Boshlang’ich ta’limda pedagogika


I-BOB. KREATIVLIK. KREATIVLIK MUAMMOSIGA ZAMONAVIY YONDASHISH



Yüklə 84,05 Kb.
səhifə2/5
tarix16.11.2022
ölçüsü84,05 Kb.
#69459
1   2   3   4   5
Kurs ishi Abduraimova

I-BOB. KREATIVLIK. KREATIVLIK MUAMMOSIGA ZAMONAVIY YONDASHISH
Pedagogika va psixologiyada kreativlik xususiyatlarining rivojlanishi.Ta’limning zamonaviy globallashuv va axborotlashuv sharoitida rivojlanishi va takomillashuvini innovatsiyalarning turli shakllarini ta’qiq etmasdan, bugungi kunda mutaxassisni nimaga va qanday tayyorlashga bir qator yondashuv va munosabatlarni tamoyillar asottida ko‘rib chiqmasdan amalga oshirish mumkin emas. Shu bilan birgalikda, oliy maktab pedagogik tarkibi jadal rivojlanayotgan innovation ta’lim tizimi, birinchi navbatda, ijodiy qobiliyatlar, ijod potensienti o‘z-o‘zini ijodiy rivojlantirish, ijodiy individuallik va krealivlik talablariga javob berish muammosiga katta e’tibor qaratishi mumkin.Shaxsning ijodkorlik imkoniyatlarini tadqiq etishga bo‘lgan.Ijtimoiy buyurtma kreativlik muammosining alohida niuhimligini belgilaydi. Shaxsiy ijodkorlikning dinamik (rivojlanib, o‘sib boruvchi) umumlanishi kreativlik va uning asosiy qirralarida aks etadi. Biroq, kreativlik psixologiya va pedagogika fanlarining belgilangan ilmiy kategoriyasi bo‘lsada, kreativlik tushunchasi tegishli lug`atlarda iHtmosib defferensiyasini topmagan va ijod psixologiyasida yetarli aniqlanmagan.O`nlab ilmiy ishlarda ilmiy ijodkorlikning uyoki bu qirralariga turlicha yondashib, har xil darajada qamrab bo`lmayotganligiga qaramasdan, hozirgacha na muammoning o`zigana unga taalluqli bo‘lgan amaliy savollarga nisbatan yagona to‘xtam mavjud emas. Hozirda rivojlanishning zamonaviy bosqichida, mazkur ananalari inson faktorining hal qiluvchi o`rnini belgilamoqda. Bu faktorning texnologiyasida ijodkorlik uning belgilangan asosini tashkil etadi. Ijodkor inson fenomenining namoyon bo'ladigan yuksak ko'rinishi bo`lishiga qaramasdan, u eng kam o`rganilgan soha bo`lib, tabiiy qonuniyat sifatida qaraladi. Gap shundaki, ijod jarayonining tabiatidagi asodifanlik, kutilmaganlik avval-boshdanoq uning zamonaviy ilmiy metodlarda o`rganish imkoniyatini chegaraladi. Zamonaviy fan imkoniyatlari ijodkorlik tabiatining mavjud dalillar va savollarni to`liq qoniqtiradigan universal tushuntirish imkoniyatiga ega emas. Hozirgacha Vatanimizda va diet ellarda to`langan bilimlar ijodkorlik psixologiyasi mohiyatini tushunishga yetarli emas. Jamiyat taraqqiyoti tajribasida psixologiya va pedagogikada ijodkorlik psixologiyasi sohasida izlanishlarni faollashtirish taqozo etilmoqda, chunki ijodkorlik natijalari faqatgina shaxsiy tasnifga ega emas, balki ijtimoiy ahamiyatga egadir.Psixologiyada ijod va ijodiy faoliyat muammosini o'rganuvchi alohida yo'nalish - ijodkorlik psixologiyasi yo'nalishi vujudga keldi. Ijodkorlik psixologiyasining asosiy maqsadi psixologik qonuniyatlar, ijod jarayoni mexanizmi va kreativ (creativity - inglizcha ijodiy) likni o`rganishdan iborat. Ijodkorlikka rivojlanishning asosiy mexanizmi sifatida (N.V. Kipiaki, A.M.Matyushkin, Y.A. Ponomarev, LN. Semenov va boshqalar) qaraladi va uning o'rganilishi M.S.Bernshteyn, V.S.Bibler, V.N.Shkin, O.K. Tixomirov, E.G. Yudin va boshqalar nomi bilan bog'liq.Psixologik ijodkorlikning kreativlik deb nomlanuvchi yo`nalishiustida gkarb olimlari: J. Gilford, S.Liding, V.Smit, D.Xalperik va boshqalar izlanishlar olib borishgan. Chet el olimlarining kreativlik tushunchasi haqidagi izlanishlarini tahlil qilib va umumlashtiribR.Xameni yozadi: Kreativlik o4zida yangicha yo'sinda amalga oshirilgan o'zlashtirish to'lqinini (Makkelif), yangicha aloqadorliklarni aniqlash (Kyubi), yangicha munosabatga kirishish (Rodjers), yangiliklar (Lassuel), ongning yangicha e’tirozlariga sabab bo`luvchi faoliyatidir. Ko'pchilik tadqiqotchilar kreativlikni belgilashda shaxsning o`ziga xosligi va xususiyatlariga e'tibor qaratadilar. J. Gilfodning fikricha, kreativlik va ijodiy imkoniyat qobiliyatlar va ijodiy tafakkurga ta’sir etuvchi omillar yig'indisi sifatida namoyon bo'ladi. E. Torrens kreativlikni yechimlarni topishda bilimlarning yetarli bo'lmasligi muammosi, qiyinchiliklar qarshisidagi indentifikatsiya va taxminlarning shakllanishi, yechimlarning topilish jarayoni deb qaraydi. (E. Torrens, 1996-y.) Ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy-boshqaruv darajasida – ijodkorlik determinantlari borasida, jamoa ijodkorligini boshqarishda tashkilot diilik muammosi, jamoaning funksional-rolli differensiyasi yo'nalishi bo'yicha izlanishlar olib borilmoqda. Kreativlik ijodiy tafakkurning yangi mahsuli yoki natijasi ekanligi yuzasidan bahslar hali ham ayrim terminlar orasida davom etmoqda. Boshqa izlanishlarda ijodkorlikning yangilik yaratishdagi yetakchiligi ta’kidlanadi. V. Arteymning izlanishliirida ijodkorlik uning mahsuli boigan obyektga qarab baholanmaydi, aniq munosabat belgilanadi. Uning fikricha:Kreativlik bilim,faoliyat va istakning uyg'unligi.Psixologiyada evristika muammosini o'rganish borasida N. Pushkin:Evrestik faoliyat shunday psixologik jarayonki. uningyordamida muammo yechimi topiladi, yangi yondashuv ishlab chiqiladi, evrestik faoliyat deb ataluvchi qandaydir yangilik yaratiladi, degan bo`lardi. Kreativning tasniflanishi kasbiy faoliyat jarayonida namoyon bo`luvchi psixik komplekslar tarkibi bilan bogiiq. Kreativlikning psixologik izlanishlardagi asosiy urgcu muammolarni mustaqil yeshishga undovchi, o`ziga xos katta hajmdagi g`oyalarni yuzaga keltiruvchi va ularning o`ziga xos yechimini topishga asos boluvchi individning Inlellektual va shaxsiy qobiliyatiga qaratiladi. Kreativlik istisno etilgan g'aroyib fenomen deb baholanuvchi dastlabki izlanishlardan farqli ko`rinishda, zamonaviy izlanishlarda kreativlik har bir shaxs ega bo`lishi mumkin bo`lgan individ kompleksi sifatida qaralmoqda. Bu kreativlik muammosiga turlicha yondashuvlarda namoyon boiadi: u faqatgina har xil shaxs ham qolga kirita olmaydigan natija emas, balki refleksi o‘z-o`zini baholashdagi shaxsning yangicha sifat ko`rsatgichi deb aniqlanmoqda. Kreativlik haqidagi ko'pgina izlanishlarda har bir shaxsda u yoki bu daraja va miqdorda mavjud boladigan psixologik kreatilivlik mexanizmi va ijodkorlik imkoniyatilariga asosiy e’tibor qaratilmoqda. An’anaviy psixologiya va pedagogikada kreativlikka shaxs kategoriyasi sifatida qaraladi, uni talqin qilish, aniqlash borasida bahslartiritilgan: Kreativlik tafakkur sifatida (J Gilford, Y.K.Tixomirov) inlellektual faollik sifatida (D.B. Bogolevskaya, (L.B.Yermolayeva-Ioniina),yoki boshqa shaxs sifatlarining integratsiyalashuvi (Y. A. Ponomarev boshqalar). Biroq oliy ta’lim pedagogika (kreativ androgogika)da uning sifat ko`rsatgichini va namoyon bo`lish darajasini aniqlashning o`zi yetarli emas. Kreativlik biryoq yonlanma salbiy jihat sifatida qaralsa-da, uning muammolar tizimi umumlashtiriladi va bir butunlikni tashkil etadi, bu ayniqsa o‘zida ta’lim jarayonida ijodiy ta’lim va tarbiyani mujassamlashtirgan shaxsning ijodiy imkoniyatlari va kreativlikni rivojlantirish jarayonida oliy maktab pedagogikasiga taalluqlidir. Shu sababli, kreativlikni rivojlanish imkoniyatlarini kreativ ta’lim va tarbiya jarayonida shaxs kategoriyasi sifatida o‘rganish zarur; o`tgan asrning 60-70-yillari pedagogikada kreativlik muammosini o'rganishda keskin burilish yillari bo‘ldi. Shu davrda ijodiy izlanuvchan pedagog-novatorlar paydo bo4ldi. Novatorlar erishgan natijalar nafaqat pedagoglarni, balki psixologlarni ham qiziqtirdi, ular ijodiy ta’limining psixologik tomonlarini, ijod faoliyatining pedagogic psixologiyadagi mexanizmini o`rgandilar. (W.Davidov, I.A.Zimnaya, N.V. Kuzmina, A.M. Matyushkin, Y.A. Ponomarev, R.A. Mavlonova rahbarligidagi pedagogika fanlari ilmiy-tekshirish instituti jamoasi.) Kreativlikni o4rganishda amalga oshirilgan nazariy tahlil uni kasbiy anrogogikada qo`llashning umumiy qonuniyatlari va o`ziga xosligini aniqlash imkonini beradi (V.M. Morozov). Biz kreativlikning tizimlilik tuzilishidan kelib chiqib, unga shaxsning boshqa jihati sifatida emas, balki shaxsni qadrlovchi, tabaqalashtirilgan ta’lim sifatida qaraymiz. Kreativlik — shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma’naviyatining ajralmas qismi bolib, shaxsni o`z-o`zini rivojlantirish omili, shaxsiy jonbozlikniiig asosi, shaxs ega bo`lgan bilimlarning ko'pqirrali ekanligida emas, balki yangi g'oyalarga intilishda va o‘rnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh qilish va o'zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi. Kreativlik jarayonini tashkil etish va boshqarishning murakkabligi shundaki, bunda ijodiy individuallikning nafaqat ongli, balki ongosti tushunchalari paydo bo'ladi. Kreativlik tabiatini o'rganish muammosiga bag'ishlangan psixologopedagogik adabiyotlarni tahlil qilib, odatda, intellektual kreativlik masalasiga duch kelamiz. Ijtimoiy va aniq pedagogik kreativlik sohasida amalga oshirilgan izlanishlar ancha kam. Ko‘p hollarda tadqiqotchilar pedagogik kreativlik emas, balki pedagogik muloqot jarayonini o‘rganadilar, o'qituvchi va o'quvchi muloqotini yaxshilash uchun tavsiyalar beradilar. Pedagogika va psixologiyadagi kreativlik tabiati uning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillar haqidagi yuqorida keltirilgan fikrlarni umumlashtirib quyidagicha xulosa chiqarish mumkin.
Kreativlikni rivojlantirishda kreativ insonlarni kreativmas insonlardan farqlovchi hissiy chizgilari (o‘z-o‘ziga ishonch, tajovuzkorlik, o'z-o‘zidan qoniqish, ijtimoiy cheklovla'rga va boshqalar fikriga layoqatsizlik) individning shaxsiy o‘ziga xosligi katta ta’sir ko‘rsatadi. Kreativlikning motivlikka munosabatini belgilovchi yagona qarashlar tizimi mavjud emas. Nuqtayi nazarlardan biriga ko'ra, kreativlikda individ o‘z imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanadi, faoliyatning yangi qirralarini izlab topadi. Boshqa bir nuqtayi nazarga ko‘ra kreativ kishilarrii motivlashtirish, tavakkalchilikka intilish, o‘z imkoniyatlari‘ chegarasini aniqlashga intilishdir. Aytish mumkinki, har ikkala nuqtayi nazar ham o‘z iia kreativ insortlarning, motivlashning individual variantlarini mujassamlashtirgan. Innovatsion faoliyatning o‘ziga xosligi muammosida o‘qituvchi xulq-atvorining o‘quvchilar kreativligini rivojlantirish bilan bog‘liq tasniflanishi katta ahamiyatga ega, chunki oxir-oqibat bilim emas, balki rivojlanish omili bo‘lgan alohida ma laka va ularning xulq-atvorga qo`llanishi muhimdir. Tafranstting qo`llanishlarda o‘qituvchi xulq-atvorida bolalar kreativ rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi dalillar keltirilgan: ijodiy fikrlash qiymatini baholash, bolalarni atrofdagi qo‘zg‘atuvchi omillarga nisbatan sezuvchanligini oshirish, obyekt va g‘oyalarni erkin boshqara olish. Ijod daraja haqida. konstruktiv axborotni rivojlantirish, tanqidchilikni emas, konstruktiv tanqidni rivojlantirish, o‘z-o‘ziga hurmatni orttirish, baholanishidan qo‘rqish hissining fidoiysi olisligi va boshqalar. Shunday qilib, potensial kreativlik imkoniyatlar kreativligidir. Imkoniyatlar kreativligi amaldagi kreativlik dolzarb kreativlikka aylanishi uchun,, dastlabkisi ma’lum faoliyatda o‘zlashtirilishi uchun ichki o`garishlarga duch keladi. Shurjday qilib, kreativlik o'zlashtirilganlar asosida rivojlantiriladi, keyinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi,) mavjud tajribasi qayta tuziladi.Pedagogilk innovatsiyalarga moslashishdan toki qayta tuzishgacha bo‘lgan yo‘l o'qituvchi innovatsion faoliyati dinamikasi asosini tashkil qiladi. Olimlar pedagogik mahoratning quyidagi uch darajasini ko‘rsatadilar: birinchi daraja - bu sinf bilan elementar munosabat. 0`qituvchi teskari aloqani qs‘llaydi,, uning . natijasiga ko‘ra p‘z harakatlarini belgilaydi. Lekin bu faoliyat metodik qo‘llanmaJar yoki boshqa o‘qituvchi tajribasi asosida atab, ikkilamchi daraja - dars faoliyatini, uning rejasini tuzishdanoq optimallashtirish bosqichidir. Bunda ijodkorlik o‘qituchiga ma`lum, maqsadni amalga .oshirishda mazrpun, metod va shakllarni to‘g‘ri tanlashdan iborat. Uchinchi daraja - evristik. Pedagog o‘quvchilar bilan jonli muloqotning ijodiy. Imkoniyatlarini qo‘llaydi.0‘qituvchining eng yuqori darajadagi ijodkorligi uning toMiqr mustaqil faoliyatida. namoyon bo’ladi. U .avvaldan ma’lum bo'lgan usullarni qo‘llashi mumkin, ammo u ularga o‘zining shaxsiy munosabatini qo`llaydi. O`qituvchi ijodiy indiyidualligi, tarbiyarlanuvchining shaxsiy o‘ziga xosligi, ta’limning aniq darajasi, tarbiyalanganlikdarajasi, sinfning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda zarutiyat ftaqozo etgan darajadaj ish qlib boradi. Tayyor tavsiyalarni amalda qo`llash darajalari ham farqlanadi:optimallashtirish, evristik daraja, shaxsiy, mustaqil. Tadqiqotchilar fikrlari orasida.kreativ insonlar boshqalarga taqlid qilmasdan, o‘zlari tanlagan faoliyatlarining barcha bosqichlar.iga ijodiy yondashadilar, degan fikr yctakchilik qiladi.(O'rganilayotgan muammoga V.A. Slastenin, L.S. Podimova, N.M. Gnatko qarashlari bilan birgalikda kreativlik mexanizmini turga bo‘lish taklif qiladilar: potensial va dolzarb. Potensial kreativlik – muallifning fikricha, kreativlik faoliyatidir, individumni potenjgal joylashuvii ma’lum tashqi sharoitlarda dolzarb kreativlikni egallashning asos tayyorgarligini lashkil etadijfepotenskl kreativlik -fgijod.qing subyektiv zarur sharoitidir V.A. Slastenin, L.S.Podimova potensial kreativlikning dolzarb kreativlikka izchil taqliili qilish; mexanizmi orqali: Stishi muammosiga o`ziga xos yondashganlar. Shunday qilib, kreativlik taqlid qilish, nusxa ko'chirishdan ijod, nusxa koeffitsiyenti, haqiqiy glodkorlikka tomon rivojlanib boradi. Tabiiyki, barcha o‘qituvchilar ham kreativ rivojlanishning barcha bosqichlari, bilan tasvirlamaydilar: ba’zilar tayyor metodik tavsiyalardan nusxa olib, faqat birinchi darajagaerishadilar; ikkinchilari to'liq konsepsiya va tizimlarga ega bolmasdan turib, ba’zi mo`tadil; usullarga ma’lum g‘oya asosida to‘liq mazmun, metod va shakllarni ishlab chiqadilar to`g‘risidagi ta`limm va tarbiyada o`zlarinmg konsepsiya va metodikalarini tavsiya etadilar.Yuqoridagilarga munosabat bildiribaytish munikinki, dastlabki iichtasi taqlid bosqichida boiib, to‘rtinchisi ularga qarama-qarslii tarzida ijod bo`lmoqda.Intellektual darajasini belgilangan kreativlik bosqichlari bilan taqqoslash, ikkala yo`nalish borasida ma’lum mustaqil innovatsiyon pedagogik imkoniyatning bir necha bosqichda takomillashib borish darajasidagi tushunchalarni aniqlashga imkon berdi. Pedagog faolligining borgan sari yuqoriroq darajadagi faoliyatga ko`tarilib borishi kelajakda innovatsion ta'lim strategiyasini tashkil qilishni belgilaydi.
XX asrning 50-yillarida ingliz-amerika psixologlarining izlanishlarida kreativlik deb creatio - lotincha yaratish) alohida qobiliyatlarni o`rgatish katta ko`lamda qiziqish uyg`otmoqda.Kreativlikni alohida o`rganishga ananaviy intellekt testlari bilan muammoli vaziyatni muvaffaqiyatli yechimi orasida aloqaning mavjud emasligi haqidagi ma’lumotlarning aniqlanishi turtki bo`ldi.
E’tirof etilishicha, kreativlik ma`lum masalaning yechimini topishdagi axborotlarni tez sur`atda foydalanish qobiliyatiga bog`liq. Bu qobiliyatnikreativlik deb atadilar va uni intellektga bog`liq bo`lmagan holatda individning: yangi tushunchalar yaratganligi va shakllantiruvchi yangi malakalari sifatida o`rgandilar. Kreativlik tushunchasini ijodiy ko`rsatkichlari bilan belgilanadi. Kreativlikni asosan ikki yo`nalishida olib boriladi: 1-yo‘nalish. Kreativlikni intellekt bilan bog'liqligi masalalarini va kreativlik bilan bog‘liq ta’limiy jarayonlarni belgilashni o‘rganadi. 2-yo`nalish.Shaxs va uning psixologik o‘ziga xosligi kreativlikning asosiy aspekti ekanligi, shaxsgava uning motivation chizgilariga urg‘u berilishi bilan tasniflanadi. Intellektual faktorlarni ta’limiy yo‘nalishlarda qo‘llanilishida, kreativlikni o‘rganish, baholashda 1950-yillarda J. Gilford va uning izdoshlari 16 ta gipotetik intellektual qobiliyatni ajratib ko‘rsatadilar. Ulaf orasida: fikrning turliligi (ma’lum vaqt oralig‘idagi g‘oyalarning miqdori), fikrning (bir g‘oyadan ikkinchisiga ko‘cha olishi) originalligi (o‘ziga xoslik - umume’tirof etijgan qarashlardan farq qiluvchi g‘oyani yaratish qobiliyati), qiziquvchanlik (o‘zini o‘rab turgan olamdagi muammolarga ta’sirchahlik), gipoteza, qilish qobiliyati (reaksiyaning stinuldan mantiqiy mustaqilliga fantajstikali (stimul va reaksiya orasidagi mantiqiy bog'liqligi borliq hayotdan butunlay uzilganligi). Gilford bu faktorlarni tafakkurning djvergentligi degan umumiy .nom bilan ataydi, u muammo endigina aniqlanayotgan, uning yechimini avvaldan belgilangan, aniq yechimi bo‘lmagan vaqtda yuzaga keladil deydi (ma’lumotga tayanuvchi yoki muammoning mos yechimi, konvergent tafakkurdan farqli ravishda). Tafakkurni ifodalovchi qobiliyatlarni o'rganish, an`anaviy intellectual testlar vositasida kreativlikni maxsus testlar vositasida aniqlash jarayonida olimlar qarama-qarshi natijalarga erjshdilar. Bu natijalar asosida intellekt va kreativlik o`zaro aloqadorligi haqida xulosa chiqarish mumkin emas. Agarda testlar o`rniga kreativlikni baholash boshqa mezon bajaruvchi faoliyat yuritgan ish turi bo`yicha erishilgan ijodiy muvaffaqiyatlar bo`yicha baholanganda, intellekt va kreativliknibelgilovchi bir xil mazmunga ega natijaga erishish mumkin. Ba'zi olimlar kreativlikka intellektning an`anaviy testlar yordamida o'lchab bo`lmaydigan bir qirrasi sifatida yondashadilar. Ular kreativlikni orttirilgan tajribaga, o`zlashtirilgan bilim va malakalar tasnifiga, qurshab turgan muhitning o`ziga xosligiga bog`liqligini ko`rsatadigan tajribalar natijasiga tayanadilar. Barcha mamlakatlarda tabaqalashtirib o`qitiladigan sinf o`quvchilari kreativlik testlari bo`yicha o`zlarning oddiy sinflarda o`qiydigan tengdoshlariga nisbatan yaxshiroq natijaga ega bo`lganlar.
Kreativlikni baholashda atrof-muhitning bog‘liqligi uning shakllanishiva rivojlanishida namoyon bo`ladi. Avvalo qanday muddat jihatdan rivojlantiruvchi ta’sirni kutish mumkin?; Tadqiqotlarning natijasiga ko`ra, muhit, axborotning ko‘pligi va erkinlikni ta’minlanganligi bilan ajralib turishi kerak. Tadqiqotlar kreativlikning rivojlanishida shaxsiy qobiliyatning katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.Kreativlikni o‘rganishda yakka yondashuvda asosiy e’tibor hissiy va motivatsion omillarga qaratiladi. Kreativlik bilan bog‘liq shaxsiy qobiliyatlar munosabatida turli tadqiqotlar natijasida o‘zaro moslilc
mavjud. Kreativ individlami kreativmaslardan ajratib ko‘rsatadi. Ba'zilarda shaxsiy o‘ziga ishonch, tajovuzkorlik, o‘z-o‘zidan qoniqisb,ijtimoiy cheklovlarga va o‘zgalar fikriga toqatsizlik aniqlangan. Ba’zi psixologlarning fikricha, kreativ bo‘lmagan tipdan farqli ravishda, Kreativlikka ega bo‘lgan kishilar tipi mavjudligini bildiradi. Shunisi qiziqki, bolalar va yoshlar. orasida o‘tkazilgan tadqiqotlar yosh va balog‘atga yetgan individlarda kreativlik belgilari bir xil bo‘ladi. Shunday xulosa chiqarish mumkinki, kreativlik shaxsiy qobiliyatlarga asoslangan holda bolalarnitig juda kichikligidan bashoratlash mumkin. Ijodiy muvaffaqiyat sabab javobgarliklar bilan bog`liq degan nuqtayinazar ham mavjud. Shu bilan birga bu fikrga qarama-qarshi ravishda yuksak Kreativ individlarda katta ruhiy kuchga egalik, tashqi muhitga, turli nizolarga nisbatan muvozanat mavjudligini ta’kidlovchi tadqiqotchilar ham mavjud. Kreativlikni: motivatsion tasniflashga aloqador yagona qarashlar mavjud emas. Bir nuqtayi nazarga asosan kreativ individ o'z imkoniyatlaridan iloji boricha samarali foydalanishga, yangi, o’zlashtirilmagan yangi faoliyat turlarini bajarishda o‘z qobiliyatlarini Ishga soladi. Boshqa nuqtayi nazarga kreativ bolalar motivatsiyasi Invakkalchilik, o‘z imkoniyatlari chegaralarini aniqlashga asoslanadi.Yuqorida aytilganlarni xulosalab aytish mumkinki, intellectual qobiliyatlarning kreativlik deb nomlanadigan alohida tipi bugungi kun psixologlari tomonidan keng ko‘lamda o'rganilmoqda Kreativlik va shaxsning ijodiy muvaffaqiyatlari orasida bog‘liqlik mavjud, ammo uning xususiyatlari oxirigacha o‘rganilmagan. Kreativlikni intellektning an’anaviy tushunchaladdan ajratib olish mumkin emas. Kreativlikning birinchi testlari J.:Gilford tomonidan XX asrning 2- yarim yillarida yaratilgan.Bu metodika Janubiy Kaliforniya testlari nomi bilan mashhur bo'lib, Gilford tomonidan divergent’ deb homlangan fikrlashning o‘zi xos tipini belgilashda foydalanilgan 14 ta testdan iborat bo‘lgan. Ularning dastlabki 10 tasiga og‘zaki javob, 4 tasiga tasvir orqali javob talab etilgan. Verbal vazifalardan namunalar: So‘zdan foydalanish yengillashtirish berilgan tovush ishtirokida so‘z yozing assotsiatsiyalardan foydalanishdagi yengillik. Berilgan so`zga mazmunan o`xshash so`zlarni yozing Tasviriy vazifa namunasi. Bezash ma`lum obyektlarni detallar bilan to‘ldirish. Gilford testlari kattalar va yuqori sinf o`quvchilariga moijallanadi. Ularni standartlashtirish katta bo`lmagan tanlovlarda, ishonchlilik ma`lumotlari bir testdan ikkinchisiga o`tganda 0‘zgarib turadi va to‘liq qoniqarli bo‘lmaydi. Psixologlar fikricha, ijodiy qobiliyatlarni baholashda Gilford testlari samaraliligi kam boiishiga, bilimlar natijasini bilish shaxsiy xarakterlarga emas, balki bajarish tezligiga asoslangani sabab bo`ladi.Bundan tashqari, vazifalar ma’lum sondagi javoblarni belgilanmagan,bu natijani aniq hisoblash imkonini bermaydi. Shu sababli, ba’zi psixodiagnostlar kreativ testlar uchun va ularning natijalarini aniqlashda ishonchli mutaxassislarni jalb etishni taklif qiladilar. Hozirgi kunda talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda E.P. Gorrensning kreativlik testlaridan foydalanilmoqda. Gorrens test topshiriqlari ijodiy jarayon modeli sifatida ko‘rilib, unda talabalarning bilimi natijaga emas, balki ijod jarayoniga qaratilgan.1966-yilda angliyalik olimlar tomonidan Verbal shakldagi,; test ishlab chiqilgan. Bu test 5yoshli bolalardan boshlab kattalarga mo‘ljallangan,U to`rtta topshiriqdan iborat. Dastlabki uchta topshiq bir rasmga bog‘liq savollardan iborat: rasmga ko‘proq savollar tuzish,tasvirlangan narsalarning nima uchun chizilganligi va oqibatlari haqida iloji boricha ko‘proq sabablarni ко'r sat ish so‘raladi.


Yüklə 84,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin