Tuzuvchilar: A.K. Jamolov- Siyob Abu Ali Ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi
texnikumi o‘quv ishlari buyicha
direktor o‘rinbosari Pedagogika
fanlari buyicha PhD falsafa Doktori
Yu.Sh Ruzimurotova- Siyob AbuAli ibn Sino nomidagi jamoat
salomatligitexnikumi oliy
toifali o‘qituvchisi
Taqrizchilar: Aminov Z.Z - SamDTI Jamoat salomatligi va
sog‘liqni saqlash menejmenti
kafedrasi mudiri
O.M.Ibragimov- Siyob Abu Ali ibn
Sino nomidagi Jamoat salomatligi
texnikumi direktori.
1. O’quv dasturi umumiy talablari
Dasturnomi
Valeologiya
Ajratilgansoat
40
Mavzular soni
15
Dasturningmaksadi
Valeologiyaning turli xil-tibbiy, tabiiy, biologik, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, ma’rifiy, ma’naviy va boshqa fanlar asosida vujudga kelgan integrativ fan ekanligini ta’kidlash. Valeologiya - inson salomatligi to‘g‘risidagi fan ekanligini isbotlash. «O‘zligini anglash»ning valeologik ahamiyatini tushuntirish. Har bir inson organizmidagi o‘z ichki imkoniyatini (potensialini) mustahkamlashga intilishi kerakligiga da’vat etish. Organizm quvvatini-salohiyatini oshirishlikda barcha imkoniyatlardan samarali foydalanishlikka intilishi kerakligini eslatib o‘tish. Har bir shaxs o‘zi va boshqalar uchun «Soglom turmush tarzini» yaratishligi. «Soglom avlod orzusi»da yashashlik va unga erishishlikka imkoniyat yaratishlik. Salomatlikni saqlash, mustahkamlash va uzoq umr ko‘rishlikka da’vat etishlik.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
Valeologiya haqida tushuncha va valeologiya fanining usullarini;
Odam organizmini ichki imkoniyatlarini oshirish yo‘llari;
Aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash va kasalliklarni oldini olish asoslarini o‘zlashtiriladi.
Salomatlikni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan ijobiy xayot tarzini shakllantiriladi.
Profilaktik tibbiyotning muammolari, salomatlikni asrash va mustahkamlash masalalarini aniqlashni o‘rganiladi.
Bilim
Valeologiy integrativ fan sifatidamavjudbarchafanlarningyutuqlaridaninsonsalomatligiuchunulardanfoydalanishlik (anatomiya, fiziologiya, gistologiya, embriologiya, biologiya, bioximiya, biofizika, psixologiya, gigiyena, ekologiya vaboshqalar).
O‘zligini anglashlikning ilmiy asosda tushuntirishlik va uning valeologik ahamiyatini ta’kidlash.
Inson organizmining birqancha a’zolar va tizimlar (sistemalar)dan iborat ekanligi hamda ularning bir butunligi va o‘zaro-uzviy bogliqligining valeologik ahamiyatini tushuntirish.
Turli xil yuqumli va boshqa kasallikpardan saqlanishlikka undash.
Narkomaniya va toksikomaniyaning organizmga salbiy ta’sir etishligi va umr zavoli ekanliklarini (narkotik va psixotron moddalar, alkogolli ichimliklar iste’mol qilishlik, chekish va boshqalarning salbiy ta’sirlari) tushuntirish.
OITS (SPID) va OITV (VICh) - infeksiyaningo‘tazararliekanligivauningprofilaktikasigaundash.
Yod, temir va boshqa mikroelementlar tanqisligi natijasida turli xil kasalliklarning kelib chiqishini oldini olishlikka da’vat etishlik.
Rak, tuberkulyoz, diabet, semirishlik, infarkt, insult, turli xildagi infeksion kasalliklar, jinsiy a’zo va teri kasalliklari, skleroz, jinsiy ojizlik va boshqalarni oldini olishlik
Ruhiy va jismoniy tarbiyalarni o‘ta barvaqg boshlashlikning valeologik ahamiyatini tushuntirish.
Har bir shaxs, eng avvalo, o‘z salomatligining mustahkamligi ustida qayg‘urishi va shu kabilarga da’vat etishlikdan iboratdir.
Kunikma
Salomatlik miqdorini o‘rganish;
Individual sog‘lomlashtirish dasturlarini amaliyotga tadbiq etish;
Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
Aholiga ta’sir ko‘rsatishning individual, guruh va populyasion darajalari aniq mexanizmlar va organizmning rezervlarini aniqlash;
Aholi bilan ish olib borishda maqsadli guruhlar, tamoyillar, standartlar va algoritmlardan foydalanish mexanizmlari yoritib berish;
Antistress dasturlarini yaratish;
Profilaktik tibbiyotning muammolari, salomatlikni asrash va mustahkamlash masalalarini aniqlash
O‘quv rejasiga muvofik uzaro bog‘lik bo‘lgan fanning nomi