining
zarur sharti va mustahkam poydevori bo‗lib xizmat qiladi.
Jamiyat ehtiyojlari asosida shakllantirilayotgan barkamol avlod va malakali
mutaxassisning rivojlanishini ta‘minlashda boshlang‗ich ta‘lim darslarining o‗rni
beqiyos ekanligi davlat siyosati darajasida e‘tirof etilmoqda. Ayni vaqtda
O‗zbekiston Respublikasi hududida sanoat, savdo, qishloq xo‗jaligini
mexanizasiyalashtirish,
transport,
aholiga
maishiy
xizmat
ko‗rsatish
yo‗nalishlarida mutaxassis tayyorlaydigan boshlang‗ich ta‘lim darslari qo‗rilib,
ularda muayyan maqsadga yo‗naltirilgan o‗quv faoliyati yo‗lga qo‗yilgan bo‗lsa,
25
xalq xo‗jaligi uchun zarur bo‗lgan mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan
ko‗plab kollejlarning qurilishi davom ettirilmoqda 2005 yilga qadar O‗zbekiston
Respublikasining viloyat, tuman, shahar hamda qishloq hududlarida ularning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari va aholi, shuningdek, xalq xo‗jaligining
kadrlarga bo‗lgan ichki ehtiyojlarini inobatga olgan holda muayyan yo‗nalishlarda
faoliyat ko‗rsatuvchi yangi turdagi o‗quv muassasalarini joylashtirish, ularning
faoliyatini
moddiy-moliyaviy
jihatdan
qo‗llab-quvvatlash, ilmiy-metodik
ta‘minlash ko‗zda tutilgan.
Boshlang‗ich ta‘lim darslarini o‗qitishning interfaol usullari asosida tashkil
etish ularda tashkil etiladigan ta‘lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda pedagogik
texnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek, boshlang‗ich ta‘lim
o‗quvchiilariga bilim berish va ularni tarbiyalashda samaradorlikka erishishga
yo‗naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‗lib, bunda bir qator pedagogik
vazifalar hal etilishi lozim. Ular quyidagilardan iboratdir:
- boshlang‗ich ta‘lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish
borasida muayyan shart-sharoitlarni yaratish;
- boshlang‗ich ta‘lim tabiat darslari pedagog xodimlari o‗rtasida interfaol
metodlar mohiyatini ochib berishga qaratilgan maxsus o‗quv seminarlarini tashkil
etish;
- ular tomonidan pedagogik texnologiya asoslarini puxta o‗zlashtirilishiga
erishish;
- boshlang‗ich ta‘lim darslari pedagoglarida ta‘lim-tarbiyaviy faoliyatni
tashkil etishga nisbatan ijodiy yondoshuv hissini tarbiyalash;
- boshlang‗ich ta‘lim darslarining o‗qituvchilarida texnologik yondashuv
asosida tashkil etish kqnikma va malakalarini hosil qilish;
- boshlang‗ich ta‘lim darslari o‗qituvchilari tomonidan ta‘lim-tarbiyaviy
ishlarni interfaol metodlar asosda tashkil etilishiga erishish;
- boshlang‗ich ta‘lim darslari o‗qituvchilarining texnologik asosda
pedagogik faoliyatni tashkil etish borasidagi mahoratlarini oshirish;
26
- boshlang‗ich ta‘lim darslarining samaradorligini ta‘minlash
Boshlang‗ich ta‘lim darslari o‗qituvchilari o‗rtasida interfaol metodlar va
ularning mohiyati xususidagi nazariy ma‘lumotlarni targ‗ib etish muvaffaqiyatini
pedagogik jamoa, shuningdek, individual pedagog xodimlarda ularni o‗rganishga
nisbatan ehtiyoj, qiziqishning yuzaga kelishini belgilaydi. Yuzaga kelgan ehtiyoj
hamda qiziqish ularni qondirish imkonini beruvchi amaliy faoliyatni tashkil
etishga nisbatan qaror toptiradi.
Boshlang‗ich ta‘lim darslari o‗qituvchilarida pedagogik faoliyatni interfaol
metodlar asosida tashkil etish malakasini shakllantirishga quyidagi tamoyillarga
amal qilish asosida erishiladi:
1. Boshlang‗ich ta‘lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish
borasidagi yagona maqsadning qaror topganligi.
2. Boshlang‗ich ta‘lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish
borasidagi harakatning izchil, maqsadga muvofiq, tizimli va uzluksiz amalga
oshirilishi.
3. Boshlang‗ich ta‘lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishda
mavjud shart-sharoit hamda sub‘ektiv yondashuvlarni inobatga olish.
4. Pedagogik mahorat va iqtidorlarni erkin namoyish etish.
5. Yangi tajribalarni ommalashtirish.
6. Nazariy va amaliy faoliyat birligi.
7. Boshlang‗ich ta‘lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishda
xorijiy mamlakatlarning donor tashkilotlari bilan hamkorlik va hokazolar.
Boshlang‗ich ta‘lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish
quyidagi omillar asosida amalga oshiriladi:
1) Ob‘ektiv omillar:
Boshlang‗ich ta‘lim darslarida moddiy-texnik bazaning yaratilganligi;
Ta‘lim- tarbiya jarayonining zarur texnik hamda axborotli vositalar bilan
ta‘minlanganligi;
27
Boshlang‗ich ta‘lim darslarida pedagogik monitoring (ma‘lumotlar banki)ning
tashkil etilganligi, uning maxsus adabiyotlar bilan boyitilganligi;
2) Sub‘ektiv omillar:
boshlang‗ich ta‘lim darslarining o‗qituvchilarida PT mohiyatini o‗rganishga
nisbatan ichki ehtiyoj va qiziqishning yuzaga kelganligi;
Ularda o‗z faoliyatlarida PT lardan foydalanishga nisbatan rag‗batning qaror
topganligi;
kasb-hunar kolleji rahbariyati va jamoasining o‗quv yurti faoliyatini interfaol
metodlar asosida tashkil etish yo‗lidagi birligi va yakdilligining shakllanganligi;
boshlang‗ich ta‘lim darslari o‗qituvchilarining PT mohiyatidan xabardorliklari;
ularda o‗z faoliyatlarini texnologik yondashuv asosida tashkil etish borasidagi
ko‗nikma va malakalarning tarkib topganligi;
Boshlang‗ich ta‘lim darslari o‗qituvchilarining o‗z pedagogik faoliyatlarida
PT ni qo‗llay olish mahoratiga egaliklari;
ularda ijodkorlik, izlanuvchanlik, boshlang‗ich ta‘lim o‗quvchiilari orasida
ko‗tarinki kayfiyatni yarata olish sifatlarining mavjudligi;
PT
asosida
pedagogik
faoliyatni
tashkil
etayotgan
o‗qituvchilarni
rag‗batlantirib borish va hokazolar.
boshlang‗ich ta‘lim darslari o‗qituvchilarining pedagogik faoliyatni interfaol
metodlar asosida tashkil etish borasidagi mahoratlari darajasi quyidagi
ko‗rsatgichlarga muvofiq belgilanadi:
Boshlang‗ich ta‘lim darslari o‗qituvchilari tomonidan yangi pedagogik
texnologiya nazariyasi, uning mohiyati, ta‘lim-tarbiya jarayonini loyihalash,
boshlang‗ich ta‘lim o‗quvchilarining bilim, ko‗nikma va malakalari darajasini
oldindan tashhislash, ular tomonidan tashkil etilayotgan o‗quv faoliyati
mazmunini nazorat qilish, ularning bilim, ko‗nikma va malakalarini baholash,
pedagogik faoliyat samaradorligini aniqlash borasidagi nazariy bilimlarning
o‗zlashtirilishi;
28
boshlang‗ich ta‘lim darslari o‗qituvchilarida boshlang‗ich ta‘lim o‗quvchilari
bilan muloqotni muvaffaqiyatli tashkil etish, pedagogik faoliyatga nisbatan ijodiy
yondoshuv, pedagogik vaziyatlarni baholay olish va ularga muvofiq xatti-
harakatni tashkil etish malakalari shakllanganligi;
Pedagogik faoliyat mazmuni, ko‗lami, sur‘ati hamda samaradorliginining
yuqori darajasi.
Tadqiqot muammosini nazariy-amaliy asoslarini o‗rganish natijasida shu
holat aniqlandiki, pedagogik texnologiyalar mohiyatini boshlang‗ich ta‘lim
darslari pedagoglari o‗rtasida targ‗ib qilish jarayonida ijtimoiy-gumanitar fanlarga
nisbatan tabiiy fanlar o‗qituvchilari mazkur pedagogik texnologiyalarning
nazariy-amaliy asoslarini tez va puxta o‗zlashtirishga muvaffaq bo‗lganlar.
Buning boisi, boshlang‗ich ta‘lim o‗quvchiilariining bilim, ko‗nikma va
malakalari, shuningdek, ta‘lim-tarbiya jarayonining samaradorlik drajasini
aniqlashga yo‗naltirilgan metodlarning statistik xususiyatga egaligidadir. Tabiiy
fanlar o‗qituvchilarining texnik va axborot vositalari bilan ishlay olish tajribasi va
mutaxassislik ma‘lumotlariga ega ekanliklari ularni interfaol metodlar borasidagi
bilimlardan xabardor etish jarayonida ma‘lum qulayliklarni yaratdi. Boshlang‗ich
ta‘lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish jarayonidagi imkoniyatlar
va tajribalarga tayanish maqsadga muvofiq ekanligi aniqlandi. Xususan, o‗quv
fanlari bo‗yicha tashkil etiladigan mashg‗ulotlarning loyihasini ishlab chiqish,
boshlang‗ich ta‘lim o‗quvchiilarining faoliyatlarini nazorat qilish, ularning bilim,
ko‗nikma va malakalarini baholash hamda darslarining samaradorligini
aniqlashga imkon beruvchi dasturlarni tuzishda tabiiy fanlar o‗qituvchilarining
o‗rni beqiyosdir.
Dostları ilə paylaş: |