314
1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati;
2) mehnat resurslari miqdori va sifati;
3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi;
4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti.
Iqtisodiy o‘sishga taqsimlash omillari ham ta‘sir qiladi. Ishlab chiqarish
salohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun
nafaqat resurslar iqtisodiy
jarayonga to‘liq jalb qilingan bo‘lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur.
Resurslarning o‘sib boruvchi hajmidan samarali foydalanishda ularni kerakli
mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sishga talab omillari ham o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi. Iste‘mol
tovarlari, xizmatlar yoki investitsion tovarlarga talabning
ortishi ularni ishlab
chiqarishni rag‘batlantirib, pirovardida iqtisodiy o‘sishga olib keladi. Shunday
ekan talab omillari iqtisodiy o‘sishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy o‘sishda resurslarni taqsimlash va talab omillari o‘z o‘rniga ega
bo‘lsada, bu muammoni tahlil qilishda asosiy e‘tibor taklif
omillariga qaratilishi
zarur. Shu sababli, mehnat unumdorligining o‘sishiga
olib keluvchi taklif
omillarini to‘laroq qarab chiqamiz.
Fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi va iqtisodiy o‘sishni
ta‘minlovchi muhim omil hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti o‘z ichiga nafaqat
ishlab chiqarishning
butunlay yangi usullarini, balki boshqarish va ishlab
chiqarishni tashkil qilishning yangi shakllarini ham oladi.
Mahsulotning real hajmi ikki asosiy usulda ko‘paytirilishi mumkin:
Resurslarning ko‘proq hajmini jalb etilishi va ulardan
ancha unumli foydalanish
yo‘li bilan.
Dostları ilə paylaş: