Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

1.
 
Yangi mahsulotning ishlab chiqarishga tayyor bo‘lgan andozasi yaratilish 
jarayoni. 
2.
 
O‘zlashtirish, ishlab chiqarish va tarqatilish jarayoni. Buning natijasida 
yaratilgan mahsulot innovatsiyaga aylanadi.
Innovatsiyalar bir qator mezonlar asosida turkumlanadi. Bular: yangilikning 
darajasi; bozorga ta‘sir ko‘rsatishi; texnik o‘lchamlari; tarqalish sohasi; qamrab 
olish ko‘lami; bozordagi mavqei va h.k. 
Jumladan, yangilikning darajasiga ko‘ra davriy, bazisli (radikal), yaxshilanib 
boruvchi innovatsiyalar farqlanadi. Davriy innovatsiyalarga dehqonchilik va 
chorvachilikning o‘zlashtirilishi, yozuvning kashf qilinishi, o‘q qurollari va ter-
moyadro qurollar kashf etilishi, davlatlarning qaror topishi va boshqa shu kabilarni 
kiritish mumkin. Bazisli innovatsiya natijasida jarayon, mahsulot yoki xizmatlarda 
shunday katta o‘zgarish kashf qilinadiki, bu mavjud tarmoq yoki bozorning 


319 
butunlay transformatsiyalashuviga olib keladi. Bunga internet tufayli elektron 
biznes sohasining paydo bo‘lishini misol qilib keltirish mumkin. 
Innovatsiyalar paydo bo‘lishining muhim shart-sharoiti 
innovatsion muhit
hisoblanadi. Innovatsion muhit innovatsion g‘oyalarning tug‘ilishi va amalga 
oshirilishi uchun qulay sharoit yaratadi. Innovatsion muhit innovatsion salohiyat 
mavjud bo‘lganda qaror topadi. Innovatsion salohiyat turli xil resurslar 
(intellektual, moddiy ―moliyaviy, infratuzilmaviy‖) ning yaxlitligini tavsiflaydi.
Milliy innovatsion tizim (MIT) – milliy hudud doirasida ilmiy bilim va 
texnologiyalarni yaratish, ro‘yobga chiqarish va tijoratlashtirishga xizmat qiluvchi 
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tuzilmalar majmuasidir. 
MIT o‘ziga ikki tarkibiy bo‘linmani qamrab oladi: ilmiy-ishlab chiqarish va 
institutsional. O‘z navbatida ilmiy-ishlab chiqarish tizimi a) fan va ta‘lim; b) 
tadbirkorlik sektori; v) innovatsion infratuzilmadan iborat bo‘ladi. 
Institutsional muhit davlatning fan-texnika sohasidagi faoliyatini va innovatsion 
siyosatini ta‘minlaydi.
Innovatsion infratuzilma ishlab chiqarish – texnologik, moliyaviy va 
eksport-konsalting tuzilmalardan iborat bo‘lib quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
1.
Ishlab chiqarish - texnologik infratuzilma. 

texnoparklar

innovatsion – texnologik markazlar

biznes inkubatorlar

texnologiyalar transferi markazlari 

innovatsion –sanoat klasterlari 

maxsus iqtisodiy zonalar 
2.
moliyaviy infratuzilma 

turli tipdagi fondlar (byudjet,venchur, sug‘urta, investitsion)

xususiy investorlar 

fond bozorlari 
3.
eksport –konsalting infratuzilma. 


320 

konsalting markazlari (moliya, investitsiya, marketing, boshqaruv va 
h.k.) 

xizmat 
ko‘rsatish 
bo‘yicha 
muassasalar 
(intellektual 
mulk, 
standartlashtirish, sertifikatlash) 

axborot –analitik markazlar, internet resurslar. 
Innovatsion jarayonlarning jadalligi va samaradorligi davlatning innovatsion 
siyosatiga bog‘liq. Davlatning bu siyosati asosan quyidagi yo‘nalishlarda amalga 
oshiriladi: 

milliy 
mahsulot 
raqobatbardoshligini 
ta‘minlaydigan innovatsion 
faoliyatni kuchaytirishi; 

zamonaviy texnologiyalar asosidagi innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash; 

yangi mahsulotlar va ilg‘or texnikaviy ishlanmalarga yo‘naltirilgan ilmiy-
tadqiqot va konstruktorlik loyihalarni moliyalashtirish; 

davlat tomonidan tartibga solishni bozor innovatsion mexanizm samarali 
amal qilishi va intellektual mulkni himoyalash bilan qo‘shib olib borish; 

innovatsiyalar asosida rivojlanishning qonunchilik va axborot bazasini 
yaratishni kengaytirish; 

texnologiyalarning jahon bozoriga transfertida xalqaro innovatsion 
hamkorlik va milliy innovatsion tadbirkorlikni himoya qilishga . 
Davlatning amalga oshiradigan maqsadli innovatsion siyosati natijasida 
respublikada 2020-yilda yuqori texnologik tarmoqlar mahsuloti 31%ga o‘sib, 
yalpi ichki mahsulotda innovatsion mahsulotlar ulushi 22% gacha ortishi zarur.
62

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin