188
-
mehnatga umumiy talab yoki uning umumiy taklifidagi ancha katta
o‘zgarishlar ish haqi darajasida o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi.
Monopsoniya sharoitida ish haqi darajasi quyidagicha aniqlanadi:
-
ishga yollovchilar ish haqi darajasini belgilashda nisbiy hukmronlikka
ega bo‘ladi;
-
alohida mehnat turi taklifining cheklanishi ish haqi o‘rtacha darajasining
ko‘tarilishiga olib keladi;
-
mehnat turiga talab kamayganda ish haqi darajasi pasayadi.
Ishchi kuchi bozorida ish haqi darajasi (W) va band bo‘lganlar soni (L) talab
(D) va taklif (S) ning o‘zaro ta‘siri natijasida aniqlanadi ( 12.1 - chizma)
Mazkur bozorda muvozanatlik barcha tadbirkorlar W0 darajasida ish haqi
to‘lashga roziligini, yetarli miqdorda bo‘sh qo‘llar mavjudligini va ishchi kuchiga
talab to‘liq qondirilganligini anglatadi.
Bozor muvozanati holatida barcha xodimlar to‘liq ish bilan ta‘minlangan va
ish haqining W
0
darajasida o‘zlarining mehnatini tavsiya qilishga tayyor bo‘ladi.
Shu sababli E nuqta to‘liq bandlik holatini ko‘rsatadi. Boshqa har qanday sharoitda
ish haqi W
0
darajadan farq qilib ishchi kuchi bozoridagi muvozanatlik buziladi.
Haqiqatda, agar ishchi kuchi taklifi unga bo‘lgan talabdan ortsa, ishsizlik vujudga
keladi, ishlab chiqarishda band bo‘lganlar, ish o‘rinlarini yo‘qotib qo‘ymaslik
uchun, o‘zlarining mehnat qilish layoqatini ancha past ish haqi darajasida ham
taqdim qilishga tayyor turadi.
Dostları ilə paylaş: