Boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta


O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘lik bo‘lgan fanning nomi



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə116/170
tarix04.02.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#82813
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   170
40910202-Feldsher-laborantlik ishi (2) (2)

O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘lik bo‘lgan fanning nomi

“Anatomiya, fiziologiya va patologiya” , “Klinik laboratoriya tekshirish usullari”, “Tibbiy biologiya va odam genetikasi”, “Laboratoriya ishi texnikasi”

O‘qitishning tashkiliy shakli



N –nazariy ta’lim;
A –amaliy ta’lim;
NA –birgalikda tashkil etilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar;
MX –maxsus xonalarda mashg‘ulot.

Dasturga qo‘yilgan talab

Majburiy

O‘qitish tili

Guruhga tayinlangan dars tili asosida

Baholash tartibi

Joriy baholash tartibiga asoslanib

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash

Yozma,og‘zaki, savol-javob, munozara, test, amaliy topshiriq

2. O‘quv dasturi mazmuni





Mavzuning nomi

Mavzuning qisqacha mazmuni

Jami

O‘qitishni tashkiliy shakli

Mustaqil ta’lim

Nazariy

Amaliy

1

“Gistologiya va gistologik tekshirish usullari” fanining mohiyati, rivojlanish tarixi.
Gistologik tadqiqot usullari.

Gistologiya va gistologik tekshirish usullari fanining mazmuni, maqsadi va vazifasi. Gistologiya fanining tibbiy biologik fanlar bilan aloqasi. Gistologiya fanining tibbiyotda tutgan o‘rni. Gistologik tadqiqot usullari. Gistologiyaning tarixi. Mikroskopning yaratilishi va dastlabki gistologik tadqiqot- lar. Gistologiya fanining rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar.

2

2







2

Gistologik tekshirish laboratoriyasi-ning ish faoliyati bilan tanishish.

Gistologik laboratoriyalar ning asbob—uskunalari, jihozlarini o‘rganish. Mikrotom turlari bilan tanishish. Laborant-gistologning ish o‘rnini tashkil qilish. Texnika xavfsizligi va sanitariya-gigiyena qoidalari bilan tanishish. Mikroskop bilan ishlash qoidalarini bilish. Turli obyektivlarda gistologik preparatlarni mustaqil xolda o‘rganish.

4




4

4

3

Mikrotexnika.

Gistologik preparatlarga qo‘yiladigan talablar. Turli usullarda materiallarni tayyorlash. Material olish yo‘llari. Fiksasiya haqida tushuncha. Fiksasiyalovchi vositalar va ularni ishlatilishi. Fiksasiyalovchi eritmalarni tayyorlash. Fiksasiya qoidalari.
To‘qima bo‘lakchalarini spirtli batareyadan o‘tkazish. To‘qimalarga parafinni singdirishning qisqartirilgan usuli. Mikrotomlar va ular bilan ishlash. Mikrotom pichog‘ini mustaqil charxlash. Mikrotomda kesma olish texnikasi.
Kesmalarni bo‘yashning ahamiya- ti. Bo‘yashdan oldin parafinli kesmalarga ishlov berish. Deparafinizasiya. Kesmalarni bo‘yash.
Bo‘yalgan kesmalarni suvsizlan- tirish, yoritish va balzamda yoki polisterolda yakunlash.
Mustaqil holda eozinning suvli bo‘yovchi eritmasini, Erlih -ning va Bemer gemotoksilin eritmasini tayyorlash. Turli kesmalarni, yadro va sitoplazmani gemotoksilin-eozin bilan bo‘yash.

12




12

6

4

Gistologik tadqiqot usullari.

Suyakdan olingan materialni fiksasiyalash, yuvish va yog‘sizlantirish. Suyak bo‘lakchasini dekalsinasiyalash.
Gistologiya usulida turli organik va neorganik moddalarni aniqlash. Gistokimyo usulining gistologiyada tutgan o‘rni. Van –Gizon usuli bo‘yicha biriktiruvchi va mushak to‘qimalarini bo‘yash. Yog‘ va lipidlarni Sudan III bilan bo‘yash. Polisaxaridlarni Shiff-yod kislota reaksiyasi bilan aniqlash. Immunogistokimyoviy usulining gistologiyada tutgan o‘rni.

8




8

4

5

Hujayra va uning tuzilishi.
To‘qima haqida ma’lumot. Epiteliy to‘qimasi

Hujayra tarkibiy qismlari: hujayra membranasi, hujayra sitoplazmasi va hujayra yadrosi. Hujayraning organoidlari tuzilishi, funksional ahamiyati. Hujayra yadrosi tuzilishi, ahamiyati. Sitoplazma kiritmalari. Hujayraninig bo‘linishi.
Turli o‘simlik va hayvon hujayralarini va hujayraning ba’zi kiritmalarini (yog‘, uglevod, pigment) mikroskopda ko‘rish. Umumiy, maxsus organellalarini turli gistologik preparatlarda o‘rganish va ularning rasmini chizish.
To‘qimalar to‘g‘risida tushuncha. Gistogenez. To‘qimalarning tasnifi . Epiteliy to‘qimasining taraqqiyoti, faoliyati va umumiy belgilari. Uning organizmda joylashishi va tavsifi. Epiteliy turlari, tuzilishi va vazifasi. Epiteliy to‘qimasining regenerasiyasi. Bezli epiteliy.
Turli epiteliyni mustaqil holda mikroskopda ko‘rish va ularning rasmini chizish: bir qavatli yassi epiteliyni, bir qavatli kubsimon va silindrsimon epiteliyni, ko‘p qatorli hilpillovchi epiteliyni, ko‘p qavatli muguzlanmaydigan epiteliyni va muguzlanadigan hamda bez epiteliysini, epiteliy hujayrasining maxsus struktura- larini elektron mikrofoto- grammalarda o‘rganish.

8

4

4

4

6

Ichki muhit to‘qimalari.
Qon va limfa.
Biriktiruvchi to‘qima

Qon va limfaning tarkibi, ularning faoliyati. Qon plazmasi va shaklli elementlari. Eritrositlar, ularning tuzili shi, ahamiyati. Donador va donasiz leykositlar. Ularning turlari, tuzilishi va faoliyati. Leykositar formula. Trombo- sitlar- qon plastinkalari.
Qonning shaklli elementlari: eritrositlar, leykositlar, trom- bositlar tuzilishini mikros- kopda ko‘rib o‘rganish va rasmini chizishni.
Biriktiruvchi to‘qimaning taraqqiyoti, organizmda joyla- shishi, ularning tasnifi, tuzilishi, funksiyasi. Biriktiruvchi to‘qimaning hujayraaro moddalari va hujayralari. Tolali birikti ruvchi to‘qimalarning tuzilishi- dagi o‘ziga xos xususiyatlari, organizmda joylashishi va ahamiyati. Maxsus xususiyatga ega bo‘lgan biriktiruvchi to‘qimalar. Skelet to‘qimalari: tog‘ay va suyak to‘qimasi.
Tolali biriktiruvchi to‘qimalar tuzilishini mikroskopda ko‘rib o‘rganish. Maxsus hususiyatga ega bo‘lgan to‘qimalar tuzilishi: yog‘, pigment, shilliq, retikulyar to‘qima tuzilishini mikroskopda ko‘rib o‘rganish, rasmini chizish.
Plastinkasimon suyak to‘qimasi tuzilishini mikroskopda ko‘rib o‘rganish.Tog‘ay to‘qimasi turlari: gialin, elastik, kollagen tolali tog‘ay to‘qimasi tuzilishini mikroskopda ko‘rib o‘rganish, rasmini chizish.

10

6

4

4

7

Mushak to‘qimasi.
Asab to‘qimasi

Mushak to‘qimasining umumiy morfofunksional tavsifi. Silliq mushak to‘qimasi, tuzilishi va regenerasiyasi. Ko‘ndalang-targ‘il skelet mushak to‘qimasining tuzilishi. Mushak tolasining tuzilishi: bazal membrana, sarkolemma, yadrosi, umumiy va maxsus organellalari. Yurak mushak to‘qimasi tuzilishi.
Ko‘ndalang- targ‘il skelet mushak to‘qimasi, silliq mushak to‘qimasi va yurak mushak to‘qimasi preparatlarini o‘rganish va rasmini chizish
Asab to‘qimasining umumiy morfofunksional tavsifi. Neyronning tuzilishi, turlari, ahamiyati. Neyrogliya va uning xillari, tuzilishi, faoliyati. Miyelinli va miyelinsiz asab tolalarining tuzilishi. Asab oxirlari.
Asab hujayrasining tanasi, akson, dendritlarning tuzilishini mikroskopda ko‘rib o‘rganish va rasmlar chizish. Miyelinli va miyelinsiz asab tolalarining tuzilishini mikroskopda ko‘rib o‘rganish.

8

4

4

4

8

Yurak-qon tomir tizimi.
Qon yaratuvchi va immun himoya a’zolari

Yurak devorining tuzilishi. Yurak o‘tkazuvchi sistemasi. Qon tomirlar tasnifi, tuzilishi.
Turli ko‘rgazmali qurollarda yurak devorining tuzilishini o‘rganish.
Aorta, arteriya, vena, kapillyar va limfa tomirlari devorining tuzilishini preparatlarda mustaqil holda o‘rganib, ularning rasmini chizish.
Qon yaratuvchi a’zolarning tasnifi. Suyak ko‘migi: tuzilishi, turlari, faoliyati, qon bilan ta’minlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlari. Taloq tuzilishi, taloqdan qon aylanishi. Havo yo‘llarining va hazm yo‘llarining devoridagi limfatik folliku- lalar, ularning tuzilishi. Limfa tugunning gistofiziologiyasi.
Suyak ko‘migi, taloq, limfa tugunlari tuzilishini preparat- larda mustaqil holda mikroskopda ko‘rib o‘rganish, ularning rasmini chizish.

8

4

4

4

9

Nafas a’zolari tizimi.
Teri va uning hosilalari.

Nafas a’zolarining umumiy morfofunksional tavsifi. Havo o‘tkazuvchi yo‘llar va respirator bo‘limi. Burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, kekirdak va bosh bronxlar devorining tuzilishi. O‘pka ichidagi havo o‘tkazuvchi yo‘llar: bronxlar, bronxiola- larning o‘ziga xos tuzilishi. Alveola devorining tuzilishi. Alveolaaro to‘siqning tuzilishi. Aerogematik baryer. Plevraning tuzilishi, faoliyati.
Kekirdak, bronx, bronxiola va o‘pka preparatlarini mustaqil holda mikroskopda ko‘rish va ularning rasmini chizish.
Terining tavsifi, taraqqiyoti. Epidermis qavatlari, keratin -lanish jarayoni to‘g‘risida tushuncha. Dermaning so‘rg‘ichsimon va to‘rsimon qavatlarining tuzilishi. Teri osti yog‘ kletchatkasi-gipoderma. Yog‘, ter bezlarining tuzilishi, gistofi- ziologiyasi. Sochlarning tuzilishi va o‘sishini turli ko‘rgazmalarda o‘rganish.
Turli ko‘rgazmali qurollarda, preparatlarda teri va uning hosilalari tuzilishini o‘rganish, ularning rasmini chizish.

8

4

4

4

10

Ovqat hazm qilish tizimi.
Ichki sekresiya bezlari

Ovqat hazm qilish a’zolari ning umumiy morfofunksional tavsifi. Hazm yo‘llari devorining tuzilishi. Og‘iz bo‘shlig‘i: lab, milk, lunj, tanglay, til va yutqinni mikroskopik tuzilishi, so‘lak bezlarini, me’da osti bezi va jigarni tuzilishini turli ko‘rgazmalarda o‘rganish.
Og‘iz bo‘shlig‘i a’zolarining preparatlarini mikroskopda o‘rganish. Qizilo‘ngach, qizilo‘ngachning me’daga o‘tish qismi, me’da tubi, me’daning pilorik qismi, o‘n ikki barmoqli ichak, ingichka va yo‘g‘on ichak, me’da osti bezi, jigar preparatlarini mikroskopda o‘rganib, ularning rasmini chizish.
Ichki sekresiya bezlarining umumiy morfofunksional tavsifi. Ichki sekresiya bezlarining tuzilishi va gormonlari. Gormonlarning organizmdagi ahamiyati.
Gipofiz, epifiz bezi, qalqonsimon bez va qalqonsimon bez oldi bezi, buyrak usti bezi timus preparatlarini mikroskopda o‘rganib, ularning rasmini chizish.

10

2

8

4

11

Siydik ajratish va jinsiy azolar tizimi.

Buyrakning mikroskopik tuzilishi. Nefronning ultramikroskopik tuzilishi. Nefron va yig‘uv nayining gistofiziologiyasi. Yukstaglo- merulyar kompleksning tuzilishi, faoliyati. Siydik naylari, qovuq va siydik chiqaruv yo‘lining mikroskopik tuzilishini turli ko‘rgazmali qurollarda o‘rganish.
Urug‘donning tuzilishi, uning generativ va endokrin faoliyati. Urug‘ yo‘llari, prostata bezining tuzilishi.
Tuxumdon, bachadon, bachadon nayining mikroskopik tuzilishi. Hayz sikli va uning fazalari, hamda hayz siklini ovarial sikl bilan bog‘liqligi.
Buyrak, siydik nayi, qovuq, urug‘don, prostata bezi, tuxumdon, va bachadon preparatlarini mustaqil holda mikroskopda o‘rganib, ularning rasmini chizish.

6

2

4

3

12

Asab tizimi.
Sezgi a’zolari

Asab tizimiining morfofunk- sional tasnifi. Orqa miya va bosh miyaning tuzilishi, vazifasi, ahamiyati. Miyacha tuzilishi va faoliyati. Bosh miya yarim sharlarining po‘stloq qavatining tuzilishi. Vegetativ asab tizimi.
Bosh miya, miyacha, orqa miya, vegetativ asab tuguni preparatlarini mustaqil holda mikroskopda ko‘rib, rasmini chizish.
Ko‘z olmasining fibroz pardasi, tomirli pardasi, to‘r pardasining tuzilishi, faoliyati. Shishasimon tana va ko‘z gavharining tuzilishi, faoliyati. Eshituv va muvozanat a’zosi tuzilishi. Ta’m bilish piyozchalarining tuzilishi.
Ko‘z, kortiyev a’zosi, ta’m bilish piyozchalarining preparatlarni mustaqil holda mikroskopda ko‘rish va ularning rasmini chizishni.

6

2

4

4


Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin