204
Muvozanatli nuqtaga erishgach iste‘molchi o‘z xaridining tarkibini o‘zgartirishga
har qanday rag‘batni yo‘qotadi, chunki bu naflilikning yo‘qotilishini bildiradi.
Shunday
qilib,
iste‘molchi hatti-harakatini tushunishda
iste’molchi
byudjetining cheklanganligi
muhim ahamiyat kasb etadi. Byudjet cheklanganligi
iste‘molchining muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning
muayyan
darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma‘lum cheklangan miqdorini sotib olish
imkoniyati orqali ifodalanadi.
48
Iste‘molchi byudjetining cheklanganligini grafikda ikki
turdagi tovarni sotib olishning turli kombinattsiyalarini ko‘rsatuvchi
byudjet chizig’i
shaklida ifodalanadi.
13.8-chizma. Daromad o’zgarishining byudjet chizig’iga ta’siri
Iste‘molchi byudjeti chizig‘ining holatiga uning
daromadlari va tovarlar
narxining o‘zgarishi ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Misol uchun, iste‘molchi daromadining muayyan miqdorida 20 birlik A tovar
yoki 10 birlik B tovar sotib olish mumkin bo‘lsin. Birdaniga sotib olinishi mumkin
bo‘lgan har ikkala tovarning turli kombinattsiyalari G byudjet chizig‘ida joylashadi.
Agar iste‘molchining daromadi 2
barvar oshsa, u holda uning byudjet chizig‘i ham
tegishli ravishda G
1
holatiga siljiydi.
Aksincha, daromadning kamayishi, byudjet
chizig‘ining ham qisqarishiga va G
2
holatiga siljishiga olib keladi.
48
Economics : principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition,
McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 362, 372 бет