2.2. PEDAGOGIK TADQIQOTLARDA ILMIY DALILLAR VA ULARNING ROLI Ilmiy dalilning mantiqiy-gnoseologik mohiyati. Dalil deb haqiqatni tasdiqlovchi, inkor etib bo‘lmaydigan narsa va hodisalar haqidagi bilimlar majmuasiga aytiladi. Dalilning asosan ikkita xususiyati bor: hayotiy bo‘lgan real voqealar, xususiyatlar, munosabatlar. bog‘lanishlar, o‘zgarishlar, jarayonlarni o'zida ifoda etadi; haqiqatni isbotlovchi fikrlami to‘laqonligini, inkor etib boimasligini, reallikka mosligini qaror toptiradi.
Tevarak atrofdagi barcha narsa va hodisalarning mavjudligi, barqarorligi, hodisalarga munosabat kabi jarayonlar dalillarga suyangan holda tahlil va mushohada qilinadi, Aslida esa dalil bolishi yoki bo‘lmasligi mumkin. Sababi, shunday narsa va hodisalar borki, ular dalil va isbotni talab qilmaydi, ularni tasvirlash uchun dalilga murojat qilish shart emas. Ammo, ilmiy ijodda dalil zaruriy talab hisoblanadi, u fanning ajralmas qismidir, zero fan yangi, haqiqiy bilimlarni berish uchun dalillarga suyanadi. Har bir ijod namunasi falsafaning kate- goriyalari bo‘lmish - sabab va oqibat, imkoniyat va voqeilik, mazmun va shakl, zaruriyat va tasodif, mohiyat va hodisa bir butun xolda hamda qismlar orqali ularning metodologik xususiyatlaridan foydalanib, o‘z xulosalarini chiqaradi. Bu xulosalar dalil tushunchasi orqali amalga oshiriiganda ijodda mustahkam o‘rinni egallaydi, ijod natijasi haqiqatga aylanadi.
Dalil faisafiy kategoriyadir. Demak, u universal xarakterga ega bo‘lib, barcha narsa va hodisalarga taalluqlidir. U haqiqatni to‘ldiruv- chidir. Ba’zi olimlar dalilni haqiqat sinonimidir, deb tushuntiradilar. Bu kategoriyalar o‘zaro yaqin boMsalarda, ular turlicha vazifalami bajaradilar. Awalo, haqiqat tushunchasi dalil tushunchasiga nisbatan keng ma’nodagi tushuncha bo‘lib, uning nisbiyligini qo‘shimcha dalillar bilan to‘idirish mumkin va hokazo. Haqiqatlar dalillarningyig‘indisidir.
Dalilning quyidagi turlari mavjud:
1.Haqiqiy dalil;
2.Yolg‘on dalil;
3.Toliq dalil;
4. To’liq bo'lmagan dalil;
Taxminiy dalil;
Isbotlanmaydigan dalil;
Isbotlangan dalil;
Ilmiy dalil va boshqalar.
Dalil turlari voqeilikdagi narsa va xodisalarning xarakteridan kelib chiqadi. Dalil alohida-alohida olingan narsa va hodisalami o'zida aks ettiradi. Umumiy dalilning bo‘lishi mumkin emas, dalil - konkret va aniqdir. Masalan, haqiqiy dalilda obyekt to‘g‘risida to‘la tavsif mujassamlangandir va tavsif haqiqatga zid kelmaydi, balki qonun va qonuniyatlar asosida vujudga kelgan bo‘ladi. Yolg‘on dalil esa buning aksi bo‘lib, qonunlar va qonuniyatga mos emasdir. U faqat insonning tafakkurida aks etadi, xolos. Yolg‘on dalillar shubhali bo‘lib, ulami bir necha bor tekshirish, aniqlash talab etiladi. Yolg‘on dalillar inson tomonidan nojo‘ya ish va faoliyatlar jarayonida qo’llaniladi. Ammo, yolg‘on dalillardan voz kechib bo‘lmaydi, ulaming foydali tomonlarini olib, hayotga tatbiq etish lozim. Masalan, shunday voqea va narsalar bo’ladiki, ular to‘g‘risida (vaziyatga qarab) yolg‘on dalil aytishga to'g'ri keladi, ya'ni ikkala qarama-qarshi tomonlami moslashtirish, uyg‘unlashtirish uchun vaqtinchayolg‘on dalildan foydalanish mumkin.
Bu bilan, albatta, yolg‘on dalillar ilmiy ijodning asosi ekan, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. ToMiq bo‘lmagan dalillar tug‘risida so‘z yuritganda, izlanuvchi o‘z fikrining ilmiyligini isbotlash uchun qo‘shimcha dalillar topishga xarakat qiladi. Qo‘shimcha dalillar esa to‘liq bo‘lmagan dalilni to‘liq dalilga aylanguncha unga ko‘maklashadi. Qo‘shimcha dalillar ilmiy ijodda katta ahamiyatga egadir.
Ilmiy ijodda shunday dalillar ham borki, ulami qayta isbotlashga to‘g‘ri keladi. CHunki davr o‘tishi bilan har qanday dalil qayta isbotlanishni talab etadi. Bu holat, ayniqsa, ilmiy kashfiyotlami ochishda ko‘proq ko‘zda tashlanadi. Isbotlangan dalillardan amaliyotda to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalaniladi.
Ilmiy ijod ilmiy dalillar negizida ish yuritadi, faoliyat ko‘rsatadi. Ilmiy ijodda dalillarga erishish og‘ir va mashaqqatli mehnatni talab etadi, vaqt va sabrlilikni istaydi.
Dalillarni qoiga kiritish bevosita va bilvosita bo‘!ishi mumkin. Ikkaia jarayon ham zaruriy holatdir. Bevosita dallilami qo‘lga kiritishda narsa va hodisalaming o‘z holati, taraqqiyoti, rivojlanishi kifoya qiladi. Bilvosita dallilami qo‘lga kiritishda ma’lum shart-sharoitlar, qo‘shimcha ashyolar, texnik vositalar, ko‘rgazmali qurollar talab etiladi. Demak, dallilami qo‘!ga kiritish subyektiv va obyektiv shart-sharoitlarga bogiiqdir.
Dalil insonning bilim doirasini kengaytiradi, bilim esa insonning ajralmas qismidir.
Moddiy olam oddiy bilim asosi bo'lgan cheksiz, rang-barang narsa va hodisalaming yig‘indisidan iboratdek bo‘lib ko‘rinadi. Ammo oddiy kuzatish asosida hodisalaming mohiyatini bilish mumkin emas. Agar bilish oddiy kuzatishdangina iborat boMsa, u vaqtda biz hodisalaming qonun va qonuniyatlarini asio bila olmas edik. Shu sababli ham, dalilning asosiy vazifasi moddiy olamni bilishda ishtirok etib, u to‘g‘risida inkor etib boMmaydigan fikrlar tasdig‘ini berishdir. Olam va uning qonuniyatlarini bilish osonlikcha kechmaydi. Olamni bilish g‘oyat murakkab jaravondir.U haqiqiy ilmiy dalilni, ijodni talab etadi.
Dalillar farazlarni tahlil qilish uchun ham asosdir. CHunki farazlar hali haqiqiy ilm emas. Farazlar ham bilishning ma’lum chegarasi bo‘lsa- da, inson farazlarga asoslanib faoliyat ko‘rsatmaydi. Farazlarning haqiqiyligini tekshirish, aniqlash dalillar yordamida amalga oshadi. Farazlarni hayotiyligini tasdiqlash yoki inkor qilish voqeilikning xarakteriga qarab tajriba yoki kuzatish, moddellashtirish, mantiqiy yondoshishlar orqali amalga oshiriladi. Har bir tadqiqot, ma’lumki, farazlarni o‘rtaga tashlash bilan boshlanadi. Bu farazlar tadqiqot negizini tashkil etsa-da, dalilga muhtoj. Ana shu dalil orqali tadqiqot natijasi ko‘rinadi. Ta’kidlash lozimki, nazariyalar ham dalillar yordamida o‘rtaga tashlanadi va o‘z navbatida isbotlanadi. Nazariyalar dalilsiz, dalillar nazariyasiz bo‘lishi mumkin emas. Aks holda nazariyalar inson miyasidagi mulohazalardan iborat bo‘lib qolaveradi.
Zamonaviy ilmiy tadqiqot amalga oshirilishidan avval metodologik jihatdan asoslangan bo‘lishi kerak (E.G.Yudin). Aslida tadqiqotni loyihalashtirish bosqichidayoq izlanuvchi mavzu va muammoning dolzarbligi, obyekt, predmet, maqsad, vazifalar, tadqiqot usullari, tadqiqot mantig‘i, ilmiy yangilig, amaliy natijalari, tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati kabi metodologik me’yorlar bilan ish ko‘radi, metodologik vositalar jamlanmasini tuzadi va aynan ushbu vositalar (yondashuvlar, usular, mezonlar) ilmiy natija olish uchun qulay va samarali hisoblanadi. Umumiy va me’yoriy metodologiuada, aniq-ilmiy fan metodologiyasida turli darajali metodologik vositalar - me’yor, aniq o‘!cham, standart, mezonlari ishlab chiqilgan. Bu esa paradigma deb ataladi.
Paradigma (grekcha, paradeigma) so‘zining o‘zi keng ma’noda turmush va fikrlashining biror sohasining fundamental asoslarini aniqlab beruvchi o‘ziga xos tuzilishga ega nazariya deb izohlanadi.
Pedagogikada paradigma atamasining ikki xil ma’nosini ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchidan, bu faylasuf T.Kunning klassik ta’li- motiga yaqin bo‘lib, umummilliy tushuncha hisoblangan paradigmalar ilmiy faoliyat modeli, tadqiqot me’yorlari, mezonlari, standartlari yig‘indisi, paradigma - ilmiy jamiyatdagi aniq fanlar yoki qator fanlarda umumiy tarzda qabul qilingan dunyoni tushuntirishga etakchi yondashuv, bir butun g‘oyalar, qadriyatlar yig‘indisi. E.V.Berejkova, V.V.Krayevskiy, N.A.Korshunova kabi olimlar ham xuddi shunday nuqtai nazarga asoslanadilar.
Xususan, E.V.Berejkova va V.V.Krayevskiylar tomonidan paradigma tushunchasiga shunday ta’rif berilgan: “Paradigma - fanning obyekti emas, uning o‘zi nazariy standartlar, metodologik me’yorlar, qadriyatli mezonlar sifatidagi ilmiy faoliyat. Paradigma - aniq vaqt doirasida ilmiy jamoatchilikka muammolarni qo‘yish va ularni hal etish modeli sifatida taqdim etiladigan barcha ilmiy yutuqlarga tegishli tadqiqot vazifalarini hal etish namunasi sifatida qabul qilingan nazariya (yoki muammolarni qo‘yish modeli).
Paradigmani ikkinchi tarzda tushunish uni ta’lim tizimini loyi- halashning asosi, g‘oya, yondashuv, tayanch modeli yoki ta’lim stra- tegiyasi sifatida izohlanadi. Bunday talqin etishda qoidaga muvofiq ta’limiy paradigmalar tushunchasidan foydalaniladi va u ta’limning asosiy yo‘nalganligini aks ettiruvchi atamalar, qo‘yilgan pedagogik g'oyalarning manbai va usulini o‘ziga qo‘shib oladi. Demak, shakllan- tiruvchi, insonparvar va ezoterik (I.A.Kolesnikov) avtoritar, manipulyativ va qo’llab-quvvatlovchi (G.B.Kometov), an’anaviy shakllan- tiruvchi, an’anaviy rivojlantiruvchi, shaxsga yo‘naltirilgan (S.V.Kulnevich) an’anaviy, ratsional va insonparvar (V.Ya.Pilipovskiy) ma’naviy va dunyoviy (I.A.Solovsova), pedagogik, androgogik, akmeologik, kognitiv va kommunikativ (Yu.G.Fokin) va boshqa paradigmalar ajratib ko‘rsatiladi. A.Kostinning tasnifiga muvofiq fundamental zamonaviy para- digmalarga quyidagiiar kiradi.
asosida faoliyatli yondashuv turadigan, markazida bilim turadigan, obyektiv-axboriy yondashuvli ta’lim mazmunini tashkil etishning fanga doir modeli;
-asosida faoliyatli yondashuv turadigan texnologik o‘qitish yoki o‘quvchilarning faoliyatiga bog’liq holdagi tuzilishga muvofiq ta’lim mazmunini tashkil etishning texnologik yo‘naltirilgan modeli;
-asosida o‘z mavqeini belgilab olish usullari, ta’limning individual yo‘nalganligi turadigan, asosiysi semantik individual rivojlanish bilan ta’lim mazmunining qo‘shilish usullari bo‘lgan ta’lim mazmunini tashkil etishning shaxsga yo‘naltirilgan, ya’ni antroponimik (P.G Izedrovich bo‘yicha) modeli;
-asosida so‘nggi ijtimoiy madaniy mexanizmlami translyasiya qiiish va ta’limiy qadriyatlami qaytadan tiklash turadigan uyushma, xalq, et- nik guruhlaming turli-tuman ijtirnoiy-madaniy o‘ziga xosliklari asosida tashkil etiladigan ta’lim mazmunini tanlab olishning ijtimoiy modeli;
-ta’limning maqsadli yo‘nalganligi yaxlit tarzda shaxsning rivojlanishini va o‘z-o‘zini rivojlanishiga yordam berish hamda zaruriy shart- sharoitlarni yaratishga asoslangan axborotlashtirishga almashtiriladi. Shu nuqtai nazardan dunyoning ehtimoliy modeli, uni o‘zlashtirish dara- jasini nafaqat uning bilishi, qanchalik darajada tushunishini, ya’ni mazmunini egallaganligini aniqlab beradi;
-ta’lim jarayonining ta’lim oluvchilaming ehtiyoj, qiziqish va ilm- koniyatlari bilan bog‘liqlikda tashkil etilishi, shaxsiy fikriy faoliyatni ta’minlash, mazkur ehtiyoj, qiziqish, imkoniyatlarni namoyon etish uchun zarur sharoitni yaratish asosida ta’lim oluvchiga nisbatan nuktai nazar o‘zgaradi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqishni talab etadigan yangi paradigmalaming paydo bo‘lishi amaliyotchi pedagog- larda ular asosida o‘z faoliyatini qayta qurish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Biroq “shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim”, “shaxsga yo'naltirilgan o‘qitish” tushunchalari mazmuni kundalik, shuningdek ilmiy darajada ham bir xil ma’noni ifoda etmaydi. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitishning mavjud konsepsiyasi uning an’anaviy, fanga yo‘naltirilgan o‘qitishdan o'ziga xosligi va farqi, eng awalo shundaki, o‘zlashtirilgan bilim va faoliyat usullari faqat birgina maqsadni aks ettirmay, balki insonning “shaxs bo‘lish” ehtiyojini amalga oshirish (A.V.Petrovskiy), “uning subyektiv- ligini shakllantirish”, shaxsning subyektiv tajribasini boyitish (I.S.Yakimanskaya), “shaxsiy vazifalar”ni amalga oshirish (V.V.Serikov), madaniyat kishisi sifatidagi indiv'idning shakllanishi (E.V.Bon- darevskaya) sharti, vositasidir.
Xulosa Xulosa qilib aytganda mamlakatimizda qilinayotgan islohotllarning barchasi bevosita barkamol avlodni tarbiyalashga borib taqaladi.Bunda esa eng asosiy rollardan birini o’qituvchi shaxsi o’ynaydi. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20.04.2017 yil 2909 “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi qarori e’lon qilindi. Ushbu farmonda Oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar etarli darajada olib borilmayapti. Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqanholda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash shart sharoitlari keltirib o‘tilgan. Hayotimizning barcha sohalari kabi ta’lim tizimini ham modernizatsiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Innovatsion ta’lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to‘liq mosligini ta’minlash yoshlarimizni bugungi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishning muhim omilidir. Har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni yetishtirish uchun albatta malakali, o’z mutaxassisligini chuqur egallagan o’qituvchilar zarur. Shuning uchun xozirgi kunda o‘qituvchilar oldiga juda ko‘p vazifalar qo‘yilmoqda. Shu bilan birga talabalarga xam. Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan ta’limtarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat.