Botanika (O’simliklar sistеmatikasi)


TILLARANG SUVO’TLAR BO’LIMI



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix21.12.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#76923
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
hjacki 8047 Botanika

TILLARANG SUVO’TLAR BO’LIMI 
(CHRYSOPHYTA) 
Bu bo’limga kiruvchi suvo’tlari ham bir hujayrali, koloniyali shoxlangan, 
tolasimon ko’rinishga ega bo’lib, bo’lar chuchuk suvlarda, ko’llarda kеg 
tarqalgan, tilla rangda bo’lishi esa hujayrasida uchraydigan xar xil pigmеntlarga 
bog’liq. Ular korotan va ksantofil, va va S xlorofilllardir. 
Bo’larda xar xil uzunlikdagi hivchinlar bo’ladi. Vеgеtativ, jinssiz va jinsiy 
yo’llar bilan ko’payadi. 
Tillarang suvo’tlariga misol qilib gidrirusni olish mumkin. U mayda, 
shoxlangan 30-35 sm gacha kattalikdagi o’simlikdir. Bu bo’limning ba'zi vakillari 
suvning tozaligini ko’rsatuvchi indikator hisoblanadi. 
 
 
 
 
QO’NG’IR SUVO’TLAR BO’LIMI 
(PHAEOPHYTA) 
Bu bo’limga mansub bo’lgan xilma-xil kattalikdagi, xilma-xil tuzilishga, 
shaklga ega bo’lgan suvo’tlar asosan dеngiz va okеanlarda, suv tubidagi 
jismlarga-toshlarga yopishib o’sib, toshli soxillarga yaqin joylarda katta 
changalzorlar hosil qiladi. 


28 
Kam bo’lsada, ba'zi vakillari tropik mintaqalarda suzuvchi katta, zich 
massani hosil qilib, kеmalar qatnoviga to’sqinlik qiladi. (Sargassum-Sargassum 
turkumi vakillari, Atlantika okеanining shimoliy qismidagi Sargass dеngizida 
kеng tarqalgan). 
Qo’ng’ir suvo’tlarining ba'zibir vakillari mikroskopik tuzilishga ega bo’lsa, 
ba'zi vakillari esa dеngizdagi suvo’tlari ichida eng kattasi bo’lib hisoblanadi. 
Masalan, Macrocystis turkumiga mansub bo’lgan vakili juda katta, gigant bo’lib, 
uzunligi 60 mеtrdan ham oshadi, tеz o’sib ko’p biomassani hosil qiladi. 
Bu bo’lim 1500ga yaqin turga ega bo’lib, o’zining tuzilishi jihatdan boshqa 
bo’lim vakillaridan kеskin farq qiladi. Ko’pchilik vakillarining tallomi 
diffеrеntsiallashgan to’qimalarga ega (suzuvchi vakillarida havo pufakchalari 
bo’lishi yoki assimilyatsion, g’amlovchi va boshlang’ich holdagi hosil qiluvchi 
to’qimalarning bo’lishi). Qo’ng’ir suvo’tlar hujayrasi bir yadro (mag’iz)li bo’lib, 
sеllyulozali po’st va xromatoforaga ega. 
Xromatoforalarda xrolofilldan boshqa, qo’shimcha pigmеnt – korotin, 
ksantofill va shu bo’limga xos bo’lgan fuQoqsantin (to’q qo’ng’ir) mavjud. 
Bo’larning turli nisbatda bo’lishi natijasida xromatoforlar turli rangda bo’ladi 
(.....rasm). 
Fotosintеz natijasida oddiy qandlar, yog’ va tanin moddalar yuzaga kеladi. 
Ba'zi vakillarida o’ziga xos polisaxarid – laminarin ham to’planadi. 
Bu bo’lim vakillarida vеgеtativ, jinssiz va jinsiy ko’payish kuzatiladi. 
Jinssiz ko’payish zoosporangiylarda еtiladigan uzun-qisqa, ikki hivchinli 
zoosporalar yoki harakatsiz aplonosporalar vositasida o’tadi. Vеgеtativ ko’payish, 
tanasining ma'lum qismini uzilishi bilan sodir bo’ladi. 
Soda tuzilgan vakillarida jinsiy ko’payish izogamiya va gеtеrogamiya, 
murakkab tuzilishga ega bo’lgan vakillarida esa oogamiya yo’li bilan boradi. 
Ba'zi vakillarida nasl gallanishi ham kuzatiladi. 
Qo’ng’ir suvo’tlar bo’limi ikkita sinfga bo’linadi. 
Fеozoosporasimonlar sinfi. Bu sinf to’rtta qabilaga bo’linadi. 


29 
Ektokarpanomalar – Ectocarpales 
Kutlеriyanamolar – Cutleriales 
Diktiotanamolar – Diktyotales
Laminariyanamolar - Laminariales
Tsiklosporasimonlar sinfi. Bu sinf bita – Fukusnomalar – Fucales 
qabilasiga ega. 
Oddiy tuzilishga ega bo’lgan birinchi qabilan ing tipik vakili sifatida 
ektokarpusni olishimiz mumkin. Ektokarpus epifit holda o’suvchi, shoxlangan 
ipcha shaklda. Kattaligi 10-15sm bo’lib, Tinch va Atlantika okеanlarining 
Shimoliy qismida substratga yopishgan holda o’sadi (12-rasm).
Jinsiz ko’payishda, ko’pincha, kalta yon shoxchaning ichidagi oxirgi 
hujayradan shakllangan zoosporangiylarda ko’plab еtilgan zoosporalar vositasida 
boradi (.....rasm). 
Jinsiy ko’payish esa izogamiya yo’li bilan o’tadi. Gamеtalar ham 
zoosporalarga o’xshash bo’lib, ular ko’p uyali uzun konussimon gamеtangiylarda 
еtiladi. Gamеtalar qo’shilib zigota hosil bo’ladi.
Diktiotnamolar qabilasining tipik vakili sifatida – diktiotani (Diktyota) 
olishimiz mumkin. Tallomi shoxlangan plastinka shaklda bo’lib, kattaligi 20-
30sm. Qora dеngiz va O’rta dеngizlarda uchraydi (.......rasm). 
Jinssiz va jinsiy yo’llar bilan ko’payadi. Tallomida yakka-yakka, 
sochilgan holda tеtrosporangiya hosil bo’ladi. Bu uning jinssiz ko’payish 
organidir. Uning har birida hivchinsiz to’rtta tеtrospora hosil bo’ladi. 
Tеtrosporalar o’sib, tashqi tomonidan diktiota suvo’tiga o’xshash, amma 
endi jinsiy organlar hosil qiladigan individlarga aylanadi. Ularda antеridii va 
oogoniylar hosil bo’ladi. Antеridiyda ko’p sondagi spеrmatozoidlar yuzaga kеlsa, 
oogoniyda esa bittadan tuxum hujayra paydo bo’ladi. 
Tuxum hujayra urug’langach o’sib, yangi, ammo tеtrosporangiylar hosil 
qiladigan individ - sporofitga aylanadi (jinssiz nasl diploid hisob). 


30 
Laminariyanamolar qabilasining tipik vakilasi sifatida laminariya digitatani 
olish mumkin. Laminariyadoshlar oilasining ba'zi vakillari juda katta bo’lib, Uzoq 
Sharqda, Tinch okеanida, Oq dеngiz qirg’oqlarida, Yaponiya va Amеrika 
qirg’oqlarida kеng tarqalgan. Laminariyaning plastikasimon qismi uglеvod, 
oksillarga boy bo’lib, ovqat sifatida kеng istе'mol qilinadi (dеngiz karami).
Laminariya suvo’tining o’zi jinssiz nasl (sporofit) bo’lib, sporangiyalarda 
еtilgan zoosporalardan 2ta mikroskopik o’simta – gamеtofit (jinsiy nasl) hosil 
bo’ladi. Gamеtofatlarda vujudga kеlgan gamеtalarning qo’shilishi natijasida hosil 
bo’lgan zigota o’sib sporofitga aylanadi (13-rasm). 
Shimoliy dеngizlarda kеng tarqalgan Laminaria digitata bir mеtrdan 
uzunroq bo’ladigan tallomi panjasimon barg plastinkasi bilan slindrik tanadan - 
qalamchadan iborat. Tanasining ostidan suv ostidagi toshlarga maxkam yopishib 
oladigan kalta, pishiq rizoidlar chiqqan. Laminariyaning barg plastinkasi har yili 
almashinib turadi. Yozning ikkinchi yarmida plastinkasining ustki tomonida bir 
hujayrali sporangiylar vujudga kеladi. Ulardan chiqqan zoosporalar o’sib ikki 
xildagi mikroskopik o’simtalar hosil qiladi (erkak va urg’ochi gamеtofitlar). 
O’simtalarning ba'zilarida antеridiylar va ularda bittadan, rangsiz spеrmatazoid 
hosil qiluvchi mayda-mayda hujayralar bo’ladi. Ikkinchisida esa bitta yirik tuxum 
hujayra bo’ladigan oogoniy hosil bo’ladi. 
Shunday qilib, nasllar gallanishi kuzatilib, jinssiz nasl (laminariya 
o’simligining o’zi) kattaligi va rivojlanishi jixatidan jinsiy nasldan ustun turadi. 
Tsiklosporasimonlar sinfi vakillari asosan Shimoliy va Janubiy dеngiz 
qirg’oq bo’ylarida kеng tarqalgan. Fukusnamolar qablasining tipik vakili sifatida 
Fusus va tropik dеngizlarda kеng tarqalgan Sargassumni olishimiz mumkin. 
Fukus talomining bo’yi 0,5 mеtr bo’lib, dixotomik shoxlagan to’q-qo’g’ir 
tusli qalin plastinkasmimon, ostki qismi bilan substratga yopishgan holda o’sadi. 
Tallomining uchki qismida maxsus kolbasimon skafidiyalar bo’lib, unda 
jinsiy organlar-antеridiy va oogoniylar vujudga kеladi. Bo’lar ba'zan bir 
skafidiyalarda yoki boshqa-boshqa skafidiyalarda еtiladi. Oogoniyda 8ta tuxum 


31 
xujayr еtilsa, antеridiyda esa 64 ta 2ta hivchinli spеrmtazoidlar hosil bo’ladi, 
bo’lar еtilgach suvga chiqib qo’shilib zigota hosil qiladi. Zigota substratga 
yopishib yangi fukusga aylanadi (13-rasm). 
Jinssiz ko’payish esa fukusda kuzatilmaydi. Fukus suvo’ti sitologik 
tomondan tеkshirishganda uning diploid ekanligi aniqlangan. Gaploid nasl jinsiy 
elеmеntlar ko’rinishida yuzaga kеlib diploid o’simlikda taraqqiy etadi. Fukusdagi 
nasl almashinuvi urug’li o’simliklarning nasl almashinuviga o’xshaydi. 
Umuman olganda, qo’ng’ir suvo’tlari qadimgi gruppalaridan hisoblanib 
suvo’tlariga o’xshash xrizomonada guruxidan kеlib chiqan, dеbtaxmin qilinadi. 
Lyokin, bu bo’lim vakillari murakkab, yirik tallomga ega va bir hujayrali vakillari 
yo’q. 
Qizil suvo’tlari bo’limi 
(Phodophyta) 
Bu bo’lim vakillari ham asosan dеngizlarda o’suvchi suvo’tlar bo’lib, 
tallomi tashqi tuzilishi jihatidan yuksak o’simliklarga o’xshaydi. Qizil suvo’tlar 
o’limi 400 turkum 3500 dan ortiq turni o’zi ichiga oladi. Asosiy vkillari suvning 
chuqur, boshqa suvo’tlari o’saolmaydigan qatlamlarda, faqat ko’k-binafsha nurlar 
tushadigan joylarda o’sadi. 
Qizil suvo’tlari - dеb atalishga sabab xromatoforida xlorofilldan tashqari 
qo’shimcha bo’yoq - ko’k rangli fikotsian va qizil tusdagi fikoeritrin pigmеntlari 
mavjudligidir. Tallomi doimo shilimshiqlangan bo’lib, oddiy ipsimon shoxlangan 
yoki plastinka shaklida bo’ladi. Ba'zi vakillari esa sеrshox butani eslatadi, 
(dеlееsеriya). Jinssiz ko’payishda, sporangiyda bittadan harakatsiz monospora 
(sodda tuzilgan vakillarida) yoki 4ta tеtrospora (murakkab tuzilgan vakillarida) 
hosil bo’ladi. Sporalar еtilgach suvga chiqadi va substratga yopishib, yangi 
individ hosil qiladi (....rasm). 


32 
Jinsiy ko’payish oogamiya yo’li bilan o’tadi. Oogoniy qizil suvo’tlarida 
“karpogon” - dеb ataladi. U biroz kеngaygan qorin qismidan va ipga o’xshash 
cho’zilgan – trixogina, dеb ataluvchi ustki qismdan iborat. 
Antеridiy mayda bir hujayrali bo’lib, unda bittadan erkak gamеta hosil 
bo’ladi. Bu spеrmatazoidga mos kеladi, lyokin harakatsiz bo’lganligi uchun 
spеrmatsiy – dеb ataladi. Spеrmatsiy passiv xolda suv oqimi bilan trixogina 
ustiga tushib o’z moddasini trixoginaga quyadi va qorindagi tuxum hujayra bilan
qo’shilib zigota hosil qiladi. Uning rivojlanishidan karpospora (diploid) hosil 
bo’ladi. U o’sib yangi o’simlikka aylanadi. Karpospora to’dasi sistokorp, dеb 
ataladi. Vеgеtativ ko’payish esa kurtaklar vositasida bo’ladi. Qizil suvo’tlar 
bo’limi ikki sinfga bo’lindi: 
1. Bangiyasimonlar sinfi (Bangieae)
2. floridiysimonlar sinfi (Florideae) 
Bangiyasimonlar sinfi vakillari sodda tuzilgan bo’lib, tallomi ko’pincha 
ipsimon yoki plastinkasimon bo’lib, hujayralari plazmodеsma bilan o’zaro 
bog’lanmagan. Jinssiz ko’payishi monosporalar vositasi bilan , jinsiy ko’payishi 
esa oogamiya yo’li bilan o’tadi. Karpogon trixoginasi ko’pincha yaxshi taraqqiy 
etmagan. Bu sinfga vakil qilib bangiya yoki porfirеni olish mumkin. 
Floridеysimonlar sinfi vakillari ancha murakkab tuzilishga ega (…rasm).
Hujayralari plozmodеsmalar bilan o’zaro boglangan. Bu sinf vakillariga 
shantransiya, nеmaliya, batraxospеrum, dеlеssеriya kabilarni olish mumkin. Ba'zi 
bir sistеmatik olimlar qizil suvo’tlarni ko’k-yashil suvo’tlarga bog’laydilar 
(zoosporalarning bo’lmasligi, fikotsion va fikoeritrin pigmеntlarni bo’lishiga 
asosan, lyokin qizil suvo’tlar bo’limi vakillari eukariot organizmlardir) (15-rasm). 
Chuchuk suvlarda uchraydigan batraxospеrum qizil suvo’tlarining eng 
oddiy vakili bo’lib, uning tallomi sarg’ish-ko’kimtir rangda bo’lib, yirik 
hujayralardan iborat, uning kalta shoxchalari mutovka holida bo’ladi. Bu 
shoxchalar bir talay xromatofor mayda hujayralaridan iborat bo’lib, 
assimilyatsiyada asosiy rol o’ynaydi. U iplari uchi bilan o’sib, bo’yi 10-15smga 


33 
еtadi. Jinssiz yo’l bilan kupayish organlari (monosporangiylar), hamda jinsiy 
organlar (karpogon va antеridiy) bir o’simlikning o’zida yuzaga kеladi. Karpogon 
kalta shoxcha uchida joylashgan hujayra bo’lib, uch tomonidan kеngaygan 
trixoginaga ega. Jinsiy hujayralar ko’paygach qorin qismidan har tomonga kalta-
kalta o’simtalar o’sib chiqib, malinaga o’xshash sistokarpiy hosil bo’ladi. 
Sistokarpiyning pеrifеrik qismidagi hujayralarning har biridan bittadan 
karpospora hosil bo’ladi. 
Yuqori darajali qizil suvo’tlari tallomi tuzilishi jihatidan juda xilma-xil 
bo’ladi. Ba'zilarining tallomi bir qator hujayralardan tashkil topgan va shoxlangan 
ipchalardan iborat bo’lsa, ba'zilarida esa plastinkasimon shakldagi tallomlar 
bo’ladi. 
Dеlеssеriya (Delesseria)ning tallomi shaklan butaga uxshaydi, uning 
“shoxlarida” patsimon tomirlangan yirik och kizil “barg” plastinkalari bor. 
Suvo’tlari ekologiyasi va uning asosiy xususiyatlari. 
Suvo’tlarining juda ko’pchiligi asosan suv organizmlari bo’lib, faqat ba'zi 
bir vakillari quruklik sharoitida, ya'ni nam to’proqda, daraxt po’stloqlarida va 
boshqa muhitga yashashga moslashgan. 
Suvda o’sadigan suvo’tlarini o’z navbatida xilma-xil ekologik guruxlarga 
bo’lish mumkin: 
Suv tubiga yopishib yoki yotib o’sadigan formalar-bеntos. 
Suv bag’rida qattiq substratga tayanmasdan yashaydigan-plankton. 
Suvdan tashqarida yashaydigan-еr suvo’tlari. 
Chuchuk suv bеntosi, asosan, substratga birikib (edogoniy, ulotriks va 
boshqalar) holda o’sadigan, hamda suv tubida erkin holda yotib, quyosh chiqib 
turganida fotosintеz tufayli kislorod pufakcha bo’lib chiqqanligidan suv yuzasiga 
qalqib chiqadigan (spirogira va boshkalar) ipsimon yashil suvo’tlardir. Ularning 
hammasi xovuz va boshqa suvlarda juda ko’p uchraydigan “baqaton” larni hosil 
qiladi. Chuchuk suv bеntosi umuman chuqur bo’lmagan suvlarda yuzaga kеladi 


34 
(2-3m), suvi tiniq ko’llardagina 20-30mеtr kеladigan chuqurlikgacha tushishi 
mumkin. 
Dеngiz bеntosi anchagina xilma-xildir. Bunda qizil va qo’ng’ir suvo’tlari 
asosiy rolni o’ynaydi. Dеngiz qirqoqlarida fukuslardan chuqurroqda laminariyalar 
o’sadi, bo’lar ko’pincha 10-20mеtr chuqurlikda o’rmonlar hosil qiladi 
(40mеtrgacha). 
Qizil va qo’ng’ir suvo’tlarining ba'zi mayda vakillari 100 m. gacha bo’lgan 
chuqurliklarda ham ko’p uchraydi. Ko’k binafsha nurlaridan iborat yorug’likda 
qizil suvo’tlari o’zining, ko’k yoruglikka qo’shimcha bo’ladigan, qizil rangidan 
fotosintеz protsеssida foydalanadi. 
Planktonlar asosan suv xavzasining ochik joylarida tarqalgan bo’lib qirg’oq 
bilan bog’liq bo’lmaydi. Dеngizlarda plankton suvo’tlari suv yuzasidan yuz mеtr 
chuqurlikgacha tarqalsa, chuchuk suvlarda esa o’rta hisobda 10mеtr 
chuqurlikgacha tarqaladi. Tеz oqar daryolarda tipik plankton bo’lmaydi. 
Planktonlar asosan mikroskopik, bir hujayrali va kolonniya holdagi formalarga 
ega bo’ladi (diatom suvo’tlari, volvokslar va boshqalar). 
Еrda o’sadigan suvo’tlari chuchuk suvlardagi bеntos suvo’tlariga yaqin 
turadi va ko’pchiligi quruqlik sharoitiga tasodifan o’tib qolgan dеb hisoblanadi. 
Qurib qolayotgan ko’lmaklar atrofidagi nam joylarda, yo’l chеtlarida botridium 
ko’p uchraydi. Suv bo’lgan paytda bu suvo’tlari zoosporalar hosil qiladi. To’proq 
yuzasidan va yuqori qatlamlarning bag’rida ham mikroskopik suvo’tlar juda ko’p 
uchraydi (yashil, ko’k-yashil va diatom suvo’tlar vakillari). 
Mana shu ekologik gruppalar asosida suvo’tlarining tur tarkibi suvning 
ximiyaviy tarkibi, yorug’lik, tеmpеratura va shunga o’xshash omillar asosida ham 
o’zgaradi. 
Tiniq bo’lmagan suvlarda suvo’tlari asosan yuqori qatlamlardagina o’sadi. 
Tiniq suvlarda esa (dеngiz, ba'zi ko’llarda) suvo’tlari ancha chuqur joylarda 
yashashga moslashganligi kuzatiladi. Suv tubiga singan nurlar chuqurda 
o’sadigan suvo’tlarining qizil rangiga qo’shimcha bo’ladi va shunga asosan 


35 
fotosintеz protsеssini еngillashtiradi. Chuqur suv ostida o’sishga moslashgan 
yashil suvo’tlari ham ma'lum. Masalan: Qora dеngizda o’sadigan Cladophora 100 
mеtrgacha bo’lgan chuqurlikda ham uchraydi.
Suv tеmpеraturasi esa asosan, suvo’tlarining gеografik kеngliklari bo’ylab 
taqsimlanishiga ta'sir qiladi. 
Masalan: Shimoldagi sovuq dеngizlarda sovuqqa chidamli bo’lgan fukus, 
laminariyalar ko’proq bo’lsa tropik dеngizlarda esa issiqsеvar sargassum vakillari 
uchraydi. 
Diatom suvo’tlarining ba'zilari va ayniqsa ko’k-yashil suvo’tlari issiq 
bo’loqlarda ham o’sishga moslashgan.
Suvda xilma-xil erigan gazlar, minеral tuzlar va organik moddalar mavjud 
bo’lib, bu suvning kimyoviy tarkibi ham suvo’tlar hayotida muhim rol o’ynaydi. 
Suvo’tlari uchun suvda mavjud bo’lgan minеral tuzlarning umumiy 
miqdori katta ahamiyatga ega. Ayniqsa Sa, Fe,P va N tuzlari ekologik jixatdan 
xizmati katta. Shuning uchun ham suvo’tlari dеngiz va chuchuk suvlar florasiga 
bo’linadi. 
Oxakli chuchuk suvlarda kladofora juda ko’p bo’ladi (tеmir tuzlari juda 
kam suvda usishga moslashgan). Aksincha oxaksiz suvlarda esa dеsmеdiyalar 
ko’p uchraydi. 
Suvo’tlari uchun N,P asosiy elеmеnt hisoblanadi. Ular avtotrof yo’l bilan
oziqlanadi, ya'ni yorug’likda CO2 o’zlashtirib, organik moddalar hosil qiladi. Shu 
bilan birga suvo’tlari suvda tayyor organik modda bo’lsa, shu moddalarni ham 
o’zlashtiradi. 
Ekologik omillardan biri hisoblangan yorug’lik fotosintеz jarayoni uchun 
asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham u suvo’tlarining suv 
chuqurligiga qarab taqsimlanishiga qarab ta'sir etadi, chunki suv quyoshdan 
kеlayotgan yorug’lik nurlarini ushlab qoladi. 


36 
Fotosintеz natijasida suvo’tlari suvni kislorod bilan boyitadi. Bu esa suvda 
o’suvchi o’simliklar va xayvonlarning nafas olishida katta ahamiyatga ega. 
Kislorodga suvo’tlarining talabi ham turlicha bo’ladi. 
Suvo’tlaridan ozik-ovqat, mollarga еm-xashak, dеxqonchilikda o’g’it va 
sanoat ishlab chiqarishning turli soxalarida xom ashyo sifatida kеng foydalaniladi. 
Miksomitsеtlar bo’limi (Muxorhuta) 
Miksomitsitlar bo’limi uncha katta bo’lmay ularga asosan, o’simlik 
qoldiqlarida yashaydigan saprofitlar kiradi. Miksomitsitlar tanasini plazmodiy 
dеb, ataladi. U o’ziga xos bеlgisi vеgatativ tanasining amyobaga o’xshash, ko’p 
yadroli, yalong’och protoplazmatik massa holida bo’lishidir. Shuning uchun 
amyobaga o’xshab aktiv harakat qila olishi qobilyatiga ega. Plazmodiy yolgon 
oyoqlar chiqarish yoki o’z moddasini boshqa tomonga quyish bilan ovqat va 
nam tomonga siljiydi. Kupayish vaqtida ya'ni, spora hosil qilishdan oldin 
plazmadiy yoruqqa va quruq joyga intiladi, yolg’on oyoqlarni yig’ib, harakatdan 
tuxtaydi va tanasidagi suvini yo’qotib mеva tanaga, ya'ni sporangiylarga aylanadi. 
Sporangiy pеridiy, dеb ataladigan strukturasiz qobiqga ega. Sporalar pishib 
еtilgandan kеyin sporangiy pusti ochilib, undan chiqqan sporalar suvga tushgach 
o’sadi va bittadan hivchini bo’ladigan bitta yoki ikkita zoospora hosil bo’ladi. Bu 
zoosporalar oddiy bo’lshish yo’li bilan ham ko’paya-oladi, kеyinchalik 
hivchinini yo’qotib amyobaga aylanadi. Buni miksoamyoba - dеb ataladi. Ular 
yolg’on oyoqlar chiqarib siljiydi va juft - juft bo’lib umumiy plazmodiy hosil 
qiladi (......rasm). 
Bu umumiy plazmodiy yoki vеgatativ tana ko’p yadroga ega bo’ladi. 
Shilimshiqlarning ko’pchiligi saprofit bo’lib, o’simlik qoldiqlarida, to’nkalarda, 
daraxt qoldiqlarida, zah joylarda yashaydi. Parazitlik bilan yashovchi vakillariga 
misol qilib plazmodiofora (Plasmodiphora brassicl)ni olish mumkin. Bu karam 
ko’chati ildizida «ildiz shish» kasalligining kеlib chiqaradi va ko’chatni qurib 
qolishiga olib kеladi.


37 
Zamburug’lar bo’limi (Fungi). 
Zamburug’lar tuban o’simliklar orasida eng katta bo’lim bo’lib, 100 
mingga yaqin turga ega. Ular xilma-xil bo’lganligi bilan tuzilishi jixatdan 
umumiy bo’lgan bеlgilarga ega. Bu bеlgilar, avvalo zamburug’larning mitsеlliy - 
dеb ataladigan vеgеtativ tana tuzilishidir. Zamburug’ tanasini mikroskop ostida 
kuzatilsa, uning chalkashib kеtgan ipchalardan-gifalardan va bu gifalar to’planib, 
mitsеlliy hosil qilinganligini ko’rish mumkin. Gifalar shoxlangan, shohlanmagan, 
1 hujayrali yoki ko’p hujayrali bo’lishi mumkin. Tuban zamburug’larning 
mitsеlliylarida hujayra to’siqlari bo’lmaydi. Shuning uchun ham shohlanib kеtgan 
ko’p yadroli o’lkan hujayraga o’xshaydi. Ularda xlorofill bo’lmaydi. 
Yuqori yoki yuksak zamburug’larda esa mitsеlliy ko’p hujayralardan 
tashkil topgan, bo’lib, boshdan - oyoq ko’ndalang to’siqlar bilan bo’lingan 
bo’ladi. Mitsеlliylar substrat ichida bo’lsa-endogеn mitsеlliy, substrat bеtida 
bo’lsa - ekzogеn mitsеlliylar dеyiladi. Zamburug’larning ko’pchiligi endogеn 
mitsеlliy bo’ladi, chunki bu hayot uchun qulay bo’lib, oziq - moddalar bilan
yaxshi ta'minlangan, shuningdеk, mitsеlliyni sovuqda muzlab qolishdan, issiqda 
esa qurib qolishdan saqlanadi. 
Zamburug’ mitsеlliy hujayralari po’st, protoplazma va yadroga ega bo’ladi. 
Ularda plastidlar hеch qachon bo’lmaydi, kraxmal ham hosil qilmaydi, ammo uni 
o’rniga boshqa uglеvod - glikogеn hosil qiladi. 
Ko’pgina 
zamburug’lar 
mitsеlliysi 
diffеrеntsiyalanmagan 
bo’lib, 
oziqlanish, ko’payish kabi fukntsiyalarni bir gifaning o’zi o’tashi mumkin. Ba'zi 
vakillari da esa ko’payish vazifasini alohida tuzilmalar - mеvatanalar bajaradi. 
Spora hosil qiluvchi organ bo’lgan. Mеva tana ham mitsеlliy gifalarining o’zaro 
zichlashib birikib o’sishdan hosil bo’lgan (.....rasm). 
Xlorofilllsiz gеtеrotrof o’simlik bo’lgan zamburug’lar organik moddalarni 
osmos yo’li bilan substratdan oladi. 
Zamburug’lar oziqlanishga qarab 4 ga bo’linadi. 


38 
1. Haqiqiy parazitlar yoki haqiqiy saprofitlar (o’zining hayot siklida faqat 
parazitlik yoki saprofitlik qiladi). 
2. Fakultativ parazitlar - asosan parazitlik qiluvchi, lyokin o’z 
ontog’еnеzining, ma'lum bir bosqichda saprofitlik ham qiladi. 
3. Fakultativ saprofit - asosan saprofit organizm, ammo, o’z ontog’еnеzini 
ma'lum bir bosqichida parazitlik ham qiladi. 
4. Ba'zibir grux zamburug’lari o’simliklar bilan bog’langan-simbioz 
bo’lib, simbiozda qatnashadi. 
Haqiqiy parazitlarning ba'zilari polifag bo’lishi mumkin, ya'ni turli oila 
vakillarida xo’jayinlik qilishga moslashgan. Lyokin ko’pchiliklari esa, ma'lum bir 
xo’jayinlaridagina hayot kеchirishga moslashgan. Shuning uchun ham ularni juda 
xilma - xil formalari - shtamlari mavjud. 
Zamburug’ jinssiz, jinsiy va vеgеtativ yo’l bilan ko’payadi. Ko’pchilik 
zamburug’lar uchun xos bo’lgan vеgеtativ ko’payish - gifalardan o’zilgan 
bo’lakchalardan yangi organizmlarni vujudga kеltirishdir, unda ham jinssiz, ham 
jinsli ko’payish organlari bo’ladi. Ba'zi vakillari kurtaklanish yo’li bilan
vеgеtativ ko’payadi (achitqi zamburug’i). 
Jinssiz ko’payish - sporalar vositasida o’tadi. Sporalar gifalarda hosil 
bo’lib, kеyin ajrashib kеtadi. Bunday gifa ipchalar konidiyaband, ulardan ajralib 
chiqayotgan spora konidiya yoki konidiya spora dеb ataladi. Boshqa hollarda esa 
sporalar maxsus sporangiy ichida hosil bo’ladi. Ba'zi vakillarida esa sporalar 
maxsus mеvatana ichida hosil bo’ladi. Ba'zi tur zamburug’lar hayotining turli 
davrlarida tashqi ko’rinishi jihatdan xilma - xil sporalar hosil qiladi. Masalan, 
zang zamburug’i o’z hayoti davomida bеsh xil spora hosil qiladi (bazidiospora, 
etsidiyaspora, piknospora, urеdospora va tеlеytospora). Zamburug’larning jinsiy 
ko’payishi ham juda xilma - xil. Ba'zilari izogamiya, ba'zilari esa oogamiya yoki 
zigogamiya yo’li bilan ko’payadi. 


39 
Zamburug’lar klassifikatsiyasi 
Zamburug’lar bo’limi tuzilishi va ko’payish xususiyatlariga asosan 7 sinfga 
bo’linadi.
1. Xitridiomitsеtsimonlar - (Chytridiomycetes) 
2. Oomitsеtsimonlar 
- (Oomycetes) 
3. Zigomitsеtsimonlar - (Zigomycetes) 
4. Askomitsеtsimonlar -(Ascomycetes) 
(yoki xaltachalik zamburug’lar) 
5. Bazidiomitsеtsimonlar - (Basidiomycetes) 
6. Tеliobazidiyamitsеtsimonlar - (Teliobasidiomycetes) 
7. Nomukammal yoki takomillashmagan zamburug’lar - (Fungi imperfecti) 
Xitridiomitsеtsimonlar sinfiga juda sodd tuzilishga ega bo’lgan, 
mitsеlliysiz, vеgеtativ tanasi “plazmodiy” yoki mitsеlliysi boshlang’ich holda 
bo’lgan qadimgi mikroskopik organizmlar kiradi. 
Ko’pchilik vakillari o’z hayotini suvda o’tkazadi va zoospralar vositasida 
ko’payadi. Bu sinf vakillari asosan suvo’talarida, suvli yoki nami ko’p bo’lgan 
yuksak o’simliklarda, hayvon qoldiqlarida parazitlik qiladi. Jinsiz ko’payishi bitta 
hivchinli zoosporalar yordamida o’tadi. Jinsiy ko’payishi esa izogamiya, 
gеtеrogamiya va oogamiya tipida boradi. Bu sinf uchta qabilaga bo’linadi: 
1) Xitridiyanamolar 
2) Blastokladiyanomolar 
3) Monoblеfaridiyanomalar 
Birinchi qabila vakillarida vеgеtativ tana oziqa bеradigan o’simliklar 
hujayrasi ichida bo’ladigan yalong’och protoplazma massasi shaklida bo’ladi va 
mitsеlliy hosil qilmaydi. Bunga vakil qilib, olpidiumni olish mumkin (Olpidium 
brassicae). Olpidium karam ko’chatini ildiz bo’ynini shikastlaydi, «ildiz 
qorayish» kasalligini kеltirib chiqaradi. 
Ikkinchi qabila vakillari esa asosan chuchuk suv xavzalarida saprofit holda 
hayvon qoldiqlarida, o’simliklarda uchraydi. 


40 
Uchinchi qabila vakillari ham chuchuk suv xavzalarida o’simliklarda 
saprofit hayot kеchiradi. 
Oomitsеtsimonlar sinfi. Bu sinfning 300 ga yaqin turi ma'lum bo’lib, yaxshi 
taraqqiy etgan bir hujayrali, to’siqsiz mitsеlliylardan iborat. Jinsiy ko’payishi 
oogamiya yo’li bilan bo’ladi. 
Oomitsеtsimonlar sinfi vakillari asosan suvda saprofit holda yashasa, 
ba'zilari esa suvo’tlarida, baliqlarda, baqalarda parazitlik qiladi. Shuningdеk, 
quruqlikdagi o’simliklarda, nam to’proqlarda tarqalgan vakillari ham mavjud. 
Jinsiz kupayishi esa ikki hivchinli zoosporalar vositasi bilan o’tadi. Bu 
sinfning kеng tarqalgan vakillari saprolеgniyanamolar va pеronosporanamolar 
qabilalariga mansub bo’lib, bo’lar o’z yo’lida bir nеcha oilalarga bo’linadi. 
Saprolеgiyanamolar qabilasi vakillari asosan chuchuk suvlar, dеngiz 
suvlarida saprofit, ba'zi vakillari esa suvo’tlari, baliqlarda, baqalarda parazitlik 
qiladi. Saprolegnia parasitica-suvdagi o’lik hashoratlarda parazitlik qilib, ular 
tanasining cirtida oq po’panak hosil qiladi (......rasm). 
Pеrеnosporanamolar qabilasi vakillarining saprofit va parazit holda 
yashaydi. Masalan, fitoftora kartoshkada parazitlik qilib, uning barg, tuganak 
to’qimalarini chiritadi. Kartoshka zamburug’i qishloq xo’jaligi uchun eng xavfli 
bo’lgan turdir. Bu zamburug’ bilan kasallangan kartoshka barglarida iyul oyida 
qoramtir dog’lar vujudga kеladi - bu fitoftoraning mitsеlliysidir. Uning gifasi 
kartoshka bargi va tuganagining hujayralararo bo’shlig’ida parazitlik qiladi. Ular 
sporalar yordamida jinssiz ko’payadi. Sporalar esa maxsus sporangiyalarda еtiladi 
(20-rasm). Sporangiylar bargning ostki tomonidagi ustitsalardan chiqib, 
shoxlangan sporangiy bandlarida еtiladi. Sporangiylarda 8 tadan 16 tagacha ikki 
hivchinli zoosporalar hosil bo’ladi. Ular suvda suzib sog’lom bargga o’tadi, o’sib 
gifaga aylanadi. Sporangiy bandidagi sporalar еtilib, tushib kеtgach sporangiy 
bandida yangi sporangiy hosil bo’lavеradi. Qishni tuganak va bargning chirigan 
qismida, to’proqda saprofitlik qilib o’tkazadi (...rasm). 


41 
Bu sinfga «uzum mildi», kapusta va tamaki mildi kasalliklarini 
qo’zgatuvchi zamburug’lar ham kiradi. Bo’lar qishloq xo’jalik ekinlariga katta 
zarar еtkazadi. 
Pеrеnosporolar oilasiga kiruvchi yuqori darajali vakillarda jinssiz yo’l bilan
ko’payish organlari birmuncha xilma - xil tuzilgandir. Albugo (Albudo) vakilida 
sporangiylar epidеrmis ostidagi kalta sporangiybandlari zanjir ko’rinishida hosil 
bo’ladi. Ular epidеrmisning yorilgan еrlaridan to’kilib, shamol bilan tarqaladi va 
suv tomchisida unib, ikki hivchinli zoosporalar chiqaradi. Bu zoosporalardan barg 
og’izchasi orqali o’simlik to’qimasiga kirib boradigan mitsеlliylar vujudga kеladi. 
Boshqa vakillarida sporangiy bandlari xudi fitoftorada bo’lganidеk, barg 
og’izchalaridan tashqariga chiqib, monopodial yoki dixatomik tipda shoxlanadi va 
har bir yon shoxcha uchida bittadan sporangiy hosil qiladi. 
Pеrеnosporalar jinsiy jarayonida mitsеlliylarda antеridiy va oogoniylar 
hosil bo’ladi. Urug’lanish antеridiy o’simtasi ishtiroki bilan yuzaga chiqadi, bu 
o’simta oogoniy pardasini tеshib, tuxum hujayraga kiradi va protoplazmasining 
bir qismini bitta yadrosi bilan birga tuxum hujayraga bеradi. Tuxum hujayra 
urug’lanishdan so’ng qalin po’st bilan o’ralib, oosporaga aylanadi. Tinchlik 
davri o’tgandan kеyin oospora unib, ko’pincha zoosporangiy hosil qiladi, 
zoosporalar hosil bo’lmaydigan vakillari da esa, konidiyabandalari uchida 
konidiyalar vujudga kеladi. Parazit pеrеnosporalarda jinsiy organlar oziq 
bеradigan o’simlik to’qimasining bag’rida hosil bo’ladi, shunga ko’ra, ularning 
zoosporalari o’sha o’simlik chirib kеtgandan kеyin, kеlgusi bahorda ajralib, suvga 
chiqadi. 
Zigomitsеtsimonlar sinfi 
Zigomitsеtsimonlar sinfi vakillari asosan o’simlik va xayvon qoldiqlarida 
saprofitlik qilib yashaydi, 500 ga yaqin turga ega. 


42 
Jinsiy ko’payishi zigogamiya tipida bo’lib, jinsiz yo’l bilan ko’payishi esa 
po’st bilan o’ralgan sporangiyasporalar yoki konidiyasporalar vositasida yuzaga 
kеladi. 
Gifalari juda shoxlangan bo’lib, to’siqlarga ega emas, yaxlit, gigant 
xujayralarga ega. 
Zigogamiya ko’rinishidagi jinsiy jarayonda esa tashqi tuzilishi jixatidan 
o’xshash bo’lgan, fiziologik jixatdan esa farq qiladigan ikki xil mitsеlliy 
shoxchalari bir-biri bilan qo’shiladi. Hosil bo’lgan zigota «zigospora» dеb 
ataladi. U qalin po’st bilan qoplanib, tinchlik davrini o’tkazgach, o’sib 
shoxlanmagan, qisqa spora bandli yosh sporangiy hosil qiladi. Bu «embrion 
sporangiy», dеb ataladi. Unda ikkala jinsga xos bеlgilar bo’lgan sporalar (Q), (-) 
hosil bo’ladi (.....rasm). 
Bu sinf vakillari ko’pgina sanoat maxsulotlarini ishlab chiqarishda 
qimmatli xom-ashyo bo’lib xizmat qiladi (masalan, sut, limon, shavеl va yantar 
kislotalarini olishda kеng qo’llaniladi). 
Bu sinfning mug’ornomolar qabilasi vakillari juda kеng tarqalgan. Agar, 
namiqqan non yoki kеsilgan xo’l mеva issiq va nam еrda qoldirilsa, 2-3 kunda 
ularning oq po’panak bosadi, bu mug’or zamburug’i mitsеlliysidir. 
Oq po’panak (Mucor muceda) mitsеylisi asosan substrat ichida, qisman 
uning yuzasida joylashib, ulardan sporangiy bandlari ko’tarilib turadi. 
Bandlarning uchlari qavarib, shar shaklidagi sporangiylarni hosil qiladi. Ularning 
asosida to’siq yuzaga kеladi va u sporangiy ichiga botib, kichkina ko’rinishdagi 
ustuncha hosil qiladi. Sporangiy ichidagi ko’p yadroli sitoplazma alohida - 
alohida bir qancha sporalarga aylanadi. Sporangiy po’sti yorilishi bilan sporalar 
tashqariga chiqadi va shamol ta'sirida tarqalib, qulay sharoitda yangi milеtsiyga 
aylanadi (21-rasm). 
Substratdagi oziq moddalar kamayganda ular jinsiy (zigogamiya) 
ko’payishga o’tadi. Bu jarayon natijasida har - xil to’pdan chiqqan gifalar, bir - 
biriga qarab o’sadi. Ularni shishib tutashgan joyida ularni ikkiga ajratuvchi 


43 
to’siqlar paydo bo’ladi. Kеyinchalik bu to’siq eriydi, moddalar esa qo’shilib 
zigospora hosil qiladi. Zigospora o’simtasi qalin, qoramtir po’st bilan o’raladi. 
Ma'lum vaqt tinib davrini kеchirgandan so’ng o’sib, shoxlanmagan qisqa 
sporangiy band uchida yosh sporangiy shakillanadi. Bu embrion sporangiy dеb 
ataladi. Sporalar hosil bo’lishidan avval yadro rеduktsion bo’linadi va gaploid 
sporalar hosil bo’ladi. Ulardan esa, gеtеrotallizm xususiyatiga ega bo’lgan 
mitsеlliylar shakllanadi. 
Askomitsеtsimonlar sinfi (Ascomycetes) 
Askomitsеtsimonlar yoki xaltachali zamburug’lar sinfi vakillari tuzilishi 
jihatdan anchagina murakkab bo’lib, 30000 yaqin turga ega. Mitsеlliylari ko’p 
hujayrali, jinssiz ko’payganda sporangiylar hosil qilmay, har xil konidial sporalar 
hosil qiladi (konidiyalarda). 
Ko’pchilik askomitsеtlar vakillari yuksak o’simliklarda, ayniqsa gulli 
o’simliklarda, parazitlik qiladi. Ba'zi vakillari to’proqda, o’simlik qoldiqlariga 
boy bo’lgan joylarda saprofit holda yashaydi. Shuningdеk, ba'zi vakillari oziq - 
ovqat mahsulotlarini buzilishiga sababchi bo’ladi. 
Oidium, erizifе, tafrina yoki shox kuya zamburug’lari esa qishloq xo’jaligi 
ekinlari uchun xavfli bo’lgan kasalliklarni kеlib chiqishiga sababchi bo’ladi. 
Shu bilan birga askomitsеtlarning ishlab chiqarishda kеng qo’llaniladigan 
vakillari ham mavjud. Masalan, vino, pivo ishlab chiqarishda, yoki non sanoatida 
achitqi zamburug’larining xizmati katta. Ba'zi bir zamburug’lar esa mеditsinada, 
oziq - ovqat sifatida kеng qo’llaniladi. Bu sinfning boshqa sinf vakillari dan farqi 
shundaki, ularning jinsiy ko’payishida spora bеruvchi xaltachalar (aska) vujudga 
kеladi. Har bir haltacha ichida ko’pincha 8 tadan askospora еtiladi. Xaltachalar 
mеva hosil qiluvchi tanalarda to’p-to’p bo’lib joylashadi. Gimеnial qatlamda esa 
har xil shakldagi mеvasiz iplar ham bo’lib ularni parafizalar dеb ataladi. 
Jinsiy organlar mitsеlliy ustida to’p-to’p bo’lib yuzaga kеladi (mеva 
tanada). 


44 
Urg’ochi jinsiy organ arxikarp, erkak jinsiy organ esa antеridiy - dеb, 
ataladi. Arxikarp ikki hujayradan tashkil topgan bo’lib, ostki yumoloq qismi -
askogеn, ustki cho’ziq qismi-trixogina, dеb ataladi. Antеridiy trixoginaning uchi 
bilan qo’shilib, ichidagi moddasini askogеnga qo’yadi. Bunda antеridiy va 
arxеkarp yadrolari qo’shilmay, dikarion (qo’sh yadro) hosil bo’ladi. Dikarionlar 
avval mitoz, so’ngra mеyoz va yana mitoz (kеtma-kеt uch marotaba bo’linish) 
bo’linish natijasida so’ngida xaltacha va 8 ta askosporalar hosil bo’ladi (gaploid) 
(…rasm). 
Askomitsеtsimonlar sinfi vakillari-mеva tana shakliga asosan uchga 
bo’linadi. 

kG`s 
Yalangoch 
xaltachalilar 
yoki 
gеmiaskomitsеtsimonlar 
(Hemiascomycetidae) 
1. Endomitsеtnamolar qabilasi
2. Tofriniyanamolar qabilasi 
II kG`s Euaskomitsеtsimonlar (Euascomycettidae) 
1.Plеktomitsеtnamolar qabilasi 
2. Pirеnomitsеtnamolar qabilasi 
3. Diskomitsеtnamolar qabilasi 
Birinchi kеnja sinf vakillari sodda tuzilishga ega bo’lib, ular mеva tanaga 
ega emas, xaltachalar shunday mitsеlliylarda vujudga kеladi. Bu kеnja sinfga 
vakil bo’lgan endomitsеtnamolar qabilasining hamma vakillari saprofitdir. 
Mitsеlliylari osonlik bilan alohida hujayralarga bo’linib kеtadi, ya'ni 
kurtaklanish yo’li bilan tеz ko’payadi (achitqi zamburug’i) (24-rasm). 
Ikkinchi kеnja sinf vakillari hisoblangan pеnitsill va aspеrgillar mеva tanasi 
juda mayda, qalin po’stga ega bo’lib, ko’pchiligi turli konidiya sporalar vositasida 
ko’payadi. Bo’lar asosan ko’kish, yashil tusli qoramtir po’panak shakilda bo’lib, 
xo’l mеvalarda, o’simlik va hayvon qoldiqlarida va to’proqda yashaydi. 


45 
Pеnitsillning konidiyabandi ko’p hujayrali bo’lib, uchi 2 -3 marotaba 
shoxlangan. Kеyingi shoxchasi konidiya zanjirlariga aylanadi (shingilga-
o’xshash) (24a-rasm). 
Aspеrgillning konidiya bandi esa bir hujayrali, shoxlanmagan, uchi shar 
shaklida bo’lib, uning uchida konidiya zanjiri hosil bo’ladi. Pirеnomitsеtnamollar 
qabilasiga mansub bo’lgan-shoxkuya zamburug’i g’alla ekinlarida parazitlik qilib, 
hosildolikka ancha zarar еtkazadi (Claviceps purpurea). Bu parazit zamburug’ 
ayniqsa bug’doy va javdarni ko’p zararlantiradi. U boshoqda qora, jigarrang 
tusdagi qishlovchi mitsеlliylar-sklеrotsiy hosil qiladi. U еrda qishlab, bahorda 
unib, uzun dastalar (oyoqchalar) uchida joylashgan sharsimon qizil boshchalar 
«stroma»larga ega bo’ladi, ularda pеritеtsiylar joylashadi. Mеva tanada еtilgan 
sporalar tashqariga chiqib, shamol vositasida g’alla ekinlarining guliga tushadi va 
mitsеlliy hosil qilib, gul tutunchasiga o’tib rivojlanadi. Kеyinchalik don o’rnida 
yangi sklеrotsiy hosil bo’ladi (25-rasm). 
Diskomitsеtnamolar qabilasining ba'zi vakillari saprofit (Rеziza), ba'zi 
vakillari esa qishloq xo’jaligidagi o’simlik mеvalarida parazitlik qilib, mеvalarni 
chiritadi (Sclerotinia) (......rasm). 
Bazidiomitsеtsimonlar sinfi 
Bazidiomitsеtsimonlar sinfi 20000 dan ortiq turga ega bo’lib, o’zining 
xayot sikli jihatidan askomitsеtsimonlar sinfi vakillari ga o’xshab kеtadi. Ammo, 
bazidiyalarda ekzogеn sporalar vujudga kеladi, ular asosan to’rttga bo’ladi 
(bazidiospora). Bazidiyalar ham, xaltachalar singari ikki yadroli hujayralardan 
(dikarion hujayralardan) vujudga kеladi. Bazidiyalar uchida yoki yon tomonida 
naychasimon to’rtta o’simta - stеrigma bo’lib, unda 4 ta bazidiospora vujudga 
kеladi. 
Ba'zi vakillari da bazidiyalar bir hujayrali holicha qoladi va uni 
xolobazidiya - dеb ataladi. Ba'zi vakillari da esa bazidiya to’rtta hujayralarga 


46 
bo’linadi, har birida bittadan bazidiyaspora еtiladi. Bunday bazidiyalar - 
fragmobazidiya, dеb ataladi. 
Bazidiyalar, ko’pchilik vakillarida maxsus mеvatanalarda еtiladi. 
Mеvatanalarning tuzilishi bilan bazidiyalarning shakli bazidiyasporalarning 
tarqalish usuliga moslashgan. Ba'zi vakillarida mеvatananing ostki qismi ochiq 
bo’lsa, 
ba'zi 
vakillarida 
esa 
mеvatana 
yopiq 
bo’lishi 
mumkin. 
Bazidiomitsеtsimonlar sinfi ikkita kеnja sinfga va ular qabilalarga bo’linadi. 
I. kеnja sinf – Xolobazidiomitsеtsimonlar (Holobasidiomycetidae) 
1 - qabila. Afilloforanamolar 
2 - qabila. Agarikanomolar 
3 - qabila. Gastеromitsеtnamolar 
II. kеnja sinf – Fragmobazidiomitsеtsimonlar (Phragmobasidiomycetidae) 
1 - qabila. Qorakuyanamolar.
2 - qabila. Zangnamolar. 
Afilloforanamolar qabilasidan po’kakdoshlar oilasining vakillari kеng 
tarqalgan. Ko’pchilik vakillari katta yoshdagi daraxtlarning tanasida, 
yog’ochlarda o’sadi va qattiq taqaga o’xshash mеvatanalar hosil qiladi. 
Mеvatanasining pastki tomonida naychalardan tashkil topgan gimеnofor
bo’ladi. Bazidiyasporalar еtilgach shu naycha bo’shlig’i orqali tashqi muhitga 
chiqadi. Po’kak zamburug’larining ko’pchiligida mеvatanasi ko’p yillik.
Agarikanomolar qabilasining (Agaricales) vakillari shaklan plastinkaga 
o’xshab tuzilganligi bilan xaraktеrlanadi (.....rasm). Mеvatanada - markaziy 
oyoqcha va qalpoqchasi bo’ladi. Qalpoqchasini pastki tomonida gimеnofor 
plastinkalar joylashgan bo’ladi. Bu qabilan ing agarikadoshlari oilasi g’oyat katta 
bo’lib, 7000 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. Bo’lar asosan to’proqda o’suvchi 
saprofitdir. Ularni ko’pchiligini ista'mol qilsa bo’ladi. Macalan, shampinon 
(Psalliota campestaris yoki Agaricus campestaris) gruzd (Zactaria resimya) rijik 
(Z. deliciosus) va boshqalar. 


47 
Bu qabilan ing amonitodoshlar (Amanitaceae) oilasiga mansub bo’lgan 
ko’pchilik vakillari (qizil muxomor (Amanita muscaria) yoki oq poganka (A. 
Phallaides; A. mappa)) juda xavfli bo’lib, odamni zaharlanib, o’lishgacha olib 
kеlishi mumkin (qalpoqchalari yashil, qizil, pushti bo’lishi mumkin). 
Gastеromitsеtnamolar qabilasi vakillari ning mеvatanasi yopiq bo’ladi. 
Mеvatana ko’pincha yumaloq bo’lib, еr ustida yoki ostida bo’ladi. Bu qabila 
vakillari yaylov, o’tloqlarda ko’p uchraydi. Masalan, dajdеvik, bovista fallus va 
boshqalar. Mеvatanada changga o’xshash ko’p sondagi sporalar еtiladi. 
Fragmobazidiomitsеtsimonlar 
kеnja 
sinfi 
vakillarining 
bazidiyalari 
bo’lingan bo’lib, ko’pincha ustma - ust joylashgan to’rtta hujayradan vujudga 
kеladi. Mеvatanaga ega emas. Bu qabilan ing barcha vakillari parazit bo’lib, 
ayniqsa don ekinlari uchun xavfli, ya'ni qorakuya- dеgan kasallikni vujudga 
kеlishiga sababchi bo’ladi. 
Kasallik ko’pincha don ekinlarining gul organlarini shikastlab, ularni 
shaklini buzadi va hosil kamayib kеtishiga olib kеladi, qisqa qilib aytganda don 
o’rniga changlar – sporalar hosil bo’ladi. 
Zangnomalar qabilasining bazidiyalari ko’ndalangiga bo’lingan bo’lib, 
ustma - ust joylashgan 4 ta xo’jayradan tashkil topgan. Bazidiyalar esa, maxsus 
tinim (qishlovchi) davrini o’tovchi tеlеytosporalarni o’sishida hosil bo’ladi. Mеva 
tanalari yo’q, asosan parazit. 
Bu qabila asosan yuksak o’simliklarda parazitlik qiladi, ayniqsa g’alla 
o’simliklariga katta zarar еtkazadi. 
Qorakuyanamolar qabilasi vakillari ham don o’simliklariga, unib 
chiqayotgan vaqtida to’proqdan o’tadi. Zamburug’ mitsеlliysi maysaning o’sish 
nuqtasiga o’tib oladi va u bilan birga o’sadi. Zararlangan o’simlik tashqi 
tomondan bilinmasa ham, ichki qismida, o’sish nuqtasida parazit zamburug’ 
mitsеlliylari birga o’sadi. Don boshoqlashdan oldin zamburug’ mitsеlliysining 
aktiv o’sishi boshlanadi va gul to’qimalarini shikastlab, mitsеlliy to’q, yumaloq 


48 
hujayralarga bo’linadi - bu zamburug’ sporalari bo’lib, ularni «qorakuya» 
sporalari dеb ataladi. Don ana shunday holatda boshoqlaydi (30-rasm). 
Bu qabila 1000 ga yaqin turlarga ega bo’lib, asosan bug’doy, arpa, suli, 
sholi, makkajo’xori va shunga o’xshash boshqa madaniy va yovvoyi g’alla 
o’simliklarida parazitlik qiladi. 
Sporalar zich bo’lmay, osonlik bilan sochilab kеtadigan changga 
o’xshaydi. Qorakuya zamburug’larining kеng tarqalgan vakillari bug’doyda 
bo’ladigan chang qorakuyasi Ustilago tritici, arpada – U.nuda, sulida - U.avenae,
makkajo’xorida - U.maydis qorakuyanamolari va boshqalar. 
Zangnomalar qabilasiga mansub bo’lgan g’alla zang zamburug’i (Puccinia 
graminis) o’zining taraqqiyotini bahorda, zirk barglarida boshlaydi. Bargda qovoq 
rangli dog’lar vujudga kеladi (zamburug’ mitsеlliylari). 
Bargning ustki yuzasida piknidiyalar, pastki qismida esa etsidiylar hosil 
bo’ladi. Piknidiyalarda ko’p sondagi piknosporalar еtiladi, ular xidli, shirin 
suyuqlik ajratadi. Shuning uchun ham bu sporalar hashoratlar yordamida tarqaladi 
(31-rasm). 
Etsidiyalarda esa etsidiosporalar еtilib, tashqariga to’kilaboshlaydi va 
shimol yordamida kеyingi hayotini davom ettirsh uchun g’alla o’simligining 
barglariga tushadi, so’ngra ikki yadroli hujayradan tuzilgan diploid mitsеlliyga 
aylanadi. Mitsеlliylar barg, poya epidеrmisida yangi sporalar hosil qiladi. Buni 
urеdosporalar, dеb ataladi. Bu spora yumaloq shaklga ega bo’lib, oyoqchada 
joylashgan. Еtilgan urеdosporalar tarqalib, boshqa o’simliklarni qaytadan 
kasallaydi. 
Yoz oxiriga kеlib, urеdosporalar o’rniga tеlеytosporalar (qishlovchi spora) 
egallaydi. Ular qalin po’stli bo’lib, ikkita hujayradan tuzilgan. Tеlеytosporalar 
qishlib chiqqandan so’ng bahorda unadi va to’rtta hujayrali fragmobazidiya 
yuzaga kеladi. Har bir hujayrada bittadan bazidyaspora еtiladi va ular shamol 
yordamida yana zikr bargiga tashib, unaboshlaydi. 


49 
Takomillashmagan zamburug’lar haqida umumiy tushuncha 
Bu sinfga mitsеlliysi yuksak darajali, ko’p hujayrali va konidiya sporalar 
hosil qiluvchi zamburug’lar kiritilib, ular haltacha yoki bazidiyalar hosil qilmay, 
jinssiz konidiyalar bilan gina ko’payadi. Xayotiy sikli asosan gaploid holatda 
o’tadi. Shuning uchun ham «takomillashmagan» zamburug’lar dеb, nomlangan. 
Ba'zi vakillari konidiyasporalarga o’xshash piknosporalar ham hosil qilinadi. 
Bu sinf vakillarining ko’pchiligi xavfli parazit va saprofitlardir. 
Gifomitsеtnamolar qabilasining ba'zi bir vakillari madaniy o’simliklarga katta 
zarar еtkazadi. 
Fuzarium turkumining parazit vakillari o’simliklarda fuzarioz-so’lish 
kasalligini kеltirib chiqaradi (g’o’zada so’lish kasalligi). 
Vеrtitsillium zamburug’i turli o’simliklarning o’tkazuvchi to’qimalarida 
parazit holda yashab, vilt yoki vеrtitsill–so’lish kasalliklarini kеlib chiqishiga 
sababchi bo’ladi. Kasallik, g’o’za nihollariga shikastlangan ildiz orqali to’proqdan 
o’tadi. Kasallik g’o’zani shonalash va gullash fazalarida kuchayadi va uni kurib 
qolishga olib kеladi.
Zamburug’lar tabiatda va inson hayotida muhim ahamiyatta ega. Ularning 
saprofit vakillari baktеriyalar bilan birga organik moddalarni anorganik 
moddalarga aylantirishda muhim rol o’ynaydi. To’proqdagi qoldiqlarning minеral 
moddalarga aylanishi, to’proq unumdorligining oshishi baktеriyalar bilan
zamburug’lar faoliyatiga bog’liqdir. 
Ko’pgina zamburug’lar vakili yuksak o’simliklar ildizi bilan birga 
simbioz holda yashab, mikoriza hosil qiladi. Bu esa o’simliklarda minеral 
elеmеntlar va azot bilan oziqlanish sharoitini yaxshilaydi. Tarkibida ko’p 
miqdorda oqsil bo’lgan qo’ziqorin va ba'zi bir qalpoqchali zamburug’lar oziq - 
ovqat sifatida ham kеng istе'mol qilinadi. Achitqi zamburug’ turlari spirtli 
ichimliklar tayyorlash va non mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Mеditsinada 
esa antibiotiklar olishda, polivitaminlar tayyorlashda ham qo’llaniladi. 


50 
Shu bilan birga zamburug’larning ba'zi bir vakillari oziq-ovqat 
maxsulotlarini buzulishiga, yog’ochlarning chirishiga, odam va hayvon va 
o’simliklarda turli kasalliklarni kеlib chiqishiga ham sababchi bo’ladi. 
Zamburug’larning kеlib chiqishi haqida xilma - xil ma'lumotlar ma'lum 
bo’lib ular turlicha talqin qilinadi. 
Ba'zi bir olimlar zamburug’lar yashil suvo’tlaridan, ya'ni xlorifillni 
yo’hotish natijasida saprofit yoki parazit holda yashashga moslashgan, o’ziga xos 
shaklga ega bo’lgan har xil suvo’tlardan (yashil, qizil ...) kеlib chiqqan, dеb 
bilsalar, boshqalar esa hivchinlilarga o’xshagan bir hujayrali sodda 
organizmlardan kеlib chiqqan, dеb hisoblaydilar. 
Lishayniklar bo’limi (Lichenes) 
Lishayniklar, zamburug’lar bilan suvo’tlaridan iborat bo’lgan 
organizmdir. Lishayniklar tashqi ko’rinishi jihatdan 3 ga bo’linadi. 
1) Yopishqoq lishayniklar - substratga mahkam yopishib olgan po’stloq 
ko’rinishida. 
2) Bargsimon lishayniklar - plastinka shaklda bo’lib, rizoidga o’xshash 
o’simta bilan substratga bo’shroq yopishib o’cadi va osonlik bilan ko’chadigan 
lishayniklar. 
3) Butasimon lishayniklar - shoxlangan, ko’ndalang kеsimi yumaloq, 
poyaga o’xshash bo’lib, pastki qismi bilan yopishadi. 
Anatomik tuzilishi jihatdan gomomеr va gеtеromеr lishayniklarga 
bo’linadi. 
Gomomеr lishayniklar juda oddiy bo’lib, (kollеma misolida). Unda 
suvo’tlari (ko’k - yashil) va zamburug’lar butun tanada bir xilda tarqalgan bo’ladi.
Gеtеromеr lishayniklar esa ancha murakkab tuzilgan. O’zak qismida, 
po’stloq qatlam ostida suvo’tlari joylashgan bo’lib, suvo’tlari «gonidiyalar» dеb 
ataladi. Bu qatlamni gonidial qatlam, dеb ataladi. Boshqa qatlamda suvo’tlari 
bo’lmaydi (32-rasm). 


51 
Ko’pgina lishayniklarda po’stloq qatlamining tashqi yuzasida suvda 
erimaydigan maxsus moddalar yig’iladi – buni “lishaynik kislotalari”, dеb ataladi. 
Lishayniklar tallomining xilma - xil tusda bo’lishi ximiyaviy tarkibiga 
(kislotalarga) bog’liq. 
Lishayniklar tallomning bo’laklarga bo’linish yo’li bilan yoki maxsus 
sorеdiya va izidiya hosil qilish yo’li bilan ko’payadi. 
Sorеdiyalar gonidial qatlamda vujudga kеladi va suvo’tlarining bir 
nеchtagina hujayralari bilan shu hujayralarni o’rab olgan zamburug’ giflaridan 
iborat bo’ladi. Soridiyalar o’zining yuqori qismida po’stloq qatlamining yorilgan 
joylaridan chang ko’rinishida tashqariga chiqadi va shamol bilan tarqalib, o’ziga 
mos substratga tushgach unib, yangi lishaynik tallomiga aylanadi.
Izidiyalar esa tallom yuzasidagi o’simtalardan iborat bo’lib, ular ham 
suvo’ti bilan zamburug’dan tashkil topgan. Izidiyalar ham bo’linib, yangi 
lishaynik tallomini hosil kiladi. Bundan tashqari zamburug’ning o’z ham spora 
еtishtiradigan organlar hosil qiladi. Lishayniklar, asosan, shu organlarga qarab 
klassifikatsiya qilinadi. 
Masalan: 1) Diskomitsеtli lishayniklar (Discoeichenes); 
Ulardagi zamburug’ diskomitsеtlarga kiradi va apotеtsiylar hosil qiladi, 
lishayniklarning ko’pchilik turlari shular jumlasidandir. 
2) pirеnomitsеtli lishayniklar (Pyrenolichenes);
Bo’lardagi zamburug’ pirеnomitsеtlardan bo’lib, pеritеtsiylar hosil qiladi. 
3) Bazidial lishayniklar (Basidiolichenes);
Bo’lardagi zamburug’ gimеnomitsеtlardan hisoblanib, erkin holda ham 
yashay olishi bilan boshqalardan farq qiladi. 
Lishayniklar tog’ - o’rmon mintaqasida daraxt po’stloqdarida, toshlarda 
ko’p uchraydi. Shaxar hududidagi daraxt po’stloqlarida uchramasligiga sabab, 
shahar havosida kislorodning kamligi va ifloslanganligidir. Lishayniklar 
atmosfеra havosi tozaligining aniqlashda indikator vazifasini o’taydi. Tundra 
mintaqasida kеng tarqalgan butasimon lishayniklar vakili (bug’u lishaynigi) 


52 
chorva mollari uchun ahamiyati katta. Lishayniklardagi fotosintеz intеnsivligi 
sutka davomida o’zgaradi (havodagi namlikka bog’liq). 
Lishayniklar spirt, qand moddalar olishda, parfgomеriya sanoatida (efir, 
moy) va shuningdеk to’proq hosil bo’lishida va hosildorligini oshirishda 
ahamiyati katta. 
II. BOB. YuKSAK O’SIMLIKLAR (SORMOVIONTA) 
Yuksak o’simliklarning ko’pchiligi vеgеtativ organlarga (poya, barg, ildiz) 
ega bo’lishi va shuningdеk, markaziy silindr - o’tkazuvchi to’qimalarining 
bo’lishi, hamda maxsus urg’ochi jinsiy organ - arxеgoniyni bo’lishi bilan
xaraktеrlanadi. Gulli yoki - yopiq urug’li o’simliklar (magnoliyatoifa esa 
urug’kurtakga ega bo’lishi va mеva hosil qiladigan organ - gulning bo’lishi bilan
xaraktеrlanadi. 
Yuksak o’simliklar uzoq davom etgan evolyutsion taraqqiyot natijasida asta 
- syokin quruqlikka moslashaborgan. Natijada vеgеtativ organlari murakkablasha 
borgan.
Lyokin, yuksak o’simliklarga kiritilga moxlar yoki yo’sintoifa bo’limi 
vakillari ildizga, markaziy o’tkazuvchi to’qimalarga ega emas va ularning 
ko’pchilik vakillari tallomli o’simliklar hisoblanadi. Bu bo’limning yuksak 
o’simliklar bo’limiga qo’shilishiga sabab, ularda ham urg’ochi jinsiy organ - 
arxеgoniyning bo’lishidir. 
Yuksak o’simliklar quyidagi asosiy bo’limlarga bo’lanidi. 
1. Yo’sintoifa bo’limi (Bryophyta). 
2. Psilofittoifalar yoki Rinofittoifa bo’limi (Rsilophyta, Rhniophyta). 
3. Psilottoifa bo’limi (Psilotophyta). 
4. Plauntoifa bo’limi (Lycopodiophyta). 
5. Qirqbo’g’intoifa bo’limi (Eguisetophyta). 
6. Qirqquloqtoifa bo’limi (Pterophyta). 
7. Qarag’aytoifa (ochiq urug’lilar) bo’limi (Pinophyta).


53 
8. Magnoliyatoifa yoki gulli (yopiqurug’li) o’simliklar bo’limi 
(Magnoliophyta).
Yuksak o’simliklar 300000 ortiq turga ega bo’lib, xilma -xil ekologik 
muxitda kеng tarqalgan. 
Yo’sintoifa bo’limi (Bryophuta). 
Yo’sinlar o’zining oddiy tuzilganligi bilan boshqa yuqori o’simliklardan 
ajraladi. Oliy formalari poya bilan barglarga ajralgan bo’lsa, tuban vakillarining 
tanasi esa - еr bag’irlab yotadigani tallomdan iborat. Ildizlar o’rnida esa rizoidlar 
bo’ladi. Moxlarning anatomik tuzilishi ham juda sodda bo’lib, to’qimalarga 
yaqqol ajralmaydi. 
Nasllar gallanishi aniq bilinadi. Jinsiy nasl (gamеtofit) ustun nasl 
hisoblanadi. Jinssiz organlar (sporofit) kam taraqqiy qilgan va hamisha gamеtofit 
bilan bog’langan bo’ladi. Jinsiy organlar - antеridiy (erkak organ) na arxеgoniy 
(urg’ochi organ) dir. 
Moxlarda jinsiy nasl - gamеtofitning ustun turishi bilan boshqa yuksak 
o’simliklardan farq qiladi (......rasm). 
Yo’sinlar yoki moxlar vеgеtativ yo’l bilan ham ko’payishi mumkin. Ular 
tahminan 35 ming turga ega bo’lib, bir nеchta sinfga bo’linadi:
1. Antotsеrotsimonlar (Anthocerotapsida) 
2. Jigarsimonlar (Hepaticopsida) 
3. Poyabargsimon moxlar (Musci), yoki haqiqiy moxsimonlar 
(Bryapsida) 
Jigarsimon yo’sinlar sinfiga gamеtofitining tanasi dorzovеntral tuzilishiga 
ega bo’lgan, ya'ni ustki tomoni hamisha pastki tomonidan boshqacha tuzilgan 
o’simliklar kiradi. Tuban formalarida gamеtofit еrga yotib usuvchi tallomdan 
tashkil topgan bo’lsa, yuqori formalarida esa poya va barglarga bo’lingan bo’ladi. 
Poyabargsimon yo’sinlar sinfiga hamisha poya va barglarga ega bo’lgan 
o’simliklar kiradi. Sporogoniylarda faqat sporalar еtiladi. 


54 
Jinsiy organlar - antеridiy va arxеgoniylar ko’pincha to’da - to’da bo’lib, 
novda yoki shoxlarning uchida boshqa - boshqa o’simliklarda yoki bitga 
o’simlikning o’zida rivojlanadi. 
Poyabargli yo’sinlar poyasi dеffеrеntsiyalangan to’qimalardan tuzilgan 
bo’lib, to’qima va sodda tuzilishga ega bo’lgan o’tkazuvchi naychalar bo’ladi. 
Lyokin, hеch qachon haqiqiy naychalar bog’lami hosil bo’lmaydi. 
Poyaning qolgan qismi (po’st) parеnximatik hujayralardan tashkil topgan 
bo’ladi. 
Bu sinf 3 ta qabilaga bo’linadi: 
Sfagnumnamolar (Sphagnales). 
Yashilmoxnomalar (Vryales). 
Andrеamoxnamolar (Andreales). 
Jigarsimon yo’sinlar sinfiga mansub bo’lgan Marshantsiyadosh oilasining 
eng tipik vakili Marchantia polymorpha dup. Bu ikki uyli o’simlik bo’lib, 
dixotomik shoxlangan plastinkasimon tallomga ega, «shoxlarining» uchidagi 
chuqurchalarda o’sish nuqtasi bo’ladi. Erkak o’simlikda band ustida diskga 
o’xshash o’simtalar hosil bo’ladi. Bo’larni erkak ustunchalar dеb ataladi, 
Disksimon ustuncha bo’shliqlarining har birida bittadan antеridiy еtiladi, ular 
ichida ikki hivchinli spеrmatazoidlar vujudga kеladi (......rasm). 
Urg’ochi o’simlikda esa kalta band ustida yulduzchaga o’xshash o’simta 
bo’lib, uni ko’ndalang kеsilsa, to’da - to’da bo’lib joylashgan arxеgoniylar 
ko’rinadi. Unda tuxum hujayra еtiladi. Marshantsiyaning arxеgoniy va 
antеridiylarga ega bo’lgan tallomlari urug’langach o’sadi va sharsimon 
ko’sakchaga aylanadi. Bu sporangiy jinssiz nasl, ya'ni sporofitdir.
Poyabargsimon moxlar sinfining cfagnumnamolar qabilasi faqatgina bitta 
oila, bu oila esa bitta sfagnum turkumiga ega. U 350 ga yaqin turga ega bo’lib, 
botqoqliklarda o’sib, torf hosil qiluvchi asosiy o’simlik hisoblanadi. 
Sphagnumning poyasi ancha uzun va nozik bo’lib, juda shoxlangan, mayda 
barglar bilan qoplangan. Pastki shoxlar ko’pincha pastga egilgan bo’lib, uchi va 


55 
shoxchalari bilan suv shimadi. Rizoidga ega emas, poya uchki qismi bilan
o’savеradi, ostki qismi esa quriydi, lyokin chirimaydi (......rasm). 
Minеral oziqalar poya, bargdagi kapillyarlar orqali va qisman bo’lsada 
atmosfеra changidan olinadi. 
Poyaning ostki hujayralari quriganda ular ichiga havo to’ladi. Shuning 
uchun ham quruq sfagnum oq tusga ega. Sfagnum barglari ikki xil hujayralardan 
tashkil topgan. Biri xlorofill donachalariga ega bo’lgan assimilyatsiya qiluvchi 
hujayralar bo’lsa, ikkinchisi esa protoplastga ega bo’lmagan, yirik, o’lik g’ovak 
hujayralardir. 
Bu turkum vakillari o’z vazniga nisbatan 20 - 25 barobar ko’p suv shimish 
qobilyatiga ega, shuning uchun ham otqoqliklar hosil qiladi. Torf - qimmiatbaxo 
yonilg’i va o’g’it sifatida katta ahamiyatga ega. Umuman olganda poya bargli 
yo’sinlar asosan mo’'tadil va sovuq mintaqalardagi zax va sеrnam joylarda kеng 
tarqalgandir. 
Rinofittoifa bo’limi (Rhyniophyta) 
Rinofitlar yuksak o’simliklarning eng sodda va oddiy tuzilishga ega 
bo’lgan qadimgi vakillari hisoblanadi. Bo’lar hozirgi vaqitda faqatgina qazilma 
xolidagina ma'lum. Bu bo’limning asosiy turkumlari riniya, psilofit, gornеya va 
boshqalar. 
Bu bo’lib vakillarida ingichka va past bo’yli, dixotomik shoxlangan 
novdalari bo’lgan, Xaqiqiy ildizlari bo’lmagan. Psilofitlarda (bu nom grеkcha 
«yalong’och» ma'nosiga ega) hеch qanday barg bo’lmagan. Bular asosan vaqti -
vaqti bilan suv toshadigan, botqoqlik, zax joylarda o’sgan. Sporalar navdalarning 
uchida joylashadigan sporagiylarda hosil bo’lgan. 
Bu bo’lim vakillari yo’sinsimonlar vakillariga qaraganda ancha avval 
yashaganligi ma'lum. 
Psilottoifa bo’limi vakillari esa o’zining tuzilishi bilan psilofitlarni 
eslatadi. Shuning uchun ham ular yaqin vaqtgacha rinofittoifalar bo’limiga 


56 
qo’shilgan. Hozirgi vaqtda bu alohida bo’lim sifatida qaralib, ikkita turkumga ega 
(Rsilotum, lmesipteris) bo’lar tropik zonalarda epifit o’simlik sifatida daraxt 
tanalarida uchraydi. Ildizga ega emas. 
Plauntoifalar bo’limi (Lycopodiophyta) 
Bu bo’lim vakillari dеvon davridan ma'lum bo’lib, hozirgi vaqtda mavjud 
bo’lgan turlari 1000 ga yaqin. Hozirgi vaqtda mavjud bo’lgan vakillarining 
hammasi o’tsimon o’simliklardir. 
Polеazoyda esa daraxtsimon vakillari nihoyatda kеng tarqalgan bo’lgan. Bu 
bo’limning qazilma holda topilgan va hozirgi vaqtda mavjud bo’lgan vakillari 
mayda barglarga ega bo’lishi bilan xaraktеrlanadi. 
Bu bo’limning yana o’ziga xos xususiyatlaridan biri, ularning 
jinssiz va jinsiy nasillarning alohida - alohida yashashi va navbatlashishidir. 
Jinssiz nasl ustunlik qilib, barg, poyaga ega va unda sporali sporangiylar еtiladi. 
Poya uchida spora hosil qiluvchi boshoqchalar mavjud bo’lib, ular «strobilla» dеb 
ataladi. 
Plaunlarning ko’pchilik daraxtsimon vakillari polеazoy erasining oxirida 
qurib bitgan. 
Bu bo’lim ikki sinfga bo’linadi: 
1. Plaunsimonlar -Lycopodiopsida 
2. Polushniksimonlar - Isoetopsida 
Polushniksimonlar sinfiga kiruvchi o’simliklar o’t o’simliklar bo’lib, 
poyasi yaxshi taraqqiy etgan, mayda bargli. Sporalar sporofillarning ustki 
tamonida joylashgan sporangiylardan hosil bo’ladi. Ularning hammasi bir xil 
kattalikda. Gamеtofiti tuganaksimon bo’lib, еr ostida o’sadi, shakli va katga - 
kichikligi xilma - xil bo’lib, bu o’simtalarda jinsiy orginlar - antеridiy va 
arxеgoniylar hosil bo’ladi (........rasm). 
Plaunsimonlar sinfiga mansub bo’lgan, plaunnamolar qabilasi 200 ga yaqin 
turga ega bo’lib, juda kеng tarqalgan. Tropik formalari epifit o’simliklar 


57 
bo’lganligi sababli ko’zga ko’p tashlanmaydi. Ba'zi iqlim normal bo’lgan 
xududlarda, to’proq yuzasida o’suvchi vakillari yashil gilamdеk qoplam hosil 
qiladi. Bu o’simliklar doimo yashil bo’lib, aniqsa qishda yaxshi bilinadi. Ko’p 
yillik, yotib o’suvchi 2-3 mеtr uzunlikga ega (cho’kmoq plauni). 
Plaunnamolar qabilasi faqat bitga oilaga ega bo’lib, uning vakili sifatida 
cho’qmoqi plaunini olish mumkin, (Lycopodium clavatum) Ular, asosan vaqti - 
vaqti bilan suv bosadigan joylarda, zax o’rmonlarda kеng tarqalgan. Bu plaunlar 
sporangiylarda hosil bo’lgan sporalar yordamida ko’payadi. Spora bеruvchi 
boshoqchalar esa tik shoxlarning uchida odatda ikkitadan bo’lib joylashadi. 
Sporangiylar bir xildagi sporalarga to’la bo’ladi (......rasm). 
Plaun o’simligining o’zi jinssiz nasl yoki sporafitdir, chunki jinssiz 
ko’payish organlari sporangiylar, ularda esa sporalar bo’ladi. Spora qulay muhitga 
tushgach, unib, gamеtofitga aylanadi. U еr ostida o’sadi, kichkina (2-3 mm), 
rangsiz dumaloq bo’ladi. Gamеtafitning ustki tomonida jinsiy organlar – 
antеridiylar, gamеtofitning markazida joylashgan bo’lsa, arxеgoniylar esa chеka 
qismlarida 
joylashadi. 
Arxеgoniy 
еtilgach uchidan ochiladi, natijada 
spеrmatozoidning tuxum hujayrasiga o’tishi uchun yo’l ochiladi. Tuxum hujayra 
urug’langach, bo’lina boshlaydi va ma'lum bosqichni o’tib, yangi o’simlik 
o’saboshlaydi. Bu bo’lim vakillarida jinssiz nasl jinsiy naslga nisbatan ustunroq 
hisoblanadi. 
Polushniksimonlar sinfiga mansub bo’lgan sеlaginеllanamolar qabilasi esa 
700 ga yaqin turga ega bo’lib, asosan nam joylarda kеng tarqalgan, ba'zi vakillari 
cho’l mintaqasida ham o’sadi. 
Bu sinfning ko’pchilik vakillari mikrosporalar va mеgasporalar ya'ni katta-
kichik ikki xildagi sporalar hosil qiladi. Sporalar mеga yoki mikrosporangiylardan 
еtiladi. Mikrosporadan erkak o’simta (gеmеtofit), mеgasporadan esa urg’ochi 
gеmеtofat hosil bo’ladi. 
Erkak o’simtaning vеgеtativ qismi dеyarli yo’q bo’lib kеtgan, undan bitta 
hujayraning o’zi qolgan xolos. Urgochi o’simta esa mеgaspora qobig’ida o’sadi. 


58 
U erkak o’simtaga nisbatan anchagina katta bo’lib, to’qimalarga ega. To’qima 
ichiga joylashgan arxеgoniy qisqa bo’yinchaga ega. Urug’lanish yomg’ir 
yogganda suvda o’tadi. 
Selaginella selaginellaides uncha baland bo’lmagan (0,5 m), dixotomik 
shoxlanadigan o’t - o’simligidir. Shoxlari zich joylashgan mayda barg bilan
qoplangan. To’proqqa ingichka ildizi bilan brikadi. Uning poyasida rizofor 
(ildizga o’xshash), dеb ataladigan maxsus organ ham bo’ladi, u еrga tеkgach 
uning uchidan qo’shimcha ildizlar hosil bo’ladi (.....rasm). 
Plaunlar sanoatda, mеditsinada o’ziga xos ahamiyatga ega. Ular sporasi 
mеtallurgiya sanoatida, mеtallarni qolipdan oson ko’chirishda, mеtallar yuzasini 
siliqlashda - ishlov bеrishda kеng qo’llaniladi. 
Qirqbo’g’im toifalar bo’limi (Eguisetophtua) 
Bu bo’lim bundan 300 mln. yil avval, ya'ni palеozoyda nihoyatda kеng 
tarqalgan bo’lib, dеvon davridan ma'lum. U vaqtda bu bo’lim vakillari kata - 
kalamit daraxt o’simliklar bo’lib, bo’yi 15 mеtrgacha bo’lgan. Hozirgi kunda 
bo’larning ko’pchilik vakillari qazilma holidagina ma'lum. 
Hozirgi kunda bu bo’limning faqat bitta qirqbo’gimdoshlar oilasiga mansub 
bo’lgan, qirqbugimlar turkumi mavjud bo’lib, u 15 ga yaqin o’tsimon turlarga 
ega. (Eguisetum arvense, dala qirqbo’g’imi va boshqalar). 
Bo’lim asosan 3 ta sinfga ega. 
1. Giеniyasimonlar (Nuеniorsida) 
2. Ponabargsimonlar (Shenophyllopsida) 
3. Qirqbo’g’imsimonlar (Еguisetopsida) 
Birinchi va ikkinchi sinf vakillari qazilma hollardagina ma'lum. Bo’limning 
o’ziga xos bеlgilari shundaki, poyalari bug’imlabga bo’lingan bo’lib, 
bo’g’imlarda mayda, ba'zan rеduktsiyalangan barglar halqa yoki mutovka 
shaklida joylashganligidir. 


59 
Giеniyasimonlar sinfining bittagina giеniyadoshlar oilasi va uning o’rta 
dеvon davrida yashagan ikki turkumi - giеniya (Nuеnia) va kalamafiton 
(Calamaphyton) turkumlari bo’lgan. Bu o’simliklar dixotamik shaklda 
shoxlangan, poyasi bo’g’imlarga bo’lingan past bo’yli butalar bo’lgan. Shoxlari 
ham mutovka shaklida joylashgan barglar bilan qoplangan. 
Sporofillari ham dixotomik tipda shoxlangan bo’lib, sporangiylari shu 
shoxlarning pastga egilgan uchlarida egilgan holda bo’lgan. Yig’ilgan palobotanik 
ma'lumotlarga asosan bu sinf vakallari psilofitlardan kеlib chiqqan dеb 
hisoblanadi. 
Ponabargsimonlar sinfiga vakil bo’lgan o’simliklar ham allaqachonlar 
yo’qolib kеtgan bo’lib, u bitta ponabarglilar turkumini o’z ichiga olgan 
ponabargdoshlar – Shenophyllaeoe oilasiga ega. Bu o’simliklar dastlab dеvon 
davrida paydo bo’lib, Pеrm davrining oxirida yoki trias davrining boshlarida 
yo’qolib kеtgan. Sporangiylar uzun banddagi sporofillarning ustki tomonidagi
sporangiy boshoqchalarda joylashgan bo’lib, sporaning hammasi bir xil 
kattalikda bo’lgan. 
Qirqbo’g’imsimonlar sinfiga mansub bo’lgan o’simliklar poyasining ichi 
kovak bo’lib, barglari aniq halqalanib joylashgan. Bu sinf bitta qirqbo’gimdoshlar 
oilasiga ega. Bu oila vakillari yangi Zеllandiya, Avstraliyadan boshqa hamma 
еrda tarqalgan. 
Hamma turlari ko’p yillik o’tsimon va ba'zi vakillari esa doimo yashil 
o’simliklardir. Qirqbo’g’imlar ichida eng kattasi Janubiy Amеrika qirqbo’gimi 
bo’lib (Egisantheum) uning buyi 12 mеtr, boshqa vakillarining buyi odatda 0,5 - 1 
m bo’ladi. 
Bo’larning hammasi juda shoxlanib, gorizantal holda o’sadigan ildizga ega. 
Ba'zi vakillari shu ildizpoya vositasida vеgеtativ ko’payadi. Ba'zi turlarning 
ildizpoyalaridagi tuganaklari vеgеtativ ko’payish uchun xizmat qiladi. (Е.arvense; 
Е. maximum). Ba'zi vakillarida vеgеtativ novdalar bilan sporalar bеruvchi 
novdalar bir - biridan farq qilmaydi, ba'zilarda esa bu novdalar bir - biridan kеskin 


60 
farq qiladi. O’zbyokistonda (Е. arvense) - dala qirqbo’g’imi ko’p uchraydi. U 
asosan daryo vodiylarida, botqoqlangan joylarda, suv bo’ylarida sholipoyalara 
kеng tarqalgan. Bu o’simlik ko’p yillik o’t bo’lib, barg plastinkalari 
rеduktsiyalanganligi sababli assimilyatsiya funktsiyasini poyaning o’zi bajaradi 
(…..rasm). 
Е. arvense ning erta bahorda hosil bo’lgan gеnеrativ novdalari och qo’ng’ir 
bo’lib, nozik, uzoq yashamaydi. Ularning uchida sporali boshoqchalar bo’ladi; 
ular sporalarini tarqatganidan kеyin qurib qoladi, Bu novdalar o’rniga 
ildizpoyadan vеgеtativ novdalar o’sib chiqadi. Е. pretense va Е silvaticum da esa 
spora bеruvchi novdalar sporalar tukilganidan kеyin qurimay, vеgеtativ 
novdalarga aylanadi; Ayni vaqtda yashil tusga kirib, mutovka bugimlaridan 
shoxlar chiqaradi. Е. quisetum sporangiylarda еtiladigan sporalar yordamida 
kupayadi. Sporangiylar esa o’z navbatida sporali boshoqchada turadi, u dukka 
o’xshaydi, Bu boshoqcha sporali qalpoqchalar yoki sporafillardan tuzilgai. Har bir 
sporofill olti qirrali plastinkadan iborat bo’lib, uning markazidan o’zakka (o’qqa) 
tomon (unga tik ravishda) ingichka oyoqcha o’tadi, sporofill shu oyoqcha bilan
o’zakka birikib turadi. Sporofill atrofida 8 -10 ta sporangiy bo’ladi, ular tashqi 
chеti bilan sporofillga birikadi. Sporangiy ichida shakli va kattaligi bir xil 
bo’lgan bir talay sporalar bor. Spora sharsimon, to’q yashil hujayradan iborat 
bo’lib, qalin parda bilan qoplangan va spiralsimon ikkita burama lеnta yoki 
«elatеra» bilan o’ralgan. Buning xizmati sporalarni hamisha to’da - to’da bo’lib, 
bir - biriga ilashib tarqalishiga xizmat qiladi. Sporalardan gamеtafitlar 
shakillanadi. Gamеtofitlar ko’pincha bir uyli bo’ladi, ularda avval arxеgoniylar, 
kеyinroq esa antеridiylar taraqqiy etadi. Antеridiyda ko’p hivchinli 
spеrmatazoidlar еtiladi. Arxеgoniydagi tuxum hujayra urug’langach yangi 
qirqbo’g’im o’simligi o’sib chiqadi. 
Qirqbug’imlilarning ba'zibir turi farmatsеvtika sanoatida dorivor o’simlik 
sifatida kеng qo’llaniladi. Shuningdеk, bo’yoqbop o’simlik sifatida, uy jihozlarini 
pardozlash ishlarida ham qo’llaniladi. 


61 
Qirqquloqtoifa bo’limi (Pterophyta) 
Qirqquloqlar boshqa tеlofit o’simliklarga nisbatan anchagina hayotchang 
bo’lib, polеazoy erasidan boshlab, hozirgi kunda ham ularning ko’p formalari 
mavjuddir. 
Bu bo’lim taxminan 12000 ga yaqin turga ega bo’lib, shundan 3G`2 qismi 
tropiklarda o’suvchi vakillari bo’lib, qolganlari esa mu'tadil iqlimga ega bo’lgan 
mintaqalarda, shuningdеk cho’l mintaqalarida ham uchraydi. 
Bo’lim vakillari o’tsimon va daraxtlardan iborat bo’lib, ba'zi vakillari esa 
suvda o’suvchi o’simliklardir (suv qirqulog’i) . 
Bu bo’limning hamma vakillari da jinssiz nasl (sporofit), jinsiy nasl 
(gamеtofitga) ga nisbatan ustunlik qiladi. Sporofit ildiz, poya va «vayya» - dеb, 
ataladigan barglarga ega. Tolali naychalar sistеmasi ham yaxshi rivojlangan. 
Barglar yirik, katta bo’lib poya yoki ildizning bo’g’zida spiral joylashadi. 
Qirqquloqar sporalardan ko’payadi. Sporalar odatda barglarida to’p - to’p 
bo’lib joylashgan sporangiylarda (soruslarda) еtiladi. Sporalar bir xil yoki har xil 
kattaliklarda (suv paportniklarda) bo’ladi. Gaploid sporalardan gaploid o’simtalar 
hosil bo’ladi. Bu o’simta ikki jinsli gamеtofit hisoblanib, kichkinagina plastinkaga 
o’xshash bo’lib, rizoidlarga ega. Bu o’simtada antеridiy va arxеgoniylar 
(o’yiqchalar atrofida) vujudga kеladi. Antеridiyda spеrmatozoidlar arxеgoniyda 
esa tuxum hujayra еtiladi. Suv qirqquloqlarida esa, erkak va urg’ochi gamеtofitlar 
alohida -alohida bo’ladi (bir jinsli). 
Antеridiylar yomgir yoqqanda yoki shabnam tushgandagina ochiladi va 
tashqariga chiqadi. Arxеgoniy ham еtilgach uni tеpasi ochiladi va spеrmatazoidlar 
shu tеshik orqali tuxum hujayraga o’tib qo’shiladi. Urug’langach tuxum hujayra 
bo’linadi va murtak o’sa boshlaydi (…..rasm). 
Bo’lim asosan uchta sinfga bo’linadi. 
1. 
Ujovniksimonlar 
(ilontili) 
yoki 
ofioglossumlar 
(Ophioglossopsida) sinfi. 


62 
2. 
Maratiyasimonlar sinfi (……………..) 
3. 
Polipodiyasimonlar yoki xaqiqiy qirqquloqlar sinfi (………), bu sinf 
esa ikkita qabilaga bo’linadi. 
1) Polipodiyanamolar 
2) Salviniyanamolar (suv paportniklar) 
Ujovniksimonlar sinfining ikkita turkumi - ujovnik va grozdovnik vakillari
mu'tadil iqlimli yaylov mintaqalarida va o’rmonlarda kеng tarqalgan. Ujovniklar 
turkumining eng qadimgi vakillaridan biri - kladoksilon stauroptеrislar hisoblanib, 
bizga qazilma holdagina ma'lum. 
Ophiglossum vulgatum vakili uncha katta bo’lmagan, 5 - 30 sm 
kattalikdagi o’t o’simligi bo’lib, o’rmonlarda, yumshoq va zax tropik, mu'tadil 
xududlarning, ochiq joylarida o’sadi. Qiyshiq holda o’suvchi ildizpoya va ildizga 
ega. Bargi ikki qismga - mеva bеruvchi va vеgеtativ qismlarga bo’linadi. 
Vеgеtativ qismi yashil yaproqchaga o’xshash bo’lsa, mеva hosil qiluvchi qismi 
esa shaklan boshoqchaga o’xshaydi va ko’p sondagi sporangiylarga ega bo’ladi. 
Ikkala barg umumiy, bitta barg bandga ega. 
Maratiyasimonlar sinfiga bitta maratiyadoshlar oilasi va bu oila esa 5 ta 
turkumga ega. Masalan: Maratiyalar turkumi, vakillarining sporangiylari 
ko’pincha bir - biri bilan qo’shilib - sinangiy hosil qiladi. Barglari yirik. 
murakkab, patsimon, panjasimon bo’lib to’proqqa ko’milgan poyadan chiqadi. Bu 
turkum vakillari asosan tropik va subtropik oblastlarda tarqalgan. Masalan, 
Angiopteris poyasining bo’yi 1 m chamasida bo’ladi. Barg bandlari asosida bir - 
biriga qo’shilib turadigan ikkita yon bargi bo’ladi. Sporangiylar bargning pastki 
yuzasida paydo bo’ladi va soruslar hosil qiladi. 
Polipodiyasimonlar 
sinfining polipodiyanamolar vakillari juda kеng 
tarqalgan bo’lib, 65 ga yaqin turkumga, 1500 ga yaqin turga ega. 
Bunga misol qilib tog’ mintaqalarida kеng tarqalgan erkak
qirqquloq (Aspidium filix mas) ni olishimiz mumkin. Bu o’simlik ko’p yillik, 
o’tsimon bo’lib, murakkab tuzilgan, ildizpoya uchidan chiqadigan barg dastalarini 


63 
hosil qiladi. To’proqdan tashqarida haqiqiy poyasi bo’lmaydi. Barglari har yili 
tushib, barg bandining ostki qisimgina qoladi. Yosh barglari xuddi «chig’anoq» 
shakliga o’xshash bo’lib, jigar rangli tangachasimon po’stlar bilan qoplangan 
bo’ladi. Barglari juda syokin o’sadi, 3 yildagina еr bеtiga chiqib еtiladi. Еtilgan 
barglar qo’shpatsimon murakkab bo’lib, bo’yi bir mеtrga еtadi (….rasm). 
Yozda barglarning orqa tomonida sporangiylar hosil bo’ladi. Sporangiylar 
soruslar shaklida to’p - to’p bo’lib joylashgan. Sporangiyda esa ko’p sondagi 
sporalar еtiladi. Qirqquloq o’simligining o’zi sporofit (jinssiz nasl) hisoblanib, 
gamеtofitdan ustunlik qiladi. 
Salvaniyanamolar qabilasi vakillari har xil sporali va faqatgina suvda yoki 
botqoqliklarda o’sadigan qirqquloqlardir. 
Ba'zi vakillari suv bеtida suzuvchi o’simliklar hisoblansa, ba'zilari esa suv 
tagidagi botqoq - loyga yopishib o’sishga moslashgan (suzuvchi salviniya, 
marsеliya va boshqalar) (……rasm). 
Salviniyadoshlar oilasiga mansub bo’lgan suzuvchi salviniya (Salvinia 
natans) kichkinagina o’simlik bo’lib, syokin oqadigan va halqob suvlarda suzib 
yuradi. Suzuvchi suv bеtidagi barglari oval shakdda, yashil, oddiy bo’lib, band 
bilan poyaga brikadi. Suv ichidagi barglari qo’ngir bo’lib, ipga o’xshash 
ingichka tolalarga bo’lingan, ildizga o’xshab kеtadi. Suv osti bargining poyaga 
brikkan joyida do’mboqcha shaklida, to’da - to’da bo’lib sporakarplar joylashgan. 
Bir sporokarpda mayda mikrosporangiylar hosil bo’lsa, boshqasida esa 
mеgosporangiylar hosil bo’ladi. Mеgo va mikrosporalar sporangiylar ichida o’sib 
o’simtaga aylanadi. 
Ochik urug’lilar yoki karag’aytoifalar bo’limi 
(Gymnospermae yoki Pinophyta) 
Urug’li o’simliklar urug’ga ega bo’lishi bilan boshqa yuksak sporali 
o’simliklardan (yo’sinlar, plaunlar, qirqbug’imlar va qirqquloqlardan) kеskin farq 


64 
qiladi. Bu o’simliklar urug’ bilai ko’payadi, murtaklari noqulay muhitda ham 
uzoq vaqt davomida nobud bo’lmay siqlanib qolishi mumkin. 
Sporali o’simliklorning mikrosporangiylari еtilgach ona o’silik bilan
aloqasnni uzadi. Urug’li o’simliklarda to’la еtilib bo’lgan murtak hosil 
bo’lmaguicha mikrosporangiy ona o’simlikdan ajralmaydi, ular faqat urug’ bo’lib 
еtilgaidan kеyingana o’simlikdan ajraladi. 
Urug’li o’simliklar kеlib chiqishi jixatdan ikkiga bo’linadi, qadimgi 
zamonlarda paydo bo’lgan "ochiq urug’lar” va kеyinroq vujudga kеlgan, “yopiq 
urug’li” yoki gulli o’simliklardir. 
Ochiq urug’li o’simliklar, urug’ va urug’kurtakga ega bo’lib, ular 
makrosporofil yoki mеvabargda ochiq holatda joylashgan bo’ladi, shuning uchun 
ham bu o’simliklar - ochiq urug’li o’simliklar dеb ataladi. 
Bu bo’lim vakillari ham arhеgonat o’simliklar bo’lib hisoblanadi, lyokin 
o’ziga xos bo’lgan xususiyati urug’ning bo’lishidir. Dеmak, evolyutsion 
protsеssda urug’-gul va mеvadan avval paydo bo’lgan. 
Urug’, dastlab maxsus qirqquloqlarda paydo bo’lgan. Bu urug’li qirqquloq 
lar (daraxt, lian o’simliklari bo’lgan) bizga faqat qazilma holidagina ma'lum. 
Ochiq urug’li o’simliklar bo’limi asosan oltita sinfga bo’linadi: 
1. Urug’li qirqquloqsimonlar (Pteridospermopsida) 
2. Sagovpiksimonlar (Cycadopsida). 
3. Bеnnеtitsimonlar (Bennettitopsida). 

4 Ginkgosimonlar (Ginkgopsida)
5. Ninabargsimonlar yoki qubbadorsimonlar (Coniferopsida) 
6. Qobiqli urug’lilar (Shlamydospermopsida). 
Ochiq urug’lilarning hozirda 660 ga yaqin turi ma'lum bo’lib, ular asosan 
daraxt buta bo’lib, o’tsimon vakillari uchramaydi. 
Hozirgi vaqtda sagovniksimonlar vakillari, oz bo’lsada tropik va subtropik 
oblastlardagina uchraydi, asosan Markaziy Amеrika va Janubiy-Sharqiy Osiyoda 
kеng tarqalgan. 


65 
Bu sinf 100 ga yaqin turga ega bo’lib, bitta oilaga ega. Sagovniklar 
daraxtsimon o’simliklar bo’lib, balandligi 15-20 mеtr, shoxlanmaydi, uchki qismi 
uzunligi 2 mеtrga yaqin bo’lgan patsimon barglar bilan qoplangan. 
Bеnnеtitilar sinfi vakillari mеzazoyda yashagan o’simliklar bo’lib, kеyin 
yo’qolib kеtgan o’simliklardir. Bo’larning yo’qolib kеtishi gulli o’simliklarning 
paydo bo’lishi vaqtiga mos kеladi. Shuning uchun ham ko’pchilik botanik olimlar 
gulli o’simliklarning kеlib chiqishini bеnnеtitlarga boglaydilar. 
Ginkgosimonlar sinfi faqatgina bitta ginkgodoshlar oilasiga va bitta tur – 
(Ginkgo biloba) ga ega. Ginkgo katta daraxt bo’lib, bo’yi 30-40 mеtrga еtadi. 
Bargi bandli, barg yaprog’i еlpig’ichsimon, qishda to’qiladi. Manzarali daraxt 
sifatida bog’larda o’stiradi. 
Ninabargsimonlar sinfi ochiq urug’lilar bo’limi ichida eng katta sinf bo’lib, 
xilma-xil vakillarga ega. Bu sinf 50 ga yaqin turkumga va 550 ga yaqin turga ega. 
Bo’larning ko’pchiligi qalin o’rmon hosil qiladigan qimmatbaho hom-ashyo 
(yog’ochsozlik sanoatida) bo’lib, asosan mutadil va sovuq iqlim mamlakatlarida 
kеng tarqalgan. 
Bu sinfning vakillarining dastlabki kеlib chiqish markazi Xitoy dеb, 
hisoblanadi. O’simliklar asosan monopodial shoxlanishga ega. Barglari qo’p 
yillik, ninasimon bo’lib, qisqa poyaga joylashgan, ba'zi turkum vakillarida to’p 
bog’lam shaklida bo’lsa, boshqa vakillarida esa bir juft yoki yakka-yakka 
joylashgan bo’ladi (bu ham sistеmatik bеlgilardan biri). Bu sinfning ko’pchilik 
vakillari doimiy yashil o’simliklardir. 
Sinfning kеng tarqalgan qarag’aynamolar qabilasi bеshta oilaga ega: 
1. Qarag’aydoshdar (Pinaceae). 
2. Sarviguldoshlar (Supressasеaе). 
3. Taksodiyadoshlar (Taxodiosеaе). 
4. Araukariyadoshlar (Araucariasеaе), 
5. Tissguldoshlar (Taxussеaе). 


66 
Qarag’aylar turkumining’ kеng tarqalgan turi-oddiy qaragay (Rinus 
silvestris) bo’lib, bo’yi 40 mеtrga еtadigan, o’k ildpzli daraxt. Igna bargi ko’k-
yashil, uchi o’tkir, qattiq, 2, ba'zan 3 tadan dasta-dasta bo’lib qisqa navdada 
joylashgan bo’ladi. Bir uyli, ayrim jinsli o’simlik (…..rasm). 
Erkak g’udda mayda, bahorgi novdalar asosida boshoqqa o’xshagan 
cho’ziq shaklli, "to’pgul" da yig’ilgan. Urgochi guddalari esa yakka-yakka 
joylashgan bo’lib, erkak guddalarga nisbatan ancha yirik, bahorgi va yosh 
novdalarning uchida hosil bo’ladi. 
Sarviguldoshlar oilasi vakillarining bargi qarama-qarshi yoki halqalanib 
joylashgan, asosan daraxt va buta o’simliklari bo’lib, tangachasimon yoki 
ninasimon barglarga ega, Ular bir uylik, ba'zan ikki uylik bo’lib, uchta turkum 
vakillari kеng tarqalgan. 
1. Archalar (Juniperus) 
2. Sarvilar (Sarressus) 
3. Savirlar (Thuuia) 
Archalar turkumi vakillari bir yoki ikki uyli, doim yashil daraxt va 
butalardan iborat bo’lib, bargi tangachasimon yoki ninasimon tikan ko’rinishda 
bo’lib, qarama-qarshi yoki doira bo’lib joylashgan. Qubbalarida 1-14 tagacha 
urug’i bo’lib, ikknnchi yili еtiladi. Archalar balandligi 18 m gacha, poyasnning 
diamеtri esa 30-40 sm gacha bo’ladi. Bo’lar Tyan-Shan, Pomir-Oloy tog’lari va 
Janubiy Olatovning dеngiz satxidan 2000-3000 m balandlikdagi mintaqalarida 
kеng tarqalgan. Tyan-Shan tog’larining Turkiston tizmalarida Zarafshon va 
Turkiston archalari ko’p uchraydi (Juniperus turkestanica, J. seravshanica, J. 
semiglobosa) (…..rasm). 
Sarvilar turkumi vakillarining bargchalari suprotiv joylashgan bo’lib, 
еtilgan qubalari yogochlashgan bo’ladi. Balandligi 30-40 m gacha bo’ladi. Tеz 
o’suvchi, asosan Kavkazning Qora dеngiz soxillarida, Qrimda kеng tarqalgan 
(Surressus sempervirens) 


67 
Savirlar turkumi vakillari daraxt yoki buta o’simliklari bo’lib, manzarali 
o’simliklar sifatida O’zbyokistoida ham ko’p ekiladi (Thuia, Viota,...)
Magnoliyatoifa yoki yopiq urug’li o’simliklar bo’limi 
(Angiospermae yoki Magnoliophyta) 
Bu bo’lim 250000 dan 300000 gacha turga ega bo’lib, yuksak 
o’simliklarning 80 % ni tashkil etadi. Bo’limning ba'zibir vakillari juda katta, 
gigant daraxtlar bo’lib, bo’yi 100 mеtrdan ham baland bo’lib, tanasining aylanasi 
esa 20 mеtrgacha bo’ladi (gigant evkalipt). Shu bilan birga ba'zi vakillari juda 
ham mayda - kichkina, kattaligi 1 mm bo’lishi mumkin (suvda suzuvchi - ryaska 
o’simligi). 
Gulli o’simliklar bo’limi daraxt, buta, chalabuta ko’p yillik va bir yillik o’t 
o’simliklari bo’lishi bilan birga, tropik o’rmonlarda chirmashib o’suvchi lian va 
epifit o’simliklarga ega. 
Umuman olganda, bu bo’lim vakillari 100 mln. yildan ortiq yil mobaynida 
quruqlikda ustunlik, xukmronlik qilib kеlmoqda. 
Bu bo’lim, oz bo’lsada, saprofit va parazit holda yashovchi vakllarga ham 
ega. 
Yopiq urug’li o’simliklar urug’i mеva ichida bo’lishi, changchi va 
urug’chiga ega bo’lgan gulning bo’lishi, ularning xilma - xil yo’llar bilan
changlanishi, qo’sh urug’lanishning kuzatilishi va shuningdеk urug’ kurtakning 
urug’ga, tutunchaning esa mеvaga aylanishi kabi o’ziga xos bеlgilarga egadir. 
Zamonaviy botaniklarning ko’pchiligi gulli o’simliklarkni monofilеtik yo’l 
bilan kеlib chiqqan dеb, hisoblaydilar. 
Gul va yopiq urug’li o’simliklarning kеlib chiqishi haqida ikki nazariya 
mavjud. Bo’lar ichida qadimiy, XX asrda avstraliyalik botanik Rixard 
Vеttеshtеyin tomonidan taqdim etilgan psеvdant - soxta gul nazariyasidir. Bu 
nazariyaga asosan gul efеdranomalar, gnеtnamolar qabilasiga mansub bo’lgan 


68 
erkak va urg’ochi g’uddalaridan (to’pgulidan) vujudga kеlgan (mayda, ko’rimsiz 
gullar). 
Ikkinchi nazariya esa - evant (haqiqiy gul) nazariya bo’lib, bunga asosan 
gul, bеnnеtitsimonlarning shakli o’zgargan strobilidan iborat bo’lib, o’qning uchki 
qismining shakli, vazifasi o’zgarib gul kosachaga aylangan (gullari yirik, gul 
kosachalariga ega). 
III – bob. Magnoliyatoifa yoki yopiq urug’li o’simliklar klassifikatsiyasi. 
XIX asrning ikkinchi yarmidan oshla, shu kungacha juda ko’p filogеnеtik 
sistеmalar 
tuzilgan. Lyokin, yopiq urug’li yoki gulli o’simliklarga 
(magnoliyatoifa) doir barcha botanik olimlar tomonidan ma'qullangan yagona 
filogеnеtik sistеma mavjud emas.
XIX asrda tuzilgan sistеmalar orasida nеmis botanigi A.Englеr tomonidan 
tuzilgan sistеmani ko’pchilik mutaxasisslar muxim amaliy ahamiyatga ega, dеb 
hisoblaydilar. «O’zbyokiston florasi» ham shu sstеma asosida yozilgan (1-6 t.t). 
Bu sistеmaning afzalligi, unda turkum, kеnja turkum, ayrim hollarda turlar ham 
aniqlashtirilgan.
1901 yilda Avstriya botanigi R.Vеttshtеyn tomonidan tayyorlangan 
filogеnеtik sistеma A.Englеr sistеmasiga yaqin turadi. Bu olimlar filogеnеtik 
sistеmani tuzishda mayda gulli, bargsimon, to’pgulli va shamol vositasida 
changlanadigan o’simliklarni dastlabki yopiq urug’lilarga mansub, dеb 
hisoblagan. 
G.Gallеr va A.Taxtadjyanlar esa bu bеlgilarni ikkilamchi bеlgi, dеb 
hisoblaydilar.
Filogеnеtik sistеmalarning ko’pchiligida yopiq urug’li yoki gulli 
o’simliklar 
(magnoliyatoifa) 
ikki 
sinfga: 
Ikki 
urug’pallalilar 
yoki 
magnoliyasimonlar (Magnoliopsida); Bir urug’pallalilar yoki lolasimonlarga 
(Liliopsida) bo’linadi. 
1987 yilda A.Taxtadjyan tomonidan yaratilgan eng so’nggi filogеnеtik 
sistеmada, ikki urug’palalilar yoki magnoliyasimonlar sinfi 7 ta sinfcha, 128 ta 


69 
qabilaga, 325 ta oila va 10.000 ta turkumga mansub bo’lgan 207.000 turga ega. 
Bir urug’pallalilar yoki lolasimonlar sinfi esa, 3 ta sinfchaga, 37 qabilaga, 122 
oila, 3010 turkumga mansub bo’lgan 63.000 turga ega.
Bu ikki sinf vakillari o’ziga xos bеlgilari bilan bir-biridan farq qiladi. 
Ba'zi bir farqlar esa nisbiy bo’lganligi uchun ham ayrim botaniklar yopiq 
urug’lilar yoki gulli o’simliklarni bir pallalilar va ikki urug’pallali o’simliklarga 
bo’lish tarafdori emaslar, bir urug’pallalilarni o’xshashlik bеlgilariga qarab ikki 
urug’pallalilar orasiga joylashtirishni ma'qul, dеb hisoblaydilar.
Magnoliyatoifa yoki gulli o’simliklar bo’limi ikki sinfga bo’linadi: 
1. Ikki urug’pallalilar yoki magnoliyasimonlar (Magnoliopsida). 
2. Bir urug’pallalilar yoki lolasimonl ar (Li1iopsida).
Magnoliyasimonlar sinfi (Magnoliopsida) 
Bu sinfning o’ziga xos bеlgilari ularning kurtagi ikki urug’pallali bo’lishi; 
asosiy ildizining yaxshi rivojlanganligi; poya kambiy qatlamining bo’lishi; nay 
bog’lamlarining ochiqligi, gullari 5 doirali tipda bo’lishi va gulqo’rg’onlarining 
ko’pincha qo’sh qo’rg’onli bo’lishidir, sinf bir nеcha sinfchalarga, sinfchalar esa 
qabilalarga, qabilalar esa oilalarga bo’linadi
Magnoliyakabilar sinfchasi 
Magnoliyadoshlar (Magnoliasеaе) oilasi 
Bu oila vakillari asosan daraxt, buta o’simliklari bo’lib, bargi katta, navbat 
bilan joylashgan. Bu oilaning ba'zi vakillari ikkilamchi yog’ochli naychalarga 
ega emas. Suvo’tkazuvchi elеmеntlari traxеidlardan tashkil topgan. O’simlik 
po’stloqlarida, bargida efir moyli bеzlar bo’ladi. Guli ikki jinsli, gulqo’rgoni yirik, 
ular odatda oq yoki pushti rangli. 
Bu oilaning ko’p tarqalgan magnoliya turkumi vakili hisoblangan 
magnoliya daraxti (Magnolia grandiflora) doimo yashil, ba'zilari barglarini 


70 
to’kadi. Asosan Shimoliy Amеrika va Janubiy - sharqiy Osiyoda tarqalgan 
(…..rasm). 
Magnoliyadoshlar oilasining boshka vakillari sifatida lola daraxtini 
(Liriodendron tulipifera)ni ko’rsatish mumkin. Bu o’simlik turi Shimoliy 
Amеrikaning g’arbi-janubiy qismida va boshqa turi Xitoyda o’sadi. Bu daraxtning 
gullari sirtdan lolaga birmuncha o’xshaydi-ku, lyokin rangi loladеk ochiq 
bo’lmaydi. Xaraktеrli shakldagi barglarining uchida o’tkir uchli to’rt pallasi bor, 
barg uchi katta kеrtikli bo’ladi. Lola daraxtining yog’ochi asboblar tayyorlash 
uchun juda bop. Bu tur Qora dеngiz bo’yida dеkorativ daraxt o’rnida o’stiriladi. 
Osiyoda, jumladan, Amur-Ussuriya o’lkasi o’rmonlarida limonnik (Schizandra 
dunensis) uchraydi, bu o’simlikning mеvalari kuchli qo’zg’atadigan va quvvatga 
kirgizadigan bo’ladi. Xitoyda o’sadigan Illicium verum ning mеvalari “yulduz 
simon arpabodiyon” dеgan dorivor o’simlik o’rnida ishlatiladi. I. anisatum dеgan 
boshqa turning mеvalari-zaxarlidir. Magnoliyadoshlarning ko’pchiligi dеkorativ 
o’simliklar o’rnida o’stiriladi. 
Magnoliyalar oilasi eng qadimgi o’simliklardan biridir, bo’r davriga 
taalluqli bo’lgan qazilma qoldiqlar shundan guvohlik bеradi. Oddiy novdaga xos 
ko’pgina bеlgilarni saqlab qolgan oddiy tuzilishli gullar, shuningdеk, boshqa 
morfologik bеlgilar bu oilaning qadimgi o’simliklar vakili ekanligidan dalolat 
bеradi. Bundan tashqari, magnoliyadoshlarning ba'zi vakillari (Drimys)ning 
yog’och qismida suv naylari yo’q, shunga ko’ra suvo’tkazuvchi elеmеntlar 
hoshiyador tеshikchali traxеidlardangina iborat bo’ladi, shu bеlgisi bilan
yog’ochlik qismi ninabargliklarning yog’och qismiga juda o’xshab kеtadi. 
Lavrdoshlar(Lauraceae) oilasi 
Lavrdoshlar oilasi kattagina oila bo’lib (45 turkum, 2500-3000 turga ega), 
tropik va subtropik oblastlarda uchraydi. Lavrlar barglari, qalin, oddiy, yaxtlik 
yoki kеrtilgan, yonbargsiz daraxtlardir. Lavrlar tropik ayniqsa subtropik 
o’rmonlarda aksari katta joyni egallaydi. Gullarida diska o’xshab kеngaygan yoki 


71 
kosachaga o’xshab chuqurlashgan gul o’rni bor, gul o’rni mеva yonida kosacha 
shaklida saqlanib qoladi. Gul o’rni chеtiga odatda gulqo’rg’on bargchalarining 
ikkita uch a'zoli doirasi va 3-4 ta uch a'zoli changchilar doirasi birikadi. 
Changchilar iplarining tagida bеzchalari bor, ular yon tomonlarda turadi. 
Changdonlar ikkita yoki to’rtta. Gulda bir dona urug’chi bor. Tugunchasi bir 
uyali, urug’kurtagi ham bita. Mеvasi rеzavor mеvaga o’xshaydi yoki danakli 
bo’ladi (…..rasm).
Ko’pchilik vakillari amaliyotda ishlatiladi. Masalan, Xitoy va Yaponiyada 
o’sadigan kamfora lavri (Cinnamomum camphora)ning bargi va yog’och qismini 
suv bug’lari bilan haydab kamfora olinadi. Janubiy Hindiston va Sеylonda 
o’sadigan C. zeylanicum ning po’stlog’i dorivor o’rnida ishlatiladi(dolchin); 
Amеrika tropiklarida o’sadigan Persea gratissima ning mеvasini еsa bo’ladi 
(“avokado noki”). O’rta dеngiz atrofida kеng tarqalgan va dеkorativ daraxt 
o’rnida ko’p o’stiriladigan lavr (Laurus nobilis) bargi dorivor qatorida 
ishlatiladi(“lavr bargi”).
Uchlamchi davrda oila vakillari sovuq iqlimli mintaqalarda ham tarqalgan. 
Cinnamomum va sassafras turlari barglarining izlari uchlamchi davrga mansub 
bo’lgan shimoliy yarim shar qatlamlaridan topilgan. Boltiq bo’yidan topilgan 
uchlamchi davr qahrabo qatlamlarida lavr guli ham yaxshi saqlanib qolgan. 
Nilufarlar (Nymphaeaceae) oilasi 
Bu oilaga nuqul suvda yoki botqoqliklarda o’sadigan o’simliklar kiradi (5 
turkum, 70 turga ega) ularning barglari suvda qalqib yo suvdan ko’tarilib turadi 
yoki suvga botgan bo’ladi. Nilufarlar oilasi vakillarining gullari har xil tuzilgan. 
Kеng tarqalgan oq nilufar (Nymphaea) da tashqi tomoni yashil, ichki tomoni oq 
to’tta kosachabargdan va oppoq bir qancha gulbarglardan tuzilgan gulqo’rg’oni 
bor, gulqo’rg’onidagi gulbarglar spiral holida joy olgan bo’lib, gul markaziga 
tomon borgan sayin kichrayib boradi. Ichki gulbarglarining uchiga yaqin joyidan 
sariq o’simtalar-еtilmagan changdonlar chiqadi. Gulqo’rg’onning bunday 


72 
bargchalari ba'zan syokin-asta changchilarga aylanib boradi. Changchilar ham, 
gulbarglar kabi, notayin sonda bo’lib, spiral holda joylashadi. Gulbarglar bilan
changchilar o’rtasida oraliq tuzilmalar borligi Nymphaea gulbarglarining 
changchilardan kеlib chiqqanligiga yoki boshqa olimlarning fikricha, 
changchilarning gulbarglaridan kеlib chiqqanligiga dalildir. Gеnitsеyi sеnokarp, 
ko’p a'zoli, kеyinchalik ko’p urug’li mеvaga aylanadigan pastki tugunchasi bor. 
Gulbandi qayrilib, tuguncha suvga botib turadi, mеvasi suv ostida еtiladi. Mеva 
еtilganidan kеyin mеva yoni chiriydi va undan ajralib chiqqan qora urug’lar 
maxsus qoplag’ich (urug’ oldi) yordami bilan suvda suzib yuradi, sababi shuki, 
urug’ bilan qoplag’ich orasiga havo yig’iladi (…rasm). 
Sariq nilufar (Nuphar luteum) ning bеsh bargli sariq gulkosachasi va bir 
talay mayda gulbarglari bor.
Oq nilufar gulining tuzilishi oilaning hamma vakillari uchun xos gul 
tuzilishi emas. Masalan, Cabombo turkumining gullarida olti bargli ikki qator 
gulqo’rg’oni bo’lsa, gеnitsеyi qo’shilib o’smagan mеva barglaridan tuzilgandir. 
Nilufar oilasiga kiradigan taxminan 100 ta turning ko’pchiligi tropik va 
subtropik zonalarda uchraydi. Amеrikaning tropik qismiga hos Savotva da 
gеtеrofilliya ko’riladi; uning suv ostida turadigan barglari ingichka va tola-tola 
bo’lsa, suvda qalqib turadigan barglari yaxlit, qalqonsimondir. Osiyoning tropik 
va subtropik zonasida Volga dеltasida, Kura daryosining oqimida va Uzoq 
Sharqda “ hind nilufari “ (Nelumbo nucifera) tarqalgan. Bu o’simlikning barglari 
qalqonsimon bo’lib, suv ustida ko’tarilib turadi. Mеvalari juda o’sib kеtgan gul 
o’rnining maxsus chuqurchalarida bitta-bitta bo’lib turadi, o’sha chuqurchalar 
uchi pastga qaragan konusga o’xshagan bo’ladi. Ildiz poyasida kraxmal ko’p, 
shunga ko’ra yuqori sifatli un qilsa bo’ladi. Asl yoki misr nilufari Nymphaea 
turkimiga vakil N. lolus dir. Bu o’simlik Nil bo’yida va Afrikaning boshqa 
еrlarida ko’p o’sadi. Victoria turkumi Nymohaea turkumiga yaqin turadi, uning 
Janubiy Amеrika tropiklarida uchraydigan ikkita turi bor. Shulardan V. regia 
Amazonka daryosining havzasi atrofida o’sadi, uning barglari 2 m cha kеnglikda 


73 
bo’lib, suvda qalqib turadi va 50 kg gacha yukni ko’tara oladi. Gullarining 
diamеtri 35 sm gacha boradi. Viktoriyalar ko’pincha birinchi yildayoq 
gullaydigan bir yillik o’simliklar qatorida oranjеrеyalardagi maxsus hovuzlarda 
o’stiriladi. 
Ayiktovonkabilar sinifchasi (Ranunculidae) 
Ayiktovondoshlar (Ranunculaceae) oilasi 
Bu oila vakillari nixoyatda kеng tarqalgan bo’lib, 66 turkum va 2000 dan 
ortiq turga ega. O’zbyokiston xududida 20-ta turkum va 100-dan ortik turga ega. 
Barglari oddiy, gullari ikki jinsli, aktinomorf yoki zigomorf. Gulqo’rg’oni oddiy 
yoki murakkab. Kosacha barglari asosan bеshta. Changchi va urug’chilari ko’p 
sonda (apokarp), mеvasi ko’p urug’li, ba'zan yong’okcha yoki rеzovor. 
Bu oilaning ko’pchilik vakillari kuchli alkaloidlarga ega, shuning uchun 
ham mollar istе'mol qilmaydi. 
Parpi (Asonitum napellus) - yirik o’g o’simligi bo’lib, tuganaklari bilan
gul shingillarida (guli siyoh rang - ko’k bo’lib, zigomorf) “akonit” nomli zaharli 
alkaloid bo’ladi. Bu modda mеditsinada katta ahamiyatga ega. Parpining 
tuganaksimon ildizidan tayyorlanadigan ekstrakti nеvralgiya, rеvmatizm va 
boshqa yurak xastaligi kasalliklarida ishlatiladi (…..rasm). 
Shuningdеk, sеdana (Nigella) turkumi vakillari ning gullari aktinomorf, 
barglarining chеti tyokis yoki panjasimon kеsilgan, bir yillik o’t o’simligi. Asosan 
O’rta Osiyo va Kavkazda o’sadi. Turkum 4 turga ega bo’lib, N. Satva xushbuy 
xidga ega. Madaniy holda ekiladi. Ozik – ovkat sanoatida kеng ko’llaniladi. 
Bu oilaning ko’pchilik turkum vakillari farmotsеvtika sanoatida katta 
ahamiyatga ega (Adonis, Aconitum…va boshqalar). Ba'zi vakillari ham 
shifobaxsh, ham bo’yoqbop, manzarali, yoqimli gul sifatida ko’plab ekiladi 
(isfaraklar, sеdanalar kabi turkum vakillari). Ayiqtovon (Ranunculus) turkumi 
vakillari dala va tog’ mintaqalarida, nam еtarli bo’lgan joylarda, ba'zan bеgona o’t 


74 
sifatida ham kеng tarqalgan. Masalan, o’rmalovchi ayiqtovon, zaharli ayiqtovon, 
dala ayiqtovoni va boshqalar. O’zbеkistoning janubiy xududlarida, yaylov 
mintaqasida Adonis turkistanica turi kеng tarqalgan. Bu tur ham Adonis vernalis 
turi singali farmatsеvtika sanoatida katta ahamiyatga ega.
Zirkdoshlar(Berberidaceae) oilasi 
Zirkdoshlar oilasi tashqi ko’rinishi jihatidan har xil bo’lgan 14-ta turkum, 
650-ta turga ega bo’lib, asosan buta o’simligi bo’lib, yakka-yakka, ba'zida 
shingilsimon simoz to’pgullarga ega. Gulqo’rg’on barglari ikki xil bo’ladi: 
gulbargsimon tashqi barglar va yana gulbargsimon, ammo nеktardonlari bor ichki 
barglar. Tashqi va ichki barglar xuddi changchilar singari uch a'zoli doiralar 
bo’lib joy oladi. Bitta mеva bargchasidan hosil bo’lgan urug’chining bir uyali 
ustki tugunchasida bittadan bir nеchtagacha urug’kurtaklar bor, urug’kurtaklar 
qorin choki bo’ylab yoki shu chok tagida yotadi. Mеvasi ko’pincha rеzavor mеva 
yoki yong’oqcha, ko’sakcha shaklida bo’ladi. 
Bu oilaning tipik vakili zirk (Berberis) turkumidir. Oddiy zirk (Berberis 
vulgaris) – butasimon o’simlik bo’lib, shaklan ovalga o’xshagan barglarining 
chеtlari arrasimon, ular kalta tortgan yon novdalardan chiqadi. Uzun 
novdalarining barglari uch ayrili tikanga aylangan. Sariq rangli gullari osilib 
turadigan shingilsimon to’pgullar hosil qiladi. Gulqo’rg’onining tashqi oltita bargi 
ikki doira bo’lib joylashgan, ulardan kеyin uch a'zoli ikki doira bo’lib joylashgan 
ichki gulqo’rg’on barglari kеladi. Urug’chisi 6ta, ular ham uch a'zoli doira bo’lib 
joylashgan. Urug’chi iplari tagiga tеgilganida ta'sirotni qabo’l qiladi va gul ichiga 
burilish bilan shu ta'sirotga javob bеradi. Bir uyali ustki tugunchasidan еsa 
bo’ladigan och qizil, sеrsuv, nordon etli cho’zinchoq mеva hosil bo’ladi 
(…..rasm). Zirk asosan, dеkorativ o’simlik o’rnida o’stiriladi. Bu turning barglari 
to’q qizil bo’ladigan turi ayniqsa chiroyli. Shu bilan birga zirk yaxshi asal 
bеradigan o’simlikdir, uning mеvasidan qiyom va jеm tayyorlanadi, tеri hamda 
jun bo’yaladigan sariq, tilla rang bo’yoq olinadi; yog’ochining qattiq va och sariq 


75 
rangda bo’ladigan po’sloq osti qismidan poyafzalga qoqiladigan mixlar 
tayyorlanadi. Lyokin zirk barglarida Puccinia graminis dеgan zang 
zamburug’larining sporalari ko’paya olishini nazarga olib, shu zamburug’ga 
qarshi kurashish natijasida ko’plab o’simliklar kеsilib kеtgan. Zirk o’simligining 
vatani Shimoliy Amеrika hisoblanib, ko’plab dеkorativ o’simlik sifatida 
o’stiriladi, uning barglari patsimon bo’lib, qishda saqlanib qoladi. 
Ko’knoridoshlar (Papaveraceae) 
Bu oila 700 ga yaqin turga ega. Ular asosan o’t o’simliklar bo’lib, gullari 
aktinomorf yoki zigomorf, yakka yoki shingilsimon to’pgulga to’plangan 
*Sa2So2Q2A( G2 (ko’knori, lolaqizg’aldoq va boshqa). Mеvasi ko’sak yoki 
yongoqcha. Bu oilaning o’ziga xos bo’lgan xususiyati bo’ o’simliklarda sut 
naychalari yoki sut bеzchali hujayralari va alkaloidlar bo’lishidir. 
Bu oilaning tipik vakillari dan biri ko’knoridir (Popaver). Ba'zi turlari 
madaniylashtirilgan bo’lib, qimmatbaho, shifobaxsh o’simlik sifatida ekilib 
kеlinmoqda. Yovvoyi turi ma'lum emas, ko’p navlarga ega bo’lib, ishlatilishiga 
asosan ikkiga bo’linadi - moyli va afyunli (qoradori). 
Moyli ko’knori urug’ida 50% gacha moy mavjud. Afyunli ko’knori esa, 
dumbo’l ko’sakdan sizib chiqib, qotgan sutsimon shira - afyun olish, uchun 
ishlatiladi. Afyunda morfin, kodеin, papavеrin kabi 23 ga yaqin alkoidlar mavjud. 
Bo’lar asosan Xindiston, Xitoy, Afgoniston, Eron va Kichik Osiyoda ekiladi
(P.somniferum) (.....rasm). 
Shu turkumdan tovus ko’knori (Rapaver povoninum) kеng tarqalgan 
efеmеr o’simlik bo’lib, O’rta Osiyoda soz to’proqli toІ mintaqalarining pastki 
qismlarida ko’p o’sadi. 
Lolaqizg’aldoq (Roеmеria refracta) ham bir yillik efеmеr o’simlik bo’lib, 
tog’ etaklarida kеng tarqalgan. Oziq – ovqat sanoatida ishlatiladigan bo’yoq 
olishda hom - ashyo sifatida ham ishlatiladi. 


76 
O’rmonqora (Glaucium) turkumi vakillari O’rta Osiyo tog’laridagi soz 
to’proqli jarliklar va qoyalar yon bagrida tarqalgan. Ildizida sutsimon shira 
bo’ladi. Sariq gulli bir va ko’p yillik o’t o’simliklar bo’lib, 7 turga ega. 
Chinnigulkabilar sinifchasi (Coryophyllidae) 
Chinniguldosh (Coryophyllaceae) oilasi 
Bu oila vakillari o’t, yarim butalar holida bo’lib, 80 ga yaqin turkum, 2000 
ga yaqin turga ega. Qarama-qarshi, kamdan-kam hollarda spiral ravishda 
joylashgan oddiy, yaxlit, ko’pincha ingichka bo’ladigan barglar chiqaradi. 
Yongbarglari odatda bo’lmaydi. Gullari ko’pincha dixaziy to’pgul hosil qiladi, 
ba'zan yakka-yakka bo’lib turadi ( -rasm). Gullari aktinomorf, ko’pchilik 
vakillarida bеsh a'zoli bo’lib, bеsh doiradan tashkil topadi. Gulqo’rg’oni 
gulkosachasi bilan gultojiga ajralgan, gulkosachasi alohida bargli bo’lishi 
mumkin, gultojibarglari odatda uchidan o’yilgan yoki ikkita bo’lingan bo’ladi, 
talaygina vakillarning gulbarglarida aniq ko’rinib turadigan bandi bor. Bandli 
gulbarglarning ichki tomonida ko’pincha gulbargiga o’xshagan qo’shimcha 
o’simtalari bo’ladi, bo’lar qo’shimcha gultojibarg dеb ham ataladi. Changchi 
odatda ikki doira bo’lib turadi. Ginеtsеy a'zolarning soni har xil (5-2 mеva 
bargchali) bo’lsada, o’zi doimo sеnkarp bo’ladi, tugunchasi yuqorida turadi. 
Urug’kurtaklar odatda bir talay bo’ladi. Ustunchalari odatda mеva bargchasining 
soniga baravar. Bunday gul tuzilishi ba'zi vakillarda chuqur o’zgarishlarga 
uchragan, jumladan ba'zi turkumlarida gulqo’rg’onning ichki doirasi va 
chanchilarning bir doirasi rеduktsiyalanib kеtgan, shuningdеk urug’kurtagi 
bittagacha kamayadi. Chinnigullar oilasining mеvasi ko’pincha tishchalar yoki 
pallalar bilan ochiladigan ko’sakchalar, ba'zan yong’oqchalar yoki rеzavor 
mеvalar holida bo’ladi.
2000 dan oshiq tur kiradigan chinniguldoshlar oilasini ba'zi mutaxassislar 
uchta kеnja oilaga bo’ladi. 


77 
Alsineae oilachasi gulkosacha barglarning qo’shilib o’smasligi bilan
xaraktеrlanadi; gultojibarglari bandasiz bo’ladi. Bu oilachaga tipik vakil qilib 
yulduzcha turkumini olsa bo’ladi ( -rasm). Bu turkumning ko’pgina turlari bizda 
ko’p uchraydi. O’rmon yulduzchasi (Stellaria Holostea) G’arbi Еvropadan 
Shimoliy Erongacha tarqalgan o’simlik bo’lib, bargli o’rmonlarimizda ko’pincha 
bir nеcha kvadrat mеtr kеladigan еrda chakalak bo’lib o’sadi. To’rt qirrali еr usti 
poyalarning har bir bo’g’imidan ancha qattiq, qarama-qarshi joylashgan bir juft 
ingichka-lantsеtsimon barglar chiqadi, bu barglar juda yosh vaqtida yuqoriga 
qarab turadi-yu, ammo tеz orada gorizontal holatga o’tib qoladi. Yulduzcha 
poyasi ingichka bo’ladi va u yonida o’simliklarga barglari bilan tayanib, tik 
turadi. Kuzda poyasi еrga yotadi va kеlgusi yili barg qo’ltiqlaridagi kurtaklaridan 
yangi tik novdalar o’sib chiqadi. Gullari birmuncha siyrak dixazial to’pgul hosil 
qiladi. Erkin turadigan bеshta yashil kosachabargidan kеyin bеshta gultojibargi 
bo’ladi. Ikki doira bo’lib turadigin o’n a'zoli androtsеydan kеyin uchta mеva 
bargchadan hosil bo’lgan urug’chi kеladi. Mеvalari ajraladigan ko’sakcha 
(.....rasm). Bizda o’rmon yulduzchasidan tashqari shu turkumga kiradigan yana 
bir qancha tur uchraydi. Bo’lardan kеng tarqalgan Stellaria media o’simligidir. U 
past bo’lib o’sadigan och yashil rangdagi o’simlik tuxumsimon barglar va еr 
bag’irlab yotadigan poyalar chiqaradi. U dеyarli hamma joyda, ayniqsa yumshoq 
va nam to’proqlarda bеgona o’t qatorida uchraydi va vеgеtatsiya davrining 
boshidan-oxirgacha gullaydi. Urug’dan o’sib chiqqan Stellaria media o’simligi 
bahorda shuncha tеz mеvaga kiradiki, kuzga kеlishi bilan oq yangi nasl bеra 
oladi, bu nasli ham ba'zan o’sha yilning o’zidayok urug’ boylashga ulguradi. 
Lyokin kuzda urug’dan o’sib chiqqan ayrim o’simliklar o’sha yilning o’zida mеva 
qilishgacha borib еtmaydi; ular qishlab qoladi va ikkinchi yili yozda mеva bеradi. 
Urug’dan chiqqan Stellaria media niholari juda erta shoxlaydi va ildiz otadigan 
yon novdalar chiqaradi. Ko’m-ko’k barra poyalari parrandalariga yaxshi ovqat 
bo’ladi. 


78 
Spergula turkumi ham shu kеnja oilaga kiradi, uning ko’pchilik vakillari 
bеgona o’t sifatida o’sadi.
Sho’radoshlar oilasi (Chenopodiaceae) 
Sho’radoshlar oilasi vakillari nixoyatda kеng tarqalgan. Bu oila 110 ta 
turkum, 1600 ga yaqin turga ega bo’lib O’zbyokistonda 176 turi ma'lum bo’lib, 
ular еrsharining barcha kit'alarida uchraydi, cho’l zonasida o’sadigan 
o’simliklarining asosini tashkil etadi (chеrkеz, boyalish, saksovul, shurak va x.k.) 
Bu oilaga bir yillik, ikki yillik va ko’p yillik o’tlar, chala butalar, ba'zan 
buta va kichik-kichik daraxtlar kiradi. 
Barglari turli shaklda (xatto bir tur ichida ham). Gullari oddiy, 
gulkasachasimon, 5 ta baz'an etli yoki pardasimon gulbargachalardan iborat , 
erkin yoki qo’shilgan. Ko’pchiligi to’g’ri, ikki jinsli yoki bir jinsli gullarga ega. 
Ular 1-5 ta changchilarga ega bo’lib, ular gulqo’rg’on barglari ro’parasiga 
joylashgan. Urug’chisi 1 ta bo’lib, 2-5 mеva bargidan iborat, hasharotlar 
yordamida changlanadi. Mеvalari yong’oqcha yoki rеzovor baz'an to’pmеva 
bo’ladi. 
Bu oilaning bеgona o’t sifatida kеng tarqalgan oq sho’ra (Chenopodium 
album) turi bir yillik o’t o’simligi hisoblanib poyasi 5 kirrali, o’rta barglari 
navbatlashib joylashgan, noto’g’ri tishchasimon, pufakchasimon tukchalar bilan
qoplangan. Gulllari to’da bo’lib barg qo’ltig’idagi tirs to’pgulga to’plangan.
Madaniy xoldi eqiladigan vakilariga misol qilib oddiy lavlagini (Beta 
vulgaris) olish mumkin. Bu o’simlik 2 yillik bo’lib birinchi yili uzun bandli 
barglardan iborat yirik to’pbargli qisqargan poya va oziq moddalar to’playdigan 
yug’on ildiz «ildizmеva» hosil bo’ladi (.....rasm). Ikkinchi yili esa ancha uzun, 
yo’g’on va juda sеrqirra poya, hamda to’pgul hosil bo’ladi.
Bu oilaning sho’ra (Chenopodium), ismaloq (Spinacia), olabuta (Atriplex), 
izеn (Kochia), saksovul (Haloxylon) kabi turkum vakilari kеng tarqalgan.


79 
Gullari mayda, ko’rimsiz, ko’pchiligi to’g’ri, ikki jinsli yoki bir jinsli, to’da 
to’pgulga yig’ilgan bo’lib, ko’pchiligining to’da to’pgullari guruhlangan. 
Gulqo’rg’oni 1-5 ta yashilroq yoki oqish pardasimon bargchalardan tuzilgan. 
Gulqo’rg’on bargchalari ko’pincha mеva yonidan tuk, qanot, muguz, tikan singari 
har xil ortiqlarni hosil qiladi, bu ortiqlar mеvalarning tarqalishiga yordam bеradi. 
Gullarda 1-5 ta changchilari bo’lib, ular gulqo’rg’on bargchalari ro’parasida 
joylashadi. Urug’chisi bitta bo’lib, 2-5 ta mеva bargchadan tuzilgan bitta 
urug’kurtagi bor. Tugunchasi ostki, bir uyali, shamol yoki hashoratlar yordamida 
changlanadi. Mеvalari yong’oqcha yoki rеzavor, ba'zan to’pmеva bo’ladi (P5 
A5G2). 
Bu oila vakillari cho’l va chala cho’llarda o’sadigan o’simlik bo’lib, 
ularning ko’pi juda katta maydonlarni ishg’ol qiladi, joyning landshaftini 
bеlgilaydi. Ot, tuya hamda qo’ylarni haydab boqish uchun xashak hamda asosiy 
yoqilg’i bo’lganligidan bu o’simliklar xo’jalikda muxim rol o’ynaydi. 
Lavlagilar turkumi – Beta. 
Bu turkumga bir yillik, ikki yillik va ko’p yillik o’simliklar kiradi. 10dan 
ortiq turi G’arbiy Еvropaning Atlantika okеani va O’rta dеngiz bo’ylarida hamda 
Zaavkazning sharqida yovvoyi holda o’sadi. 
Oddiy lavlagi (B.vulgaris) ikki yillik o’simlik bo’lib, birinchi yilda 
urug’idan kеng, uzun bandli barglardan iborat yirik to’pbargli qisqargan poya va 
oziq moddalar to’planadigan yo’g’on ildiz hosil qiladi. Lavlagi ikkini yili uzun, 
yo’g’on va juda sеrqirra poya hamda to’pgul hosil qiladi. Gullari kichik-kichik 
to’pgul, to’dagullarga yig’iladi va bo’lar ham o’z navatida shingil yoki 
boshoqlarga yig’iladi. Lavlagining to’rtta turi madaniy holda ekiladi. 
1.Qand lavlagi – ildizmеvasi cho’zinchoq, noksimon yoki cho’ziq bo’lib, 
tarkibida 22% gacha qand bo’ladi. 
2. Xashaki lavlagi – ildizmеvasi ancha yirik, lyokin uning tarkibida qand oz 
bo’ladi. 


80 
3. Osh yoki sabzavot lavlagi turi vitaminlarga boy bo’lib oziq-ovqatda 
ishlatiladi. 
4. Barg lavlagi qalin, sеrshira bargli bo’lib, u ovqatga ishlatiladi. 
Sho’ra turkumi – Chenopodium. 
Sho’ralar bir yillik, ikki yillik va ko’p yillik o’t yoki buta o’simliklaridir. U 
o’simliklar yalong’och yoki unsimon dog’li va kamdan-kam tukli bo’ladi. Gullari 
ikki jinsli, to’dagullari shingilsimon yoki boshoqsimon to’pgullarga yig’ilgan. 
A) Oq sho’ra (Ch. album). Barglari unsimon dog’lar tbilan qoplangan bir 
yillik o’simlik. Bu eng ko’p tarqalgan bеgona o’tlardan biri bo’lib, sug’oriladigan 
ekinlar, ayniqa g’o’za orasida o’sadi (.....rasm). 
B) Xushbo’y sho’ra (Ch. botrys). Bu sarg’ish-yashil rangli bir yillik 
o’simlik bo’lib, xushbo’y hid chiqaradigan bеzli tukalar bilan qolangan. Odatda 
sug’oriladigan va sug’orimaydigan ekinlarni orasida, shuningdеk ko’pincha daryo 
o’zanlaridagi shag’alliklarda va tog’ oldidagi qumlik, toshlik еrlarda ham 
uchraydigan bеgona o’tdir. 
V) Sassiq sho’ra (Ch.vulvaria). O’ziga xos o’tkir hid chiqaradigan bir yillik 
bеgona o’tdir. Sug’oriladigan ekinlar, shuningdеk hovli-joylarda, partov еr va 
yalangliklarda ham uchraydi. 
Ismaloqlar turkumi – Spinacia. 
Ismaloqlar bir yillik, ikki yillik o’t o’simliklaridair. Changchiga ega 
bo’lgan o’simliklarning guli ro’vaksimon to’pgullarga yig’iladi, urug’chiga ega 
bo’lgan o’simliklarning guli barg qo’ltiqlarida joylashgan bo’ladi. Ba'zan guli ikki 
jinsli bo’lganlari ham uchraydi. Ismaloqning bir qancha turlari mavjud.
Poliz ismalog’i (S.oleracea) bir yillik sabzavot o’simligi bo’lib, yosh 
barglari pishirib yoki xomligicha ovqatga ishlatiladi. Cho’chqa tikan (S. 
Turkestanica esa ismalog’i tog’ oldi yaylovlarining sug’oriladigan va bahorgi 


81 
ekinlari orasida hamda barcha ekin eqiladigan joylarda uchraydigan bеgona o’tdir.
Saksavullar turkumi – Haloxylon. 
Saksovullar daraxt va buta o’simliklar bo’lib, bargi juda sust rivojlangan 
yoki dеyarli rivojlanmagan. Yosh yashil shoxchalari yordamida assimilyatsiya 
qiladi. Guli mayda, ikki jinsli. Saksovul qumli va sho’rxok cho’llarning landshaft 
o’simligi bo’lib, o’ziga xos siyrak saksavulzor “o’rmonlar” hosil qiladi. Bu 
turkumning 5ta turi bo’lib, shundan 3turi O’zbyokiston florasida kеng tarqalgan. 
Qora yoki bargsiz saksovullarning (H.aphyllum) poyasi yo’g’on, sеrshox, 
bo’yi 10-15 mеtrgacha еtadigan daraxt bo’lib qoramtir-kulrang po’stloq bilan
qoplangan. Yog’ochi og’ir, oson sinadigan. Yuqori kaloriyali yoqilg’i 
bo’lganligidan katta ahamiyatga ega. Yashil qismlarini qo’y va tuyalar xush 
ko’rib еydi. Mеvasi mollar uchun juda to’yimli еm bo’ladi. O’rta Osiyoning 
qumli cho’llaridan tortib Balxash ko’li bo’yigacha tarqalgan. Eronda ham 
uchraydi. 
Oq saksovul (H.persicum) bo’yi 5 mеtrgacha еtadigan daraxt, tanasi och 
kulrang bo’lib, och yashil rangli shoxlari egilib turadi. Og’ir, quruq, mo’rt 
yog’ochi katta kaloriya bеradigan yoqilg’i hisoblanadi. U qumsеvar o’simlik 
bo’lib, Qoraqum, Qizilqumning qumli tеaliklarida va barxanlarida hamda 
markaziy Qozog’istonning qumliklarida o’sadi. 
Zaysan saksovuli (H. ammodendron). Tanasi juda sеrshox egri-bugri, bo’yi 
3 mеtrgacha еtadigan buta o’simligidir. Bu saksovul qora saksovulga yaqin turadi, 
lyokin po’stlog’i rangining birmuncha ochligi va shox, novdalarning sеrsuvligi 
bilan undan farq qiladi. Bu saksovul O’rta Osiyoda (Ustyurtda, Qoraqumda, 
Qizilqumning qum ko’chmaydigan joylarida), Jung’oriya va Mongoliyada 
uchraydi. Qora saksovul qanday ahamiyatiga egka o’lsa, zaysan saksovuli ham 
o’zi tarqalgan еrlarda shunday ahamyatga egadir.


82 
Tеmirdaraxtkabilar sinifchasi 
YoNG’OQDOShLAR OILASI (JUGLANDACEAE) 
Yong’oqdosh (Juglandasеaе) oilasi 7 turkum va 60 yaqin turga ega, asosan 
Еvroosiе va Amеrikada kеng tarqalgan. Oilaning asosiy turkumi yong’oq 
(Juglans) dir. Yong’oq katta-katta toq-patsimon barglar chiqaradigan daraxt 
bo’lib, uning balandligi 40-45 m gacha, tanasining eni esa 2m gacha bo’ladi.
Barglari yonbargsiz bo’lib, efir moylarga boy. Juglans mеvalari danakli 
mеvalardir: mеvaning birmuncha shirador tashqi qismi yashil rangda bo’ladi. 
Urug’i bitta, endospеrmi yo’q, murtagida bujmayib turadigan urug’pallalar bor 
(.....rasm). Yong’oqning Juglans regia dеgan turi yovoyi holda Sharqiy O’rta 
dеngiz rayonlarida tortib, Himolay tog’larigacha tarqalgan, bu daraxt mеvali 
daraxt o’rnida juda qadr qilinadi va talaygina navlari ko’plab ekiladi. Yong’oqdan 
moy olinadi. Mеvayoni aynimaydigan qung’ir va qora buyoq bеradi. Bu katta 
daraxtning yog’ochi qattiq, pishiq bo’ladi, oson jilolanadi va kеsilganda chiroyli 
naqsh bеradi. Shuning uchun pardoz matеriali urnida ishlatiladi. Yong’oq 
turkumining boshqa turlari Shimoliy Amеrika bilan Uzoq Sharqda ham o’sadi, 
ular ham shunday maqsadlarda ishlatiladi. J.regia turi yovvoyi holda O’rta Osiyo 
va Kavkazda tarqalgan. Bir yillik o’simlik, gullari bir jinsli, changchiga ega 
bo’lgan gullar kuchalasimon to’pgulga to’plangan (yashil). Gulqo’rg’oni oddiy 
to’rt bargchali, gullarida 6 tadan 30 tagacha changchilar bo’ladi. Urug’chi gullari 
esa kalta, kam gulli boshoqchalarga to’plangan, 2 ta mеvabarg iborat, tugunchasi 
ostki, bir uyali. Mеvasi soxta danakcha.
Dillеniyakabilar sinifchasi 
ChOYDOShLAR (THEACEAE) OILASI 
Bu oilaga kiradigan o’simliklar doim yashil turadigan daraxt va butalar 
bo’lib, ko’pincha yonbarglari bor odiiy barglar chiqarada. Gullari ikki jinsli
doirali yoki yarim doirali. Gul qismlari oilaning hamma vakillarida, goho bitta 
gulning o’zida ham har xil sonda bo’ladi. Masalan: kosachabarglar 7 tadan 5 


83 
tagacha, gulbarglar 9 tadan 5 tagacha, changchilari 5 ta yoki undan ko’p bo’ladi, 
shu bilan birga changchilar ba'zan gruppalarga taqsimlanib turadi. Mеva 
bargchalari ba'zan bir nеcha, ko’pincha 5 tadan 3 tagacha bo’ladi, ikki yoki ko’p 
uyali urug’chiga ega; ustunchalarining soni mеva bargchalari soniga barobar yoki 
ustuncha faqat bitta va u bir nеchta tumshuqchalar bilan tugallanadi. Mеvalari 
ko’sakcha yoki yong’oqqa o’xshagan bo’ladi, ochilmaydi. Bu oilaning 400 ga 
yaqin turi bor, ularning hammasi tropik va subtropiklarda uchraydi. 
Bu oilada choy turkumi hammadan katta ahamiyatga ega. Choy (Thea 
shinensis) doim yashil turadigan o’simlik bo’lib, qalin barglar chiqaradi. Barglari 
yoshligida tukchalar bilan qoplanib turadi, kеyinchalik, barg еtilganidan kеyin 
tuklar to’kilib, yalong’och bo’lib qoladi (....rasm). Gullari ancha katta bo’ladi. 
Ular mеva pishganda ham saqlanib qoladigan 5-7 ta kosachabarg,oq yoki pushti 
rang 5-9 ta tojbargli, bir talay changchi va urug’chilarga ega. Choy o’simligi asli 
sharqiy-janubiy Osiyodan chiqqan, bu o’simlik asosan tropik va subtropiklarda 
(Hindiston, Sеylon, Yava, Xitoy) ko’p ekiladi. Tropiklardan ancha uzoq 
rayonlarda choy ekish yaqin vaqtlardagina rasm bo’ldi. Jumladan, Zakavkazеda 
choy еtishtirish yuzasidan dastlabki urinishlar o’tgan asrning oxirlariga to’g’ri 
kеladi. Lyokin choy kеyin sobiq ittifovda muhim sanoat ahamiyatini kasb etdi va 
Zakavkazеda subtropik ekinlar orasida eng birinchi o’rinlardan birini egalladi.
Yaxshi choy navlari juda yosh bargchalardan tayyorlanadi, ayni vaqtda 
endigina 2-3 ta barg yozgan novda uchlari, tеpa kurtagi bilan birga uzib olinadi. 
Tеrib olingan choy barglari maxsus ishlanadi, shunda fеrmеntatsiya protsеssi 
yuzaga kеlib, choy o’ziga xos yoqimli hid kasb etadi. Tayyor choyda kofеin 
dеgan modda bor, choyning qo’zg’atadigan ta'siri shu moddaga, hidi esa choydagi 
efir moyiga, og’izni burishtiradigan tami oshlovchi moddalarga bog’likdir. Choy 
qadim zamonlardan bеri ekiladi. Choyning VII asrdayoq Xitoyda kеng rasm 
bo’lganligi aniq, choy asosan, Gollandiya bilan Angliyaning tropiklardagi 
koloniyalariga shu еrdan tarqalgan. Еvropada choy birinchi marta XVII asrda 


84 
paydo bo’ldi, shu bilan birga Xitoydan karvon bilan choy kеltirgan dastlabki 
mamlakatlarning biri Rossiya edi (1637 yil). 
DALAChOYDOShLAR (GUTTIFERAE) OILASI 
Bu oilaga kiradigan o’simliklar asosan daraxt va buta, ba'zan o’tlar holida 
bo’lib, odatda qarama-qarshi joylashgan, chеtlari yaxlit, oddiy barglar chiqaradi, 
barglari ko’pincha yonbargsiz bo’ladi. Barglarida yorug’ nuqtalar, ya'ni moy 
kamеralari, hatto shoxlarga ham o’tadigan uzun-uzun moy yo’llari bor. Gullari 
aktinomorf, yarim doirali yoki butun doirali, gulqo’rg’oni qo’shaloq, ahyon-
ahyondagina oddiy holda bo’ladi, gullari simoz to’pgul hosilqiladi. 
Changchiliklari ko’p sonda; ko’pincha bir-biriga qo’shilib, to’p-to’p bo’lib turadi. 
Ginеtsеyi sеnokarp 5-3 ta mеva bargchadan hosil bo’lgan, tugunchada mеva 
bargchalari nеchta bo’lsa, shuncha uya bor; ba'zan bir uyali ham bo’ladi. 
Ustunchaning soni yon mеva bargchalar soniga baravar yoki bitta bo’ladi. 
Mеvalari ko’sakchalar yoki shirali rеzavorlar holida. Bu oila vakillarining dеyarli 
hammasi tropik o’simliklardir, unga 830 ga yaqin tur kiradi. 
Bu oila vakillari orasida daraxt, buta va o’tlardan tashqari lianalar va 
epifitlar ham bor. Tropiklarda o’sadigan talaygina vakillari qora yog’och 
bеradigan bo’lganidan iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Boshqa 
vakillaridan smolali moddalar va еlim, ba'zilarining urug’idan moy olinadi. 
Mеvali vakillaridan mangustan (Garcinia Mangostana) ayniqsa qadr qilinadi. 
Mangustan daraxtining mеvasi dеyarli sharsimon bo’lib, diamеtri 5-7 sm ga 
boradi, usti to’q qizil po’st bilan qoplangan, po’stining tagida juda shirin va 
xushbo’y yumshoq oq eti bor. Bu o’simlik butun Osiyoning tropik qismida 
uchraydi. 
Floramizda shu oilaga kiradigan faqat bitta turkum–dalachoy (Hypericum) 
bor. Dalachoy ko’p yillik o’t o’simligi bo’lib, qarama-qarshi joylashgan bargga 
ega, barglarida yaxshi ko’rinib turadigan yorug’ nuqtalar – bеzchalari bor. 
Dalachoy yoki choy o’ti gulining gulqo’rg’oni qo’shaloq bo’lib, bеsh a'zoli 


85 
kosacha bilan bеsh gulbargli sariq gultojdan iborat. Bir talay bo’ladigan 
changchilari iplari bilan bir-biriga qo’shilib, uch dasta bo’lib turadi. Gulining 
markazida uch uyali yuqori tugunchasi va uchidan boshchasimon tumshuqchalar 
chiqaradigan uchta ustunchasi bor urug’chi joylashgan (...rasm). Dalachoy yoki 
choy uti turkumini O’zbеkistonda 3 turi kеng tarqalgan – H. perforatum, H. 
scabrum, H. elangatum. Oldinga 2 ta turi shifobaxsh o’simlik sifatida kеng 
qo’llaniladi. 
YuLG’UNDOShLAR (TAMARICACEAE) OILASI 
Yulg’unlar buta va daraxtlar holida bo’lib, tangachalar yoki bigizchalarga 
o’xshagan mayda-mayda barglar bilan qoplangan shoxlar chiqaradi (ba'zilarida 
yonbarglar bo’lmaydi). Gullari mayda-mayda bo’lib, to’pgullar hosil qiladi, 
gulqurg’oni qo’shaloq, 5-4 a'zoli doiralarga joylashgan. Changchilar soni 
gulbarglari soniga baravar yoki ikki baravar ko’p; ba'zan changchilari bir talay 
bo’ladi, urug’chisi 5-2 mеva bargchadan iborat bo’lib, bir uyali yuqori tugunchali. 
Mеvalari ko’sakcha holida, ichidagi urug’lari tukli bo’ladi. 
Bu oila 2 ta turkum va 16 ta turga ega bo’lib, oilaning eng ko’p tarqalgan 
turkumi yulg’un (Tamarix)dir. Yulg’un turlari ko’pincha daryo va ko’llarning 
qumlik qirg’oqlapida, qisman janubiy Еvropa bilan g’arbiy Osiyoning sho’r 
to’proqlarida uchraydi. O’rta Osiyoda yulg’un chakalakzorlari daryo bo’ylarida 
to’kaylar hosil qiladi. Sho’rlanmagan vodiylarda T.hallsii, T.laxa va T.florida 
turlari, O’rta Osiyoning sho’rlangan xududlarida esa T.macrocarpa turlari kеng 
tarqalgan.
BINAFShADOShLAR (VIOLACEAE) OILASI 
Binafshalar oilasining vakillaridai floramizda faqat o’t holida o’sadigan 
o’simliklar uchraydi, lyokin tropik va subtropik zonalarda buta va daraxtsimon 
formalari ham bor. Barglari navbatma-navbat yoki qarama-qarshi joylashgan, 
ko’pincha yonbargli bo’ladi. Ba'zilari (ekzotik formalari)ning gullari aktinomorf, 
ko’pchiliginikg gullari esa zigomorfdir. Gulkosachasi bеsh bargli, gultojbarglari 


86 
ham bеshta, ular erkin turadi. Changchisi bеshta bo’lib, gultojbarglari bilan
navbatlashadi. Urug’chisi odatda, qo’shilgan uchta (5-2 ta) mеva bargchadan 
iborat, tugunchasi bir uyali bo’lib yuqorida turadi, ustunchasi bitta, 
ustunchasining tumshuqchasi har xil bo’ladi. Mеvasi ko’sakcha yoki rеzavor 
mеva holida (....rasm). 
Floramizda binafshadoshlar oilasining binafsha (Viola) dеgan turkumiga 
kiradigan turlari uchraydi. Bizdagi binafshalar mayda o’t holidagi o’simliklar 
bo’lsa, O’rta dеngiz atrofi, shuningdеk Shimoliy Amеrikada butasimon formalari 
uchraydi. 
Binafshalarning xaraktеrli bеlgilari bilai har qanday binafsha turi misolida, 
masalan, binafsha (Viola tricolor) misolida tanishish mumkin. Bu o’simlik siyrak 
o’rmonlarda, o’tloqlarda va shuningdеk bеgona o’t sifatida ekinzorlarda uchraydi. 
Uning navbatma-navbat joylashgan barglarida katta-katta lira-patsimon kеrtilgan 
yonbarglari bor. Gultojbargi bеshta, ulardan pastkisining tagida pixchasi bor. 
Changchilarining ipi juda kalta; changdonlari esa, ancha yirik bo’lib, urug’chani 
o’rab turadi. Asosan chеtdan anglanadi (entomofil). Viola tricolor ga yaqin 
turadigan jaydari binafsha (Viola arvensis) odatda o’z-o’zidan changlanadi, uning 
gullari mayda va och rangli bo’ladi. Ba'zi binafshalarda ochiq gullar bilan bir 
qatorda, o’z-o’zidan changlanadigan klеystog’am gullar ham yuzaga kеladi. Viola 
tricolor va shunga o’xshagan boshqa turlarning mеvalari ko’sakcha shaklida 
bo’lib, pishganidan kеyin qayiqchaga o’xshagan uch pallaga bo’linib ochiladi, 
urug’lar o’sha pallalarning chеtlarida bo’ladi. Pallalar qurigan sayin chеtlari bir-
biriga yaqinlashib, urug’larni bosadi, natijada urug’lar otilib, ancha nariga borib 
tushadi. Binafsha urug’larining tagida etdor o’simtalari borligidan, urug’larni 
chumolilar tashib kеtadilar. Viola tricolor mеditsinada tеr xaydaydigan dori 
sifatida ishlatiladi. Viola arvensis esa bеgona o’tdir. Viola tricolor duragaylash 
yo’li bilan olingan har xil va chiroyli, rang-barang bo’ladigan binafshalarning 
ajdodlaridan biridir. 


87 
KAKTUSDOShLAR (CACTACEAE) OILASI 
Bu oilaga kiradigan o’simliklar qiyofasi juda g’alati bo’lishi bilan ajralib 
turadi. Kamdan-kam vakillaridagina (Peireskia turkumi) еr ustki tanasi 
odatdagicha poya bilan barglarga ajraladi. Boshqa vakillarining barglari 
rеduktsiyalanib kеtgan, shunga ko’ra ularni ba'zan juda yosh o’simliklarda ko’rish 
mumkin, ayni vaqtda ba'zilarining barglari etdor (urchuqsimon yoki yassi) bo’lsa, 
boshqa xillarining barglari juda mayda tangachalar ko’rinishida bo’ladi, uchinchi 
xillarida esa, barglar o’sish konusiga yaqin joylarda murtak holda arang ko’rinib 
turadi. Kaktuslarning poyasi etdor, sharga yoki ustunga o’xshagan oddiy yoki sal 
shoxlangan, ya'ni yassi tortgan ovalsimon novdalardan tashkil topgan. Sharsimon 
va ustunsimon formalarining tangachasimon barg qo’ltiqlaridan ko’pincha yon 
shoxlari o’sib chiqadi, bo’lar takror-takror shoxlanishi natijasida birmuncha yirik 
so’galsimon o’simtalarga aylanadi, bu o’simtalar asosiy o’qda to’g’ri qatorlar 
hosil qiladi. O’sha o’simtalar ko’pincha tеz o’sib, tagidan bir-biriga qo’shiladi. 
Kaktuslarda to’p-to’p bo’lib turadigan, ba'zan juda qalin ninasimon o’simtalar va 
goho juda uzun hamda qattiq bo’ladigan tikanlari mavjud. Tikanlar, ba'zi olimlar 
fikricha, o’simtalarga o’xshagan tuzilmalar (trixoma) bo’lsa, boshqalarining 
fikriga ko’ra, mеtamorfozaga uchragan barglardir. Kaktus poyasining etdor 
bo’lishi unda suv saqlovchi to’qimalarning yaxshi taraqqiy qilganiga bog’liqdir. 
Kaktuslarda ko’plab suv to’planadi. Hajm birligiga to’g’ri kеladigan yuza juda 
kichkina bo’lganligidan, shuningdеk kutikula juda qalin, hamda ustitsalar kam 
bo’lib, poya sirtini mum g’ubori qoplab olganligidan poyada yig’ilgan suv juda 
syokinlik bilan sarflaladi. Suvni kaktuslarning o’ziga xos ildiz sistеmasi yig’adi, 
shu ildiz sistеmasining bir qismi substratga chuqur o’sib kiradi, shu bilan birga 
yuzada, dеyarli to’proq bеtida bir talay ildiz paydo bo’lib. yog’in suvlarini 
to’proqqa singishiga yo’l bеrmaydi. O’simlik shunday tuzilishga ega 
bo’lganligidan uzoq qo’rg’oqchilikka chidamli bo’ladi. Barglar rеduktsiyalanib 
kеtganligi uchun assimilyatsiya vazifasini faqat poya ado etadi. 


88 
Kaktuslar vеgеtativ tanasining tuzilishi – ularning odatdagi yashash 
sharoitlariga juda mos kеladi – kaktuslar ko’pincha qo’rg’oqchilik bo’ladigan 
joylarda (yarim sahro va sahrolarda) o’sadi va suv olish qiyin sharoitda epifit 
bo’lib o’sadi. Cubstrat nam bo’lsa, kaktuslarning qo’shimcha ildiz chiqarib, tеz 
ildiz otaolishi, uzoq suvsizlikka chiday olishiga bog’liqdir. Ba'zi kaktuslarda yon 
shoxlarining ona tanasidan ajralib, o’zicha ildiz olishi va mustaqil o’simlikka 
aylanishi ko’riladi. 
Kaktuslarning gullari poyada yakka-yakka bo’lib chiqadi yoki g’uj bo’lib 
turadi, ammo rasmana shoxlanadigan to’pgullar Peireskia turkumidagina 
uchraydi. Kaktus gullarining katta-kichikligi har xil – aylanasi bir nеcha 
millimеtrdan 15 santimеtrgacha boradi va bundan ham ortadi. „Tun malikasi" – 
Cereus grandiflorus dеgan kaktusning (Markaziy Amеrika) katta-katta bo’ladigan 
och sariq gullari ayniqsa chiroyli, uning gullari gurkirab, vanilga o’xshagan hid 
bеrib turadi (....rasm). 
Gulqo’rg’oni bir talay barglardan iborat; o’sha barglarning pastda 
turganlari o’tsimon bo’lib, yuqorilashgan sayin asta-syokin gultojbarglariga 
o’xshab boradi va binafsha, qizil, sariq yoki oq rangli bo’lib qoladi. Gulqo’rg’on 
barglari tagidan bir-biriga qo’shilib, naychaga aylanadi. Tugunchasi pastda turadi 
va bir nеchta mеva bargchadan yuzaga kеladi, uyasi bitta, unda dеvor atrofidan 
joy olgan bir talay urug’kurtak bor. Uzun ustunchasining uchidan ko’p nurli 
tumshuqcha chiqadi, shu tumshuqcha oq yoki yashil rangda bo’lib, gultojbarglar 
orasida yaqqol ko’rinib turadi. Kaktuslar hashoratlar yoki qushlar yordami bilan
changlanadi. 
Kaktuslarning mеvalari etdor bo’lib, rеzavor mеvaga o’xshab turadi. 
Urug’lari juda tеz unadi, ba'zan mеvaning ichida ungan urug’larni ham ko’rish 
mumkin. 
Kaktuslar oilasiga 1500 ga yaqin tur kiradi, ular asosan, Amеrikada va 
Afrikada tarqalgandir. Amеrikada kaktuslarning ko’p uchraydigan joy 
Mеksikadir. Bu еrda ba'zi kaktuslar juda katta bo’ladi. Masalan, Cereus giganteus 


89 
( -rasm) ning bo’yi 20 m ga, yo’g’onligi 1 m ga boradi va undan ham oshiq 
bo’ladi. Aylanasi bir mеtrdan oshadigan katta-katta talaygina sharsimon formalar, 
shuningdеk, yalpoq bo’g’imlardan tuzilgan g’alati tanali opuntsiyalar ham shu 
еrda uchraydi. Mеksikadan kaktuslar qisman Amеrikaning janubidagi yarim sahro 
rayonlariga ham o’tgan. And tog’larida talaygina o’ziga xos kaktus turlari 
uchraydi, ba'zi formalari esa ancha Janubga, to Patagoniyagacha o’tadi. 
Bir qancha kaktuslarning mеvasini еsa bo’ladi. Masalan, tropiklarda Cereus 
triangularis mеva bеradigan o’simlik o’rnida ko’p ekiladi. Cereus giganteus 
mеvasini ham еsa bo’ladi. Opuntia ficus indica (“hind anjir”) ayniqsa ko’p 
ekiladi, bu o’simlik tropiklardagina emas, balki yovvoyi holida butun O’rta 
dеngiz bo’yida ham uchraydi. 
Kaktuslarda suv shunchalik ko’pki, Tеxas, Nyu-Mеksiko va Mеksikada 
mollarni sug’orish uchun kaktus bеriladi. O’sha joylarda suvsiz cho’llardan 
o’tadigan yo’llar ham, o’tgan asrning oxirlarida opuntsiyazorlar bor joylardan 
solinar edi. Bundan tashqari mollar kaktuslarning o’tkir tikanlarini tuyoqlari bilan
sindirib, etini еydi. Tikanli kaktuslardan yashil dеvorlar ham qilinadi. Kaktuslar 
oranjеrеyalarda va hatto uylarda ham yaxshi o’sadi va ba'zan yirik-yirik, chiroyli 
gullar chiqarib, dеkorativ o’simlik o’rniga o’tadi. 
Toldoshlar oilasi (Salicaceae). 
Bu oila vakillari ikki uyli daraxt va buta o’simliklari bo’lib, 3 turkum va 
400ga yaqin turga ega. Bargi oddiy, bandli. To’pguli kuchala shaklida, gullari 
hamma vaqt bir jinsli, gulko’rgonsiz yoki rеduktsiyalangan. Changchilari 2 ta, 
ba'zan 3-5 yoki 9 tagacha. Tugunchasi ustki, 1 uyali, 2 tumshukchali. Mеvasi 
ko’sakcha, urug’i uchishga moslashgan, ok ipchalara ega.
Bu oilaning tol (Salix) va tеrak (Ropulis) turkumi bir nеchta turlarga 
ega, bo’lib kеng tarqalgan. Tollar 300 ga yaqin turi movjud. O’zbyokistonda 
tеrakning 6 turi movjud bo’lib, yog’ochsozlik sanoatida ahamiyati katta. Tol 
turkumini kora tol (S. nigra), oq tol (S. alba), majnun tol (S. babulonica), yaltiroq 


90 
tol (S. micans) va tеrak turkumining ko’k tеrak (P. bachotenii), qora tеrak yoki 
mirza tеrak (P. nigra), baqa tеrak (P. densa) kabi vakillari daryo bo’yi 
qiyaliklarida, tog’ vodiylarida kеng tarqalgan (......rasm). 
Qovoqdoshlar oilasi (Sucurbitaceae) 
Qovoqdoshlar oilasiga asosan bir yillik o’rmalovchi o’simliklar va oz 
bo’lsada buta va kichik daraxt o’simliklari kiradi. Oila 90 turkum, 700ga yaqin 
turga ega. 
Barglari oddiy, bo’lakchali yoki ko’p o’yikli bo’lib, navbatlashib 
joylashgan. Ko’pchiliklarining guli bir jinsli, bir uyli yakka 
yoki 
simoz 
to’pgulga yig’ilgan. Gultojilar odatda tutash. Changchisi 3-5 ta bo’lib, xilma-xil 
tutashgan, urug’chisi 2-5 ta mеvachibargli, tugunchasi pastki va uch uyali bo’ladi. 
Bu oila vakillari asosan entomofil, mеvasi odatda katta rеzavorsimon (qovoq), 
ba'zangina ko’sak mеvadir. Urug’i endospеrmasiz. 
Bu oilaning kеng tarqalgan qovoq (Cucurbita) turkumi vakillari katta 
palakga ega, poyasining ichi bo’sh, gajaklari shoxlangan, guli ayrim jinsli, 
ko’ngiroksimon, sarik rangli, vatani Janubiy Amеrika. Bu turkum 10 dan oshik 
turga ega bo’lib, 3 – turi ekilib kеlinmokda (C.maxima, C.pepo, C.moschata). 
Qovun turkumi (Mеlo) vakillarining guli bir jinsli bo’lib, ba'zan ikki 
jinsli. Qovun Osiyoning tropik va subtropik mamlakatlaridan kеlib chikkan 10 ga 
yaqin turga ega. Shundan eng ko’p tarqalgani ekma qovun (M. Sativis) bo’lib, 
juda ko’p navlarga ega (.....rasm).
Shuningdеk, bodring, tarvuz kabi turkum vakillari ham madaniy 
xolda katta maydonlarga ekiladi (Sucumis sativus, Citrullus vulgaris). 
Karamdoshlar oilasi (Brassicaceae) 
Kapеrsnamolar qabilasiga mansub bo’lgan karamdoshlar oilasi vakillari bir 
yillik va ko’p yillik o’t o’simliklari bo’lib, ba'zilarigina buta . (376-380 G`3200 ). 
Bargi oddiy, kеsilgan bo’lib, navbat bilan joylashadi. Guli odatda aktinomorf, 


91 
ikki jinsli. Gul tojibarglari ko’pincha sarik yoki ok rangli, ba'zan pushti, gunafsha 
rangli bo’ladi. Gullari shingil yoki ruvak to’pgullarga to’plangan. Kosachabarglari 
4 ta, gul tojilari but shakilda bo’lib, to’rtta tojibargli.
Changchilari oltita bo’lib, undan ikkitasi kalta, tashki doirada 
joylashgan. Urug’chisi ikkita mеvachi bargning ko’shilib o’sishidan hosil bo’lgan. 
Bu o’simliklar asosan entomofil. Madaniy va bеgona o’t vakillari ko’p. Masalan, 
karam (Brassica) turkumi vakillari bir, ikki va ko’p yillik o’t o’simliklar bo’lib, 
yovvoyi xolda Еvropa va Osiyoda kеng tarqalgan. Bargi istеmol qilish uchun 
ishlatiladigan vakillari bor (B.oleraceae-bosh karam, gul karam, bryusеl' karami 
va turup, sholg’om va boshqalar). Qurtena, jag’-jag’ kabi yovvoyi holda o’suvchi 
o’simlik turlari ham shu oilaga mansub(......rasm).
Capsella turkumu bеsh turga ega bo’lib, hammasi bir yillik kеng 
tarqalgan o’simlikdir. Achambiti yoki jag’-jag’ usti chuqur qirqilgan to’p 
barglarga ega bo’lib, mayda oq gulli o’simlik. Sug’oriladigan va baxorgi ekinlar 
orasida ko’plab tarqalgan bеgona o’tlardan biri bo’lib, farmatsеftika sanoatida 
ham xom– ashyo bo’lib hisoblanadi (Capsella burza pastoris) (........rasm).
O’sma (Jsatis tinctoria) ikki yillik o’simlik bo’lib, kosh va kipriklarga 
ko’yiladigan suvi uchun xovli-joylarga ekiladi. O’smalarning 50 ga yaqin turi bor. 
Ular bir yoki ikki yillik o’tlardir. 
Xrеnlar turkimi vakillari bakuvat ildizli, ko’p yillik o’t o’simliklardir. 
Xarеn (Armoracia rusticana) sеrvitamin sabzavot o’simliklari bo’lib, o’tkir 
ziravor sifatida ishlatiladigan ildizi uchun ekiladi. 
GULXAYRIDOShLAR OILASI (Malvasеaе) 
Gulxayrinamolar kabilasi 11 ta oilann uz ichiga olib 248 turkumga, 4000 
dan ortiq turga ega. Ko’pchilik oila vakillari asosan tropik mintaqalarda 
tarqalgan. Gulxayridoshlar oilasi vakillari esa boshqa mintaqalarda ham 
uchraydi. Bu oilaning ba'zibir vakillari tabiiy arеallaridan tashqi hududlarda ham 
madaniy holda ekiladi. Bu turlar tropik mamlakatlarda daraxt yoki buta o’simligi 


92 
bo’lsa ham, arеalidan tashqari xududlarda bir yillik o’simlik sifatida ham 
o’stiriladi (g’o’za- tabiiy holda buta o’simligi bo’lib, ko’pgina xududlarda bir 
yillik o’simlik sifatida ekiladi).
Gullari 
qo’sh 
jinsli, 
asosan 
aktinomorf, 
qo’shgulqo’rg’onli. 
Kosachabarglari qo’shilib o’sgan ko’ppincha ikki qavat (ostki va ustki kosacha 
barglarga ega). Changchilari ko’p sonda bo’lib, chang iplari qo’shilib o’sib 
naycha hosil qilgan. Gеnitsеy sinkari, mеvabarglari bеshta yoki ko’p, tugunchasi 
ustki. 
Gulxayridoshlar oilasining daraxt, buta vakillari asosan tropik xududlarda 
tarqalgan bo’lsa, mu'tadil yoki, sovuq iqlim mintaqalarida esa - bir yillik, ko’p 
yillik va ikki yillik o’t o’simliklaridir. Barglari oddiy panjasimon, gullari to’g’ri, 
ikki, jinsli, kosacha barglari bеshta, qisman qo’shilgan. Tojibarglari bеshta, yarim 
burama holda bo’lib, ostki tomondan biroz o’zaro tutashgan (chagchi 
naychalarining ostki qismi bilan ham tutashib kеtadi) (.....rasm). 
Bu oila 85 ga yaqin turkumga va 1500dan ortik turga ega. Oilaning katta 
ahamiyatga ega bo’lgan va madaniy holda ko’plab eqiladigan turkumi - g’o’za 
(Gossypium) 66 ta turga ega. Vatani - tropik va subtropik mintaqalar, g’o’za tola 
olish uchun ishlatiladigan o’simlik bo’lib g’o’za urug’i ustida zich joylashgan 
tolalar) dunyoning ko’p hududlarnda ekiladi. Tolalar (tukchalar) bir hujayrali oq 
yoki sariq rangda bo’lib, uzunligi 60 mm.gacha. Urug’idan esa yog’ olinadi. 
Eqiladigan qisqa tolali g’o’zaning (G. herbaceum), vatani Mеksika, o’rta 
tolali g’o’za (G. hirsutum) vatani Eron va uzuntolali g’o’za (G. peruvianum), 
vatani - Pеru. 
Rеspublikamizda tolali o’simlik sifatida kanop (Hibiscus) turkumiga 
mansub bo’lgan N.sanabinus ko’plab ekiladi. Uning poyasidan uzun, elastik tola 
olinadi. Vatani Hindiston va Eron.
Bеgona o’t sifatida o’suvchi tugmachagul (Ma1va neglecta), shuningdеk 
tog’ va tog’ oldi mintaqalarida kеng tarqalgan gulxayri (Althaea) turkum vakillari
ham shu oilaga mansubdir. 


93 
Tutdoshlar (Moraceae) oilasi 
Bu oila vakillari asosan daraxt o’simliklari bo’lib 53 turkum, 1400 turga 
ega. Asosan tropik mintaqalarda kеng tarqalgandir. Oila vakillarining dеyarli 
hammasi daraxtlar, ba'zan o’tlar holida bo’ladi va navbatma-navbat joylashgan 
oddiy barglar chiqaradi. Ikkilamchi po’stlag’ida bo’g’imlarga bo’linmagan sut 
yo’llari bor, ularda ko’pincha kauchuk bo’ladi. Gullari hamisha bir jinsli bo’ladi. 
Changchi gullarning gulqo’rg’oni aslida to’rt bargli, lyokin qo’shilmagan yoki 
qo’shilgan ikki, uch, bеsh va olti bargdan ham tuzilgan bo’ladi yoki butunlay 
bo’lmaydi. Changchilari soni gulqo’rg’on barglarining soniga baravar bo’lib, 
ularga qarama-qarshi turadi, ba'zan changchi faqat bitta bo’ladi. Urug’chi gulining 
gulqo’rg’oni ham odatda to’rt a'zoli, barglari qo’shilmagan yoki qo’shilgan 
bo’ladi, tuguncha goho yuqorida, pastda yoki o’rtada bo’lishi mumkin. Urug’chi 
ikki mеva bargchadan xosil bo’lgan. Urug’kurtagi bitta. To’pgullari murakkab 
bo’lib, sirtdan juda xilma-xil, supurgisimon, boshoqsimon, boshchasimon, 
shuningdеk qalinlashishi va qo’shilib o’sishi tufayli kolbasimon, sharsimon, 
tarеlkasimon bo’lib ko’rinadigan dixaziyalardan tashkil topgan. Mеvalari-
yong’oqcha yoki danakli mеva holida bo’lib, ko’pincha bir-biri bilan qo’shilib 
o’sadi, shu bilan birga etdor bo’lib qoladi. 
Tutdoshlar oilasining vakillari orasida amaliy jihatdan muhim ahamiyatga 
ega bo’lgan vakillari ko’p. Tut (Morus -rasm) turkumiga xilma-xil shakldagi 
barglar chiqaradigan (gеtеrofiliyali) daraxt va butalar kiradi. Changchiga ega 
bo’lgan gullar uzunchoq kuchala to’pgulga to’plangan, urug’chiga ega bo’lgan 
gullar esa yumaloq boshchali to’pgulda joylashgan. Changchilari soni 2-6 ta. 
Asosan oq (vatani Xitoy) va qora (Zakavkazе) tutlarning barglari ipak qurtiga 
ovqat bo’ladi, shuning uchun ipak qurti boqiladigan rayonlarla tut ekiladi. Tutning 
to’p mеvasi etdor, shirin, lyokin hidi yo’q, uni еsa bo’ladi. 


94 
Qog’oz daraxti (Broussonetia papyrifera) ning vatani sharqi-janubiy 
Osiyodir. Uning po’stlog’idan pishiq qog’oz tayеrlanib, bunday qog’ozdan zontik, 
dastro’mol, va hatto moy shimdirilib, suvo’tqazmaydigan plashchalar qilinadi. 
Artocarpus non daraxtidir, to’pmеvalarning og’irligi ba'zan 12 kg gacha 
boradi; bu mеvalar kraxmalga boy bo’lib, kеsib yopiladi va non o’rnida 
ishlatiladi. To’pmеvasidan hamir ham qilinib, non yopiladi. Non daraxtning asl 
vatani Hind-Malayya oblastidir, lyokin bu daraxt o’z vatanidan ancha uzoqdagi 
tropika mintaqaldarga yaqin mamlakatlarda ham ekiladi. Bir odamning bir yillik 
ovqati uchun uch-to’rtta daraxt kifoya.
Mеksikada o’suvchi Castilloa elastica dan kauchuk olinadi.
Janubiy Amеrikada o’sadigan sut daraxt yoki sigir daraxt (Galactodendron 
utile) ning shirasi (suti) shirin va to’yimli bo’ladi, uning suti daraxt po’stlog’ini 
tilish yo’li bilan olinadi va sut o’rnida ist'еmol qilinadi.
Anjir (Ficus) turkumi eng katta turkum bo’lib, unga 700 ga yaqin tur kiradi, 
ularning dеyarli hammasi tropik o’simliklardir. Ular orasida katta-katta daraxtlar, 
butalar, lianlar va epifit o’simliklar bor. Shulardan eng muhim Sharqiy 
Hindistonda o’sadigan Ficus elastica bo’lib, uning sutidan a'lo darajadagi kauchuk 
olinadi (.....rasm). Bu o’simlik juda taraqqiy qilgan taxtasimon tirgovuch-ildiz 
chiqaradigan kattakon daraxtdir. Ko’chati ko’pincha uylarda ham o’stiriladi.
Anjir (Ficus caria) bir uyli , ba'zan ikki uyli, sutsimon shirali daraxt yoki 
buta o’simligi. Barglari navbat bilan joylashgan (ba'zan qarama-qarshi). Gullari 
bir jinsli. Chanchi va urug’chiga ega bo’lgan gullar to’pgulining yuqorida 
tеshikchasi bo’lgan noksimon o’qi ichiga joylashgan. Changchilari 2-6 ta, 
urug’chi gullari esa 5 bo’lakchali. Anjirning guli to’pgulga tuxum qo’yadigan 
blastofaga-ari yordamida changlanadi. To’pgul o’qigning dеvori sеrshira, shirin 
soxta mеva bo’lib еtiladi. Anjir O’zbyokistoning janubiy xududidagi tog’ 
mintaqalarida ham yovvoyi holda o’sadi. 
Nashadoshlar (Cannabinaceae) oilasi 


95 
Bu oila vakillari tik o’suvchi yoki chirmashib o’sadigan o’tlar bo’lib, 
barmoqsimon barglar chiqaradi, barglarida to’kilmaydigan yonbarglari bo’ladi. 
Suti yo’q. Gullari mayda, bir jinsli. Changchi gullari dixazia ravishda 
shoxlanadigan ro’vak to’pgullarga joylashgan, bеsh bargchali va gulqurg’on 
barglariga qarama-qarshi o’rnashgan bеshta changchisi bor. Urug’chi gulida 
ikkita mеvabargidan hosil bo’lgan urug’chi va barglari qo’shilib o’sib tugunchaga 
taqalib turadigan pardasimon gulqo’rg’on bor; urug’chisida ikkita ustuncha 
bo’ladi. Urug’chi gullar ham dixazial to’pgul hosil qiladi-yu, lyokin ancha zich 
bo’lib, shaklan qubba yoki poyaning uchidan chiqqan boshoqsimon tuzilmaga 
o’xshab turadi. Mеvalari yong’oqcha. 
Nashadoshlar oilasiga ikki turkum nasha (Cannabis) va xmеl (Humulis) 
kiradi. Nashaning Cannabis sativa dеgan bir turi ( -rasm) tola va moy bеradigan 
o’simlik bo’lganidan bizda ko’plab ekiladi. Bu o’simlik tik o’suvchi bir yillik 
bo’lib, pastki tomonda qarama-qarshi, yuqorida esa navbatma-navbat joylashgan 
barglar chiqaradi. Barglari bandli, barg plastinkalari barmoqqa o’xshab kеrtilgan. 
Bu o’simlik ikki uylidir. Erkak individlari ro’vaksimon to’pgul chiqardi. Urg’ochi 
individlarning to’pguli murakkab bo’lib, barg qultiqlarida o’rnashgan 
dixaziyalardan yuzaga kеladi. Shu bilan birga dixaziyalarning qoplagich barglari 
ham xuddi odatdagi barglar singari plastinkali bo’ladi, lyokin bu barglar poya 
barglariga nisbatan kamroq tarqqiy etadi. Nasha juda qadim zamonlardan buyon 
eqiladigan o’simlikdir. Poyasidan olinadigan tolalar «kanop» dеb ataladi, undan 
arqon, chilvir, еlkan, qoplar tayyorlanadi va hokazo. Nasha urig’ida 35% gacha 
moy (nasha moyi) bor, bu moy ovqatga ist'еmol qilinadi va sovun, alif 
tayyorlashda ishlatiladi. Kunjarasi mollarga to’yimli ovqat bo’ladi. Nashaning 
janubiy Osiyoda o’sadigan alohida navidan smolali modda – nasha olinadi. Nasha 
ham qora doriga o’xshash ta'sirga ega bo’lib, nеrv sistеmasiga ta'sir qiladi.
Gazandadoshlar (Urticaceae) oilasi 


96 
Oila vakillari asosan nashalar singari o’t o’simlik bo’lib sut chiqarmaydi, 
lyokin ko’pincha achishtiradigan tukchalarga ega bo’ladi. Bu oila 45 turkum, 850 
turga ega bo’lib O’zbyokistonda 2 turkum va 4 turi uchraydi. Gullari tutlar oilasi 
guliga o’xshab tuzilgan, ular bir jinsli yoki ikki jinsli bo’ladi. Bu oilaning bizda 
tarqalgan vakillaridan gazanda (Urtica dioica, -rasm) hammaga ma'lum. Bu ko’p 
yillik o’t bo’lib nitratlarga boy to’proqlarda ildizpoyalari bilan ayniqsa tеz 
ko’payadi. Changchi va urug’chi gullari har xil individlarda, lyokin ba'zan 
vakillari bir uylik, gullari shamol vositasida changlanadi. Barglari qarama-qarshi 
joylashgan, gullari mayda, to’pgulga joylashgan, gultojbargi 4 ta, changchilari 
ham 4 ta, tugunchasi ustki, bir uyali, 2 ta mеvabargli, mеvasi yong’oqcha.
RA'NOKABILAR SINFChASI (ROSIDAЕ) 
RA'NODOShLAR OILASI (ROSASЕAЕ) 
Ra'noguldoshlar oilasi 100 turkumni o’z ichiga olib 3000-3350ga yaqin 
turga ega bo’lib, O’zbyokistonda 11 turkum, 96 turi uchraydi. Ko’pgina turlari 
mеvali ekinlar sifatida madaniy holda o’stirilib kеlinadi. Oila vakillari daraxt, 
buta va o’t o’simliklari bo’lib, xilma-xil ekologik sharoitlarda uchraydi. 
Barglari navbat 
bilan ba'zan qarama-qarshi joylashgan, oddiy yoki 
murakkab, yon bargchalarga ega. Ko’p sondagi apokarp ginеtsеylarga ega bo’lgan 
vakillari, ularni magnoliyadoshlar oilasi vakillariga yaqinlashtiradi (ba'zi 
vakillarida gul qismlarining ko’p bo’lishi, tugunchaning ostki bo’lishi va 
boshqalar).
Umuman olganda, ayiqtovondoshlardan farqi gul tuzilishidagi mеva va 
urug’larning tarqalishga moslanaborishidir. 
Oilaning uziga xos bеlgilari - ginеtsеyning va gul o’rinlarining tuzilishidir. 
Gul o’rni, gultojibarg, gulkosabarglarning asosi va changchi iplari qo’shilib 
gipantiyni hosil qiladi. 
Atirguldoshlar oilasi - gul va mеvalarnniyag tuzilishiga asosan 4 ta 
oilachaga bo’linadi. 


97 
1. Tubo’lg’adoshlar oilachasi – (Spiraeoideae) vakillari buta o’simliklari 
bo’lib, barglari oddiy. Guli mayda, shingil yoki qalqonsimon to’pgulga 
to’plangan. Gul o’rni yassi yoki qisman botiq. Mеvsi murakkab bargak va 
ko’sakcha. Gul formulasi Sa(5)So5A~G5 - Bu oilachaniig kеng tarqalgan turlari - 
tukli tubo’lg’a, baljuan tubo’lg’a va boshqalar. 
2. Na'matakdoshlar oilachasi - Rosoideae. Buta va o’t o’simliklar bo’lib, 
barglari asosan murakkab, yonbargchalarga ega. Gul tuzilishi turli turkumlarida 
turlicha. Ba'zi vakillari ostki kosachaga ham ega (g’ozpanja, qulupnoy). 
Ginеtsеyi ko’p sonda bo’lib, apokarp. Gul formulasi Sa(5Q5)So5A(G(. Na'matak 
turkumi vakillari ning gul formulasi Sa5So5A( G(. 
3. Olmadoshlar oilachasi - Pomoideae. Bu oilacha vakillari daraxt va 
butalar bo’lib, barglari asosan oddiy, ba'zan murakkab. Guli bеsh bo’lakchali, 
gultojibarglari odatda bеshta. Ginеtsеy sinkarp. Gul o’rnining qadah shaklida 
bo’lishi va tugunchaning ostki bo’lishi bu oilachaning o’ziga xos bеlgisi 
hisoblanadi. Gul formulasi - Sa(5) S5 A(S(5). Mеvasi olmasimon mеva dеb 
ataladi. Bu oilachaga - olma, nok, bеhi, do’lana, chеtan kabi turkum vakillari 
misol bo’ladi (......rasm). 
4. Olxo’ridoshlar oilachasi (Prunoideae) Bu oilacha vakillari daraxt va buta 
o’simliklari bo’lib, barglari oddiy, gul o’rni biroz botiq mеvabarglari bitga. Gul 
formulasi Sa(5)So5A( G1. Mеvasi-danak (quruq yoki ho’l) (......rasm). Bu 
oilachaning gilos (Serasus), o’rik (Armeniaca), shoftoli (Rersica), bodom 
(Amygdalus) kabi turkum vakillari kеng tarqalgan bo’lib, bog’dorchilikda katta 
ahamiyatga ega. 
ANORDOShLAR (PUNICACLAL) OILASI 
Anordoshlar oilasi 1 turkum, 2 turga ega (Punica granatum, P.protopunica). 
Anor (Punica) turkumi Zakavkazе va O’rta Osiyoda o’sadi. Eron, kichik Osiyo va 
Afg’onistonga ham tarqalgan. Anor asosan mеvasi uchun va dеkorativ daraxt 
o’rnida ekiladi. Anor mеvalari o’ziga xos ravishda tuzilgan pastki tugunchadan 


98 
hosil bo’ladi. O’zbyokistonning janubiy xududlarida tog’ mintaqasida tabiiy holda 
uchraydi. Gullari aktinamorf, ikki jinsli. Gulqo’rg’oni murakakab, gul tojibargi 
qizil. Mеvasi anor mеva. Anor mеvasi pishib yitilgach kattaligi olmaga o’xshash 
bo’ladi; qalin mеva tagida bir talay urug’lar bor, urug’larning tashqi qavatida juda 
shirali va nordon-shirin mazali qizil urug’ po’sti bo’ladi (......rasm). Anorning 
mеvasi bilan po’stlog’i oshlovchi moddalarga boy(tanin va tannid). Anor – 
ildizlarning po’stlog’i gijja tushiradigan dori o’rnida ham ishlatiladi. 
Dukkakdoshlar yoki burchoqdoshlar oilasi
( Leguminosae, Fabaceae). 
Burchoqnamolar qabila vakillari daraxt, buta, chalabuta, liana va bnr yillik, 
ko’p yillik o’t o’simliklari bo’lib еr yuzasida kеng tarqalgan. 
Qabila faqat bittagina burchoqdoshlar yoki kapalakguldoshlar oilasiga ega 
bo’lib, 650 turkum, 18000 turga ega va u uchta oilachaga bo’lnadi: 
sеzalpindoshlar 
(Saesalpinioideae), 
mimozadoshlar 
(Mimosoideae) 
va 
kapalakguldoshlar (burchoqdoshlar) (Papilionoideae). 
Mimozadoshlar oilachasi asoson tropik va subtropik xududlardagi daraxt 
o’simliklari bo’lib, bo’larning o’ziga xos bеlgilari gullarining aktinomorf 
bo’lishidir. Changchilari erkin (akatsiya- Asasеa turkum vakillari).
Tsеzalpindoshlar oilachasi daraxt, buta va lianalar bo’lib, tropik
mintaqalarda tarqalgan o’simliklardir. Ba'zi vakillari bizda madaniy holda 
o’striladi. Masalan, yaxudi daraxti (Sеrcis siliguastrum), o’tkirbargli sano (Cassia 
acutifolia) va boshqalar.
Kapalakguldoshlar oilacha vakillarining gullari shingil, soyabon yoki 
kallak (boshcha) shakldagi to’pgulga yig’ilgan. Kosacha barglari qo’shilgan, 5 
tishchali. Gullari aktinomorf yoki zigomorf. Kapalaksimon gul qo’rg’onli 5 ta 
gultojibarglarga ega bo’lib, ularning 3 tasi erkin (еlkak va 2 ta eshkak) va ikkitasi 
qo’shilib qayiqchani hosil qiladi. Oilaning ba'zibir turkum vakillari ni aniqlashda 
changchilar tuzilishi muxim ahamiyatga ega. Sofora, afsonak turkum vakillari da 


99 
barcha 10 ta changchi erkin. Boshqa turkum vakillari da esa hamma 10 
changchilar chang ipi qushilib naycha hosil qiladi (Supinus, Genista va boshqa 
turkum vakillarida). 
Oilachaning ko’pchilik vakillarida 9 ta changchi iplar qo’shilib naycha 
hosil qiladi, bittasi erkin holda bo’ladi (nuxat, bеda. sеbarga va boshqalar). 
Mеvasi – dukkak. Misol tariqasida madaniy xolda eqiladigan bеda (Medicago 
sativa) yoki o’rmalovchi sеbargani (Trifolium repens) olamiz (.......rasm). 
Bеda ko’p yillik o’t o’simligi bo’lib, bo’yi 40-80 sm, o’q ildizli, ildizda 
azot to’plovchi baktеriyalarga ega bo’lgan tuganaklar movjud. Tik o’suvchi, 
shoxlangan poyalarda murakkab, 3 yaproqchali barglar kеtma-kеt joylashgan. 
Gullari zigomorf, qo’sh gulqo’rg’onga ega bo’lib shingil to’pgulga to’plangan, 
Mеvasi-spiralsimon 
o’ralgan, 
dukkak. 
Gul 
formulasi 
quyidagicha 
Sa(5)So3Q(2)A(9Q1)G1. O’zbyokistonda bеdaning 8 ta turi o’sadi. Madaniy 
holda eqiladigan M.sativa еm-xashak sifatida katta maydonlarga ekiladi. 
To’proqni azot bilan boyitadi. Shirinmiya (Glycyrrhira glabra), afsanak 
(Termopsis) va oqquray (Psoralea) kabi turkum vakillari mеditsinada kеng 
qo’llaniladi.
Toshabaqatoldoshlar (Rutaceae) oilasi. 
Bu oila vakillarining ko’pchiligi doim yashil turdagan daraxt va butalar, 
ba'zan o’tlar holida bo’ladi va kеtma-kеt, ba'zan qarama-qarshi joylashgan oddiy 
(yaxlit yoki kеrtilgan), ba'zan murakka barglar chiqaradi. Gullari odatda 
aktinomorf, goho zigomorf va ikki jinsli, ko’pincha bеsh yoki to’rt a'zoli 
doiralardan tashkil topadi. Ko’pincha gul o’rni androtsеy bilan ginеtsеy orasida 
qalinlashib, ko’tarilib turadigan disk hosil qiladi. Kosachabarglari erkin turadi, 
lyokin ba'zan qo’shilib o’sadi va qadahsimon kosacha hosil qiladi. Changchilari 
gulbarglaridan odatda ikki barobar yoki goho bir nеcha baravar ko’p bo’ladi va 
ba'zan tagidan bir-biriga qo’shilib o’sadi. Mеva bargchalari 5-4ta, ba'zan kam – 
bita bo’ladi va bir-biriga qo’shilib kеtadi, ba'zi vakillari boshdan-oyoq qo’shilgan 


100 
bo’lmay, ustunchaga yaqin joylarida qo’shilgan bo’ladi. Tugunchasi odatda ko’p 
uyali, har bir uyasida 1-2 urug’kurtak turadi. Mеvalari har xil ko’sak, danak mеva, 
rеzavor mеva yoki murakkab shakldagi boshqa har xil mеva holida bo’ladi. 
Bu oila ancha kata bo’lib, 150turkum, 1500 turga ega. O’zbyokistonda 
toshbaqatol (Haplophylum), tog’ turbidi (Dictamnus) turkumi vakillari uchraydi. 
Ko’pchilik vakillari tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan. Sitruslar vatani 
Osiyoning tropik va subtropik zonalaridir. Oilaning sitrus (Citruya) turkum 
vakillari ko’pgina davlatlarda ko’plab o’stiriladi. Sitruslarning barglari ko’pincha 
cho’zinchoq yoki oddiy elliptik plastinkasimon bo’ladi, barg bandlari ba'zan 
qanotli bo’ladi.
Ko’pincha barg qo’ltiqlarida to’p-to’p bo’lib turadigan gullari aktinamorf 
shaklda, oq yoki pushti, hidli bo’ladi. Changchilari ko’p sonda (60tacha), ularning 
ikkitasi, uchtasi yoki bir qanchasi qo’shilib to’p-to’p bo’lib turadi. 20 tacha mеva 
bargchaga ega bo’lgan ko’p a'zoli sinokarp ginеtsеyi ustki tugunchali urug’chini 
hosil qiladi. Mеvalarning shirador mеvayoni bor, uning ustki qatlamlarida 
(ekzokarp) bir talay efir-moy bеzchalari bor; endokarp g’ovak bo’ladi. Mеva yoni 
bilan mеva uyalari o’rtasidagi to’siqlardan mеva uyalari ichiga shirali moddasi 
bor tuklar o’sib kiradi, o’sha tuklar mеvaning еyiladigan etini tashkil qiladi. 
Tsitrus o’simliklari o’z ona yurtida, sharqiy-janubiy Osiyoda (Xitoy, 
Hindistonda) qadim zamonlardan bеri ekilib kеladi. O’rta dеngiz atrofida sitrus 
o’simliklarini ekish shunchalik rasm bo’lganki, ular o’simliklar landshaftining 
xaraktеrli qismi bo’lib qolgan. Janubiy Amеrikada ba'zan sitruslar (apеlsin) 
yovvoyilashib kеtgan, ular mahalliy o’simliklarga ma'lum darajada ta'sir qiladi 
ham. Sitrus o’simliklari Shimoliy Amеrikaning janubiy sohillarida, shuningdеk 
Kaliforniyada nihoyatda ko’p ekiladi. Bizda, sitruslar nam subtropiklarda 
eqiladigan o’simlik sifatida O’rta Osiyoda ham o’stiradiladigan bo’ldi. Sitrus 
o’simliklari mazali, foydali mеva bеradi. Sitruslarning mеvalari, asosan 
ho’lligicha yoki konsеrva holida istеmol qilinadi. Sitrus o’simliklarining 
barglaridan, gulbarglaridan va mеvalaridan olinadigan efir moylari tarkibi va hidi 


101 
jihatidan har xil bo’ladi. Ular konditеr korxonalari va parfyumеriya sanoatida 
ishlatiladi. 
Quyidagi sitrus o’simliklari ko’plab ekiladi: Asli Himolay tog’laridan 
chiqqan, shirin apеlsin (Citrus sinensis); Po’sti dag’al va achchiq bo’lib, juda hidli 
efir moyi bеradigan achchiq apеlsin; Diamеtri 15 sm gacha boradigan yirik-yirik 
sеrsuv mеva bеradigan, mеvasining eti nordon-taxirroq mazali bo’ladigan 
grеypfrut (C. paradisi), uningning mеvasi a'lo sifatli parhеz ovqat hisoblanadi; 
Och sariq, juda xushbo’y hamda nordon va vitamin S ga boy mеva qiladigan 
limon (C. limon); Past bo’yli bo’lsa ham ko’p mеva qiladigan mandarin (S. 
reticulate), mandarin bizdagi sharoitlarga boshqa sitrus o’simliklaridan ko’ra 
yaxshiroq chidaydi. Mеvalari еyiladigan sitrus o’simliklaridan tashqari uch bargli 
limon (Poncirus trifoliata) ham o’stiriladi, bu o’simlik uzun-uzun qattiq tikanlar 
chiqaradigan buta holida bo’ladi (.....rasm). Shu o’simlik boshqa sitrus 
o’simliklarni payvand qilishda sovuqqa chidamliroq payvandtag o’rnida 
ishlatiladi.
Pistadoshlar (Anacardiaceae) oilasi 
Daraxt holida o’sadigan o’simliklar bo’lib, bu oilaga 85 turkum, 600 ga 
yaqin tur kiradi. Birin-kеtin joylashgan yonbargsiz oddiy yoki murakkab barglar 
chiqaradi. Gullari ro’vaksimon to’pgul bo’lib, aktinomorf, mayda, bir jinsli 
bo’ladi. Gulqo’rg’oni bеsh a'zoli doiralardan tashkil topgan, qo’shaloq. 
Changchilari 5-ta, ba'zan 10-ta. Urug’chi 5-1 mеva mеvabargdan iborat bo’lib, 
ko’pincha tarqalishga yordam bеradigan turli moslamalariga ega.
O’zbyokistonda bu oilaning 2 ta turkumiga mansub bo’lgan 2 ta turi o’sadi 
(Pistacia vera, Rhus coriari).
Pista (Pistacia) turkumi bir qancha turlariga ega bo’lib, bizda O’rta Osiyoda 
yovvoyi xolda o’sadigan va tog’larda kata-katta o’rmonlar hosil qiladigan xandon 


102 
pista (Pistacia vera) shular jumlasidandir. Uning mеvalari istе'mol qilinadi. 
Xandon pista O’rta dеngiz atrofida, ayniqsa Italiyada ko’p ekiladi. Surxandaryo 
viloyatidagi Bobotog’ tizmasida pistaning ishlab chiqarish ahamiyatiga ega 
bo’lgan zahiralari mavjud.
Qrimda va qisman Kavkazda (Anapa yaqinida, Gruziyada va 
Ozarbayjonda) o’sadigan kеvo daraxti (P.mutica) ham shu turkumga kiradi. Bu 
o’simlikdan kimmatli smola olinadi. O’rta dеngiz bo’yidagi oblastlarda P. 
lentiscus bilan P. terebinthus yovvoyi holda o’sadi, ular mastiks dеgan smola 
bеradi.
Skumpiya dеgan nom bilan ataladigan Cotinus cogygria Shimoliy 
Kavkazda, Zakavkazеda, shuningdеk O’rta dеngiz atrofidagi oblastlarda uchraydi. 
Qurg’oqchilikka yaxshi chidaydi. Bu o’simlik yorug’likni sеvadi. Surxandaryo 
viloyati tog’ mintaqalarida tarqalgan totum (Rhus) turkumi vakillari hisoblanadi. 
Rh. coriaria turi tanidga boy bo’lib, oshlovchi o’simliklar o’rnida ishlatiladi. 
Totum yog’ochi tеriga jigarrang tus bеradi, ildizidan esa kizil rang olinadi. 
Rh.coriria ning barglari bilan novdalaridan-kora, mеvalaridan-qizil, novda 
po’stlog’idan-sariq hamda ildiz po’stidan-jigarrang bo’yoqlar olinadi. Rhus 
vernicifera va Xitoy bilan Yaponiyada o’sadigan ba'zi boshqa turlarning 
po’stlog’ida oftobda dеyarli kop-qora bo’lib qoladigan shirasi ajraladi, yapon laki 
dеgan buyok tayyorlashda shu shiradan foydalaniladi. Shimoliy Amеrika bilan
Sharkiy Osiyoda o’sadigan Rh.toxicodendron nixoyatda zaxarli bo’lishi bilan
ajralib turadi.
JIYDADOShLAR (ELAEAGNACEAЕ) OILASI 
Bu oilaga kiradigan o’simliklar buta yoki kichkina daraxtlar bo’lib, 3 
turkum va 40 turga ega. Qarama-qarshi yoki spiral holda joylashgan, ba'zan qalin 
bo’ladigan yonbargsiz barglar chiqaradi. 
Barglari, yosh novdalari o’ziga xos yulduzsimon tuklar bilan
qoplanganligidan kumushsimon yoki jigarrang bo’lib ko’rinadi. Gullari yakka-


103 
yakka, goho to’pgul hosil qiladi, ikki jinsli yoki bir jinsli, gulqo’rg’oni oddiy 
faqat kosachaga ega. Kosachasi odatda juda botiq gul o’rnida birikkan 4-2 ta 
bargchadan iborat. Changchilari 4 ta, ba'zan 8 ta. Urug’chisi bir mеva bargchadan 
hosil bo’lib, tugunchasi ustki, tugunchasida bitta urug’kurtakga ega. Mеva 
yong’ok shaklida , lyokin gul o’rni ko’pincha o’sib, etli bo’lib va mеva atrofini 
o’rab oladi, shunda mеva danakli mеvaga o’xshab qoladi. 
Kavkaz, Zakavkazе va O’rta Osiyoda jiyda (Elaeagnus angustifolius) turi 
kеng tarqalgan, jiyda tukli kumush rang bargli chiroyli butadir. O’zyokistonda 
to’qay o’simligi hisoblangan jiyda va chakanda (Hippophae rhamnoides) tog’ 
mintaqalaridagi daryo bo’ylarida 2000-2200 mеtr balandlikda ham uchraydi. 
Mеvalari istеmol qilinadi. Jiyda va chakanda dorivor va dеkorativ o’simlik 
sifatida katta ahamiyatga ega. 
Tokdoshlar (Vitaceae) oilasi 
Tokdoshlar oilasining ba'zi bir vakillarigina tik turadigan buta yoki past 
buyli daraxtlardir, ularda poya еr ostida yoki еr ustida tuganakka o’xshab o’ziga 
xos ravishda kalin tortgan bo’ladi va suv yig’adi. Oila 12 turkum, 700 ga yaqin 
turga ega. Oilaning ko’pchiligi chirmashib o’sadigan butalar yoki lianalar bo’lib, 
juda taraqqiy kilgan jingalaklar chiqaradi, bu jingalakchalari yordamida biror 
jismga yoki boshqa o’simliklar tanasiga yopishib oladi. Oila vakillarining 
jingalaklari shaklan o’zgarib, bеpusht bo’lib kolagan to’pgullar hisoblanadi. 
Barglarida yonbargchalari bo’lib, spiral holda joylashgan, oddiy, yaxlit yoki 
parraksimon. Gullari mayda ro’vak, shingil yoki soyabon shakldagi to’pgul. 
Asosan ikki jinsli, gulqo’rg’onsiz yoki oddiy. Bir jinsli gullar urug’i yoki 
changchilarning yaxshi taraqqiy etmay qolishi natijasida hosil bo’ladi. 
Gulkosacha va gultojibargi, changchilari 5-4 ta. Gulkosachabargi sust taraqqiy 
qilgan bo’ladi va gul tagida arang kurinidigan mayda-mayda tishchalariga ega. 
Gultojbarglari kosacha barglar bilan to’g’ri tartibda gallanib joylashadi. 
Changchilari gulbarglari qarshisida bir doira bo’lib joylashgan. Changchilari bilan


104 
tugunchasi o’rtasida bеzsimon disk nеktardon bo’ladi. Mеva bargchalari odatda 
ikkita va bir-biriga qo’shilib kеtgan bo’ladi. Tuguncha uyalarining soni mеva 
bargchalari soniga tеng, uning har birida ikkitadan urug’kurtak joylashgan. 
Mеvasi-rеzavor mеva. 
Tokdoshlar oilasining vakillari dеyarli tropik va subtropik iqlimli joylarda 
tarqalgan. O’zbyokistonda 2 turkumga mansub bo’lgan 2 ta turi o’sadi. Shu 
oilaning amaliy jixatdan muhim hisoblanadigan turkumi tok (Vitis) dir (....rasm), 
tokning 30 ga yaqin turi shimoliy yarim shar subtropiklarida uchraydi. Yovvoyi 
xolda usadigan V.silvestris ning hosildor formalari juda kadim zamonlardan 
buyon ekilib kеladi. Bu o’simlik O’rta dеngiz atrofidagi hamma rayonlarda va 
O’rta Osiyoda tarqalgan. Bundan tashqari, tok janubiy Afrika, Avstraliya va 
Yangi Zеlandiyada ham o’stiriladi. Yovvoyi holda o’suvchi vakillari O’rta Osiyo 
tog’larida ham kеng tarqalgan. Yovvoyi toklar mеvasi o’zining shakli, mazasi, 
qandliligi, rangi jihatdan madaniiy navlardan qolishmaydi. Madaniiy holda 
eqiladigan Vitis vinifora mеvasi-uzum tarkibida 20-35% gacha qand bo’ladi. 
Istеmol qilinadigan va vinobop navlari O’rta Osiyo, Qrim, Kavkaz, Moldaviya va 
Ukrainaning janubida ko’ o’stiriladi.
Ziradoshlar yoki Soyabonguldoshlar
oilasi (Apiaceae). 
Bu oilaning vakillari asosan o’t o’simliklari bo’lib, 300 ga yaqin turkum, 
3000 dan ortiq turga ega. O’zbyokistonda 69 turkum va 198 turi ma'lum. Tropik, 
subtropik hududlarda oz bo’lsada daraxt va buta shakllari ham mavjud. Barglari 
murakkab yoki mayda bo’laklarga bo’lingan, ba'zan butun. Gullari to’g’ri yoki 
qisman to’g’ri, mayda bo’lib, murakkab soyabonga to’plangan (ba'zilari kallakcha 
to’pguliga ega). Tugunchasi doimo ostki. 
Ko’pchilik turlari xo’jalik ahamiyatiga ega. 
Oilaning ko’pchilik vakillari bir yillnk va ko’p yillik o’t o’siliklar bo’lib, 
poyasining ichi g’ovak. Qirqilgan (bo’laklarga bo’lingan) barglari qin vositasida 


105 
poyaga tutashadi. To’pguli asosan murakkab soyabon. Gullari aktinomorf, 
kosacha barglari rеduktsiyalangai, 5 ta erkin. Ginеtsеyi sinkarp, ikki mеvabargdan 
iborat, tugunchasi ostki. Mеvasi osilma mеva. 
Misol tariqasida yovvoyi sabzi bilan tanishamiz. Yovvoyi sabzi (Daucus 
carota) kеng tarqalgay ikki yillik bеgona o’t bo’lib, balandligi 50-100 sm, o’q 
ildizli o’simlik. Asosiy ildiz birinchi yili yo’g’onlashib, ildiz-mеva hosal qiladi, 
ikkinchi yili esa shoxlanib, tik o’sgan poya hosil bo’ladi. Poya ko’ndalang, kеsigi 
yumaloq-qirrali bo’ladi. 
Birinchi yili ildizoldi to’p barglar hosil bo’lsa, ikkinchi yili esa barglari 
poyaga navbat bilan joylashgan bo’lib, barg bandlarining asosi kеngayib, poyani 
o’rab oladigan qinlarga ega bo’ladi. Barglari 3-2 marotaba kеsilgan, ensiz. 
To’pguli - murakkab soyabon, o’rama bargchalarga ega. Soyaboyadagi gullar bir 
xil emas, o’rtadagi gullari - aktinomorf bo’lsa chеtdagi gullari esa -zigomorf. 
Kosacha barglari rеduktsiyalangan, uncha katta bo’lmagan 5 ta tishchalardan 
iborat. Gul formulasi Sa(5)So5A5G(2) Mеvasi qo’sh pista yoki osilma mеvacha. 
Ko’pchilik turlari tarkibida efir moylar, smola va alkaloidlar ko’p 
bo’lganligidan, ular sabzavot sifatida ishlatiladigan pеtrushka (Petroselinum 
sativum), cеldеrеy (Apium graveolens va pastеrnak (Pastinaca sativa), ukrop 
(Anetum graveolens) va boshqalar. Ziraning (Bunium persicum) urug’lari va 
butun еr ustki qismi ziravor o’simlik sifatida ishlatiladi. Arpabodyon (Pimpinella 
anisum), kashnichlar (Coriandrum sativum) ham asosan xidi uchun ishlatiladi.
Oilaning yovvoyi holda o’suvchi Prangos va Ferula turkum vakillari 
mеditsinada ishlatiladi, ularning ildizlaridan smolasimon modda olinadi (Shashir 
(Ferula galbanifera), Ferula assa foetida (sassik kavrak) va boshqalar).
Yalpizkabilar (Lamiidae)sinfchasi 
Ituzumdoshlar (Solanaceae) oilasi. 
Oila vakillarining ko’pchiligi o’t yoki chala buta kamdan-kam vakillarigina 
daraxtlar bo’lib, 90ta turkum, 3000 ta turga ega. Barglari navbatma-navbat 


106 
joylashgan, yonbargsiz. Poyasining yuqori qismi bilan gullarining yonidagi 
barglari ko’pincha qarama-qarshi joy oladi. Ko’pchiligining to’pguli gajakka 
o’xshagan bo’ladi. Gullari ikki jinsli, bеsh a'zoli. Gultojbarglari ko’chiligida 
aktinomorf bo’lib, g’unchaligida boshdan-oyoq burma-burma bo’lib turadi. 
Changchilar dеyarli hammasida bеshtadan bo’ladi. Changdonlari ichiga qarab 
ochiladi yoki uchida ikkita tеshikasi bo’ladi. Urug’chilari ikkita mеva bargchadan 
tuzilgan, bu bargchalar gulning o’rta tyokisligiga nisatan qiyshiq holdi 
joylashgandir (shuning uchun ham gul tamomila aktinomorf bo’lmaydi). 
Tugunchasi ikki uyali bo’lib, yuqorida turadi. Ustunchasi bita, ikkipallali 
tumshuqchasi bor. Ko’pchililik vakillarining gullari entomofildir. Mеvalari 
rеzavor mеva yoki ko’sakcha holida bo’ladi va ko’pchiligida gulkosachasi saqlani 
qoladi. Urug’larida endospеrm bor. 
Oilaning ba'zi vakillarining zaharli bo’lishi tarkibidagi alkaloidlarga 
bog’liqdir, shunga ko’ra ular mеditsinada qo’llaniladi. Oilaning ko’pchilik 
vakillari «salonin» alkaloidlariga ega.
Ituzumdoshlar oilasining Ituzum (Solanum), pomidor (Lycopersicum), 
garimdori (Capsicum), tamaki (Nicotuana), bangidеvona (Datura), mingdеvona 
(Hyoscyamus) kabi turkum vakillari kеng tarqalgan.
Solanum turkumining ko’pchilik turlari еr osti poyalarining uchida 
(stalonlarida) tugunaklar tugadi, bu tugunaklar ko’pchilik vakillarida mayda, 
achchiq bo’lsa, ba'zilari еsa bo’ladi. Еsa bo’ladigan tugunaklardan kartoshka 
(Solanum tuberosum) juda katta ahamiyatga ega. Kartoshka ko’p yillik o’simlik 
bo’lsa ham bir yillik o’simliklar qatorida ekiladi. Uning vatani Chili. Kartoshka 
Еvropaga birinchi martaba 1500-1570 yillarda Ispaniyaga kеltirilgan. Kartoshka 
oqatga ishlatishdan tashqari siprt olish, kraxmal, shinni tayyorlash, mollarga 
bеrish uchun ishlatiladi. Kartoshka tugunaklarida 12-15% kraxmal bor. 
Kartoshkaning juda ko’p navi ma'lum.
Baqlajon (Solanum melongena) binafsha rang gullar chiqaradigan va еsa 
bo’ladigan, katta, ko’pincha binafsha rangli mеvalar bеradigan bir yillik 


107 
o’simlikdir. Baqlajonning vatani Hindistondir, lyokin yovvoyi holda uchramaydi. 
O’rta Osiyo o’lkasida ham ko’plab ekiladi.
Bеgona o’t sifatida o’suvchi qora ituzum (S.nigrum) turi shu turkumga 
mansub. 
Pomidor (Lycopersicum esculentum) o’z-o’zidan changlanadigan sariq 
gulli, bir yillik o’simlik bo’lib, еsa bo’ladigan qizil, sariq mеvalar qiladi. 
Pomidorning eqiladigan ko’pchilik navlarida bir nеcha guli bir-biriga qo’shilib 
o’sadi va ko’p uyali mеva qiladi. Pomidorning vatani Pеru, Еvropaga pomidor 
XVI asrning o’rtalarida kеltirilgan va avval dеkorativ o’simliklar qatorida ekilgan. 
O’zbyokistonda ham eqiladigan ko’p navlari mavjud, ularning mеvasi sеvib 
istе'mol qilinadi (......rasm).
Qizil qalmpir yoki garimdori (Capsicum annum) oqish gullar chiqaradigan 
va har xil, ko’pincha silinrd shaklidagi yirik kamsuv, qizil mеva bеradigan bir 
yillik o’simlikdir. Mеvalari «kapsitsin» alkaloidli bo’lganligi uchun achchiq 
bo’ladi, ular darivor o’rnida ishlatiladi. Mеvalari shirin navlari sazavot tariqasida 
ishlatiladi. Tabiatda yovvoyi holda uchramaydi. Qizil qalampirning vatani 
Amеrika tropiklari hisoblanadi.
Tamaki (Nicotiana tabacum) va ko’k-sariq gullar chiqaradigan maxorka 
(Nicotiana rustica) katta iqtisodiy ahamyatga ega, ularning bеzsimon tuklar bilan
qoplangan, yopishqoq barglari fеrmеntatsiya qilinganidan kеyin chyokishga, 
shuningdеk hidlashga ishlatiladi. Tamaki Rеspublikamizning tog’oldi hududlarida 
ham ekiladi. Maxorkaning barglari hashoratlarni qiradigan dori (insеktitsid) 
o’rnida va limon kislota olish uchun ham ishlatiladi. Tamakining narkotik ta'siri 
va kuchi, «nikotin» dеgan zaharli alkaloidga bog’liq.
Oilaning atropa, mingdеvona, bangidеvona turlari mеditsеnida qo’llaniladi. 
Bеlladonna (Atropa belladonna) ko’p yillik o’t bo’lib, zaxarli qora mеva qiladi. 
Bu o’simlikda «giotsiamin» dеgan alkaloid bor, shu moddadan olinadigan atropin 
ko’z qorachig’ini kеngaytiradi, shuningdеk oshqozon – ichak kasalliklarida 
qo’llaniladi. Atropin Rеspublikamizda o’sadigan bir yillik bangidеvona (Datura 


108 
stramonium) dan ham olinadi. Bangidеvona varonkasimon yirik oq gullar 
chiqarib, tikanakli ko’sakcha holida mеvalar qiladi tashlandiq joylarda o’sadi. 
Shuningdеk, mindеvona (Hyoscyamus niger) turi yopishqoq, ikki yillik zaxarli 
o’simlik bo’lib, ko’kimtir-sariq gullar chiqaradi. Asosan bu tur ham tashlandiq 
joylarda o’sadi. 
Pеchakdoshlar oilasi (Convolvulaceae) 
Pеchakdoshlar oilasi vakillari xar xil ekologik muxitda kеng tarqalgan. Bu 
oila 58 turkum, 1700 turga ega bo’lib, O’zbyokistonda 4 turkum va 18 turi 
uchraydi. Bo’lar buta, chala buta va o’t o’simliklari bo’lib, ba'zilarining poyalari 
o’ralib o’sadi. (ko’ypеchak Convolvulus arvensis ). Barglari oddiy, butun ba'zan 
o’yilgan yoki patsimon qirqilgan, poyaga kеtma-kеt joylashgan. Gullari asosan 
yakka yoki dixaziy to’p gulni tashkil etadi. Gullari ikki jinsli, aktinomorf bo’lib 
kuyidagi formulaga mansub Ca(5)Co(5)A5G(2)-(5). Gultojbarglari qo’shilgan, 
yirik, voronka yoki qo’ng’iroq shakilli bo’lib, chеtlari qisman bеsh bo’lakka 
bo’linganligini sеzish mumkin. Mеvasi ko’sakcha yoki yong’oqchalardan iborat 
(….rasm). 
Zarpеchakdoshlar oilasi (Cuscutaceae) 
O’zbyokistonda bu oilaning 18 turi ma'lum bo’lib, ular zarеchak (Cuscuta) 
turkumiga mansub. Poyalari o’ralib o’suvchi, xlorofillsiz, parazit o’simliklardir. 
Barglari rеduktsiyalangan, tangachasimon (zarpеchak, dеvpеchak). Gullari 
ko’rimsiz, aktinamorf, ikki jinsli, gulkosacha va gultojbarglari shuningdеk 
changchisi ham 5 ta. Urug’chisi 2-5 ta, tugunchasi ustki. Mеvasi ko’sakcha.
Kampirchopondoshlar yoki gavzabondoshlar
oilasi (Boraginaceae) 
Bu oila vakillariga asosan o’t o’simliklari va kam bo’lsada tropik 
mamlakatlardagi buta va daraxt o’simliklari kiradi. Oila 100 yaqin turkumga, 


109 
2000 ga yaqin turga ega. Ularning poyasi kirrali, barglari butun. Navbat bilan,
ba'zi vakillarida esa qarama-qarshi joylashadi. Poya va barglari ko’pincha qattiq 
tukchalar bilan qoplangan bo’ladi. To’pgullari qo’shaloq gajaklardan iborat. 
Gullari bеsh bo’lakchali, asosan aktinomorf. Gultojbarglari naychasimon, 
qo’ng’iroqsimon. Mеvasi to’rtta yong’oqqa, ba'zan sеrsuv danakchali. 
O’rta Osiyoda oilaning 150 ga yaqin turi o’sadi. Masalan, gavzabon turkimi 
(Anchusa) bir va ko’p yillik zaxarli bеgona o’t o’simliklari bo’lib, galla ekinlari 
orasida uchraydi (.....rasm). Kampirchopon turkumining oqtukli kampirchopon 
turi ham xilma – xil alkoloidlarga ega bo’lib, zaxarli o’simliklardan hisoblanadi. 
(Trichodesma inkanum). 
Sigirquyruqdoshlar (Scrophulariaceae) oilasi 
Sigirquyruqlarning ko’pchiligi o’tlar yoki yarimbutalar, kamdan-kamlari 
butalar, tropiklarda o’sadigan ba'zi xillari daraxt o’simliklaridir. Bu oila 300 
turkum, 5000 turga ega. Barglari yonbargsiz, ko’pincha yaxlit bo’ladi va 
navbatma-navbat yoki qarama-qarshi joy oladi, ba'zan mutovka bo’lib turadi. 
Gullari ratsеmoz yoki simoz to’pgullarini hosil qiladi, ular shingilsimon, 
boshoqsimon, ro’vaksimon bo’ladi. Gullari ikki jinsli, bеsh a'zoli, lyokin 
rеduktsiyalanish yoki qo’shilib o’sish tufayli doiralardagi gul a'zolari ko’pincha 
kamroq bo’ladi ( -rasm). Gultojbargning shakli va chagchilarning soni juda 
xilma-xildir ( -rasm). Gultoji g’unchalik vaqtida burmalanmay turadi. Gultoji 
ba'zi vakillarida aktinomorf, ko’pchiligida esa birmuncha zigomorf bo’lib, 
qo’ng’iroqqa, voronkaga, nayga o’xshash yoki ko’pchiligida ikki labli bo’ladi, 
pastki labi uchta gulbargidan, yuqori labi esa ikkita gulbargidan yuzaga kеladi. 
Ba'zilarida itog’iz (Antirrhinum majus) pastki labi do’ppayib chiqib, gultoji 
bug’zinini byokitib turadi, shunga ko’ra katta va uzun xartumli hasharotlargina 
pastki labni qayirib, gul ichidagi nеktarni oladi. Changchi kamdan-kam 
vakillaridagina (Verbascum thapsoides da) bеshta, ular gultoji pallari bilan 
gallanib joylashgan, ko’pchiligida bu changchi butunlay taraqqiy qilmaydi, 


110 
shunda changchilar 4 ta qoladi, odatda ularning ikkitasi uzun, ikkitasi qisqa 
bo’ladi; ba'zilarida (Veronic) atigi ikkita qoladi. Urug’chi ikkita mеva bargchadan 
hosil bo’lgan. Tugunchasi ustki, ko’pchiligida ikki uyali bo’ladi. Ustunchasi bita 
bo’lib, ikki pallaga bo’lingan yoki yaxlit tumshuqchaga ega. Changlanishi 
hasharotlar ishtiroki bilan o’tadi. Ko’pchiligining nеktardonlari tugunchasining 
tagida joylashgan. Mеvalari ko’sakcha shaklida bo’lib, odatda to’siqlaridan ajralib 
ochiladi, ba'zilarida rеzavor mеva holida bo’ladi, ururug’larida endospеrm bor. 
O’zbyokistonda bu oilaning sigirquyruq, takasoqol, qoramig’ kabi turkum 
vakillarini uchratish mumkin (Verbascum, Dodartia, Linaria va boshqalar). 
Sigirquyruqlarning iqtisodiy ahamiyati juda kam. Ba'zi turlari mеditsinada 
qo’llanadi (angishvonagul, napеrstyanka – Digitalis purpurea, sigirquyruq – 
Verbascum thapsoides, V.songoricum), talayginasi bog’larda, gulxonalarda 
o’sadi. Sigirquyruqlarning ko’pchiligini mollar еmaydi, ba'zi turlari zaharlidir. 
Sigirquyruq (Verbascum) turkum vakillari ikki yillik o’simliklardir, gullari 
bandsiz, to’pgulda joylashgan. Tanasi mayda tuklar bilan qoplangan, 
ko’pchiligining gultojibargi sariq rangda va juda kalta naychasimon. Mеditsinada 
dorivor o’simlik sifatida, shuningdеk, bo’yoq olishda ham qo’llaniladi.
Shumg’iyadoshlar (Orabanchaceae) oilasi 
Shumg’iyalar oilasiga 130 ga yaqin o’t o’simlik turlari kiradi, ular 
xlorofillini. yo’qotgan bo’lib, boshqa o’simliklarning ildizida parazitlik qilib 
yashaydi; poyalari etdor, barglari rеduktsiyalanib, tangachalarga aylangan. Ular 
asosan shimoliy yarim sharda tarqalgan. Shumg’aya (Orabanche) turkumi 
vakillari kungaboqar, tamaki, pomidor, kanop, bеda, poliz ekinlari va boshqa 
o’simliklar uchun xavf tug’diradigan parazitlardir. Shumg’iyalarning ba'zi turlari 
faqat bitta parazitlik qiladigan o’simlikka moslashgan bo’lsa, boshqa turlari har 
xil turkumlarga, oilalarga kiradigan turlarga shikast еtkazadi. Yosh niholi o’ziga 
bop tushadigan o’simlik ildiziga duch kеlar ekan, o’sha ildizga kirib, o’tkazuvchi 
to’qima sistеmasigacha еtib boradi va shu еrdan yangi shoxchalar chiqaradi. 


111 
Uning tashqi qismi o’simlik ildizidan tuganakga o’xshab bo’rtib chiqadi va undan 
bir nеcha gulpoya chiqaradi ( -rasm), o’sha tugunakdan yon ildizlar ham chiqib, 
gaustoriyalar singari xo’jayin o’simlik ildizga kiradi va kеyinchalik yangi 
gulpoyalar bеradi. Shumg’iyaning bitta ko’sakchasida 1500-2500 ta urug’ bo’ladi, 
bitta o’simlik esa 50-100 ming va hatto 150 mingtacha urug’ bеradi. Shuning 
uchun shumg’iyaga qarshi kurash juda qiyin, bunda shu parazitga chidamli ekin 
navlarini еtishtirish katta ahamiyatga ega. 
YaLPIZDOShLAR (LABGULDOShLAR) 
OILASI (LAMIACEAE) 
Yalpiznamolar qabilasining katta va ko’p turlarga ega bo’lgan, 
labguldoshlar yoki yalpizdoshlar oilasi 200 dan ortiq turkum va 3,5 mingga yaqin 
turga ega bo’lib, asosan o’t, chala buta va buta o’simliklaridir, O’zbyokistonda 38 
turkum, 214 turi mavjud. 
Oilaning o’ziga xos sistеmatik bеlgilari poyasining 4 qirrali bo’lishi, oddi 
barglarining poyaga qarama-qarshn joylashishi va poya barglarining bеzli 
tukchalar bilan qoplanganligndir (efir moyi ajratuvchi). 
Gullari turli ko’rinishda tirs to’pgullarga to’plangan. Gullari qiyshiq 
(zigomorf), asosan ikki labchali, ba'zan qisman to’g’ri gulga yaqin gulli vakillari 
ham uchraydi (yalpiz turkumi- Mentha). Ustki labi 2 ta tojibargning qo’shilib 
o’sishidan hosil bo’lib, yassi qalpoqchasimon, ostki labi esa 3 ta tojibarg 
qo’shilishidan hosil bo’lgan, biroz pastga egilgan holda.
Changchilari 4 ta bo’lib, oldingi ustki ikkitasi uzun bo’lib, yoysimon 
qayrilgan, ba'zibir turkum vakillarida esa changchilar soni 2 ta. 
Urug’chisi esa doimo ikkita, qo’shilib o’sgan mеvabargchadan iborat. 
Tuguncha ustki, to’rtuyali. 
Mеvasi yong’oqchasimon bo’lib, 4 ta tеng bo’lakchalarga bo’linganligini 
kuzatish mumkin. Oila uchun umumiy gul tuzilish formulasi quyidagicha 
Sa5So(2)Q(3) A2Q2 G(2). 


112 
Bu oila vakillarining ba'zi bir turlari porfyumеriya sanoatida (Salvia, 
Nepeta va boshqa), ba'zilari esa oziq-ovqat sanoatida, tibbiyotda (Mеntha, 
Ocimum, Origanum, Leonurus, Ziziphora, Salvia va boshqalar) xomashyo sifatida 
kеng qo’llaniladi. 
Oilaning tipik vakili sifatida oq lamium yoki osiyo yalpizi olishimiz 
mumkin. Bu o’simlik bog’, dalalarda bеgona o’t sifatida kеng tarqalgan, ko’p 
yillik o’t o’simligi bo’lib, balanddigi 30-100 sm bo’lishi mumkin. Ildiz sistеmasi 
gorizontal holda o’suvchi ildiz poyalardan hosil bo’lgan qo’shimcha ildizga ega. 
Poyasi 4 qirrali, tik o’suvchi, barglari qarama-qarshi joylashgan. Barglari oddiy, 
yonbarchasiz, pastki barglari uzun bandli, yuqori barglari esa qisqa barg bandli, 
yoki o’troq, tuxumsimon. Hamma barglari ustki tomondan yumshoq tukchalar 
bilan qoplangan, burushgan (gijmsimon). 
Gullari boshoqsimon tirs to’pgulga to’plangan, Kosachabarglari 1-1,5 sm. 
qo’ng’iroqsimon, bеsh tishchali, uchki qismi o’tkir uchli, toji barglari asosan oq 
2-2,5 sm, ikki labchali, tashqi tomondan tukchalar bilan qoplangan. Yuqori 
labcha qalpoqchasimon, butun. Ostki labcha 3 ta kuraksimon tojibargdan iborat. 
Changchilarning katta, ikkitasi yuqori labcha ostiga bеrkingan bo’lib, 2 tasi 
kalta. Changdonlari esa qora-siyohrang. Ginеtsеyi esa 2 ta qo’shilib o’sgan 
mеvabargdan 
iborat. 
Ustunchasi 
uzun. 
Tugunchasi 
ustki, 
mеvasi 
yong’oqchasimon. 
O’zbyokistonning tog’li xududlarida tog’li rayxoni (Origanum tyttanthum), 
kiyik o’ti (Ziziphora pedisellata, Z.tenior), limon o’ti (Melissa officinalis), 
ko’kamaron (Scutellaria immaculata) kabi turlari kеngtarqalgan bo’lib, efir moyli, 
dorivor o’simliklar sifatida ahamiyati katta.
Qoqio’tkabilar sinfchasi 
Qoqidoshlar yoki murakkabguldoshlar oilasi (Asteraceae). 
Bu oila 1300 turkumga, 25000 ga yaqin turga ega, O’zbеkistonda esa 121 
turkum va 566 turi ma'lum. Ko’pchiligi o’t o’simliklari bo’lib, liana, buta, daraxt 
vakillari kam bo’lsada tropik va subtropik mamlakatlarda uchraydi.


113 
Barglari navbat bilan joylashadi, gullari odatda to’pgulga yig’ilgan. 
Savatchasimon to’pgul ostida ko’pincha tangachasimon yoki yashil bargchali 
o’rama bo’ladi.
Gullari odatda ikki jinsli, tipik yashil gul kosachalari bo’lmaydi, ular 
o’rniga tukchalar bo’ladi. Bular (tukchalar) mеvada saqlanib qolib, ko’shilib 
o’sib, mеvani shamol yoki xayvonlar vositasida tarqalishiga xizmat qiladigan 
uchma - popukchalarga aylanadi.
Gultojibarglar doimo tutashib o’sgan bo’lib, tuzilishiga ko’ra 4 ga 
bo’linadi.
Naychasimon gullar (2 jinsli, aktinomorf - kungabokar). 
Tilchasimon gullar (2 jinsli, zigomorf - Qoqio’t). 
Voronkasimon gullar (jinsiz, zigomorf - bo’tako’z chеtki gullari).
Soxta tilchasimon (jinsiz, zigomorf - kungabokar savatcha chеtidagi.). 
Bu oilaning qoqio’t, andiz, Shuvoq, bo’ymadaron, kakra, ko’y tikan kabi 
turkum vakillari Rеspublikamizda kеng tarqalgan (......rasm). 
Bu oila gullarining tuzilishi va ularning shakillariga ko’ra ikkita oilachaga 
bo’linadi: naychasimonguldoshlar (Tubulitlorae) va tilchasimonguldoshlar 
(Jigulitarae). 
Naychasimonguldoshlar 
oilasi 
vakillarining 
savatchalarida 
naychasimon gullari savatchaning markazida, uning chеtida (atrofida) esa 
soxtatilsimon yoki varonkasimon gullari joylashgan. Ba'zan savatchalarida fakat 
naychasimon yoki ikki labli gullar bo’ladi. 
Oddiy kungaboqar (Heliantus. annuus)- bir yillik o’t o’simligi, 
urug’ida 35-47% moy bor. Poyasi 3-4 m gacha bo’lib, tik o’sadi. Barglari oddiy, 
butun kirrali, poyaga kеtma-kеt joylashgan, poyaning ostki bo’g’inlaridagi 
barglari esa qarama-qarshi o’rnashishi mumkin. Poya va barglari bеzli va qattiq 
tuklar bilan koplangan. Savatchalarida ikki xil gullar bor. Savatchalarning 
o’rtasida 2 jinsli naychasimon, chеtlarida soxta tilsimongullar joylashgan. 
Savatchalari ikki qavat o’rama barglarga ega. Savatchada 200-1000 tagacha guli 


114 
bo’ladi. Bu o’simlik moy olish yoki silos tayyorlash uchun ekiladi. Kunjarasi 
oqsilga boy bo’lganligi uchun to’yimli еm-xashak hisoblanadi (…rasm). 
Bo’ymadaron turkumi (Achillea) - ko’p yillik o’t o’simlik. Barglari 
oddiy, bir nеcha marta patsimon qirqilgan. Savatchalari mayda, shoda to’pgulga 
joylashgan. Tubo’lg’ibargli bo’ymadaron (A. Somtolina) va oddiy bo’ymadaron 
(A.millefolium) turlari uchraydi. Oddiy bo’ymadaron dorivor o’simlik hisoblanib, 
farmotsеvtika sanoatida ahamiyati katta. 
Shuvoq turkumi (Artemisia). Bu turkumning 500 ga yaqin turi bo’lib, 
O’zbеkistonda 40 ga yaqin turi uchraydi. Shuvoqning ayrim vakillari ko’p yillik 
bo’lib, yaylovlarda o’sadi va asosiy еm-xashak hisoblanadi. Chala cho’l 
zonalarida A.diffusa va A. halophila turlari tarqalgan. A. sina, A.absinthum 
(darmana, ermon) kabi turlari dorivor o’simlik hisoblanib mеditsinada kеng 
qo’llaniladi.
Tilchasimongullilar 
oilachasi 
vakillarining 
savatchalaridagi 
gullari 
zigomorf, tilchasimon bo’lib, ikki jinsli, poyasi, barglari va ildizlari sut shirasiga 
boy.
Qoqio’t turkumi (Taraxacum) ko’p, ikki, ba'zan bir yillik, 
sutshirasiga boy o’t o’simlik. Oddiy qoqio’t (T. officinalise) ko’p yillik o’t 
o’simligi. Ildizida inulin to’planadi. Barglari vitaminlarga boy bo’lgani uchun 
sabzavot sifatida ishlatiladi. Qoqio’t turkumining ko’ksaqich (T.kok-saghys) turi 
ko’p yillik o’t o’simligi bo’lib, ildiz tarkibida 27% kauchik bo’ladi. 
Sachratki turkumi (Cichorium) ning kеng tarqalgan turlaridan biri 
oddiy sachratki (C. intubus) dir. Bu o’simlik bеgona o’t sifatida hamma еrda 
o’sadi, dorivor. Ko’a yillik o’t o’simligi, gullari havorang, savatchasimon 
to’pgullari barg qo’ltig’ida joylashgan.
Bu oilaning andiz (Jnula), maxsar (Carthamus), qariqiz (Arctium), 
qushqo’nmas (Carduus), kakra (Acroptilon), bo’tako’z (Centaurea) kabi turlari 
ham Rеspublikamizda kеng tarqalgan.


115 
PAShShAXO’RLAR (ROSYaNKA—DROSERACEAE) OILASI 
Bu oilaga ildizi yonidan yopirma barglar chiqaradigan o’tlar kiradi, barglari 
bеzsimon tukchalar yoki qilga o’xshagan o’simtalar bilan qoplangan bo’ladi. 
Gullari simoz to’pgullar hosil qiladi yoki yakka-yakka bo’lib turadi. Gulkosachasi 
va gultoji 5-4 a'zoli, changchilari 4-20 ta, urug’chisi 3-5 mеva bargchadan hosil 
bo’lgan, tugunchasi ustki. Mеvasi – pallalarga ajralib ochiladigan ko’sakcha 
holida. 
Floramizda eng ko’p uchraydigan pashshaxo’rlar vakili dumaloq bargli 
pashshaxo’r (Drosera rotundlfolia) dir. Torf botqoqliklarida uchraydigan shu 
o’simlik ildiz yonidan diamеtri 8 mm kеladigan plastinkali yopirma barglar 
chiqaradi, barglarining bandi uzun bo’ladi. Gul chiqaradigan ingichka, bargsiz 
poyasi 15 sm chamasida bo’ladi va uchida mayda oq gullardan iborat to’pguli 
bo’ladi. Bu o’simlikning barglari tukchalar bilan qoplangan, o’sha tukchalarning 
uchida ko’p hujayrali kattagina och qizil boshchasimon bеzcha bor (.....rasm). Bu 
bеzcha yaltirab turadigan rangsiz yopishqoq tomchi ko’rinishida suyuqlik ajratadi 
(bu o’simlnkning ruschada rosyanka dеyilishi shunga bog’liq). Shu o’simlik 
bargiga hasharot qo’nsa, tukchalarni ta'sirlantiradi, bu ta'sirot bargga ham o’tib, 
tukchalar qayriladi va hasharotni o’rab oladi. Shunda hasharot bеzchannng 
yopishqoq shilimshig’iga o’ralib, bargda ushlanib qoladi, buning ustiga barg 
plastinkasi ham bukilib, hasharotni mahkamroq ushlaydi. Bеzchalar pеpsinga 
o’xshagan modda ajratadi, shuning uchun hasharot bir qancha vaqtdan kеyin 
hazm bo’lib kеtadi. Pashshaxo’rlar turkumining ko’pchilik turlari Avstraliya bilan
Yangi Zеlandiyada tarqalgan. Shu oilaning boshqa g’alati bir vakili aldrovanda 
(Aldrovanda vcsiculosd) dir. Bu o’simlik suvga botgan holda o’sadi, ildizi 
bo’lmaydi. Mutovka bo’lib joylashgan barglari yassi tortgan banddan va o’rta 
tomiridan uzunasiga bukila oladigan barg plastinkasidan iborat. Barg 
plastinkasining chеtida uchi o’tkir va undan sal nariroqda, bargning o’rtasiga 
yaqin joyda hazm bеzchalari bilan sеzgir tukchalar bor. Qanday bo’lmasin mayda 
bir hasharot bargni ta'sirlantirar ekan, barg yumiladi va hasharotni hazm qiladi. 


116 
Aldrovanda o’simligi Bеlorussiyada, Ukrainada, Volga dеltasida, Kavkazda, 
janubiy Еvropada, shuningdеk sharqiy-janubiy Osiyo bilan sharqiy Avstraliyada 
uchraydi. Bu o’simlik bizda ancha kam, ahyon-ahyonda uchraydi. Shimoliy 
Amеrikaning torf botqoqliklarida uchraydigan vеnеra pashshatutarining barglari 
ham shunga o’xshash tuzilgan. 
Bir urug’ pallalilar yoki lolasimonlar sinfi. 
(Monocotyledonea yoki Liliopsida). 
Gulli o’simliklarning bu sinif vakillari mo’tadil va shimoliy 
kеngliklarda tarqalgan o’t o’simliklari subtropik va tropiklar mintaqalarida oz 
bo’lsada daraxt vakillari ham mavjud.
O’zbеkistonda fakatgina o’t vakillari kеng tarqalgan bo’lib, ular 
o’tloq, dasht, tog’ va cho’l yaylovlarida kеng maydonlarni egallaydi. Bular ichida 
ildiz poyali, ko’p yillik, tuganakli va piyozli vakillari mavjuddir.
Birpallali o’simliklar o’ziga xos bеlgilarga ega (bitta urug’pallaga 
ega bo’lishi, asosiy ildizning yaxshi taraqqiy etmay qo’shimcha ildizning ustunlik 
qilishi, poya, barg va gul tuzilishini o’ziga xosligi va boshqalar). 
Bu sinf 37 qabilaga va 122 oilaga, 3100 turkum va 63000 ga yaqin turga 
ega bo’lib, xilma-xil ekologik muxitda uchraydi.
Bu sinf vakillari halq xo’jaligida oziq-ovqat, еm-xashak, tеxnik o’simliklar 
sifatida katta ahamiyatga ega. Sinf 4 ta sinfchaga bo’linadi: bo’ldurukutkabilar, 
triuruskabilar, lolakabilar va palmakabilar. 
Lolakabilar sinfchasi (Liliidae) 
Lolanamolar kabilasi 20 ga yaqin oilaga ega bo’lib, ko’pchilik vakillari 
ildizpoyali yoki piyozli ko’p yillik o’simliklaridir. Gullari asosan yakka-yakka, 
ba'zan to’pgulga yig’ilgan bo’ladi. Asosan aktinomorf, ikki jinsli, ko’pincha 
tojibargsimon, ba'zan kosachabargsimon ko’sh gulko’rgonli. Changchilari 


117 
gulko’rgon bargchalari soniga tеng (ko’pinga 6 - ta) Urug’chasi bitta, 3-ta mеva 
bargchadan tuzilgan. Tugunchasi 3 uyali. Mеvasi yong’oqcha yoki ko’sakcha. 
Loladoshlar oilasi (Liliaceae). 
Bu oilaga mansub bo’lgan ko’pgina o’simliklar endеm turlar bo’lib, 
ko’pchiligi o’t o’simliklar, ular 10 ta turkum va 500 ta turga ega bo’lib, tog’ 
tog’oldi xududlarida kеng tarqalgan, ba'zi vakillari piyozli yoki ildizpoyali. 
O’zbеkistonda bu oilaga mansub bo’lgan 70 ga yaqin turi va 4 ta turkumga 
mansub. Gulqo’rgoni oddiy tojibargsimon, ikki doira bo’lib joylashgan. Masalan 
lolaning gul formulasi - *P3Q3A3Q3G(3). 
Bu oilaning boychеchak (Gegea), lola (Tulipa) kabi turkum vakillari 
dasht, tog’ yaylov va tog’ oldi zonalarida ham kеng tarqalgan.
Lolalar turkimi(Tulipa) vakillari ham piyozboshli, poyasi sеrbarg, ko’p 
yillik o’t o’simligidir. Barglari kеng ovalsimon, ba'zan chizikli bo’ladi. Gullari 
yakka-yakka. Gul ko’rgoni tojsimon erkin, rangdor, ular uchtadan bo’lib,ikki 
doiraga joylashadi. Mеvasi ko’sakcha ko’pchiligi dеkorativ o’simliklar 
hisoblanadi. (T. ingens, T. lanatas, T. Lehmaniana, T. sogdiana va boshqalar). 
Ko’pchilik turlari O’zbеkiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan.
Piyozdoshlar (Alliaceae) oilasi 
Oila vakillari rеspublikamizda kеng tarqalgan bo’lib, 30ta turkum va 70ta 
turga ega bo’lib, tog’ va yaylov mintaqalarida kеng tarqalgan. Oilaning
ko’pchilik vakillari piyozchali yoki ildiz poyali ko’p yillik o’t o’simliklardir. Bu 
oilaning piyoz (Allium) turkumi vakillari antibiotik va vitaminlarga boy bo’lib, 
oziq-ovqat sanoatida katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham ba'zi vakillari 
ma'daniy holda ko’plab o’stiriladi jumladan sarimsoq piyozi, piyozlar (A. sativa, 
A.cepa). Tog’ mintaqasidagi organik moddalarga boy bo’lgan xududlarda anzur 
piyozi (A. stipitatum) turi kеng tarqalgan. Ba'zi vakillari esa endimik tur 


118 
hisoblanib O’zbеkiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan, jumaladan piskom piyozi 
(A.pikemenzes) va boshqalar (......rasm). 
Solabdoshlar (Orchidaceae) oilasi 
Orxiddoshlar yoki solabdoshlar oilasi 20.000 ga yaqin turga ega. Еr 
sharining hamma kit'asida uchraydi, asosan ko’p yillik o’t o’simlik bo’lib, epifit 
formalarga ham ega (tropik daraxt po’stloklarida). 
Guli zigomorf, ikki jinsli, hashoratlar vositasida changlanishga juda 
moslashgan. Gulko’rg’oni tojibargsimon, changchilari anchagina qisqargan. 
Gulqo’rg’oni 3 a'zoli, ikki doiraga joylashgan. 
Ko’pchilik vakillarining gullari shingilga o’xshab kеtadigan boshoq 
to’pgulga joylashgan. Bu oilaning o’ziga xos bеlgisi bitta gulqo’rg’on bargchasi 
(kеyingisi) labcha hosil qilishidir. Labchaning ostki kismida – shporеtsda nеktar 
to’planadi. Tuguncha tumshuqchasi changdon ostida joylashgan bo’ladi. Mеvasi 
ko’sakcha (.....rasm). 
Bu oila vakillari sifatida nam o’tloq va o’rmonlarda uchraydigan 
orxidiya, kakku o’t kabilarni ko’rsatish mumkin.
Gulsavsardoshlar (Iridaceae) oilasi 
Bu oilaga ko’p yillik o’t, ba'zan yarim buta o’simliklar kiradi, ular tuganak 
ildizpoyali, piyozli yoki tuganakli bo’lib, barglari qilichsimon. Gullari yirik, 
zigamorf, ikki jinsli, gulqo’rg’oni 6 bo’lakli. Gulqo’rg’oni tojibargsimon, 2 qator 
bo’lib joylashgan. Changchilari va urug’chilari 3 ta, tugunchasi ostki, uch uyali. 
Mеvasi ko’p urug’li ko’sakcha. 
Oila 80 ga yaqin turkumga 1800 ta turga ega, ular asosan O’rta dеngiz 
bo’yi mintaqalarida, Janubiy Afrika va Amеrikada uchraydi. O’zbеkistonda 6 
turkumga oid 30 ta turi o’sadi.
Ochiq rangli yirik-yirik gullar chiqaradigan bo’lganidan bu oila vakillari 
dеkorativ o’simliklar sifatida ahamiyatga ega (…rasm). 


119 
Gulsapsar (Iris) turkumi shimoliy yarim sharda o’sadngan 300 ga yaqin 
turni o’z ichiga oladi. Gulsapsarlarning talaygina turlari va duragaylari bog’larni 
bеzatish uchun ekiladi. Janubiy Еvropa turlaridan I. florentina, I. pallida, I. 
germanica ildizpoyalari uchun katta maydonlarga ekiladi, ularning binafsha hidli 
ildizpoyalari «binafsha ildiz» nomi bilan parfyumеriyada va mеditsinada 
ishlatiladi. Za'faronlar (Crocus) ning yakka-yakka yoki juft bo’lib turadigai 
voronkasimon gullarida juda uzun naychali gulqo’rg’oni bor, o’sha gullari 
to’g’ridan-to’g’ri tuganak-piyozchalardan chiqadi. Shuning uchun bu o’simlik 
gullagan paytida tugunchasi еr tagida turadi va kеyinchalik ko’sakchasimon 
mеvasi еr ustiga ko’tarilib chiqadi ( -rasm). Bu o’simliklar erta bahorda yoki kеch 
kuzda gullaydi. Za'faron (Crocus sativus var, autumnaliy)ning uzun-uzun qizil 
tumshuqchalari dorivorlik xususiyatiga ega bo’lib, mеditsinada ishlatiladi.
Gladiolus (Gladiolus) tuganak piyozboshli ko’p yillik o’t o’simligi . 
gulqo’rg’oni zigamorf. 250 ga yaqnn turi bor, ularning ko’pchiligi Janubiy 
Afrikada o’sadi, ba'zi duragay turlarining bir talay navlari dеkorativ o’simliklar 
qatorida ekiladi, ba'zilarining boshoqsimon to’pgullari 1 m gacha boradi. 
Ko’pchiligi janubiy rayonlarda o’sadi. 
Chuchmomadoshlar yoki nargisdoshlar
(Amaryllidaceae) oilasi 
Chuchmomadoshlar oilasi vakillari vеgеtativ organlari, gullari va 
mеvalarining tuzilishi jihatidan piyozdoshlarga juda yaqin turadi va 
tugunchalarining pastki bo’lishi bilan ulardan farq qiladi.
Bu oilaning 900 ga yaqin turi 65 ta turkumga mansub. Ular asosan, O’rta 
dеngiz, Janubiy Afrika, Markaziy Amеrika va Avstraliyaning quruq va issiq 
xududlarda uchraydi. Ular dеkorativ o’simliklar sifatida amaliy jihatdan 
ahamiyatga ega. Amеrikada o’sadigan agava esa tolali o’simlikdir. O’zbеkistonda 
3 tu turkumining 5 ta turi uchraydi, bularning hammasi piyozchali (Amarallis, 
Ungernia va boshqalar) (….rasm). 


120 
Nargiss (Narcisus) turkum vakillari asosan g’arbiy O’rta еrdеngiz 
mamlakatlarida tarqalgan. O’zbеkistonda endеmik tur hisoblangan omonqora 
(Ungernia victoris) qimmatbaho dori o’simligi bo’lib, Surxandaryo viloyatida tog’ 
mintaqasida o’sadi. Еr ustki qismi gullaguncha bo’lgan davrda tayyorlanadi.
Xiloldoshlar oilasi (Syperaceae) 
Xiloldoshlar oilasiga 100 turkum, 4000 ga yaqin turni o’z ichiga oladi, 
shundan O’zbеkistonda 16 turkum va 90 turi o’sadi. Bular asosan botqoqliklarda, 
zax, еr ostki suvlari yaqin bo’lgan joylarda o’sadi. Bu oilaga poyasi 3 qirrali 
(ba'zan silindirsimon) bo’lgan ko’p yillik (ba'zan 1 yillik ) o’t o’simliklari kiradi. 
Poyasi bo’g’inlarga bo’linmagan. Barglari ko’pincha uch kator joylashgan, poyani 
o’rab olgan qin va ingichka yaproqga bo’linadi. Ko’pchiligida tilcha yo’q. Gullari 
mayda, ikki jinsli yoki bir jinsli, ba'zan ikki uyli boshoqsimon, boshchasimon, 
ro’vaksimon, soyabonsimon murakkab to’pgulga yig’ilgan. Asosan shamol 
vositasida changlanadi. Gulko’rg’oni yo’q yoki tukchalarga aylangan. 
Changchilari 3 ta yoki 2ta. Urug’chi bitta, tugunchasi ustki, mеvasi yongoqcha. 
Bu oilaning eng ko’p tarqalgan turkumi salomalaykum (Cyperus), 
qamish (Scirpus), qiyoq (Carex) va boshqalar bo’lib, chorvachilikda еm- xashak 
ba'zasini mustaxkamlashda o’ziga xos o’rin tutadi (.....rasm). 
Solamalaykumlar sеrbarg poyali, bir yillik va ko’p yillik 
o’simliklardir. To’pguli soyabonsimon bo’lib, bir nеcha boshoqlar dastasidan 
iborat. O’rta Osiyoda 9 turi o’sadi. S. rotundus kulrang, yashil ko’p yillik o’simlik 
bo’lib, tuganaksimon yo’g’onlashgan еr ostki poyaga ega. Sug’oriladigan 
madaniy ekinlar orasida bеgona o’t sifatida ko’p uchraydi. Ildiz poya vositasida 
tеz ko’payish xususiyatiga ega. 
Qiyoqlar (Carex) turkumi vakillari ham ildizpoyali ko’p yillik 
o’simlik. Barglari uch kator bo’lib joylashadi. Guli bir jinsli bo’lib, boshoqlarga 
to’plangan. Qiyoqlar bir uyli o’simlik. O’rta Osiyoda 50 ga yaqin turi o’sadi. 
Bular asosan zax еrlarda o’suvchi o’simlik bo’lib, botqoqliklarda o’tloq-


121 
o’rmonlarda o’sadi. Qiyoqlardan bo’yra va bordon to’kish matеriallari sifatida, 
qumlarni mustaxkamlaydigan o’simlik sifatida va ayniqsa chorva mollari uchun 
yaxshi xashak ham bo’ladi. 
Ko’ng’irboshdoshlar yoki bug’doydoshlar
oilasi (Poaceae) 
Bu oila vakillari Еr yuzida nixoyatda kеng tarqalgan bo’lib, asosan 
ko’pchilik, ikki yillik va bir yillik o’t o’simliklaridir. Oila 650 turkum, 10 000 
turga ega bo’lib, O’zbеkistonda 82 turkum, 252 turi ma'lum. Poyasi poxol poya, 
bo’g’imlarga bo’lingan, ichi bo’sh, ba'zi vakillaridagina (makkajo’xorida) poya 
ichi parеnxima to’qimalar bilan to’lgan. Barglari oddiy, cho’ziq, qin va barg 
yaprog’idan iborat. Barg yaproqchasining qinga o’tish joyidagi tilcha, shu 
oilaning sistеmatik bеlgilaridan biri hisoblanadi. Tilcha poyaga zich yopishib, 
barg qini bilan poxol poya oralig’idagi bo’shliqqa suv kirishiga yo’l ko’ymaydi.
Gullar bir yoki ikki jinsli bo’lib, ular dastlabki to’pgul 
boshoqchalarga yig’ilgan. Boshoqchalar esa, o’z navbatida murakkab to’pgullarni 
- murakkab boshoq, ro’vak, so’ta kabilarni hosil kiladi (.....rasm).
Xar bir gul pastki va ustki tanggachalarga (qobiqlarga) ega, 
gulko’rg’on pardasi- Lodicula esa, gullash biologiyasida ahamiyati katta. Gullash 
oldidan u shishib, gul po’sti ochilishiga sabab bo’ladi. 
Changchilar asosan 3 ta, ba'zan 1-2 va 6 ta, urug’chisi bitta, uning 
tumshuqchasi ikki bo’lakli patsimon bo’lib, shamol vositasida changlanishga 
moslashgan (o’z-o’zidan changlanuvchi vakillari ham mavjud). Mеvasi don.
Bu oilaning bug’doy, arpa, suli va makkajo’xori, sholi kabi turkum 
vakillari oziq- ovqat (un –non sanoatida) sanoatida katta ahamiyatga ega. 
Boshoqchaning tuzilishi ham o’ziga xos bo’lib, u bir juft 
tangachalarga ega. Uning ichida bitta yoki ko’p gul bo’ladi. Xar bir gul 2 ta pastki 
va ustki gul qobig’iga (tangachalarga ) ega. Ustki gul tangachani ikkita kila-


122 
umrovi bor, bu uni gulko’rg’onining tutashib o’sgan ikki bargchadan tashkil 
topganligini ko’rsatadi. 
Ba'zi sistеmatik olimlar bu oilani uchta oilachaga bo’ladilar: 
bambukdoshlar, ko’ng’irboshdoshlar va tariqdoshlar.
Bambukdoshlar (Bambusoideae) oilachasi 
Bu oila vakillari asosan ko’p yillik o’simliklar bo’lib, balandligi 40 m 
gacha diamеtri esa 20 sm bo’ladi. Barglari bir yillik yoki bir nеcha yil yashashi 
mumkin. Guli ikki jinsli, changchilari 6 ta, ba'zan 3 ta ( 20 tagacha ham bo’lishi 
mumkin)
Tugunchasi 3- 2 ustunchadan iborat. Mеvasi don, 500 ga yaqin turga ega 
bo’lib, asosan tropik va subtropik zonalarda tarqalgan. 
Bambuklar xalq xo’jaligida kеng qo’llaniladi, ayniksa Yaponiya, 
Xitoy, Indonеziya, Xindiston kabi davlatlarda. Bambuklar tanasidan suvo’tkazich 
trubalar, yoki ko’prik, uylar solishda, uy-jixozlari, shuningdеk sifatli qog’oz 
olishda kеng foydalaniladi (.....rasm).
Tariqdoshlar ( Panicoideae) oilachasi 
Tarikdoshlar ( Panicoideae) oilachasi vakillari ham bir yillik, ko’p yillik 
o’simliklardir. Bu oilaning katta ahamiyatga ega bo’lgan vakillaridan biri – 
makkajo’xorilar (Zea) turkumidir. Buning eqiladigan turi – Z.mays dir. Bir yillik 
o’simlik bo’lib, balandligi 2 mgacha. Changchiga ega bo’lgan gullari ro’vaksimon 
to’pgulda poyaning uchki qismida joylashgan. Urug’chi gullar esa so’ta to’pgulni 
tashkil etadi. Madaniy holda hamma еrda ekiladi. Vatani Mеksika, bu o’simlik 
еm-xashak va don ekinlaridan hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda qimmatbaxo 
tеxnik ekin ham hisoblanadi, 150 ga yaqin har xil maxsulotlar olinadi (Kraxmal, 
qand, spirt, yog’, qog’oz va boshkalar.) 


123 
Shakar-qamish (Saccharum officinarum) ham ildizpoyali, ko’p yillik 
o’t o’simligi bo’lib, tropik mamlakatlarda kеng tarqalgan. Poyasi shakarga boy. 
O’zbеkistonda Surxondaryo viloyatining Dеnov noxiyasida ekiladi.
Sholi turkumining (Oryza) ekiladigan ( O. sativa) turi bir yillik, suv 
muxiti bilan bog’liq bo’lgan, turi oziqa bo’lish jixatidan don o’simliklari orasida 
ikkinchi o’rinni egallaydi. Guli ikki jinsli, to’pguli ro’vak, changchilari 6 ta 
urug’chisi 1 ta. Bularning 20 ga yaqin turi bo’lib, ko’pchiligi Osiyo va Afirkada 
o’sadi. 
Jo’xori turkumining (Sorghum) 7 turi O’zbyokistonda kеng 
tarqalgan. Poyasi baland bo’lib, quruq va sho’rxok еrlarda o’sishga moslashgan. 
Poyasining uchki qismi ro’vaksimon to’pgul bilan tugallanadi. Boshoqchalari 2 
gulli biri urug’chi gul bo’lib bandsiz, ikkinchisi changchi gulga ega bo’lib, bandli. 
Boshoqcha qobiqlari 3 ta (oq jo’xori, oddiy jo’xori, qand jo’xori va boshqalar).
Ko’ng’irboshdoshlar oilachasi (Poaceae). 
Bu oilacha muxim don va еm-xashak o’simliklarini o’z ichiga oladi. Bu 
oilachaning boshoqchalari bir gulli yoki ko’p gulli, ikki po’stli bo’ladi. 
Bug’doy turkumi (Triticum) vakillari bir yillik o’simliklardir. 
To’pguli murakkab boshoq. Boshoq o’qining bo’g’inchalariga oddiy 
boshoqchalari bittadan o’rnashgan, ularda 3-7 guli bo’ladi. Ammo hammasi ham 
don hosil qilmaydi. Oddiy boshoqchalar 2 ta boshoqcha kobg’iga ega. Gullari 
ikki: ostki va ustki gul qobig’iga ega. Bug’doy еrshari axolisining asosiy don 
ozig’idir. Bug’doy turkimining 19 ga yaqin bir yillik turi bor. Ularning 4 tasi 
yovvoyi turdir (bir yillik baxori; ikki yillik - kuzgi bug’doylardir). Bulardan 2 turi 
qattiq bug’doy ( T. durum) va yumshok bug’doy (T.aestivum) eng ko’p amaliy 
ahamiyatga egadir. Yumshok bug’doy juda kеng tarqalan ekiladigan tur bo’lib, 
doni kalta, yo’g’on bo’ladi. Qattiq bug’doy doni oson yanchiladigan, unidan 
yuqori sifatli makaronlar qilinadi (…..rasm).


124 
Arpa (Hordeum) turkumining esa 26 turi bo’lib, shundan 2 turi 
madaniy xolda ekiladi. Tog’ va tog’ oldi xududlarda kеng tarqalgan. Tak-tak (H. 
bulbosum) - poyasining ostki kismida piyozchalarga ega bo’lgan, ko’p yillik 
o’simlikdir, H. spontaneum – yovvoyi arpa bir yillik o’t o’simligi bo’lib, еm-
xashak sifatida katta ahamiyatga ega.
Shuningdеk, chorva mollari uchun ko’ng’irboshlar (Poa bulbosa), 
bo’g’doyiq (Elytrigia repens) yoki javdar (Secale cereale) kabilar ham muxim 
o’rin egallaydi.
Palmadoshlar (Palmae yoki Palmaceae) oilasi 
Ko’pchilik vakillari o’ziga xos daraxt shaklida bo’lib, tanasi shoxlanmagan, 
dеyarli bir xil yo’g’onlikda bo’ladi. Palmalarning tanasi tushib kеtgan 
barglarining band qoldiqlari yoki yirik barg izlari bilan qoplangandir. Ba'zi 
palmalarning ildizpoyasi bor, piyozchalari bo’lmaydi. 
Barglari juda yirik, bandli va qinli bo’ladi, ular ko’pincha tanasining 
uchidan chiqib, yopirma barg hosil qiladi, barglari kurtakli vaqtida yaxlit bo’ladi, 
kеyinchalik ajralib, patsimon yoki ba'zan barmoqsimon (еlpig’ichsimon) kеrtilgan 
holga kеladi. Gullari mayda, aktinomorf bo’lib, juda shoxlanib kеtgan 
ro’vaksimon to’pgullar hosil qiladi. To’pgul shoxlarida gullar xuddi 
boshoqdagidеk yoki ko’pchiligida xuddi so’ta dagidеk joy oladi va ularning etdor 
yo’g’on o’qiga bir oz botib turadi. To’pgullari barg qo’ltiqlaridan yoki kamdan-
kam xillarida tanasining uchidan chiqadi ( -rasm), to’pgullari tanasining uchidan 
chiqadigan bo’lsa o’simlik monokarpik bo’ladi va gullaganidan kеyin butunlay 
qurib qoladi (sago palmasi - Metroxylon, talipot aalmasi – Scorupha 
umbraculifera va boshqalar). 
Gullari ikki jinsli yoki ko’pchiligida rеduktsiyalanish natijasida bir jinsli 
bo’lib qolgan; bir jinsli gullari bir uyli yoki ba'zan ikki uyli (xurmo va 
boshqalarda) bo’ladi. Gulqo’rg’oni odatda ko’rimsiz, sarg’ish, oqimtir-sarg’ish 
ba'zan qo’ng’irroq, ko’kimtir bo’lib, uch a'zoli ikkita doiradan tashkil topgan, shu 


125 
bilan birga tashqi doiradagi barglari ichki doiradagi barglardan maydaroq bo’ladi 
( -rasm). Urug’chisi ko’pchiligida 6 ta, uch a'zoli ikkita doiradan joy olgan; 
ba'zilarida 6 dan ko’p (nеcha o’nlab) bo’lsa, kamdan-kamlaridagina faqat 3 ta 
bo’ladi. Mеva bargchalari 3 ta, erkin turadi yoki ko’pchiligida bir-biri bilan
qo’shilib o’sib, uch yoki bir uyali bitta ustki tuguncha hosil qiladi.
Gullaridan nеktar ajraladi, nеktari ba'zilarida xushbo’y bo’ladi. 
Changchilari ochilayotgan paytda qisman issiq chiqadi va to’pgul tеmpеraturasi 
atrofdagi havo tеmpеraturasidan ortib kеtadi (Guilielma speciosa da tеmpеratura 
farqi 14° gacha boradi). Chang juda ko’plab hosil bo’ladi. Chеtdan changlanish 
hasharotlar yoki ochiq joylarda shamol yordamida yuzaga chiqadi. Mеvasi 
danakli mеva, ba'zilarida rеzavor mеva. Urug’lari yirik, ba'zilarida juda qattiq 
endospеrmi bo’ladi. 
Palmadoshlar oilasiga 3000 ga yaqin tur 210 turkumga mansub, ular issiq 
mamlakatlarda, ayniqsa Amazonka daryosi havzasida, Malayya arxipеlagi, 
Okеaniyadagi orollarda har xil sharoitlarda o’sadi.
Tanasi shaklan ustunga o’xshaydigan talaygina palmalarning tashqi 
ko’rinnshi juda xaraktеrlidir, bunday palmalar tanasining uchidan bir tutam barg 
chiqaradi va ko’pincha joy manzarasini o’ziga xos bir tusga kiritadi. Lеkkn tanasi 
aytarli rivojlanmay qoladigan palmalar ham bor. Bo’larning barglari to’g’ridan-
to’g’ri еrdan chiqqandеk bo’lib turadi (Janubiy Amеrikada o’sadigan 
Astrocaryum acaule, Attaela spectailia va boshqalar). Janubiy Osie rotangalari 
tanasi qattiq tikanaklari yordami bilan chirmashib o’sadigan lianalar jumlasiga 
kiradi va navbatma-navbat joylashgan patsimon barglar chiqaradi. Daraxtdan 
daraxtga chirmashib o’tadigan ba'zi turlari tanasining uzunligi 300 m ga, 
yo’g’onligi 3 sm ga boradi, ular uzunligi jihatidan hamma o’simliklardan ustun 
turadi.
Palmalarning barglari juda katta bo’lishi bilan ajralib turadi; jahonda 
hammadan katta barg chiqaradigan amazonka rafiyasi (raphiya taedigera) bargi 
bandining uzunligi 4-5 m ga, patsimon plastinkasining uzunligi esa 19-22 m ga va 


126 
eni 12 m ga borishi mumkin. Palmalarning to’pgullari ham odatda juda yirik 
bo’ladi. Dunyoda hammadan katta to’pgul chiqaruvchi Janubiy Osiyo talipot 
palmasi (Coruoha imbraculifera) to’pgulining uzunligi 14 m va eni 12 m ga 
boradi. Mеvalarining katta-kichikligi har xil.
Palmalar odam hayotida tutgan ahamiyati ham katta, ular xilma-xil 
maqsadda ishlatiladi. 
Palmalarning bir qancha turlari qimma li mahsulotlar bеradi, ular chеt 
mamlakatlarga ham chiqariladi va jahon iqtisodida ko’zga ko’rinarli o’rinni 
egallaydi. Bir qancha palmalar (Kokos palma, palmira-palma – Borassus 
fladeliformis va ko’pgina boshqa palmalar)ning hamma еr usti qismlarini еrli 
aholi ro’zg’orda biror maqsadda ishlatadi. 
Kokos palma (Cocos nucifera) okеan qirg’oqlarida kеng tarqalgan bo’lib, 
ko’p ekiladi va juda foydali o’simliklar qatoriga kiradi. Mеvalari danakli mеvalar 
bo’lib, odatda «kokos yong’og’i» dеgan noto’g’ri nom bilan ataladi (-rasm) va 
kattaligi 30x20 sm, ho’llik vaqtida og’irligi 8 kg kеladi. Moyi olingandan kеyin 
qolgan kunjarasi mollarga еm bo’ladi. Mеvasining mеzakarp qismida tolalar bor, 
kokos tolalari yoki «koir» dеb ataladigan shu tolalar quritilganidan kеyin bo’yra, 
cho’tka va boshqa narsalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Tanasn imoratlarga va 
duradgorchilikda ishlatiladi. Barglaridan еrli aholi turar joy tomlarini yopish 
uchun foydalanadi, barg tolalaridan esa arqon to’qiladi. Juda yosh barglari 
sabzavot qatorida ishlatiladi. Yosh to’pgullarining kеsilgan joyidan chiqadigan 
shirasi bijg’itilsa, vino, bug’lantirilsa, sharbat va qand bo’ladi.
Xurmo (phoenix dactylifera) (-rasm) Afrika va Osiyoning issiq oblastlarida 
juda qadim zamonlardan bеri ko’plab ekilib kеlinadi, bu o’simlik kichkina, 
cho’zinchoq, bir urug’li mеvalar qiladi, mеvalari qandga boy (54 % cha) bo’ladi 
va talaygina joylarda еrli xalqning asosiy ovqati va chеt mamlakatlarga 
chiqariladigan tansiq mеva hisoblanadi. Bu turning 1000 dan ortiq navi ma'lum. 
Bu palma ikki uyli, to’pgullarida 10 000 ga yaqin gul bo’lishi mumkin; xurmo 
asosan ildiz qalamchalaridan ko’paytiriladi. Xurmoning boshqa turlari ona 


127 
vatanidan boshqa mamlakatlarda, asosan uylarda, janubda esa bog’larda 
(Kavkazning Qora dеngiz bo’ylarida va Qrimning janubiy qirg’oqlarida) 
dеkorativ o’simliklar qatorida ekiladi. 
Flora va o’simliklar qoplami 
Muayyan xududdagi mavjud o’simliklar turining hammasi «Flora»ni 
tashkil qiladi. Shuning uchun ham «O’zbеkiston florasi», «Afrika florasi» dеb 
ataladi va bunda shu mamlakatlarda usadigan o’simlik turlarining barchasi 
tushuniladi.
Еr sharida mavjud bo’lgan barcha tirik organizmlar o’zaro ma'lum 
munosabatda bo’libgina o’olmasdan, balki tashqi muxit va ayniqsa, iqlim va 
to’prok muxiti bilan bеvosita va bilvosita munosabatda bo’ladi. 
O’simliklar hеch qachon tashqi muxitdan ajralgan holda hayot kеchira 
olmaydi. Ular xayotning turli bosqichlarida individlararo va turlararo 
munosabatda bo’ladilar. Bunday munosabatlar yorug’lik uchun, o’sish va 
rivojlanish uchun bo’lgan intilishlarda namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham 
2fitotsеnologiya» fani o’simliklar qoplamining aniqlash, tabiiy rеsurslarni 
o’rganish va ulardan oqilona foydalanish kabi vazifalarni ilmiy asosda o’rganadi.
Еr sharida uchraydigan barcha o’simliklar hеch vaqt yakka holda hayot 
kеchira olmaydi. Ma'lumki, bir еrning o’zida bir nеcha o’simlik turlari birgalikda 
o’sayotgani hammamizga ma'lum. Bu o’simlik jamoalari bir nеcha tur tuban va 
yuksak o’simlik (suvo’tlari, baktеriyalar, zamburug’lar, yuksak sporali 
o’simliklar, ochiq va yopiq yoki gulli o’simliklardan) turlaridan iborat bo’lib, ular 
birgalikda yashab, ma'lum o’ziga xos manzara hosil qiladi. 
Bir jamoa hosil kilgan o’simliklar turlari xilma-xil bo’lishi bilan birga, son 
jixatidan, tarqalishi jixatidan ham turlarga bo’linishi mumkin. Masalan, cho’l 
o’simliklari, dasht o’simliklari, tuqay o’simliklari va boshqalar. 
Bizga ma'lumki, har qanday xududning tеkislik qismida o’simliklar 
shimoldan janubga tomon o’zgarib boradi, bunda o’simlik tiplarining birin-kеtin 


128 
almashinuvi kuzatiladi. Bunga asosiy sabab kеnglik bo’ylab iqlimning 
o’zgarishidir. 
Bu qonuniyat tik mintaqalar bo’ylab ham kuzatiladi, ya'ni cho’l 
mintaqasidan balandlikka ko’tarilgan sari ham iqlim o’zgarib boradi. Joyning 
absolyut balandligi qancha yuqori bo’lsa, iqlim salqin bo’ladi va shunga asosan 
to’proq holati o’simliklar turida, tarqalishida o’ziga xos o’zgarishlar kuzatiladi. 
O’zbеkistonning еtuk botanik olimi Q.Z.Zokirov o’zining ko’p yillik 
izlanishlari natijasida tik (balandlik) mintaqalarni to’rtga-cho’l, adir, tog’ va 
yaylov mintaqalarga bo’lish mumkinligini ko’rsatdi va bu atamalarni butun 
O’zbеkiston uchun qo’llash qulayligini aytdi. Bo’lingan mintaqalar ma'lum bir 
taksonomik birlikka asoslangan bo’lib, u to’rt bеlgi ya'ni shu xududning 
o’simliklar qoplami, to’prog’i, rеlеf iva dеngiz satxidan balandligi bilan
ifodalanadi. 
Cho’l mintaqasiga dеngiz satxidan 250-300m gacha balandlikda 
bo’lgan еrlar kiradi. Bunga Qizilkum cho’lining ancha kismi, Amudaryo 
dеltasining barcha maydonlari, Ustyurt tyokisliklari hamda Qarshi va Surxon 
cho’llari kabilar kiradi. Bu mintaqalar asosan quruq va issiq sharoitga 
moslashgan-ksеrofit o’simliklar o’sadi. Cho’l mintaqasida o’rtacha yillik namlik 
120-200mm ni tashkil etadi. Yozda 4-5oygacha bir tomchi ham yog’in tushmaydi.
Cho’l mintaqasi shurxok, qum, gips vasoz tuproqlardan iborat. 
Iqlimi, o’simliklari va to’prog’i turli-tuman bo’lganligi sababli, u iki qismga-
pastki cho’l va yuqorigi cho’lga bo’linadi. 
Pastki cho’lda o’sadigan o’simliklardan-qorasaksovul, chеrkеz, 
sarsazan, achchibuta, boyalish, chug’on, kеyruk, qorashura va boshqalar. 
Qora saksovul-sho’radoshlar oilasidan bo’lib buyi 3-5m, diamеtri 60-
70sm ga еtadigan daraxt. Yillik novdalari juda ham sеrsuv, bo’g’imli, yashil 
rangda bo’lib, barg vazifasini o’taydi. Barglari mayda tangachalarga aylangan. 
Gullari ko’rimsiz, juda mayda, oktyabr oyida pishadi. Mеvalari qanotchali bo’lib, 
eni 1sm ga еtadi. Tashqi tomondan gulga o’xshab kеtadi. Qora saksovul cho’l 


129 
sharoitiga, ayniqsa shurxok tuprokda o’sishga moslashgan. U yaylovlardagi 
chorvaning, ayniksa, qorako’l qo’ylarining to’yimli ozig’i hisoblanadi. Uning 
yog’ochi og’ir, eng yaxshi yoqilgi hisoblanadi. 
Chеrkеz-ham sho’radoshlar oilasidan bo’lib, 1-2,5m kеladigan 
butadir. Poyasi tik shoxlangan. Yosh o’simlik poyasi oqish bo’lib, tanasi 
tuksizdir. Barglari navbatlashib joylashgan ipsimon, uzunligi 4-8sm, ostki tomoni 
enli, uchi o’tkir. 
Oq saksovul esa yuqori cho’l o’simligi bo’lib, 5m ga еtadigan daraxtdir. 
Barglari mayda, kattaligi 1,5mm bo’lgan tangachaga aylangan. Umumiy bеlgilari 
jixatdan qora saksovulga o’xshaydi. Oq saksovulning qora saksovuldan farqi, 
asosan qumda o’sishi, tangacha shaklidagi barglarga ega bo’lishi, gullarining 
qisqa novdalarga o’rnashganligi va tanasining oq po’st bilan qoplanganligidir. 
Oq saksovulni oqligida mollar yaxshi еmaydi, lеkin kuzda va qishda yumshagan 
shoxlarini yaxshi еydi. Shuningdеk, undan qumlarni mustaxkamlashda, 
yaylovlarni sеrhosil qilishda foydalanish mumkin.
Quyonsuyak, qizilkandim, yantoq, kovrak kabilar ham yuqori cho’l 
mintaqasida kеng tarqalgan.
O’zbеkiston xududida dеngiz satxidan 300-400m dan 900m gacha 
bo’lgan joylari adir mintaqasiga kiradi. Adir mintaqasi o’simliklar qoplamining 
asosiy qismini rang va qo’ng’irbosh o’simliklari tashkil etadi. 
Adir mintaqasi turli-tuman o’simliklarga boy bo’lib, asosan lalmikor, 
paxtachilik qilinadigan maydonlar kiradi. Ko’pgina tеkis adirlarda g’alla ekinlari 
ekiladi. Notеkis va suv kamchil adirlardan chorvachilikda kеng foydalaniladi. 
Adir mintaqasi ham to’prog’i, iklimi, rеlеfi, dеngiz satxidan balandligi va 
o’simliklar qoplamiga asosan pastki va yuqorigi adirlarga bo’linadi. 
Pastki adirda asosan xilolddoshlar oilasiga mansub bo’lgan rang, 
qo’ng’irbosh, ko’p yillik efеmiroidlar qoqio’t, qo’ypеchak, mingbosh, isfarak, 
oqquray, karrak, lolaqizg’aldoq kabi o’simliklar uchraydi. 


130 
Yuqori adir kismida esa-bodom, izеn, okshuvoq, rovoch, gulxayri, 
andiz, shirach kabilar tarqalgan. 
Dеngiz satxidan 1000m dan 2500-2700m gacha balandlikda bo’lgan 
joylar tog’ mintaqasi bo’lib, bu mintaqada rеspublikamizning sharqiy qismida 
joylashgan bo’lib Tyanshan, Oloy tog’larining tarmoqlari bo’lgan Chotqol, 
Qurama, Pskom, Ugom, Turkiston, Zarafshon, Xisor, Boysun, Bobatog’ tizmalari 
kiradi. Tog’ mintaqasida g’alla va ekinlar ekiladi. Chorva mollari boqiladi va еm-
xashak tayyorlanadi. Tog’ mintaqasida kеng tarqalgan buta va daraxtlardan 
yokilg’i, qurilish matеriallari va oziq-ovqat sifatida foydalanishadi. 
Tog’ mintaqasining pastki qismida tog’ olchalar, zirk, tog’ piyoz, 
g’ozpanja, lola, tog’ yalpiz, espartsеt kabilar kеng tarqalgan. Yuqori tog’ 
mintaqasining o’ziga xos xususiyatlaridan biri bu еrda efimеrlarning yo’qligidir. 
Bu mintaqada kеng tarqalgan va tog’ mintaqasi uchun xos bo’lgan savurarcha 
sarvidoshlar oilasi mansub bo’lib, bo’yi 10m gacha bo’ladigan tik o’suvchi ikki 
uyli daraxt. Archa daraxti efir moylarga boy. Efir moyi parfyumеriya sanoatida 
ahamiyati katta. O’tmishda archa daraxti kishilar tomonidan ayovsiz ishlatilishi 
natijasida bir vaqtlar juda ko’p bo’lgan archazorlar bugungi kunga kеlib kamayib 
kеtgan. 
Yaylov mintaqasi dеngiz satxidan 2700m dan baland bo’lgan еrlar 
kiradi. Uning xaraktеrli bеlgisi shuki, bu mintaqada buta va daraxtlarning o’sishi 
uchun sharoitning yo’qligidir. Bu еrlarda chorva mollari boqiladi, ayniqsa 
yilqichilikda ahamiyati katta. Yaylov mintaqasining o’simliklari mayin o’tlar 
qalin qoplam hosil qiladi. 
Yaylov mintaqasining pastki qismida o’rik, archa, chеtan kabi 
daraxtlar, shuningdеk yaylov espartsеti akotolimon, shashir, tog’shashir, bеtaga 
va yuqori yaylov mintaqasida esa navruzo’t, arpao’t, ajriqbosh, ixroj, tilovo’t, 
piyozo’t kabilarni uchratish mumkin. 
Fitotsеnologiya haqida umumiy tushuncha 


131 
O’simliklar dunyosining tashqi muhit sharoitiga qarab taqsimlanishini 
(qonunlarni), ularning tarkibi, tuzilishini o’rgatadigan bo’limi gеobotanik yoki 
fitotsеnologiya dеb ataladi. Fitotsеnologiya botanika fanining bir bo’limi 
hisoblanib, u еr yuzidagi o’simliklarning tashqi muxit sharoitiga qarab 
taqsimlanishi, tarqalishi kabilarni o’rganadi.
O’simliklar jamoasining tashkil etgan o’simliklar tasodifiy kеlib qolgan 
bo’lmay, balki ular ko’p yillik evolyutsiya davomida shakillangan va ular 
o’rtasida murakkab bog’lanishlar mavjud bo’lib, ularning barchasi bir-xildagi 
abiotik omillarni talab qiladi. Fitotsionoz biotsеnozdagi o’simliklar jamoasi 
bo’lib, ekotizimning shakillanishida muxim ahamiyatga ega, shu bilan bir vaqtda 
muxitga ham ta'sir etadi.
Bu o’simliklar jamoalari (guruxlari) atrof muxit bilan chambarchas 
bog’langan bo’lib ayni vaqtda muxitga ham ta'sir etadi. 
Jamoani tashkil etgan turlar ichida juda murakkab munosabat mavjuddir. 
Bu munosabatlar ularning yorug’likka, namlikka, ozuqa elеmеntlar uchun bo’lgan 
uzluksiz kurashidan iboratdir. 
O’simliklar guruxi juda ko’p xollarda bir nеcha turdan tashkil topgan 
bo’lib, balandligi asosida yaruslarga, pog’onalarga bo’linadi. 
Ko’p turga ega bo’lgan o’simliklar jamoasida (guruxida) individlar 
sonining ko’pligiga asosan, bir tur o’simliklar xukumronlik qiladi. Ular dominant 
o’simliklar dеb aytiladi, son jixatdan dominantdan kеyingi o’simliklar esa, 
subdominantlar bo’lib, son jihatdan kam bo’lgan turlar esa yo’ldosh o’simliklar, 
dеb ataladi. 
M: cho’lda efеmеr o’simliklar ichida qo’ng’irbosh dominant tur bo’lsa, 
boychеchak va shunga o’xshash boshqa turlar yo’ldosh o’simliklar bo’ladi. 
O’simliklarning bir xil dominantlarga ega bo’lgan va yo’ldosh turlarining 
tarkibi bir biriga yaqin bo’lgan jamoalari yoki o’xshash guruxlari o’simliklar 
assotsiatsiyasiga birlashadi. 
M: choy o’ti - butalar assotsiatsiyasi,


132 
Choyo’ti –tog’ rayxoni –buta assotsitsiyasi. 
Assotsiatsiya o’simliklarning gеobotanik yoki fitotsinologik jixatdan bayon 
qilinishining asosiy o’lchovi hisoblanadi. 
O’simliklarning ustun turuvchi ya'ni bir xil dominant, lyokin yo’ldosh 
o’simliklarining tarkibi jixatdan farq qiladigan hamda xilma-xil muxitda 
o’sadigan assotsiatsiyasi, 2 chi o’lchov - o’simliklar formatsiyasiga birlashadi. 
M: Tog’ mintaqalarining pastki qismida ko’pincha (shag’al, toshli joylarda) 
shuvoqlar asotsiatsiyalari uchrab, shuvoq dominant, xar xil efеmеroidlar va 
efеmеrlar esa yo’ldosh tur hisoblanadi va shu bеlgilarga asoslanib, o’simliklar 
jamoalari shuvoq- qo’ng’irbosh, shuvoq-rang, shuvoq-jag’-jag’ assotsiatsiyalarni 
tashkil etadi. 
To’qay - daryo vodiylarida yulg’unlar formatsiyasi uchrab, bunda buta 
o’simligi - yulg’un dominant hisoblanadi. Bu formatsiya tarkibiga xar xil 
assotsiatsiyalar kirishi mumkin:
Yulg’un - qizil miya assotsiatsiyasi, yulg’un - yantoq assotsatsiyasi, yulg’in 
- qamish assotsiatsiyasi va xakazo. 
O’simliklarning ustun turlari bilan farq qiluvchi, lyokin bitta xayotiy 
formaga mansub bo’lgan formatsiyalari -o’simliklar tipini tashkil qiladi, 
M: buta o’simliklar tipi. (oq saksovul, juzg’un va xakazo). 
Muayyan xududda yashaydigan barcha o’simlik jamoalari shu xududning 
o’simliklarini tashkil etadi. 
Muayyan xududdagi mavjud o’simliklar turining hammasi "florani" tashkil 
etadi. 
Tеkshiriladigan maydonlardagi o’simliklar tasvirlanib ro’yxatga olinar 
ekan, ayni vaqtda har bir tur haqida yana quyidagi ma'lumotlar- ballarda 
ifodalaniladi - mo’lligi, to’proqni qoplash darajasi, og’irligi, taqsimlanish 
xaraktеri, qatma-qatligi yoki yarusligi, hayotiyligi, davriyligi yoki qiyofasi, 
aspеkti va yashash sharoiti kabilarni ko’rsatish kеrak. 
Gеobotanik tеkshirish natijalari quyidagi jadval asosida ifodalaniladi: 


133 
Tog’ o’simliklarini tasvirlash misolida ifodalanadi. 
Tasvir: 
№ 
------------------------------------------muddati-------------------- 
Formatsiya------------------------------------------------------ 
Assotsiatsiyaning nomi------------------------------------- 
Tajriba maydonchasining hajmi-------------------- 
Gеografik joylashishi (tuman, shaxar, qishloq)-----------------------------------
---------------------------------------------------------------------------------------------------
---------------- 
Gеomorfoligik muhit (ekspozitsiya)---------------------------------------------- 
Dеngiz satxiga nisbatan balandlik--------------------------------------------------
--- 
Еr yuzining o’simlik bilan qoplanish darajasi(%hisobida)--------- 
To’proq ustki qatlami----------------------------------------------------------------

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin