317
Shundan
kelib chiqib, iqtisodiy o‘sishning ko‘pchilik modellarida ishlab
chiqarish real hajmining ko‘payishi ishlab chiqarish asosiy omillari – mehnat (L)
vakapital (K) miqdorining o‘zgarishi bilan bog‘lanadi.
Yalpi talab, yalpi taklif modeli
E.Domar modeli -
Bu model mehnat bozorida
ortiqcha taklif mavjud
bo‘lishi, narx darajasining doimiy taqozo qilishini va mahsulot chiqarish hajmi
faqat yagona resurs – kapital miqdoriga bog‘liq bo‘lishini ko‘rsatadi. Unga ko‘ra
investitsiyalarning o‘sish sur‘ati iqtisodiyotda talab va taklif ko‘payishining asosiy
omili bo‘lib xizmat qiladi.
R.F.Xarrod modeli -
Bu modelga «tabiiy» o‘sish sur‘ati
tushunchasi
kiritiladi. Bu faol aholi soni ko‘payishi va texnika taraqqiyoti natijasida kelib
chiqadigan o‘sish sur‘ati bo‘lib, u mehnat va kapital omillarining to‘liq bandligini
ta‘minlaydi.
R.Solou modelida -
Ishlab chiqarish omillarining o‘zaro o‘rnini
bosish
mumkinligi hisobga olinadi. Bu modelda iqtisodiy tahlilning asosiy shart-
sharoitlari: kapital keyingi unumdorligining pasayib borishi,
ishlab chiqarish
miqyosidan olinadigan samara va kapital xizmat qilish davrining doimiyligi kabilar
hisoblanadi.
Hozirgi globallashuv sharoitida iqtisodiy o‘sish va umuman iqtisodiy
taraqqiyotning muhim omili innovatsiyalar hisoblanib,
u YaIMning miqdoriy
ortishi va sifatining yaxshilanishiga katta ta‘sir ko‘rsatadi.
Innovatsiya so‘zi (lotincha -innovationem) mazmunan ―o‘zgartirish‖ yoki
―zamonaviylashtirish‖ degan ma‘noni anglatib, bir tomondan ishlab chiqarish
jarayonini boshqa tomondan uning pirovard natijasi
hisoblangan mahsulotning
yangilanishini bildiradi.
Avstriya
iqtisodchisi
I.Shumpeter
innovatsiya tushunchasini
ilmiy
atamashunoslikka kiritib, unga ―beshta odatiy o‘zgarish‖ sifatida tavsif beradi.
Bular:
1.
yangi mahsulotni joriy qilish;
2.
ishlab chiqarishning yangi usullarini qo‘llash;
318
3.
yangi bozorlarning ochilishi;
4.
xomashyo va yarim fabrikatlar yangi manbalari topilishi;
5.
ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi yangi o‘zgarishlar.
Shunday ekan innovatsiya, Y.Shumpeter
fikricha, ishlab chiqarish
sharoitlarini yangicha uyg‘unlashtirish.
Xalqaro standartlarga ko‘ra innovatsiya, innovatsion
faoliyatning natijasi
sifatida aniqlanadi.
Aytilgan yondashuvlarni umumlashtirib innovatsiyani quyidagi tarkibda
qayd qilish mumkin:
innovatsiya – yangi mahsulot va xizmat:
innovatsiya – ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi usullari va yangi
texnologik jarayonlar.
Innovatsion jarayon –innovatsiyalarning
yaratilishi, o‘zlashtirilishi va
tarqalish jarayonlaridir. Boshqacha aytganda innovatsion jarayon – bu milliy
bilimlarning innovatsiyalarga asoslanib borishining uzluksiz amalga oshadigan
jarayoni.
Innovatsion jarayon o‘z ichiga har doim ikki bosqichni qamrab oladi:
Dostları ilə paylaş: