313
ko‘rsatkichlardan ham foydalaniladi. Ulardan asosiylari iqtisodiyotning texnikaviy
darajasi YaIM ning qiymat tuzilishi iqtisodiy
resurslar unumdorligi, milliy
iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi,
ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda
miqdorining oshishi kabilar hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning texnikaviy darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan
tavsiflanadi:
a) ishlab chiqarish vositalari va texnologiyaning rivojlanish darajasi.
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi.
v) ishlab chiqarishning moddiy va inson omillari nisbati.
g)
mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi
va kooperatsiyasi.
Iqtisodiy o‘sishning jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan
boshqa
ko‘rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi o‘zgarishi hisoblanadi. YaIMda
industrial va qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari ulushining ortib borishi nafaqat
uning miqdoran o‘sib borishi balki sifat jihatdan
yaxshilanayotganini ham
anglatadi.
Aholi shaxsiy daromadi va tadbirkorlik sektori foyda miqdori mutloq hamda
nisbiy ko‘rsatkichlarda ortib borishi ham iqtisodiy o‘sish sur‘ati va sifati to‘g‘risida
xulosa chiqarish imkonini beradi.
Iqtisodiy resurs va texnikaviy vositalar birligi unumdorligi ortishi iqtisodiy
o‘sishning jismoniy ko‘rsatkichlari jumlasiga kiradi. Jumladan, qishloq xo‘jalik
ekinlari hosildorligi va chorva mollari maxsuldorligi ortishi, bir kombayn hisobiga
yig‘ib olingan g‘alla yoki paxta hosili miqdori o‘sishi, to‘quv
dastgohi birligiga
ishlab chiqarilgan material miqdorining ko‘payib borishi shular jumlasidandir.
Dostları ilə paylaş: