201
X nuqtadaga A va B tovarlari kombinatsiyasi I
1
darajadagi naflilikni beradi,
Z nuqtada joylashgan A va B tovarlari kombinatsiyasi X nuqtadagi A va B tovarlar
kombinatsiyasi bilan bitta I
1
farqsizlik egri chizig‘ida joylashganligi uchun ulardan
iste‘molchi tarafidan olinadigan naflilik miqdori bir-biriga tengdir. Shuning uchun
iste‘molchi uchun nafliligini maksimallashtiruvchi sub‘ekt sifatida ana shu ikki hil
kombinatsiyadan birini tanlashning farqi yo‘q. Farqsizlik egri chizig‘i pasayib
boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi. Uning pasayib
borishi shu bilan izohlanadiki,
tanlanishi lozim bo‘lgan har ikkala tovar ham iste‘molchi uchun bir hil nafli
hisoblanadi. Shunga ko‘ra, bir tovarlar to‘plami Z dan boshqa bir tovarlar to‘plami
X
ga tomon harakat qilsa, A tovari iste‘moli oshib boradi,
aksincha B tovari
iste‘moli esa kamayib boradi. Iste‘molchi bir hil farqsizlik egri chizig‘ida
bo‘lganligi sababli qo‘shimcha A tovarini iste‘mol qilishdan olingan naflilik B
tovarining bir qismidan voz kechilgani uchun yo‘qotilgan naflilikka teng bo‘lishi
kerak. Farqsizlik egri chizig‘i bo‘ylab iste‘molchi o‘z tanlovini o‘zgartirgan sari
iste‘molning umumiy naflilik darajasi o‘zgarmaydi,
lekin A yoki B tovarlari
iste‘moli kombinattsiyasi o‘zgaradi. Qisqasi, B tovar qanchalik ko‘p bo‘lsa, A
tovar shunchalik oz bo‘ladi, chunki A va B tovarlar o‘rtasida teskari aloqa mavjud.
O‘zgaruvchilari o‘rtasida teskari aloqa mavjud bo‘lgan har qanday egri chiziq esa
pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi.
45
Agar iste‘molchining A va B tovarlarning barcha to‘plamlari bo‘yicha afzal
ko‘rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa,
Dostları ilə paylaş: