315
Respublika oldida texnika taraqqiyoti
sohasidagi asosiy vazifa, ishlab
chiqarishga yangi texnika va texnologiyani qo‘llash,
ishlab chiqarishni tashkil
qilish va boshqarishning yangi usul va shakllarini joriy qilish hisoblanadi.
Mehnat unumdorligining o‘sishini aniqlab beruvchi muhim omil har bir
ishlovchiga to‘g‘ri keluvchi asosiy kapital hajmi hisoblanadi. Ma‘lum vaqt ichida,
kapitalning hajmi mutloq ko‘payishi mumkin, ammo
ishchi kuchi soni tezroq
o‘ssa, mehnat unumdorligi pasayadi, chunki har bir xodimning asosiy kapital bilan
qurollanganlik darajasi kamayadi.
Ta‘lim va malakali tayyorgarlik, mehnat unumdorligini oshiradi va natijada
ancha yuqori ish haqiga ega bo‘lish imkoniyatini beradi.
Inson kapitaliga
investitsiyalar qo‘yish mehnat unumdorligini oshirishning muhim vositasi hisob-
lanadi. Iqtisodiy o‘sish mamlakatning ishlab chiqarish
imkoniyatlari darajasiga
ham bog‘liq.
Tabiiy, mehnat resurslari va asosiy kapitalning mavjud darajasida ishlab
chiqariladigan turli tuman mahsulotlar miqdorining o‘zgarishini
ishlab chiqarish
imkoniyatlari egri chizig‘ida ifodalash mumkin.
AQShlik iqtisodchi E.Denison har xil (ekstensiv va intensiv) omillarning
iqtisodiy o‘sishga miqdoriy ta‘sirini aniqlashga harakat qilgan.
316
AQSh real milliy daromadi o’sishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar
(1929-1982yy.)
21.2-jadval
Iqtisodiy o’sish omillari
Har bir omil
salmog’i (%)
1. Mehnat harajatlarining ortishi
32
2. Unumdorlikning o‘sishi
68
3. Texnika taraqqiyoti
28
4. Kapital harajatlari
19
5. Ta‘lim va professional tayyorgarlik
14
6. Ishlab chiqarish miqiyosi taqozo qiladigan tejash
9
7. Resurslarni taqsimlashning yaxshilanishi
8
8. Qonunchilik – muassaviy va boshqa omillar
-9
Jami
100
Amaliy hayotda iqtisodiy o‘sishni to‘xtatib
turuvchi omillar ham mavjud
bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiruvchi asosiy omillar quyidagilar:
mehnat muhofazasi;
atrof muhitning ifloslanishi;
ekologik muammolar;
ishlovchilar mehnat sharoitini yaxshilash;
xodimlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish;
tabiiy ofatlar va favqulotda ro‘y beradigan iqtisodiy-siyosiy o‘zgarishlar.
Keyingi yillarda Respublikada davlat tomonidan atrof muhit ifloslanishining
oldini olish, xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni
tartibga solishda muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu o‘z navbatida iqtisodiy
o‘sish sur‘atiga so‘zsiz salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Chunki bunday tadbirlarni amalga
oshirish tegishli harajatlarni taqozo qiladi. Shu orqali mehnat unumdorligini oshi-
rish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar boshqa tomonga jalb qilinadi.
Dostları ilə paylaş: