E. Torndayk, D. Uotson, B. Skinner va boshqalarning o’rganish bixevioristik nazariyasi O’zlashtirishning umumiy formulasi “sabab – javob qaytarish (ta’sir) - mustahkamlanish” - ko’rinishida bo’ladi. Sabab – bu harakatlarga sabab bo’luvchi uyg’otuvchi, qo’zg’altiruvchi sabab yoki vaziyat. Reaksiya – u yoki bu muammoni hal etishga qaratilgan tashqi ta’sirlarga (impulslarga) mos ravishda harakatlar.
Mustahkamlash - harakatlarni to’g’ri bajarayotganligi haqida xabar (moddiy yoki ma’naviy rag’batlantirish). Bixevioristlar faqatgina tashqi, rag’batlashtirishga mos javoblarni mexanik mustahkamlashbilan yuzaga keltiriladigan xulqi harakatlarini taxlil qiladilar.
O’rgatuvchi mashqlar ko’p marta, turli ko’rinishda takrorlanadigan va ularni eslab qolishni ta’minlaydigan kichik, mayda qismdagi ma’lumotlardan tashkil topadi.
M. Vertxeymer, G. Myuller, V. Keler, K. Koffklar va boshqalarning o’zlashtirish geshtalt nazariyasi Idrok etish obyektlarini yaxlit tashkil etishga asoslanadi. Ana shundan o’quv faoliyati davomida bir daqiqada gavdalantirish sifatida o’zlashtirish nazariyasi quriladi. Mashqlarda mazmun ma’nosida ancha katta ma’lumotlar qismlardan foydalaniladi, bunga parchaning o’zining tuzilishi va uning ma’nosini tasvirlashga mo’ljallangan.
O’qitishning suggestopedik konsepsiyasi Yuksak eslab qolishga olib keluvchi, jonlantirish holatida emosional ta’sir ko’rsatishga asoslanadi. U verbal va noverbal, suggetisiya (ta’sir ko’rsatish) tashqi va ichki vositalaridan kompleks foydalanishni ko’zda tutadi. Konsepsiyani amalga oshirish o’qitishning alohida psixologik-pedagogik sharoitlarini ko’zda tutadi.
O’qituvchi uchun bu quyidagilarni bildiradi:
Yuksak obro’ni: mashhurlik, o’qishdagi muvaffaqiyatlari, yuksak sifatlari va boshqalar.
Infantilizasiya – ishonchlilik vaziyati, bunda o’quvchi o’zini o’qituvchining o’rniga qo’yayotgandek bo’ladi.
Yangi materialni berishda ikki ko’rinishlik: mazmun, ma’no beruvchi har bir so’z zarur bo’lgan mos ohangda, imo-ishora, mimika bilan aytiladi.
O’quvchi uchun quyidagilar zarur:
O’qish masalalarini amalga oshirishga ishonchni yuzaga keltirish;
intellektning ulkan imkoniyatlari fikrini uqtirish psixologik qulay sharoitlari hisobiga doimiy ijobiy emosional qo’llab turish, fanni o’rganishda muvaffaqiyatlarni namoyish qilish va boshqalar.
Fanni o’rganishga “berilib ketish”, materialni o’rganishga e’tiborni jamlash, har kuni faqatgina bita fan, 2-3 oy davomida kuniga 4-6 soatdan va boshqalar.
V.N. Myasiщyev, D.N. Uznadze, G.K. Lozanov va boshqalar asarlarida suggestopediyaga asos solingan.