235
Uzoq muddatli davrda barcha resurslar miqdori o‘zgaradi. Shu sababli bu
davrda o‘rtacha xarajatlarning o‘zgarishi tamoyilini ishlab chiqarish miqyosi
o‘sishining ijobiy va salbiy samarasi yordamida tushuntirish mumkin.
Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi shunda namoyon bo‘ladiki,
korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘sib borishi bilan, bir qator omillar ishlab
chiqarish o‘rtacha xarajatlarining pasayishiga ta‘sir ko‘rsata boshlaydi. Bu omillar
quyidagilar: 1) mehnatning ixtisoslashuvi; 2) boshqaruv xodimlarining
ixtisoslashuvi; 3) kapitaldan samarali foydalanish; 4) ikkilamchi mahsulotlar ishlab
chiqarish.
Korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘sib borishi bilan qo‘llaniladigan
mehnatning ixtisoslashuv darajasini oshirish imkoniyati ortib boradi. Ishlab
chiqarish jarayonida besh yoki oltita operatsiyani bajarish o‘rniga, endi har bir
ishchi bitta yagona vazifani oladi. Bitta vazifani bajarish esa, ishchining mehnat
unumdorligini o‘stiradi. Bu ishlab-chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib
keladi.
Ishlab chiqarish miqyosining kengayib borishi chuqur ixtisoslashuv tufayli
boshqarish bo‘yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish
imkoniyatini beradi. Bu oxir oqibatda samaradorlikning oshishi va mahsulot
birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi.
Korxonaning iqtisodiy ahvoli u ishlab chiqarayotgan tovarlarning narxiga
bog‘liq bo‘ladi. Agar narx o‘rtacha iqtisodiy xarajatlarini qoplasa bunda iqtisodiy
foyda nolga teng bo‘ladi. Agar o‘rtacha iqtisodiy xarajatlar mahsulot narxidan past
bo‘lsa, korxona qo‘shimcha iqtisodiy foyda oladi. Bunda ishlab chiqarishni
kengaytirish imkoniyati ham mavjud bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: