Boshlang’ich sinf o’quvchilarining kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish omillari
Aqliy tarbiya jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi: Tarbiyalanuvchilarga ilmiy bilimlarni berish.
Ularda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ongli munosabatni qaror toptirish.
Mavjud bilimlardan amaliyotda foydalanish ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish.
Bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishga intilish tuyg’usini shakllantirish.
Bilimlarni o’zlashtirishga yordam beradigan psixologik qobiliyatlar (nutq, diqqat, xotira, tafakkur, ijodiy xayol) va xususiyatlar (aniq maqsadga intilish, qiziquvchanlik, kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash, ijodiy tafakur yuritish, o’z fikrini asoslash, mavjud ma’lumotlarni umumlashtirish, guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar chiqarish va hokazolar)ni rivojlantirish.
Aqliy ta’lim va tarbiya birligi asosida shaxsda tafakkur (ijtimoiy voqea-hodisalarning ongda to’laqonli aks etishi, inson aqliy faoliyatining yuksak shakli) rivojlanadi. Manbalarning ko’rsatishicha, aqliy tafakkurning mavjud darajasini belgilash bir qadar murakkab bo’lib, quyidagi belgilarga ko’ra aniqlanishi mumkin:
Ilmiy bilimlar tizimining mavjudligi.
Mavjud ilmiy bilimlarni o’zlashtirib olish jarayoni.
Fikrlash ko’nikmasiga egalik.
Bilimlarni egallashga bo’lgan qziqish hamda ehtiyojning yuzaga kelganligi.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida yoshlarning bilimli, yuksak tafakkur egasi bo’lish borasidagi qarashlar muhim o’rin egallagan bo’lib, ularning intellektual salohiyatini jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi omil ekanligiga alohida urg’u beriladi. Chunonchi, «... ilmu ma’rifat insonni yuksaklikka ko’taradi. XXI asrda, men ishonaman, madaniyat uchun, ilmu ma’rifat uchun jonini beradigan va buni hayotining asosiy maqsadi qilib qo’yadigan yangi avlod paydo bo’ladi. Biz ana shu avlod uchun yashayapmiz. Biz ana shu olijanob maqsadlarni odamlar ongiga singdirish uchun harakat qilayapmiz. Biz kutayotgan avlod mana shu boylikni dunyodagi eng katta boylik deb bilsa, hayotini shunga baxshida etsa, bilingki, odamzod yorug’ kunlarga erishishi muqarrar»1.