8
I-BOB. Boshlang‘ich sinflarda integratsiya va innovatsion darslarini joriy
qilishning nazariy asoslari.
1.1 An’anaviy darslar tarixidan.
Har bir ijtimoiy tuzum kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayoti va
turmush darajasi fan va ma‘daniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‗liqdir. Fan va
ma‘daniyat rivojlanishi ta‘lim-tarbiya ishlarining qay darajada olib borilishidan
kelib chiqadi. Bu falsafiy aqida davlat ahamiyatiga ega bo‗lgan ijtimoiy
qonuniyat hisoblanadi.
Shunday ekan, O‗zbekiston mustaqillikka erishganiga endigina 20 yil bo‗lishiga
qaramay qonun tomonidan ta‘lim-tarbiya masalalariga alohida o‗rin ajratilgan.
O‗n ikkinchi chaqiriq O‗zbekiston Respublikasi Oliy kengashining 11 sessiyasida
1992
yil
8-dekabrda
qabul
qilingan
O‗zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasining 41-moddasida shunday deyilgan: ―Har kim bilim olish
huquqiga ega. Bepul umumiy ta‘lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. O‗quv
muassasasi ishlari davlat nazoratidadir‖
Mana shu yillar davomida ta‘lim-tarbiya soxasida milliy axloq-odobni
qayta tiklash borasida milliy urf-odatlar, turli-tuman an‘analarni joy-joyiga
qo‗yish, milliy qadriyatlarni rivojlantirish xususida juda keskin va buyuk
burilishlar bo‗lmoqda.
O‗zbekistonda pedagogik tafakkur va ta‘lim-tarbiya taraqqiyoti tarixiga
nazar tashlab, shartli ravishda uch davrga bo‗lib o‗rganish mumkin.
1.Oktyabr to‗shtarishigacha bo‗lgan davr (1917yilgacha)
2.Sho‗rolar davri (1917-1991)
3.Mustaqillik davri (1991 yildan keyin)
Dostları ilə paylaş: