Boshlang’ich sinf darslarini integratsiya va innovatsion tizimi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/29
tarix26.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#135205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
2-bob bo‘yicha xulosa 
III-bob. Boshlang’ich sinf darslarini integratsiya va innovatsion tizimi 
bo‘ycha metodik tavsiyalar. 
3.1. Boshlang‗ich sinflarda integratsiyalashgan va innovatsion darslardan 
namunalar. 
Umumiy xulosa. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yhati. 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi: O‗zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo‗lidagi 
bosh g‗oyasi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot borpo etishdir. 
O‗zbekiston mustaqilligi tufayli Vatanga e‘tiqod, milliy munosabat madaniyati 
xalqimizning barcha orzu intilishlarida, amaliy faoliyatida va yorug‗ kelajagida 
yetakchi o‗rinni egallab kelmoqda.
Yoshlarni zamonaviy fan-texnikaning, umuman, ilm-fanning yutuqlaridan 
bahramand qilmasdan turib, ularga yuqori malakali ixtisos egalari bo‗lib 
yetishishga sharoit tug‗dirmay turib, biz respublikamiz xalq xo‗jaligini, sanoat 
ishlab chiqarish sohalarni tubdan o‗zgartira olmaymiz.Yana bir narsani biz hech 
qachon esimizdan chiqarmasligmiz lozim: iste‘dodli yoshlarga sharoit yaratishdir. 
O‗tgan yillarimizga, o‗tgan yo‗llarimizga nazar tashlab, ularni sarhisob 
qilsak, mustaqilligimiz sharofatini yanada chuqurroq anglaymiz. Biz ta‘limda 
butunlay yangilanish, yangi jarayonga tom ma‘noda o‗tish va unga moslashish 
davrini boshimizdan kechirmoqdamiz. ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonun va ―Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi‖ bizga eski usullardan voz kechib ta‘limning xar bir 
qirrasigacha qayta qurish imkonini bergan bo‗lsa‖ 2004-2009 yillarda Maktab 
ta‘limni rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi‖ esa qo‗lga kiritilgan 
imkoniyatlarni: takomillashgan Davlat ta‘lim standartlari, o‗quv dasturlari, davlat 
talablari yangi o‗quv darsliklarini har tomonlama zamon talablariga mos 
jixozlangan maktablarda, zamonaviy o‗quv xonalarida amaliyotga joriy etish 
imkoniyatlarini keng ochib berdi. 
Davlatimiz istiqboli bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan jamiyat 
qurish sohasidagi ishlarining samaradorligini yuqori malakali, yuksak 
ma‘naviyatli rivojlangan mamlakatlar darajasida raqobatbardosh mutaxassis 
tayyorlash, yosh avlodni shakllantirish muammosi bilan ishlab chiqilib Oliy 
majlisning IX-sessiyasida qabul qilingan ―Kadrlar tayyorlash‖, ―Ta‘lim 
to‗g‗risida‖gi Qonun, Vazirlar Maxkamasining umumiy o‗rta ta‘lim, akademik 



litseylari va kasb-xunar kollejlarini tashkil etish xaqidagi va boshqa qarorlari ana 
shu maqsadlari ro‗yobga chiqarishga qaratilgan. 
Bu xujjatlarda kadrlar tayyorlash va uzluksiz ta‘lim tizimiga erishilgan 
yutuqlar bilan bir qator mavjud kamchilik va muammolar ham ko‗rsatilgan 
jumladan maktablar o‗quv yurtlaridan ta‘lim jarayonining o‗zidagi va o‗qitish 
uslubiyotidagi kamchiliklar oqibatida o‗quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyati 
rivojlanmay qolayotganligi, umumiy o‗rta ta‘limning amaliy yo‗nalmaganligi, 
kasbga yo‗nalganlik darajasini baxolash tizimida ob‘ektivlik va tezkorlikni 
ta‘minlanmayotganligi, 
pedagoglarning 
katta 
qismi 
yaxshi 
tayyorgarlik 
ko‗rmaganligi, bilim va kasb saviyasi pastligi shular jumlasidandir. Kadrlar 
tayyorlash va ta‘lim tizimidagi o‗quv tarbiya ishlari sohasidagi muammolarni 
izchillik bilan bosqichma-bosqich hal etish yo‗llari va vositalari yuqorida tilga 
olingan davlat xujjatlarida belgilab berilgan.
Hozirgi kunda umum ta‘lim maktablarida mamlakatimiz xalq xo‗jaligi
uchun malakali ishchi kadrlar tayyorlashda dunyo mamlakatlari ta‘limi-
tajribalaridan foydalanish muhim ahamiyatiga ega. Interfaol ta‘lim yutuqlarni 
amaliyotga tadbiq etishning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish dolzarb 
muammolardan biri sanaladi.
O‗quv-uslubiy adabiyotlar majmualarni, yangi interfaol metodlarini 
texnologiyalarni yaratish va amaliyotga joriy etish, bir tomondan davlat va 
jamoat muassasalari, ta‘lim va fan o‗qituvchilar, tadqiqotchilar tomonidan katta 
ishlarni bajarishni ta‘lim-tarbiya, interfaol ta‘lim sohasidagi ta‘lim jarayonini 
ishlab chiqish va ilmiy tajriba sinovlardan o‗tkazish ilmiy asoslangan tavsiyalar 
ishlab chiqishni taqazo etadi.
Uzluksiz ta‘lim tizimi xodimlari, pedagog o‗qituvchilarning zamonaviy 
ta‘lim texnologiyalari mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta‘lim jarayonida 
samarali qo‗llay olishlari, shuningdek, ta‘lim jarayonida tashkil etishda nisbatan 
ijodiy yondoshuvning qaror topishi xar tomonlama rivojlangan ma‘naviy-
barkamol yoshlarni tarbiyalab ularni raqobatbardosh, yetuk mutaxasislar bo‗lib 
yetishishiga zamin yaratdi. 



Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar ta‘lim tizimi amaliyotida interfaol 
ta‘limlaridan tabora kengroq foydalanilmoqda. 
Bugungi kun talabidan kelib chiqqan xolda boshlang‗ich sinflarda interfaol 
metod asosida ―Atrofimizdagi olam‖ predmetini o‗rganish jarayoni va uni 
samaradorligini tashkil etish bo‗yicha ilmiy-metodik va amaliy tavsiyalar ishlab 
chiqish nihoyatda dolzarb masaladir. 
 Muammoning o‗rganilganlik darajasi: Innovasion pedagogika, pedagogik 
texnologiyalarning yutuqlarini amaliyotga tadbiq etishda ilmiy-tadqiqot ishlarini 
olib borganlar. O‗zbekistonda N.Azizxo‗jaeva, J.Yo‗ldoshev, A.Aliqulov, 
N.Do‗stanov, A.Gomish, R.Ishmuxammedov, M.Ochilov, N.Saidaxmedov, 
B.Farberman, O‗.Tolipov va boshqalar. MDH davltlarida jumladan Rossiyada
A.Atutov, V.Bespal‘ko, Yu.Babanskiy, T.Raboy, M.Klarin va boshqalar. Xorijiy 
davlatlarda esa Djeni Still, G.Dayana, Kert Meredis, B. Inxeldel, Charloz Templ, 
D.Kluster, J..Gimans va boshqalar, N.Azizxo‗jaeva o‗z tadqiqotlaridan pedagogik 
texnologiyalarni qo‗llashni ilmiy-nazariy asoslariga hamda o‗qitishning 
zamonaviy muammolarini ochib berishga alohida etibor qaratgan. 
R.Ishmuxammedov Innovasion texnologiyalarn qo‗llagan xolda o‗tkazilishi 
mumkin bo‗lgan mashg‗ulotlardan ba‘zilarini o‗tkazilish metodikasi, darsga kirish 
va uni taxlil qilish texnikasi xamda akademik litsey va umumta‘lim maktablarida 
o‗tkaziladigan turli ritual, tadbirlarni o‗tkazishga qaratilgan uslubiy tavsiyalar. 
Bizgacha Primqulova N. ―Interfaol metodlar vositasida ta‘lim-tarbiya 
samaradorligini oshirish muammolari‖, Sanaeva N. ―Ta‘lim samaradorligini 
ta‘minlashda o‗qitishning noan‘anaviy shakllardan foydalanish yo‗llari‖, Bektaev 
A. ―O‗quvchilar faolligini oshirishda ta‘limning interfaol metodlaridan 
foydalanishning pedagogik asoslari‖ mavzusidagi magistrlik dissertasiyalarini 
tadqiq etishgan. Taxlilarni o‗rganish asosida biz quyidagi mavzu bo‗yicha 
tadqiqoti o‗tkazilmaganligi aniqlandi va bitiruv malakaviy ishmizning mavzusini 
―Boshlang‘ich sinf darslarini integratsiya va innovatsion tizimi‖ deb nomladik.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin