Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Milliy boylik 
nafaqat ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi, uning bir qismi 
xizmat ko‘rsatish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning nomoddiy boyligi 
hisoblanadi. Mazkur sohalarda ashyoviy buyum shakl bilan bog‘liq bo‘lmagan 
alohida turdagi iste‘mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham ishlab chiqarish 
sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun shuningdek bevosita aholining 
turmush darajasini ta‘minlash va oshirib borish uchun zarur bo‘ladi. Bunday boylik-
larga ta‘lim, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat, san‘at, sport sohalarida vujudga 
keltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi. Uning tarkibida tarixiy yodgorliklar, 
arxitektura obidalari, noyob adabiyot va san‘at asarlari alohida o‘rin tutadi. 
Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san‘atning rivojlanish 
darajasi, jamiyat a‘zolarining to‘plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi, 
ishlovchilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sog‘liqni saqlash, ta‘lim va 
sportning rivojlanish darajasi o‘z ifodasini topadi. 


324 
Moddiy buyumlashgan boylikning o‘sishi jamiyat moddiy qimmatliklari 
ko‘payishining asosi hisoblanadi. Agar fan-texnika taraqqiyoti yuqori sur‘atlar bilan 
rivojlansa madaniyat, san‘at, fan kabi sohalar ham o‘sib va takomillashib boradi. 
Shunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan ancha keng 
tushuncha bo‘lib, o‘z tarkibiga jamiyatning nomoddiy xarakterdagi qimmatliklarini 
ham oladi. 
5. Milliy hisoblar tizimida milliy boylikni hisoblashning xususiyatlari 
Milliy hisoblar tizimi (MHT) bo‘yicha milliy boylik barcha majburiyatlar 
chiqarib tashlangan aktivlar qiymati summasi sifatida aniqlanadi. Aktivlar 
miqdorlarga egalik qilish yoki foydalanish natijasida iqtisodiy naf keltiruvchi 
mavjud jamg‘arilgan qiymatlardir. U nomoliyaviy va moliyaviy aktivlarga 
ajratiladi. Moliyaviy aktivlar bu kreditorlarning debitorlarga moliyaviy talablari 
sifatida chiqadi, uning vujudga kelishi debitorlarda tegishli majburiyatlar paydo 
bo‘lganligini anglatadi. 
Bu ma‘lumotlar hisoblarning ikki turi: aktiv va passiv balansi hamda aktivlar 
hisobida aks etadi. Aktivlar va passivlar balansida aktivlar va majburiyatlarning 
barcha turlari ko‘rsatilib, ular asosida milliy boylik aniqlanadi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin